7. 12. Madhiya - musobaqasi kichik shaklli tomosha
IX-XII asrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, san'at va adabiyot islom madaniyati yo'naiishida rivojlandi va taraqqiy etdi. Mazkur davrda yashab ijod qilgan zabardast daholar - jahon madaniyati yulduzlari qoldirgan meros hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Bn daholaming falsafiy-estetik qarashlari ahli dil, ilmi hayrat. ilmi hoi va qol kabi ta’limotlar tarzida shakllanib, borliqni mushohada etishda, nafosat qadriyatlarini baholashda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Foziilar yashagan yirik shaharlarda maktab va madrasalar davlat qaramog'ida bo'lib, ularda ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlardan - riyoziyot, falakiyot, handasa, tibbiyot, mantiq. ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi ma’niy, ilmi bayon, ilmi bade’ va boshqa fanlar o‘qitilgan. Shu munosabat bilan Buxoro, Samarqand, Gurganj. Marv madrasalari ilm-fan fidoyilari, fuzalolari maskaniga aylandi. Shuni qayd etish lozimki, bu davrda dunyoviy ilm-fan ilohiyot bilan bog'liq holda о‘qitilib, tavhid - Allohni bilish, uning sifatlarini anglash. ya’ni «Alloh go'zal, u yaratgan narsalar ham go‘zal, u go'zallikni yoqtiradi, shu bois komil insonning xatti- harakatlari ham go'zal bo'lishi, inson go'zallikka go‘zallik bilan javob berishi kerak», degan aqida asos qilib olingan edi, Bu esa Sharq L)yg‘onish davri boshlanishiga, madaniyatining rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratib berdi. Sharq Uyg'onish davri ajoyib olimlar, shoirlar, musiqachilar, mashhur matematik va astronomlarni yetishtirdi. Ular jahon ilm-fani rivojiga cheksiz hissa qo'shdilar. Forobiy «Risolai Musiqa»ni yozib tugallab, «Yo alhazar, ey musiqa olatni, yaxshiyantki, sen borsan, agar sen bo'lmaganingda insonning ahvoli ne kechar edi!» deb xitob qilgan ekan. Bu buyuk mutafakkirning musiqaga madhiyasi edi.
Bu davr shoirlari va musiqachilari ijodidagi asosiy janr - hukmdorlarni madh etuvchi qasida bo'lib. lining muqaddima qismi nasibga cholg'u asbobi jo'r bo'lardi. Madhiya tabiatidagi musiqaviy-she'riyat asarlari bilan bir qatorda ilg'or ijtimoiy qarashlar va kayfiyatlarni ifodalovchi qo‘shiqlar ham ijod qilinardi. Ba’zan hajviy qo‘shiqlarda shoir hamda musiqachilar ikki- yuzlamachilik va mutaassiblik ustidan kulishardi. Ayniqsa, dadil so'zlar - kinoya, qochiriqlarga asoslangan qo'shiqlar xalq o‘rtasida juda tez tarqalardi. X asr oxirlariga kelib Mahmud Qoshg‘ariyning qo'shiq va epik asarlari majmuasidan iborat «Devonu lug'atit Turk» («Turk tillari lug'ati» yaratildi. Faxriddin Muborakshohning turk she’riyati va musiqa shakllari haqidagi ma’lumotlar bayoni bo'lmish «Tarix» asari ham dunyoga keldi. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy kabi allomalarning asarlari, Faxriddin ar-Roziyning musiqa janri xususidagi risolalari turkiy madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko'rsatdi, O'rta Osiyo musiqa san’ati eramizdan oldingi asrlardayoq xalqning turmush madaniyatidan munosib o'rin olgan edi. Xalq sayillari hamda to'y- tonioshalarida madhiya she’rlar o'qilar va ularga qo'shiq to'qilardi. Masalan, Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» kitobida keltirilgan qo'shiqlar yurtimizda nafosatning juda keng tarqalganidan dalolat beradi. Bu kitobda mehnat va marosim qo'shiqlari, qahramonlik qo'shiqlari hamda ishq madhi, axloqiy- ta’limiy she’rlar keng o'rin olgan. Qo'shiq va she’rlarda mehnat jarayonlari, maishiy hayot manzaralari, kishilarning jo'shqin his- tuyg'ulari, umid va orzulari ifodalangan. Mehnat qo'shiqlarida bunyodkorlik madh etilib, mehnat mashaqqatlarini yengillatishga, hordiq chiqarishga da’vat etilgan. «Devonu lug'atit turk» asari orqali bizga yetib kelgan qo'shiqlar xalqning qalbidagi qayg'u- hasratining, shodligining yo’ldoshi, bilim qomusi. diniy-falsafiy tafakkuri ramzidir. O'rta Osiyo xalqlari musiqa merosida maqomlar katta o'rinni egallaydi. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan musiqa boyligimiz- «Shashmaqom»ning shakllanishi ham qadimgi davrlarga borib taqaladi. U dastlab 24 maqom, keyin 12 maqom (unga Borbad Marvaziy asos solgan. deb taxmin qilinadi) va, nihoyat XV asrning mashhur musiqa olimi Najmiddin
Kavkabiy (1516-yilda vafot etgan) tomonidan olti maqom - «Shashmaqom» shaklida qaror topdi. Maqomlar esa inson tafakkuriga madhiyalar edi. Ma’lumki, bizgacha yetib kelgan maqomlar oltita. ya’ni «Shashmaqom» deyiladi. Borbad esa bir yilning 12 oyi tartibida 12 maqom «Duvozdah maqom» yaratgan. Bu maqomlarning har biri oyning o‘ttiz kuni hisobidan kelib chiqib, yana 30 xil ohangdan iboratdir. Demak, u yilning 365 kuni uchun 365 xil ohang yaratgan. Borbad o‘ziga Marvaziy (marvlik) taxallusini qabul qilgan edi.
IX asrning ikkinchi yarmi, X asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Abu Abdulloh Ro'dakiy o‘sha davr estetik tafakkuri taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdi. Ro'dakiy mashhur shoir va mashshoq sozanda edi. Bolalik chog'larida Abulabbos Baxtiyor degan sozandadan ud va chang chalishni o'rganib, xalq she’rlarini kuyga soladi va o'zi ham mahorat bilan ijro etadi. Uning xalq ichida shuhrati oshib, nomi Buxoro hukmdori Nasr II ibn Ahmadga yetib boradi va saroyga taklif qilinadi. Ro'dakiy qasida, g'azal, qit’a, ruboiy janrlarida sermahsul ijod qilgan. U Vatanni madh etishda namunali ijodkor ham edi. Demak, madhiya- buyuklarning ishqini va Vatanni ulug'lash janri edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |