Ustozdan duo dish - aktyorlik imtihoni
Zokir eshon vafotidan so‘ng Yusufjoning ustozi Sa’di mahsum bo'lib qoladi. Ular Marg‘ilonga qaytib birga ijod qila boshlaydilar. Biroq oradan ko'p vaqt o'tmadi. Sa’di mahsum nihoyat keksayib, endi korfarmonlik qilishga qurbi kelmay qolgandi. Korfarmonlik esa katta tashkilotchiliк. g'ayrat va layoqat talab qilardi. Shuning orqasida 1899-yilda Sa’di mahsum o‘z vazifasini rasmiy ravishda Yusufjonga topshiradi. Buning tafsiloti quyidagicha: «Barot oyi edi. Sa 'di mahsum xahar qilib, Farg 'onaning hamma shaharlaridan barcha atoqli san’atkorlarni Marg'ilonga to'pladi. Mavlonbek deganning lashqi hovlisiga shinam joy yasalib bazm berildi. fkkinchi kun davra mehmonxonaga ko'chirilib, uynlng to'rida qalin korpachalar ustida munkayib qolgan Sa'di mahsum o'ltirar va juda ohista-ohista so ‘zlar, hammaning diqqati ustozga qaratilgan edi. Sa 'di maxsum Yusufjon haqida uzoq gapiradi va keksayib qolgani sababli korfarmonlikni unga topshirishga qaror qilganini aytadi va «ma 'qulmi sizlarga» deb davraga savol tashlaydi. Hamma «ma’qul» javobini qaytaradi.
Shundan so‘ng Yusufjonni mehmonxonaga taklif qiladilar. U ikki qo lini ко ‘ksiga qo ‘yib, ta "zim bilan kiradi, borib ustozning etagini о ‘padi. О 'tirganlarni ham salomi bilan iltifot etadi, so ‘ngra imtihon boshlanadi. Yusufjon teatr tartibotlari va qoidalari to'g'risida ustozning taniomi savollariga javoh qaytaradi. So'ngra so‘z san’atida ustaligini namoyish qiladi, о ‘zi ijod qilgan hikoyalardan aytadi.
Shundan so'ng muqallidchilik hunarini ko'rsatadi, «Mudarris» spektaklidan mudarris rolini mohirona o'ynab beradi, Matxoliq qiziqqa taqlid qilib, hammani kuidiradi. Tanaffusdan so'ng imtixonning ikkinchi qismi boshlanadi. Endi navbat Yusufjonning musiqa va raqs san’atini nechog'liq bilishiga keladi. Farg'ona sozandalarining ustozi qo 'qonlik Yusufjon changchi о 'z asbobida Shashniaqom usullaridan namunalar ko'rsatadi. Yusufjon har bir usulning nom va pardalarini aytib turadi. So'ngra Yusufjonning qo'liga Ukopcha beradilar. «Sadr», «Yovvoyi chorgoh», «Hoqqoniy» kuylarini ijro etadi. Shundan so ‘ng childirmani qo ‘Uga olib uning barcha usullarini chalib chiqadi, qo ‘sh nog ‘ora ham chaladi. So ‘ngra to'rt doirachi ishga tushadi, ularga boshqa sozandalar ham jo'r bo ‘ladilar, Yusufjonning sho 'x, shu bilan birga nafis va ma ‘nodor o'yinlari hammani hayratda qoldiradi...
О‘yin tugagach, Bashir qiziqning ishorasi bilan xalfalar dan biri Yusufjonning qo'lini belhog' bilan bog'laydi, sallaning pechi esa belboqqa ulanadi, Yusufjon Sa'di mahsum ro'baro’sida tiz cho'kadi va quyidagi savollarga javob beradi:
Ustoz: - Yusufjon о ‘g 'Um, bu hunarga qaysi yo ‘I bilan kelding? Yusufjon: - Haqiqat yo'li bilan keldim!
Ustoz: - Endi qaysi yo’ldan borasan?
Yusufjon: - Adolat yo'lidan boraman!
Yusufjonning qo H yechiladi, ustoz oldiga sarupolar qo ‘yiladi va Sa’di mahsum yonidan joy oladi»...
Do'stlaringiz bilan baham: |