VIII BOB. XV - XVIII ASRLAR YEVROPADA
TOMOSHANING INSONPARVARLIK UCHUN KURASHI
Uyg'onish davri tomoshalari
XV asrga kelib Yevropa shaharlaridagi mayda hunarmandlar birlashib, yirik ishlab chiqarishni barpo etishga kirishib ketdi. Natijada, sanoat kapitali - ya’ni katta mablag'ning ishlab chiqaruvchi qo'lida yig'ilishi, degan tushunchani paydo qildi. Bu yirik millatlar, milliy davlatlar, yirik ishlab chiqarish sanoati hukmronligining boshlanish davri edi. Bunday rivojlanish cherkovlarning hukmronlik mavqeini zaiflashtirib, ilm-fan, san’at, iqtisodiyot va siyosatda burilish davri hisoblandi.
Yuksalish uchun olib borilgan umumiy kurash - xalqini o'z kuch- qudratiga ishonishga, o'z huquqi va sha’nini himoya qilishga da'vat
129
qiiadigan - gumanistlar, ya’ni insonparvarlar g'oyasini olg'a surdi. Bu davr Renessans - fransuzcha «uyg'onish» atamasi bilan insoniyat tarixiga kirdi.
Yevropa Uyg'onish davrining dastlabki pallasida insonparvarlar o‘z g'oyalari ro'yobga chiqishiga kamoli ishonch bilan qarar edilar. Yangidan shakllanayotgan jamiyat va uning odamlari ezgulikka - insonparvarlik g'oyasiga xizmat qiladi, deb o'yladilar. Ular o‘z g'oyalariga insoniyatning «oltin davri» - yunon demokratiyasi donishmandlari va Rim taraqqiyoti yaratgan yuksak ideallar, qadriyatlarni ma’naviy asos qilib oldilar.
Bu siljish to'siqlar iskanjasida qolib ketgan insonning yaratuvchilik salohiyatini qayta uyg'otgani, aql-zakovatni jo'sh urishga, uyg'onishga sharoit yaratib bergani uchun butun Yevropaning uyg'onish davri deb qaraldi. Gumanistlar antik davr yaratgan tushunchalarni xuddi o'zlari uchun aytilgan o'gitdek qabul qildilar, Natijada, zakovatli, yaratuvchan, faol inson - eng sharafli kishi bo'lishi kerak, degan qarashlar paydobo'ldi. Bu yo'nalishdagi fikrlar majmuasi - uyg'onish davri mafkurasiga aylandi. Bu mafkuraga asoslangan tomosha, teatr va san’at mavzusi insoniy fazilatlarni ulug'lash, xudbinlikni fosh etish va qabohatga qarshi kurash bo'lib belgilandi.
Endi sahnalar, ulug'vor g'oyalar, teran falsafiy tomoshalar, hazil -mutoyiba va zavq-shavq umumxalq dardining minbari bo'lib qoldi.
Uyg'onish davri tomoshalarining bosh qahramoni kamoli yetukligi, o'ziga xosligi bilan ajralib turuvchi shaxs edi. Bunday qahramon har qanday to'siq va kurashda o'z ezgu niyatiga bo'lgan ishonchni yo'qotmaydi. Bu davr ijodkorlari - ishonchi bor shaxsning kuch-qudrati jamiyat to'siqlarini yengishga qodir, degan g'oyani olg'a surdilar. Ular ijodi hayotbaxshligi bilan qadrli va ulug' edi. Bunday g'oyani ilgari surgan ulug'lar o'zlarini insoniyat uchun abadul-abad daxldor idealga murojaat qilayotganligini bila turib ijod qilganlar deyish mumkin.
Insonni ulug'lashga bag'ishlangan Italiya teatri tragediyalari, ayniqsa, komediyalari ilk bor butun Yevropaga namuna bo'ldi. «Sandiq haqida komediya» nomli intermediyalarga boy tomoshada ishtirok etadigan xizmatkorlar - uch quvnoq yigit, tanaffus vaqtida ham sahnani tark etmay ichakuzdi hangomalar aytishgan.
Qadimgi yunon va grek komediyalaridan namunalar olinib Italiya hayotiga moslashtirib qayta yozilish natijasida «G‘alabalar», «Afsungarlar», «Qo‘shmachilar» nomli xalqchil tomoshalar yaratildi.
Saroy tomoshalari maxsus tayyorgarlik. bezak, jihozlar talab qilgan bo'lsa, komediyalar bog'larda, maydonlarda maxsus jihozlangan sahnalarda. ochiq havoda namoyish qilingan. Ayniqsa, bu borada «Komediya del arte» - italyan «professional komediya teatri» namuna bo'ldi. Professional aktyorlar badihago‘ylikka - iprovizatsiyaga moyil ijodkorlarni to'plab ijodiy guruhlar tuza boshladilar. Bu tashabbus tomosha san’atidagi estrada elementlarini yangi rivoj bosqichiga olib chiqdi. Tashabbuskor aktyorlar o‘z guruhlari tomoshalarini ochiq sahnada -dekoratsiya, tryuk va effektiarsiz, parda va jihozlarsiz namoyish qilishganda, ular tomosha ko‘rsatish jarayonida yangi-yangi ifoda vositalarini yarata boshladilar. Xalq sevib qolgan so‘zamol-xushchaqchaq xizmatkor yigitlar ishtirok etgan tomoshalar tobora ko'proq muxlis yig‘a boshladi. Ispaniyada Lope de Vega. Angliyada Shekspir insonni ulug‘lash bo‘yicha namunaviy ijod qildilar. Uyg'onish davri g‘oyalarini bu ulug'lar cho‘qqiga ko‘tardilar. Bular Aristotel ochgan ijod qonunlariga amal qilib, ustozi avvalni ulug'lab, o'zlari esa buyuklik darajasiga ko'tarilib, keyingi avlodga ustozi mutlaq bo'lib qoldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |