Teatr - katta shakldagi tomosha turi
Yettinchi asrdan boshlab shariatning qonun-qoida va tartiblariga ko'ra kulgi, xursandchilik kayfiyati gunoh hisoblanib, inson ruhiy dunyosiga putur yetkazuvchi pinhoniy, shaytoniy kuch sifatida qaralib, jamiyatdan quvib chiqarila boshlagan edi. Kulgiga, xursandchilikka, teatrga, tomoshalarga, bayramlarga, bazm va sayillarga qarshi kurashlarining zamiri insonni mute - xo'p deydigan qilib tarbiya siyosatidan kelib chiqar edi. Shuning oqibatida butun o'rta asr davrida hukmron mafkura va xalq o'rtasida keskin kurash davom etdi. Chunki, bu davr tomoshalari - sinkretik, ya’ni san’at turlarini bir tomoshaga sig'dirgan xarakterga ega edi. Insonning kulgiga. xursandchilikka, tomoshaga bo'lgan qiziqishi va ishtiyoqini hech qanday diniy, ruhiy qonun va kuch so'ndira olmadi.
Shuning uchun ham rasmiy ma’muriy doiralar va xalq tomonidan yilning turli fasl va mavsumlarida o'tkaziladigan sayil va
169
tomoshalarga, ularning o'yin, kulgi va xursandchiliklariga asta-sekin ruxsat bera boshladi. Bunday sayil va tomoshalarda sozandalar, raqqoslar, aktyorlar, xalq ijodining turli shakllari qatnashdi. XVIIIXIX asrlarda xalq sayillarining soni ancha ortdi. Bu davrda yirik shaharlarning qariyb hammasida «kasabai sozanda» yoki «mextarlik» kasaba va uyushma «tsexwlar mavjud edi. Chunonchi, o'tgan asming yetmishinchi yillarida Qo'qonda bo'lgan chex folkloristi A.F.Eyxgom «XIX asrda bu shaharda 4 ta «kasabai sozanda» uyushmasi bo‘lib, ularda juda ko‘p mashshoqlar, hofizlar, aktyorlar, raqqoslar to‘plangan, ular shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib qo'shni davlatlarga ham chiqar edilar», deb yozgan edi.
Qadimgi an’anaviy teatr tushunchasiga - turli sayillar, tomoshalar, marosim va bazmlar, ularda ko’rsatiladigan turli o‘yinlar: aktyorlar, sozanda, hofiz, raqqosalarning san’atlari, qo‘g‘irchoq, sirk o‘yinlari va hokazolar kiradi. Chunki qadimiy teatr sinkritik tomoshalar namoyish qilgan.
Turkiston xonliklarining har bir shahrida o‘ziga xos sayilgoh, tomoshagoh joylari bo‘lardi. Chunonchi, Qo'qonning «Katta chorsu»si shaharning markaziy sayilgoh joyi hisoblanardi. Sathi uch ming kvadrat metrdan ziyod bu keng maydonga o‘n-o‘n besh ming tomoshabin jo bo‘lardi. Shaharning yirik ko'chalari, bozor va rastalarining hammasi shu chorsuga kelib tutashgan. Chorsuning shimol tomonida shahar begining mahkamasi, g‘arb tomonida esa madrasa bo'lib, uning quyi tomoniga keng choyxona va turli savdo do'konlari joylashgan edi. Chorsu sharqida ham butun maydonga cho‘zilib ketgan katta choyxona bo’lgan.
Choyxonalarda katta qandillar yonib turar, ular shaharga qandaydir fayz bag'ishlardi. Choyxonalarda joylashgan sozandalarning mashqi, tarafma-taraf ashula aytayotgan hofizlarning yoqimli va o'tkir ovozlari xalqning zavqli qichqiriqlari bilan qo'shilib ketar, askiya navbatida qahqahalar hammayoqni tutardi.
Goho-goho bozor maydonining yoki chorsuning bir chekkasida, qo‘qqisdan xalqning baland kulgisi va hayqiriqlari eshitilib qolardi. Demak, u yerda aktyorlar o'zlarining qiziq o'yinlari bilan hammani kuldirmoqda yoki qo‘g‘irchoqboz, raqqos va yoki muallaqchi o‘z hunari bilan tomoshabinning olqishiga sazovor bo'hnoqda. Bozor maydonlari, chorsu va rastalarda tez-tez qalandarlar. maddohlar paydo bo’lardi. darning orasida o’nlab xushovozli hofizlarni, so‘z ustalari vazokirlami uchratmoq mumkin. Ammo bu toifa «san’atkor» xalqni xursand qilish yoki kuldirish uchun xonish qilmasdi. Aksincha. ular aytadigan kuylar yoki o'qiydigan she’rlar diniy ruhda bo’lib, odamni bu dunyo rohatlaridan voz kechishga va oxiratni o’ylashga chaqiradigan pand-nasihatlardan iborat bo’lardi.
Kechasi tomoshalar «Katta chorsu» maydoniga ko'chardi. Chorsu xaloyiq bilan to’lib-toshardi. Maydonning bir chekkasida bordon bilan o'ralgan bir kichik xona paydo bo’lardi. Bu aktyorlarning kiyim- kechak kiyib, grim qiladigan joylari. Sozanda va ashulachi hofizlar, raqqoslar chorsuning har ikki tomonidagi choyxonalarga bo‘linib o’tirardilar. Tomosha sozandalarning mashqi bilan boshlanardi, o'yinni korfarmon boshqarardi. Davraga hofizlar chiqardilar, so’ngra bir nafas askiya ketardi. Shundan so‘ng raqqoslarga navbat keladi, oxirida bir necha qo’g’irchoq yoki an’anaviy teatr tomoshalari ko‘rsatiladi.
Bunday sayillar Qo’qonda goho xonning farmoni bilan O‘rda atrofida ham tashkil qilinardi. O’rdaning g’arb tomonida shunday katta tomosha maydoni bor edi. Maydon atrofida yuzlab chodirlar qad ko’tarar. maydonga minglab fonariar osilib bezatilar, o’rtada karusel aylanib turardi. Bu orkestr uchun tayyorlangan maxsus joy - estrada deyilgan. Bunday tomosha-spektakllarga eng malakali san’atkorlar, aktyorlar. sozandalar. raqqoslar. hofizlar jalb qilinar, o’yinlar maxsus belgilangan tartib bo'yicha olib borilar, bunday sayillar, hatto besh-olti kunga ham cho'zilib ketardi.
Bundan tashqari Qo'qon atroflarida «Yangi chorsi», «Muyimarak», «Qaynar buloq», «Ovg‘on bog‘», «Erxub-bi», «Qorayuz buvo». «Xo’jaytirab» kabi turli sayilgoh va qadamjolar bo'lib. ularda ham turli mavsumlarda xalq sayili va tomoshalari o’tkazilardi.
Og‘ir mehnatdan tinkasi qurigan mehnatkash omma tomosha maydonlariga to’planib. san’atkorlar hadya etayotgan xursandlikdan bahramand bo'lishga, kulishga, charchoq chiqarishga, yuraklarini bir oz bo’lsa ham yumshatishga imkon qidirardi. Xalq ruhiyatini o'zida aks ettirgan san’atkorlarning ijodiy faoliyatlari kuchayib. repertuaridagi mavzu doirasi kengayar, fosh qiluvchilik motivlari o'tkirlashar, mazmuniga mazmun qo'shilar edi. Mehnatkash xalq sayil va tomoshalarda ijro etiladigan musiqa sadolarida, hofizlarning bu alamli dunyodan faryod chekkan ashulalarida o‘z his-tuyg'ularini tasavvur qilar, natijada xalqning yuragi san’atkor bilan qo'shilib ketar, aktyorlarning haqiqiy hayotni bamisoli oyna kabi aks ettiruvchi spektakllarida o'zlarini ezayotgan va xo'rlayotgan shaxslarning keskin masxara qilinishini ko'rib, chin qalbdan qahqaha otib kular edi.
Ikkinchidan, hukmron mafkura bunday sayil va tomoshalarga ruxsat berganida o'z maqsadlarini ham ko'zda tutar edi. Ular xalq qo'zg'olonlaridan nihoyatda qo'rqar, shuning orqasida turli sayil va tomoshalami kuchaytirib, xalqni «yomon niyat»dan qaytarib ushlab turishga, hatto xalq tashkil qilgan sayil va tomoshalami o'zlari tashkil qilgan «tashabbuskor»lar qilib ko'rsatishga urinar edilar. Natijada xoniiklaming poytaxtlarida o'tadigan sayillar ancha tashkiliy tus ola boshladi. Bu o'z navbatida teatr hayotining jonlanishiga olib keldi. O'zbek xalqi va uning teatr namoyandalari, qadimgi tomosha an’analarining eng qimmatlilarini oltin qidiruvchilar singari topib, tanlab, pardozlab asrlar osha ko'z qorachig'iday saqlab. avloddan- avlodga tashib keldilar.
XVIII va XIX asrda Turkiston xonliklaridagi an’aviy teatr hayotini tasvirlab beradigan son-sanoqsiz manbalarga egamiz. Chunonchi, 1800-yilda rus elchilaridan Pospelov va Burnashevlar Qo'qonda o'tgan bir sayilda ko'rgan aktyor o'yinlari ularda katta taassurot qoldirganini yozadilar. 1813-1814-yillarda Turkistonga kelgan alohida Sibir korpusining tarjimoni Filipp Nazarov «loshkentliklar san'atni nihoyatda sevadi, ko'cha maydonlarida, bog'larda aktyorlar, musiqachi va raqqoslar muttasil tomosha ko'rsatadilar», deb yozadi. F. Nazarov Qo'qonda bo'lgan bir sayilda ham qatnashgan. U Qo'qon san’atkorlariga katta baho berib. ijrochilik va mahoratda ular Toshkent aktyorlaridan yuqori turganlarini va Qo'qon san’atkorlari bu to'g'rida o'zlarini mag'rur his etganlarini alohida ko'rsatib o'tadi.
