Tomosha dramaturgiyasi turlari
Modomiki, XVIII va XIX asrning birinchi yarmidagi o‘zbek teatri tarixini yoritishda, avvalo. o'zbek qadimiy. an’anaviy teatrining asosiy repertuari bo'lgan og'zaki dramaturgiyaning xarakteri, badiiy estetik prinsiplari, uning o'ziga xos xususiyat- lari, shuningdek, og'zaki dramaturgiya ijodkorlari va ularning ijodiy yo'llarini ko'rib chiqishimiz lozim.
O'zbek professional teatri repertuarining turlari nihoyat xilma- xil bo'lib, katta-kichik xalq og'zaki koinediyalardan, pantomim spektakllar, satirik va yumoristik hikoya hamda latifalar, hajviy yoki pantomim raqslar, qiziq lapar va qo'shiqlar, tanqid, askiya. chandish va hokazolardan iborat.
O'zbek xalq og'zaki dramaturgiyasi, asosan, xalq komediya- laridan iborat bo'lib, tekshirilayotgan davrda O'zbekistonda hali Yevropa dramaturgiyasining drama, tragediya, musiqali drama kabi murakkab janrlari tug'ilmagan edi.
XVIII va XIX asrda o'ynalib kelgan komediyalarni mavzu jihatidan asosan ikki turkumga bo'lish mumkin. 1. Insonga shodlik hadya etuvchi yengil. yumoristik va maishiy komediyalar. 2. Kuchli ijtimoiy mavzu ko'tarilgan va tarbiyaviy ahamiyatga molik bo'lgan satirik pyesalar. Har ikkala turkumga kirgan pyesalarning tomoshabinga bo'lgan emotsional ta’siri ham turlicha, chunonchi yumoristik yoki maishiy pyesalarda shodlik, kulgi chiqarish asosiy maqsadni ko'zda tutadi. Uning syujet va fabulasi tasodifiy voqealardan kelib chiqadi. Garchand bunday komediyalar insonga shodlik hadya etsa-da, ular tomoshabin ruhiga sotsial ta’sir qilish jihatidan cheklangandir.
O'zbek og'zaki dramaturgiyasining eng rivoj topgan turi satirik pyesalardir. Ularda jamiyatning muhim muammolari, mavjud sotsial tuzum ziddiyatlari, tabaqalar o'rtasidagi munosabat real tasvirlanadi. Hayotdagi adolatsizliklar va zulm keskin fosh qilinadi. Bunday pyesalarning eng kuchli tomoni undagi mavzuning zamonaviyligi, syujet va konfliktning hayotiy faktlarga asoslanishidir.
Satirik pyesalarning tematikasi inson ideallari va hayot me’yorlardan chekinish. shafqatsizlik. axloqsizlik, buzuqlik va o'zboshimchaliklar, poraxo'rlik, xasislik, beadablik va farosatsizliklar. dangasalik, o'g'rilik, yolg'onchilik. umiiman, ko'pchilik ommaga ma’qul bo'lmay qolgan hayot illatlari va kamchiliklar kulgi ob’ekti bo'lib keldi.
Ayrim xalq komediyalarining syujeti kinoya va kesatish asosida ham qurildi. Ularda ham o'sha zamon hayotining muhim tomonlariga tegib, jamiyat ideallari ko'tariladi, sotsial tuzum va ayrim shaxslarga kinoya va kesatish yo'li bilan kulgi chiqariladi.
Shunday qilib, o'zbek xalq komediyalari butun asrlar bo'yi xalq ideologiyasining muhim bir qismi sifatida ijtimoiy, siyosiy va jamoat fikri rivojida muhim rol o'ynab keldi. Kulki vositasi bilan, u, jamiyatni sog'lomlashtirish yo'lida kurashdi. odamlarni xursand qilib hayotga chaqirdi, xushchaqchaq va erksevar demokratik ommaning orzu- umidlarini ifodaladi.
Har bir xalq og'zaki komediyasi dramatik xususiyatga, ma’lum fabula, syujet. tugun. kulminatsion nuqtaga ega. Biroq pyesalar og'zaki xarakterga ega bo'lganidan lining syujeti. fabula va matnlari yozma dramaturgiya kabi murakkab va barqaror emas. U ssenariy xarakteriga ega bo'lganidan aktyor spektakl vaqtida pyesa qahramonlarining xarakteriga, tomosha maydoni kayfiyatiga qarab uning mazmuni va syujetini o'zgartirishi, so'z va detallar qo'shish yoki qisqartirishi mumkin. Ba’zi pyesalarning syujetida aktyorning tomoshabin bilan olib boradigan dialoglari uzviy bog'langan bo'ladi.
Og'zaki komediyalarning obrazlari umumlashgan tipik xarakterga ega bo'lib. ularning xarakter, so'z va xulqlarida ijtimoiy qarama- qarshiliklar va voqelik real tasvirlanadi. Obraz va xarakterlar asosan kulgi chiqarish maqsadida yaratilganidan aktyorlar har bir tipning fosh qiluvchilik tomoniga alohida e’tibor berar edilar. Shuning orqasida ular o'tkir va yorqin ifodaga ega bo'lardi. Ayrim komediyalarda mudarris, qozi, sudxo'r, rais kabi xalq komediyalarida yaratilgan obrazlarning aksariyati satirik tiplardan iborat bo'lgan. Garchand ayrim pyesalarda mehnatkashlarning ijobiy obrazlari yaratilgan bo'lsa-da, ular ham. asosan. komediya rejasida berilar yoki fosh qiluvchilik vazifasinigina bajarardi. Ba’zi aktyorlar ayrim komediyalarda ayol obrazlarini ham yaratganlar. Ammo ular faqat komediya qahramoni bo'lib xizmat qilardi. xolos.
Og‘zaki pyesalarning mualliflari komediyaning tiliga ham alohida e’tibor beradilar. Ularning tili xalqqa tushunarli, sodda, chuqur ma’noga ega bo'lgan serzavq, serqochiriq kinoya va satirik iboralarga boy bo'lardi. Ularning ijodkorlari xalq hayotini, har bir sinfning o'ziga xos til xususiyatlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini, atamalarini chuqur bilgan. Shuning uchun ularning yaratgan pyesalaridagi har bir qahramonning tili turli sotsial tiplar xarakterini belgilab berishga ham xizmat qilardi.
Qo'qon aktyorlari ijro qilgan pyesalarda har bir so'z bir necha ma’noga, lokal, o'tkir satirik xususiyatlarga ega. Ular obrazli iboraiardan, xalq maqotlaridan badiiy mahorat bilan foydalanganlar. Ehtimol, bu yerdagi og'zaki komediya mualliflarining adabiy hamda askiyachilar bilan yaqin aloqada bo'lishi pyesa tilining badiiy shakllanishiga ta’sir qilgandir.
XVIII-XIX asrlardagi xalq og'zaki komediyalarining uch xonlikka xos ijodi hanuzgacha chuqur o'rganilmagan. Ayniqsa, o'sha davrda Buxoro va Xorazm xonliklarida maydonga kelgan komediyalarning mualliflari aniq emas. XVIII asr oxiri va XIX asrning boshida o'zbek og'zaki dramaturgiyasi ijodkorlaridan eng mashhuri Muhammad Solih Bidiyorshum bo'lgan. Ammo bu muallif ijodi va tarjimai holi to'g'risida ma’lumotlar juda oz. U Qo'qonda tug'ilgan va Farg'ona aktyorlik maktabining rahbari bo'lgan. Uning truppasi Umarxon va Madalixon davrida saroyga ham tez-tez taklif qilinibturilgan. Bu san’atkor o’zzamonasining bilimdon kishisi bo'lib, she’rlar ham yozgan. Musiqa va raqs san’ati ustozlaridan hisoblangan, juda ko'p og'zaki pyesalarning muallifi ham bo'lgan. Biroq hozirgacha uning yaratgan asarlaridan faqat «Mudarris», «Yer taqsimoti», «Cho'pon bola»gina ma'lum.
«Mudarris» Bidiyorshumning eng yirik asarlaridan bin. 14 kishi mudarris, shogirdpesha, mutavalli, boy va 10 ta mullabachcha qatnashadigan bu pyesa o’tkir satirik asar bo'lib, uning to‘la mazmuni XIX asrning qirqinchi yillarida Qosim hojining «Jung» tarixida bayon etilgan. Bu pyesa o'zining badiiy fazilati, ma’naviy va g'oyaviy yo’nalishi, kompozitsiyasining puxtaligi, obrazlarning psixologik ishlanishi, xarakterlarning indi vid ual I igi, tilining boyligi jihatidan XVIII asr og’zaki komediyalarining eng yaxshi namunasi desak bo'ladi.
Bular shuni ko’rsatadiki, Bidiyorshum o*z zamonasining ilg'or kishilaridan bo'lgan. U o’zining demokratik g’oyadagi asarlarida mehnatkash xalq manfaatidan uzoq bo’lganlarni fosh qilib. xalqning adolat va erk uchun bo'lgan orzu-havaslarini aks cttirgan. Buyuk san’atkorning quyidagi she’rlari uning hayoti muhtojlik bilan og’ir musibatda o'tganligini ko'rsatadi.
Bidiyoro boshimda boylar kabi muguzim yo q, Tagimga solay desam, bir shapaloq kigizim yo ‘q, Chorig im yirtilibti, tikay desam, bigizim yo ‘q, Slud sababdan yalang oyoq qoldini mono.
Do'stlaringiz bilan baham: |