fikrlar (1924-1941)
1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa qartasi qaytadan
tuzildi.
Sobiq Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy
siyosat amalga oshirildi.
To‘ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda bir tomonlama madaniy inqilobning
amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi, maktablarda o‘quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning
maqsadi asosida o‘zgardi. Din va “Qur’oni Karim”ga e’tibor umuman taqiqlandi. Tarix darslarida voqealar
buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko‘proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta
ahamiyat berildi.
Sho‘rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus
pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo‘r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog
olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o‘zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya
doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. Bu davrda nafaqat pedagogika, balki boshqa fanlarning
ham rivojlanishi sust kechdi. Masalan, “O‘zbekiston tarixi” aslida “SSSR tarixi” darsligining ilovasi edi.
“SSSR tarixi” esa Rossiya tarixidan iborat bo‘lganligi ma’lum. Xuddi shu kabi o‘zbek pedagogikasi ham
sovet pedagogikasining tarkibiy qismiga aylandi. O‘sha davrlarda yozilgan ko‘pgina pedagogik asarlar
bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Chunki o‘zbek pedagogikasi nihoyatda siyosiylashgan edi.
Pedagog olimlar tadqiqotlarida Marks, Engels, Lenin asarlaridan ko‘chirmalar asosiy o‘rinni ishg‘ol
qilardi.
Bolalar va o‘smirlarga umumiy ta’lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o‘rtasida savodsizlikni
tugatish harakati boshlandi. 1930 yil 14 avgustda sobiq SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq
Komissarlari Soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy etish va
savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi.
30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy yetti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi.
Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi
o‘qishga tortilmadi. Mahalliy millat bolalari orasida o‘qishni tashlab ketish ortib bordi. Ko‘pgina
maktablarda muallimlarning bilim darajasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli o‘qish saviyasi talabga javob
bermas edi. Shuningdek, maktablar soni muttasil ortib borayotgan bo‘lsada, ularning o‘quv moddiy bazasi
nochor ahvolda qolayotgan edi.
Ma’lumki, bolsheviklar mafkurasi negizida sinfiy kurash g‘oyasi ustivorlik qildi. O‘zgacha
fikrlashni “sinfiy dushman” deb baholandi.
Ta’lim sohasini “sinfiy dushman”dan tozalash maqsadida hatto maxsus qarorlar ham qabul qilindi.
Masalan, VKP (b) MQ O‘rta Osiyo byurosi 1933 yil 27 martda o‘qituvchi kadrlar safini tozalash haqida
qaror qabul qiladi va uning natijalari shu yilning 25 aprelida bo‘lib o‘tgan O‘rta osiyo bo‘yicha partiyaning
madaniy sohaga bag‘ishlangan kengashida muhokama qilinadi. Bunda mavjud 700 o‘qituvchidan faqat 120
tasi maktablarda ishlashga loyiq deb topildi.
Bunday “tozalash”dan maqsad saviyasi past bo‘lsada mehnatkash tabaqalaridan chiqqan kishilarni
tanlab olib, eng zakovatli omilkor kishilarni siqib chiqarib, “shaklan milliy, mazmunan proletar
madaniyati”ni vujudga keltirishdan iborat edi. “Tozalash”da kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va
ma’lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
Sobiq SSSR MK va XKKning 1929 yil 7 avgust qaroriga asosan arab alifbesi o‘rniga lotin alifbosi
qabul qilindi. Arab yozuvining lotinlashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir shakli edi. Bu islohotning
oqibatida Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini o‘zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi
qimmatbaho manbalardan O‘zbekiston xalqlarini mahrum qildilar. O‘sha davrning taniqli tilshunos olimi
G‘ozi Olim Yunusov va ilg‘or pedagoglar bu islohotni madaniy bilimsizlik deb baholadilar.
1940 yilning may oyida O‘zbekistonda “O‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitidan rus grafikasi
asosidagi yangi o‘zbek alfavitiga ko‘chirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Mazkur siyosatlar tufayli o‘zbek xalqi o‘z tarixi, milliy urf-odatu an’ana, umuminsoniy
qadriyatlarini bilish va o‘rganish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon
fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma’rifatparvarlar — Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori
Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Shokir Sulaymon, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy qatl etildi.
Usmon Nosir, Botu va boshqalar Sibirga surgun qilindi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan xulosa shuki, go‘yo to‘ntarish Turkiston o‘lkasida ma’rifatning,
ijtimoiy tuzumning, ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. O‘lkada
juda ko‘plab ziyolilar yetishib chiqdi, zavod va fabrikalar qurildi, lotincha savodsizlikka barham berildi.
Lekin kezi kelganda shu narsani ham qayd etish kerakki, Oktabr to‘ntarishi o‘lkada, yuqorida
ta’kidlanganidek, sobiq sovet ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etish bilan birga, o‘zbek
milliy qadriyatlariga putur yetkazishga, milliy xalqni ruslashtirishga harakat qilingani, ma’naviyatimizning
yo‘qolayotganligiga, tariximizning toptalishiga urinishlar bo‘lganligini hech kim inkor etolmaydi, albatta.
Chunki har qanday xalq o‘z milliyligi, qadriyatlari va madaniyati bilan buyukdir. O‘zbek xalqining ana shu
buyukligi ruslar istilosi ostida ko‘p yillar davomida toptalib, oyoq osti qilindi. Endilikda shukrlar bo‘lsinki,
mustaqillik sharofati bilan yo‘qotayozgan barcha milliy va ma’naviy boyliklarimiz, qadriyatlarimiz
tiklanmoqda.
Bu albatta, shu bugungi o‘zbek maktabini, uning ta’lim-tarbiyasini sharqona uslubda, jahon
redagogikasining ilg‘or tamoyillari asosida qayta qurishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |