Maska - sahnaviy niqob
Maska - lotincha bosh qismiga kiyilgan niqob ma’nosini bergan, teatr san’atida aktyorning yuz qismini o'zgartiradigan niqob tushunchasidir. Qadimiy bayram tomoshalarida greklar yuzlariga niqob qoplab. ustlariga bayramga mos kiyim kiyganlari natijasida Yevropada «maskarad» - ya’ni kostyumlar va niqoblarni namoyish qiladigan maxsus sayillarni keltirib chiqardi.
Angliyada XVII asrda to'ylar va tantanalarda saroy ahli uchun «maska» - «niqobwlar tomoshasi ko'rsatilgan. Unda maxsus kiyim kiygan va niqoblar taqqan aktyorlar to‘y egalarini ulug'lab qo'shiqlar aytgan, bag‘ishlov she’rlar ijro qilingan. sho'x raqslarga tushib bayram kayfiyatini yaratgan. Saroy ahliga ma’qul bo'lgan tomosha turi «Maski - Niqoblar» teatri maqomini oldi.
«Maska» ijrochilari ko'riklari rivojlanib, saroy ahli uchun maxsus bir aktli spektaklga aylandi. Spektakldan so'ng aktyorlar - qo'shiq aytib, raqs. she’r va sirk nomerlari bilan tomoshalar ko'rsatgan «Maski» teatrining spektakli juda boy kostyumlari va dekoratsiyalari bilan ajralib turgan. Boy kostyumlardagi aktyorlar ijrosidagi qo'shiq, raqs va she’rlar estrada nomerlari saviyasini ko'tardi.
Fars - bo'rttirib ta’kidlash usuli
Fars - lotinchada «boshlamoqdaman» ma’nosini anglatib, maydon tomoshalari janrlaridan biridir. U har bir xalqning ko'z ilg'amas fazilatlarini sahnaga bo'rttirib olib chiqish jarayonida tez tarqalgan.
U demokratik yo'nalishi, hur fikrliligi, hayotbaxshliligi bilan mustaqil tomosha turiga aylandi. Fars teatri aktyorlarning obraz - maskalari: ta’magir - do'xtir; qotib qolgan fikr egasi - olim; maqtanchoq er - va’daboz; shallaqi xotin kabi personajlari bilan xalqning dardini ifodalay olgani uchun hayotda o'z muxlisini topdi..
Bujanr kaltafahmlik, maqtanchoqlik,ta’magirlik yoki shallaqilikni ko'rsatishda komediyaning tashqi ifoda vositalaridan va ularni bo'rttirishdan unumli foydlangan. Natijada janjal, bahs, maqtanish, mushtlashish, mast-alastlik bo'rttirilgan bufonnada shaklida ijro qilingan. Bunday ifoda vositalari ommani ko'z ilg'amas pastkashliklar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini anglab yetishga xizmat qilgan.
Sirk nomerlarida farsning buffonada, ya’ni bo'rttirish uslubi azaldan qo'llanib kelingan. Ayniqsa, masxarabozlarning nomerlari faqat buffonadaga qurilgan.
Estrada sahnasida bo'rttirish uslubi so'z san’atida. loflarda, feletonda, askiya payrovlarida qo'llaniladi. Bo'rttirish kamchiliklarni ochish va g'oyani ta’kidlash borasida badiiy vosita bo'lib, estrada aktyorlari undan hamon ustalik bilan foydalanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |