Ton r maxsu kent d ogik


Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929)



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/88
Sana21.05.2021
Hajmi0,68 Mb.
#65063
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi

9. Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929) 
O‘zbek xalqining to‘ng‘ich pedagogi, shoir, adib, dramaturg, kompozitor Hamza Hakimzoda 
Niyoziy 1889 yil 16 iyulda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tug‘ildi. Hamza o‘zining o‘qishga bo‘lgan zo‘r 
ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to‘la xat-savodli bo‘lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga kirib o‘qiy 
boshlaydi, Biroq, madrasa ta’limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Shunga ko‘ra u mustaqil suratda Lutfiy, 
Alisher Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini o‘qib o‘rganadi. 
Hamza yozuvchilik ishiga 1905 yildan, 16 yoshidan boshlab kirishgan. Uning shaxsiy arxivida 
saqlangan materiallar orasida 1905—1914 yillar mobaynida yozilgan 214 she’rining ro‘yxati bor. 
Hamzaning “Devon”iga 214 she’rdan 197 tasi kiritilgan. 
Hamza 1911 yili Qo‘qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag‘al bolalarni 
o‘qitadi, o‘quvchilar uchun “Engil adabiyot”, “O‘qish kitobi” o‘quv qo‘llanmalarini yaratadi. Maktabda 
o‘qish-o‘qitish ishlariga ba’zi bir o‘zgarishlar kiritib, quruq yod olish uslubini yo‘qotishga harakat qildi. 
O‘quvchilarni urish va so‘kishni taqiqladi, sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg‘ulotlarga ko‘p e’tibor berdi, 
ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg‘ulotlarga ko‘proq vaqt ajratdi. 
H.H.Niyoziy 20 yillik o‘qituvchilik faoliyati davomida yoshlar tarbiyasi masalasida amaliy va 
nazariy jihatdan muhim g‘oyalarni olg‘a surdi. 
Hamza 1913 yil fevralda chet ellarga ketadi: Afg‘oniston, Hindiston, Makka, Madina, Shom 
(Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo‘lib, 1914 yil boshlarida Qo‘qonga qaytadi. 1915 yili 
Marg‘ilonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi. 
Hamza 1918 yil Farg‘ona shahriga borib o‘qituvchilik ishini davom ettiradi. Shuningdek, u 
Farg‘onada teatr san’atini yaratishda katta tashabbus ko‘rsatadi. Farg‘onadagi yosh san’at havaskorlarini 
to‘plab, “Sayyor dram truppa” tashkil qiladi. U shu yilning o‘zidayoq, o‘zining mashhur asari “Boy ila 
xizmatchi”, “Tuhmatchilar jazosi”, “Kim to‘g‘ri” kabi pesalarini yozadi. Bu pesalar Hamzaning 
rejissyorligida sahnaga qo‘yiladi va katta muvaffaqiyatga erishadi. 
Hamza 1919 yilning boshlarida Qo‘qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Turk 
frontida o‘zi tuzgan truppasi bilan qatnashadi. Hamza 1921 yilda Turk frontidan o‘qituvchilikka qaytadi. 
Xorazmga borib ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanadi. 1922—1924 yillarda Qoraqalpog‘istonni 
Xo‘jayli tumanidagi 1-bolalar uyining mudiri va o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Hamza 1925 yilning kuzida 
Farg‘ona uezdi maorifi ixtiyoriga yuboriladi. Bu yerda u xalq kuchi bilan yangi maktab binosi, klub, 
kutubxona, choyxona qurdiradi. 1926 yilda Hamzaning badiiy ijodidagi muvaffaqiyatlarini va jamoat 
ishidagi faoliyatini taqdirlab, “Xalq shoiri” degan faxriy unvoni beriladi va umrbod shaxsiy nafaqa 
tayinlandi. 
Hamza Hakimzoda aqliy tarbiya haqida so‘z yuritar ekan, aqliy tarbiya orqali tabiat va jamiyat 
qonunlarini, tabiat hodisalarini, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilish kerakligini aytadi. Shoir ana shunday 
ma’lumotga ega bo‘lgan va jamiyat, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan yoshlarni yetishtirishga 
da’vat etadi. 


Hamza Hakimzoda ta’lim-tarbiya haqida bildirgan fikrlarida bolalarning sog‘lom bo‘lishiga ham 
e’tibor beradi. U ayniqsa, ta’lim-tarbiyada ota-onalarning muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi, bolaning 
go‘zal axloqli bo‘lib kamol topishi uchun oila muhitida tarbiyaning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarurligini 
aytadi. Shoirning fikricha bola — odobning boshini ota-onadan oladi, o‘rganadi, bunga jiddiy e’tibor 
berilmasa tarbiya juda qiyin kechadi va yomon oqibatlarga olib borishi aniq ekanligini aniq-ravshan bayon 
etadi. 
Hamza Hakimzoda o‘z pedagogik faoliyatida va adabiy ijodida xotin-qizlarning ilm olishiga
jamiyat ishlarida faol ishtirok etishlariga jiddiy e’tibor berdi. 
Hamza Hakimzoda Shohimardonda bo‘lgan vaqtida ham o‘z ilg‘or fikrlarini targ‘ib qiladi. Ammo u 
bu yerda joylashgan dushmanlar tomonidan 1929 yil 18 martda fojiali halok qilinadi. 
O‘zbek xalqining sodiq farzandi Hamza Hakimzoda ajoyib pedagog, yozuvchi va kompozitor 
sifatida o‘z xalqiga sidqidil bilan xizmat etdi. U mehnatkash xalqni ma’rifatli qilish, yosh avlodlarni har 
tomonlama bilimli qilib yetkazish yo‘liga hayotini bag‘ishladi. 
Umuman, Hamza Hakimzoda Niyoziy respublikamizda pedagogik fikrning rivojiga salmoqli hissa 
qo‘shgan mohir pedagog shoirdir.  
 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish