Ton r maxsu kent d ogik


Abdurauf Fitrat (1886—1938)



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/88
Sana21.05.2021
Hajmi0,68 Mb.
#65063
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi

8.Abdurauf Fitrat (1886—1938) 
Ma’naviyatimizning ilk namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat garchand qatag‘on qurboni bo‘lib, 
jismonan oramizda bo‘lmasa ham u hamisha tirik. Qismati og‘ir bo‘lgan ulug‘ siymolar qatori Fitrat butun 
kuch-qudratini xalqqa bag‘ishladi. 


Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug‘iladi. “Fitrat” Abduraufning 
adabiy taxallusi bo‘lib, bu so‘z tug‘ma tabiat, tug‘ma iste’dod degan ma’noni anglatadi. Uning otasi 
o‘zbek, onasi tojik bo‘lgan. Fitratning otasi savdogarchilik bilan shug‘ullangan, dindor, o‘qimishli shaxs 
bo‘lib, olam kezishni, tijoratni yaxshi ko‘rgan. 
Fitratning onasi Mustafbibi nozikta’b, savodli ayol bo‘lib, farzandlari ta’lim-tarbiyasi bilan asosan 
u shug‘ullangan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand — ukasi Abdurahmon va singlisi 
Madbuba bo‘lgan. Mustafbibi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo‘lib yetishishlarini uchun harakat 
qilgan. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur 
o‘rganadi. 
Buxoroda jadidlar “Yosh buxoroliklar” nomi bilan ish olib bordi. 
Fitrat mana shu harakatning rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarini boshlarida 
(birinchi yashirin jamiyat Buxoroda 1908 yilda tuzilgan) yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy 
hamda kambag‘allarning bolalarini o‘qitdilar. 
Jadidlar Orenburg, Qozon, Ufa, Istambul kabi musulmon madaniyati markazlarining bilim yurtlari 
orqali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor beradilar. Shu maqsadda 1909 yil 18 iyunda Buxoro yoshlari 
“Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) nomli hayriya jamiyati tuzadilar. S.Ayniyning yozishicha “... 
jamiyatning birinchi maqsadi Istambulga o‘quvchilar yubormoq chorasiga kirishmoq edi. Ikmoli tahsil 
uchun Usmonxo‘ja Po‘latxo‘ja o‘g‘li (1878—1968), uning birodari Atom Xo‘ja (1894—1938), Mazxar 
Maxzum Burxon Maxzum o‘g‘li, Abdurauf Fitrat, Muqimbek Istambulga safar qildilar. Fitrat mazkur 
talabalarning eng iste’dodlisi va eng fozili edi”. 
Shunday qilib Fitrat 1909 yili 25 yoshida “Jamiyati hayriya”ning ko‘magida Turkiyaga o‘qishga 
ketadi. 
Fitrat 1916 yili “Oila” nomli falsafiy asarini yozadi. Bu asar fors tilida yozilib, S.Ayniyning 
aytishicha Mirza Abdulvohidning xarajatlari hisobidan nashr etiladi. Asarda oilaviy hayotning islohotidan 
bahs yuritilib, adib najot yo‘llarini axtaradi. 
1917 yili esa Bokudagi maorifchi do‘stlari yordamida o‘zining ibtidoiy maktablarning so‘nggi 
sinflari uchun mo‘ljallab yozilgan, o‘zbek tilidagi “O‘quv” nomli kitobini nashr ettiradi. Bu kitob o‘sha 
yillarda Buxorodagina emas, Samarqand, Toshkentda ham M.Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov 
o‘quv kitoblari singari yangi usul maktablari uchun juda kerakli tarbiya kitobi bo‘lib qolgan edi. 
1922—1923 yillarda Fitrat Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri sifatida barcha o‘zbek, 
tojik va boshqa millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o‘quvchilarga metodik qo‘llanmalar 
tayyorlash sohasida katta ishlar olib bordi. Xotin-qizlar maktablarini ko‘paytirishga, xotin-qizlarni 
ma’rifatga tortishga alohida e’tibor berdi. 
Fitrat 1923—1924 yillarda Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi. 
Leningrad Davlat dorilfununi 1924 yili Fitratga o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotlari namoyandalari 
to‘g‘risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvonini beradi. Fitrat O‘rta osiyoning birinchi professori 
bo‘lib tarixga kiradi. U “O‘zbek adabiyotidan namunalar” kitobida o‘nlab mumtoz adabiyotimiz vakillari 
haqida ma’lumot beradi. 
1925 yildan Fitrat turli madaniy-oqartuv, maorif va ilmiy-tadqiqot institutlarida ishlaydi. 
O‘zbekistonda birinchi tashkil bo‘lgan Samarqand Pedakademiyasida, Fanlar komiteti qoshidagi Til va 
adabiyot institutida, keyinchalik Toshkent Davlat pedagogika institutlarida sharq adabiyoti va tili, tarixidan 
yuksak saviyada dars beradi. 
Professor Fitrat o‘sha yillardayoq dunyoga mashhur bo‘lgan olimlar akademik A.Samoylovich, 
S.Malov, Ye.E.Bertelslar bilan hamkorlikda o‘zbek, tojik va boshqa millat sharqshunos, adabiyotshunos, 
turkolog olim, muallimlar tayyorlash ishiga ham yaqindan yordam beradi. Bu sohada Fitrat to 1937 yil 
qatag‘onga uchragunga qadar Yahyo G‘ulomov, Ibrohim Mo‘minov, Oybek, Xodi Zarifov, Izzat Sulton, 
Homil Yoqubov, Rahim Hoshim kabi markaziy Osiyoning bo‘lg‘usi taniqli olimlariga bevosita yoki 
bilvosita murabbiylik ham qilgan edi, 
1934 yil O‘zbekiston Fanlar komiteti qoshida tuzilgan mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlariga 
aylangan ilmiy muassasalarda o‘sha davrda taniqli olimlardan Otajon Hoshim, G‘ozi Yunusov va 
boshqalar bilan birga yosh adabiyotshunos hamda tilshunos olimlarga o‘zbek adabiyoti tarixi va fors tilidan 


dars beradi. Sharq adabiyoti, tili, tarixining katta bilimdoni sifatida shuhrat topadi va shogirdlari qalbida 
o‘chmas iz qoldiradi. 
Yirik olim Fitratning o‘zbek va sharq adabiyoti tarixi xususida yozgan asarlari 20—30 yillardagi 
Sharq adabiyotining bilimdonlari Ye.Bertels, I.Krachkovskiy, L.Klimovichlarning asarlari bilan yonma-
yon turadi. Fitrat hatto ularga ko‘rsatmalar bergan. Fitrat ularga ayrim qo‘lyozmalarning matnlarini 
yetkazib bergan, o‘sha asarlarning o‘rganilish darajasini ko‘rsatib, tushuntirgan. Mana shularning hammasi 
uning xassos shoir, iste’dodli adib, dramaturg, publisist, chuqur ilmiy-tarixiy tadqiqotlar yozgan 
adabiyotshunos olim, bir necha darsliklar muallifi, ulkan tarixchi ekanligini ko‘rsatib turibdi. Lekin 1937 
yilga kelib Fitrat Fayzulla Xo‘jaev, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Cho‘lpon, Elbek kabilar bilan birga 
qatag‘on qurboni bo‘ldi. Ular “xalq dushmani” deb qoralanib, ularga “panturkizm” tamg‘asi bosildi.  
Sud Fitratni 1938 yil 5 oktyabrda otishga hukm qiladi. Bu hukm bir kun oldin ijro etiladi. 
Abdurauf Fitrat yirik davlat arbobi, taniqli tilshunos va adabiyotshunos olim, faylasuf, shoir, 
dramaturg, publisist, geograf, matematik, tabobat va diniy ilmlar bilimdoni bo‘lishi bilan birga 
O‘zbekistonda maktab va ta’lim-tarbiya rivojiga katta hissa qo‘shgan yetuk ma’rifatparvar va mohir 
islohotchi pedagog sifatida xalq xotirasida qoldi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish