Husayn Voiz Koshifiy - notiqlik san’ati haqida
Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440-yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhak kentida tug'ilgan. Boshlang'ich ma’lumotni Sabzavorda olib, yoshligidanoq notiqlikka qiziqadi. Shuningdek, adabiyot, matematika, falakiyot, kimyo fanlaridan ham to'liq bilimga ega bo'lgan. Buni uning o'sha soha bilan bog'liq ijodidan kuzatish mumkin. Undagi notiqlik san’atiga bo'lgan qiziqish tezda el orasida notiq sifatida tanilishiga sabab bo'ladi. 1455-1468-yillarda Mashhadda notiqlik san’ati bilan mashg'ul bo'ladi. 1468-yil oxirlarida Hirot shahriga kelib yashay boshlaydi. Tarixchi dim Said Nafisiyning ma’lumotiga ko'ra, Koshifiy Hindistonga boradi. Bu safar haqida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Koshifiyning ikki qiz va bir o‘g‘il farzandi bo’lgan. 0‘g‘li Faxriddin Ali Safiy zomonasining shoiri va olimi edi.
Koshifiydan anchagina salmoqli ijodiy meros qolgan. U adabiyotshunoslik, odob-axloq, tarix, kimyo, matematika. musiqa, notiqlik san’ati, din tarixi, tibbiyot va davlatni idora qilishga oid 200 dan oshiq asarlar yozgan.
Qur’oni Karimni yod bilgan, hadislarni xalqqa targ‘ib qilishda, tushuntirishda u mohir notiq bo'lgan. Qur’oni Karim haqida, avom xalqqa tushunarli bo‘lishni ko'zlab, to’rt kitobdan iborat sharh yozadi. Voiz Koshifiyning bizgacha yetib kelgan «Axloqi Muhsiniy», «Risolati Hotamna» (kitobi Hotamnoma), «Anvari Suhayliy», ya’ni «Kalila va Dimna», «Tafsiri Husayniy». «Javohirnoma» kabi asarlari arab, urdu, tatar. turk, nemis, ingliz, fransuz va boshqa ko'pgina tillarga tarjima qilingan. Koshifiy ijodiga mansub bu asarlar Iroq. Turkiya, Eron. Parij. London, Berlin, Rossiya, Afg'oniston. Tojikiston, Hindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar kutubxonalarida saqlanmoqda.
Husayn Voiz Koshifiy Hirot madrasalarida talabalarni va’zxonlikka o'qitib, o'rgatadi va shu bilan birga ta’lim-tarbiya beradi. Xuroson bo’ylab odob va axloqdan nutq so'zlaydi. Uning «Axloqi Muhsiniy», «Kitobi Hotamnoma», «Axloqi Karim», «Javohirnoma» kabi kitoblarida axloqiy ta’limot ilgari surilgan. Bu kitoblar Hirot va boshqa shahar madrasalarida darslik sifatida o'qitilgan.
Uning fikricha, inson olijanob bo'lishi uchun pok va halol, bir- biridan yordamini ayamaydigan, bir-biriga yordam beradigan va insoniy hurmatini joyiga qo'yadigan bo'lishi lozim.
«Odam nomi yaxshilik bilan eslash tufayli boqiydir.
Hayotlik ayyomlng hosili yaxshi noni orttirishdir», deydi Koshifiy. Shundagina inson yaxshi xulqi, odobi va odamlarga yaxshiligi bilan, shirinsuxanligi bilan olijanoblikka yetishishi mumkin. degan xulosaga keladi.
Voiz Koshifiy davlatga va xalqqa zarar va zahmat yetkazuvchilarni yetti toifaga ajratadi:
Dilozorlar
Nojins va nomunosib fazilatlar bilan taniqli kishilar: ya’ni hasad qiluvchi, baxillar, mo'msiq (xasislar)
Dunhimmat (1. Dun-past; 2. Razil, nokas, himmatsiz, pastkash), ya’ni pastkash va razil kishilar
Tuhmatchilar, g'iybatchilar
Xoin va ahmoqlar
Xoin va sotqinlar
To'la so'zlik (sergaplik), parishongo'ylik ya’ni laqmalar.
Koshifiy «Axloqi Muhsiniywning Adolat bobida shunday yozadi: «Buzurglar. aytibdurlarki, hamma xaloyiq aqlga muhtojdir va aqlni tajribaga ehtiyoji bordur. Na uchunkim tajriba aqlni oynasidurki anda ish salohi suvratin mushohada qilur». Demak, aqlning oynasi tajribada deb bilgan Koshifiy, o'z hayotiy tajribasiga asoslangani aniq. U notiq sifatida nutq so'zlaganida albatta, o'z aqliga tajribasini ko'zgu deb bilgan. Shuning uchun ham nutqdagi odob, axloq me’yorlariga qat’iy amal qilgan. Bu birinchi galda notiqqa xos insoniy fazilatlarda shoshmaslik, sabr, hayo, iffat, pokizalik, rostgo'ylik, kamtarlik, shijoat, hushyorlik, muloyimlik, shirin muomala, vaqtni qadrlash. tinglovchini zeriktirmaslik, ortiqcha so'zlar ishlatmaslik, o'z nutqi orqali fikrlarini tinglovchilarga lo'nda va aniq yetkaza bilish va ularni o'ziga rom etish kabilarda ko'rinadi. Yuqoridagi singari xislatlar Koshifiyda mujassam bo'lgan.
«Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida bu ulug' voiz haqida ma’lumot bergan.
Navoiy Koshifiy xarakteriga xos xislatlarni juda ixcham va lo'nda, aniq tariflagan, unda Koshifiyning notiqligi, bilimining yuksakligi, arazchiligi va kechirimliligi ham qamrab olingan. Voizlikning qanchalik qiyin kasb ekanligi ko'rsatilgan. Har qanday vaziyatda ham voiz kechirimli bo'lishi, ko'pchilikka qarshi bormasligi uqtirilgan.
Koshifiyning notiqlik san’ati haqidagi nazariy va amaliy fikrlari «Futuvvatnomayi sultoniy» asaridan o'rin olgan. Koshifiy mazkur
asarida notiqlik san’atida odob masalasiga alohida urg‘u beradi. notiqningo'zini tutishi, nutq so'zlayotganidagi holati, umuman, notiqlik san’atining qonun-qoidalari haqida asosli fikrlarini «aqlning oynasi» bo'lgan tajribalaridan kelib chiqib. notiqlikka xos amaliy va nazariy xulosalarga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |