Milliy cholg'ularimiz
Tanbur
Musiqiy kitoblarimizda «tanbur» so'zini «tunbura» shaklida yozadilar-da, aslida yunoncha so'z ekanini ta’kidlaydilar. Biroq bu cholg'uning sharqda juda eski bir narsa ekani ma’lumdir. Mashhur Nasri Sayyorning Xuroson voliyligi zamonida Xurosondan Shorn shahriga «tunburwlar, «barbat»lar istanilgani «Ravzatu-s-safo»da xabar berilgan. O‘rta Osiyo xalqlari orasida «do'nbra» deb atalgan cholg'u bor. Tori ikkita. O‘zi bu dutordan kichkina, pardalari ham undan ozdir. «Tunbur», «tunbura», «do'nbra» so'zlarining birgina so'z ekaniga shubha yo'q. Mana shu ma’lumotga tayanib, «tanbur» - «tunbura»ning bu kungi «do'nbra»ning xuddi o'zi yo tanburimizning ikki torii, ibtidoiy bir shakli bo'lganiga hukm etilsa, yanglish bo'lmaydi. Hijriy X asrda o'tgan Hofiz Darvesh Aliy Changiy tomonidan «tanbur»ning qadim zamonlarda ikki torii bo'lgani, so'ngra Husayn Boyqaro zamonida Mahmud Shayboniy otli bir musiqashunosning unga bir tor qo'shgani to'g'risida berilgan xabar bor.
Bizning cholg'ularimizning eng kattasi tanburdir. «Shashmaqom» kuylari tanburdagina ijro etiladi. Tanbur tut yog'ochdan yasaladi. Uning sariq simdan uch tori bo‘ladi. O'rta torining ikki yon toridan ozgina yo'g'on bo'lishi matlubdir.
Tanburning yigirma pardasi bor. Bundan o'n oltitasi tanburning sopiga belbog' kabi o‘ralgan ichak bilan ko'rsatiladi. To'rttasi esa, kosaning sopqa yopishgan o'rnidan boshlab tanbur yuziga yopishtirilgan «xas» bilan ko'rsatiladi. Pardani ko'rsatkichi ichak belbog'ning qalin-ingichkaligi tanburning katta-kichikligiga qaraydi. Tanburning sopidagi o‘n olti parda asl parda sanalib, kosa yuzidagi to‘rt parda esa, «xas parda» ataladi. Tanburlarning ba’zisida o'n sakkiz parda ko'rsatiladi, bulardan ham istalganda yana ikki «xas parda» tovushi chiqarish mumkin.
Usmonli musiqashunoslardan Qontemir o'g'li undagi tanburning o'ttiz uch pardali ekanini yozadi. Bulardan o'n oltisini «tamom parda»lar, o'n yettisini «notamom parda»lar ataydi. «Notamom parda»larning o'rinlarini «tamom parda»larning oralarida ko'rsatadi. Jomiy ham tor o'rnida qabul qilingan chiziqning yuqori yarmidan o'n yetti«bam» tovushi pardasi, tuban yarmidan o'n yetti «zer» tovushi pardasi chiqarilib, bulardan bittasining hisobga olinmaganini ko'rsatgan edi. Bizning tanburlar pardasi o'n oltita bo'lsa ham, eski tanburchilarimiz shashmaqom kuylaridan birini chalganda orasida parda oralarini bosadilar. Shularning «miyon pardawlari haligi «notamom» pardalar bilan munosabatli bo'lsa kerak.
Tanbur chalmoq uchun barmoqqa ma’dandan yasalgan bir timoq o'tkaziladi. Avvalgi tanburchilarimizning eng ustalari buni qabul qilmaydilar. Ular o'z tirnoqlarini uzaytirib yurib, shu bilan chaladilar, tabiiy tirnoq bilan chalgandagi tanbur tovushi yasama timoq bilan chalgandagi tanbur tovushidan ko'ra sof chiqadi, deb da’vo qiladilar. Ota G'iyos shu fikrda, chunki o'zi tabiiy tirnogi bilan tanbur chaladi. Uning tanbur chalishini ko'rganlar uning da’vosini qabul qilishga majbur bo'ladi.
Du tor
Dutor chalish tanbur chalishga qaraganda yengil bo'lgani uchun bu cholg‘u xalq orasida tanburga ko‘ra ko’proq tarqalgan. Pardasi ba’zi o'rinlarda o’n uch, ba’zi o’rinlarda o‘n to’rtta. Pardalarning ozligi uchundir-kim, maqom kuylari dutor bilan chalinmaydi. Chalinishga majburiyat sezilsa, kuyning pardalarini o’zgartirib, dutorda bor pardalarga moslab chalinadi.
Shashmaqomning ba’zi sho‘bachalarini, ufarlarini hamda xalq kuylarini dutor bilan chalish ntumkin. Dutorning xaraki juda past bo’lgani uchun ko’p dutorchilarimiz qo’llarini taxtaga tekkizib, dutorning tnazasini qochiradi. Mashhur dutorchimiz samarqandlik Hoji Abdulaziz qo’lini taxtaga urrnay chalgani uchun uning ijrosi havas bilan tinglanadi.
Rubob
«Musiqa tarixchasi»da rubob sulton Muhammad Xorazmshoh davrida Xorazmda paydo bo’lgani yoziladi. Darvesh Aliy «Risolai musiqa»sida bu cholg'uning Balxda yasalgani, Muhammad Xorazmshoh zamonida Xorazmda rivoj topgani ko'rsatiladi. Bu cholg’uning gavdasini to’rt asos qismga bo’lish mumkin: qorin, ko'krak, bo’yin. bosh qorin; ko’krak ham bo’yin qismlarining uchalasi bir bo’lak tut yog’ochidan «qazma» yo’li bilan yasaladi. So’ngra bosh yasalib, sopg’a yopishtiriladi. Rubobning qomi bilan ko’kragi bo'g’oz bilan bir-biriga bog'langan ikki chuqur idishga o’xshaydi. Qorin ham bo’g’ozning usti kiyik yo echki terisi bilan qoplanadi. Ko’krak bilan bo’yinning ustini esa. ingichka taxta bilan qoplaydilar. Xaraki tubdan to’rt barmoq enliligida yuqorida turadi. Ichakdan yasalgan bosh tori borkim. «skripka» torlariga o’xshash, yo’g'onlikda farqlidir. Bundan boshqa o’n ikkita «tor osti» torlari bor. Bular tanbur simidandir. Cholg’uchi rubob chalganda bularni chertmaydi, bulaming xizmati asl torlar chertilishi ta’siri bilan titrab, asl tor tovushiga o’zlarining mungli, titroq tovushlarini qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |