Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet81/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Parodiya - qo'shiqning aksi

Parodiya - grekcha «para» - teskari. «oda» - qo'shiq, ya’ni «qo'shiqning aksi» ma’nosini anglatadi. Adabiy janr hisoblangan parodiya biron she’rni hazil - mutoyibaga oiib, zaif tomonlarini tahlil qilishdan boshlangan. Keyinchalik parodiyaning o'zi barcha ijtimoiy hayotdagi kamchiliklarni sahnadan turib tahlil qiladigan janrga aylandi. Parodiya asosini shaklini mazmuniga qarama-qarshi qo'yish va mantiqan taqqoslash tashkil qiladi. Tahlil qilinayotgan obyekt mazmunini olib borib unga aloqasi yo'q shaklga taqqoslanganda tomoshabinda kulgi paydo bo'ladi. Bundan unumli foydalangan parodiya ijodkorlari - aktyorlar turli mavzuga erkin yondashib nomerlar yarata oldilar. Shu nuqtai nazardan qo'shiq, raqs, she’r, musiqa, sirk nomerlariga. hatto, buyuk shaxslar fe’l-atvoriga parodiya yaratish mumkin.
Dramaturglar ham bo‘lib o'tgan voqeaaksini ifodalash uslubidan foydalanishadi. Ular qahramonning aksi bo'lgan personajni voqeaga kiritib, o'z g'oyalarini yorqin ifodalaydilar. Bu usul estrada sahnasida ikki to'porini tushunish bilan ifodalandi. Birinchi aktyorning to'pori savoliga - ikkinchisi o'ta to'porilik bilan javob beradi.
Parodiya janridan sirk masxarabozlari, qo'g'irchoq teatri aktyorlari, shoirlar ham foydalanadi. Bu janr. ayniqsa estrada teatrida 0‘zining yorqin ifodasini topgan. Mashhur ijodkorlarning fe’l-atvoriga yoki qiliqlariga parodiyalar yaratish estrada aktyorlariga juda keng imkoniyatlar berdi.

    1. Intermediya - qo'shimcha tomoshaning kichik shakli

Intermediya - lotincha «oraliqdagi qo'shimcha tomosha» ma’nosini anglatadi. Hazil-mutoyibali qo'shimcha tomosha - nomer shaklidagi qo'shiq, musiqa, she’r yoki raqs mavzu g'oyasini yanada yorqinroq ifodalashda yordam bergani uchun intermediya deb atalgan. Bu tushuncha misteriya, ya’ni diniy mavzulardagi spektakllaming kartinalari orasida. dekoratsiya almashguncha. parda oldida ijro etilgan tomoshaning «intermediya», deb atalishidan kelib chiqqan. Intermediya ijrochilari badihago'ylik bilan mavzuga mos hazil mutoyibalar bilan tomoshabinlarni kuldira olgan.
J
Italiyada katta shakldagi tomoshalar - tragediya va komediyalar aktlari oralig'ida kichik shakldagi intermediyalar ijro qilinishi XVI asrdan odat tusiga kirdi. Fransiyada esa «Komediya del art» xalq teatri intermediyalar ijrosi bilan mashhur bo‘ldi. Moler o‘z teatrida aktlar oralig‘idagi intermediyalardan unumli foydalangan. Angliyada intermediyalar insonparvarlik g'oyalarini targ‘ib qiladigan satiralarni namoyish qiladigan nomerlarga aylanib ketdi. Shekspir asarlari ijro qilinayotgan paytda, aktlar oralig‘ida shut - masxarabozlar guruhi intermediyalar ijro qilganligi haqida ma’lumotlar bor, Balki shuning uchun u o‘z asarlaridagi eng og‘ir sahnalarida masxaraboz satirik monologlar bilan haqiqatni ochib tashlashidan o'rinli foydalangandir.
XVIII asrga kelib Ispaniyada intermediya mustaqil janr maqomini oldi. Chunki. u xalq teatrining asosiy ifoda quroliga aylandi. Hazil- mutoyiba va badihago'ylikka asoslangan bunday nomerlar xalqning maishiy turmushidagi mavzularni sahnaga olib chiqishga, uning ustidan kulishga imkon yaratdi. Bu janrdan Servantes o‘z asarlari g'oyasini ochishda ustalik bilan foydalanadi.
Rossiya va Ukrainada namoyish qilingan tomoshalar oralig'ida ko'rsatilgan nomerlar ijrochilari «tentaknamo kishilar» deb atalgan. XIX asrda intermediyalar qo‘shiq va raqslar bilan boyitilib, alohida ijro etiladigan bo'ldi. Intermediya Rossiyada mustaqil janr darajasida ijro qilingan. Intermediya nomerlaridan XX asr boshida rejissyor Vaxtangov o‘z spektakllarida ustalik bilan foydalandi. LJ «Turandot malikasi» spektaklini intermediyalarga qurib, bu tomoshani juda mashhur qildi. Shu tariqa intermediya janri juda mashhur bo'lib ketdi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish