2
“Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni
yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo’lib o’sadi,
istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”
Shavkat Mirziyoyev
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ta’lim
tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Buning yorqin dalili sifatida O‘zbekiston
Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va
Kadrlar tayyorlash Milliy
Dasturini qabul qilinishi, ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini tubdan
yangilash va rekonstruksiya qilish, milliy dasturlarini amalga oshirilishi, ta’lim
jarayoniga yangi axborot texnologiyalari joriy etish
sohasidagi qabul qilingan
qonun va qarorlarni keltirishimiz mumkin.
Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining
keng qo‘llanilayotgani, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilimlar ko‘lamining
tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo‘yicha milliy va
maxalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash
imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta’limning zamonaviy
metodlarini ishlab
chiqishni talab qiladi. Shularni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’limni yanada takomillashtirish maqsadida
Respublika hududida ta’limni umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar
va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda
jahonning ilg‘or yutuqlarini e’tiborga olib, oily o‘quv yurtlarida hartomonlama
shakllangan va yetuk mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari
belgilab
berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi yangi islohatlarni amalga oshirishda uzluksiz
ta’lim tizimini shakllantirishga katta ahamiyat bermoqda. 2020-yil
mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon
qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan
shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy
3
manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo’nalishlaridan
kelib chiqqan holda,
matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab
olindi. Bu ishlarning davomi sifatida 2021-yil ham ko‘p vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev O’zbekistonning matematika fani
bo’yicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini,
funksional tahlil va
differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yo’nalishlari bo’yicha
nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik
olim Butunjahon fanlar akademiyasi a’zosi ekanini alohida ta’kidladi. Ko’plab
xorijiy ilm-fan markazlari, xususan, Bonn, Kembrij, Parij,
Seul kabi yirik
shaharlardagi yetakchi ilm dargohlari bilan birgalikda qo’shma ilmiy loyihalar
amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-
iyuldagi matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishga oid qarorining
ijrosi doirasida poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining
Matematika instituti uchun zamonaviy talablar asosida yangi bino barpo etilib
foydalanishga topshirildi. Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 31-yanvar yosh
tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari
va ishlab chiqarish sektori
vakillari bilan uchrashuvda matematikada ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan
bog’lash, raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam poydevor yaratish borasidagi
dolzarb vazifalarga to’xtalib o’tdi. Yoshlarda matematika faniga qiziqishni
kuchaytirish, iqtidorli bolalarni seleksiya qilib, ixtisoslashtirilgan
maktablar va
keyinchalik oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ishlarini to’g’ri tashkil qilish
kerakligi ta’kidlandi va vazifalar belgilab berildi. Bugungi kunda, matematika
o’qituvchisini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida algebra va sonlar
nazariyasi kursini o‘qitish jarayoni juda ilg‘or suratlarda o‘sib bormoqda