Qo'qonda xonlik qilgan Muhammad Umarxon o'zi (1809-1822) shoir va san’atkor bo'lganidan poytaxtiga Turkistonning turli shaharlaridan shoirlar, sozandalar, raqqoslar va aktyorlar to‘plashga urinadi. Chunonchi, u Xivadan mashhur sozanda va bastakor Xudoyberdi ustozni oldirib keladi. Bu kishi asli qashqarlik bo'lib, Qo'qonda o'z maktabini tashkil qildi; uning atrofiga iste’dodli shogirdlar to'plandi. Bit davrda Qo'qonda doimiy truppa ham tashkil topdi. Uning rahbari Muhammad Solih Bidiyorshum bo'lib, truppa tez-tez saroyga ham taklif qilinib turilardi. Shunday qilib. bu davrda shahar madaniy hayoti juda tez o'sdi.
Umarxon davrida saroyda yoki saroy oldidagi maydonlarda, shuningdek, shahar atrofidagi sayilgohlarda sayillar tashkil qilinar, ularda o'zbek aktyorlari o'zlarining boy repertuari bilan chiqar edilar. Yuzlab san’atkorlar qatnashadigan tomoshalar Bidiyorshum rahbarligida. u chizib bergan qat’iy reja asosida olib borilgan.
V.Nalivkinning yozishicha, 1821-yilda Umarxonning Zomin maxorabasidan g'alaba bilan qaytganida saroyda va saroy atroflaridagi maydonlarda uzluksiz tomoshalar davom etgan. Dev qiyofasida o'ynaladigan o'yin, raqqoslar maydondan maydonga o'tar, ayrim chog'larda esa ularni she’r o'quvchi so'z ustalari, shoir va hofizlar, aklyorlarning spektakllari almashtirib turgan.
XVIII asr davomida va XIX asr boshida Qo'qonda ko'p sonli malakali san’atkorlarning to'planib borishi bu o'lkada an’anaviy teatr hayotining juda tez jonlanishiga olib kelgan bo'lsa kerak.
1830-yilda Qo'qon elchilarini kuzatib kelgan Xorunjev Toshkentdagi sayil va tomoshalar to'g'risida ham ma'lumotlar beradi. Uning yozishicha. Toshkent shahri atrofida bir balandlik maydon bo'lgan. Bu yerga chodirlar o'rnatilib har yili xalq sayili o'tkazilar, sayil bir hafta davom etib. unda uzluksiz musiqa, raqs, ashulalar, sirk va sport o'yinlari. an’anaviy tomoshalar o'ynalar ekan.
Qo'qon xonligida Muhammadalixon yoki Madalixon (1822-1842) zamonida ham teatr hayoti bir daraja rivoj topdi. Endi saroyda va shahar atrofidagi maydonlarda har juma к uni tomoshalar qo'yish odat tusiga kirib bordi. Madalixon ham Umarxon singari Turkistonning boshqa xonliklaridan shoirlar. sozandalar, raqqoslar, aktyorlar keltirib. Qo'qon san’atchilarining sonini orttira bordi. Chunonchi, Madalixon Xudoyberdi ustozning tavsiyasi bilan Xivaning mashhur sozanda va bastakorlaridan Solihbek va Mo'minbeklarni Qo'qonga oldirib keldi. Bu davrda Xudoyberdi ustoz tarbiyasini topgan Qo'qon sozandalaridan Ashurali mahramning Qo‘qon xonligida dong'i chiqdi. Bundan tashqari XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon poytaxtida Rustam hofiz. Boymat hofiz, Saidali hofiz, Abdurahmon pari, Muhammad mehtar kabi musiqa san’atining namoyandalari ijod qilardilar. XIX asr oxiridasamarqandlik mashhur hofiz hoji Abdul Aziz va xo'jandlik hofiz Sadirxonlar mana shu Ashurali mahram tarbiyasidan bahramand bo'lganlar.
Mavlono Nodirning «Haft gulshan» asarida ko'rsatilishicha, bu davrda Nodirabegim atrofida juda ko'p so'z ustalari, shoir va shoiralar, sozanda va raqqosalar, aktrisalar to'planganini va o'sha davrda Qo'qon saroyida bit san'atkor qizning musiqa va ashula san’atida nihoyat katta mahoratga erishganini ta’riflab o'tadi.
Qo'qon tarixchilaridan Mullo Qosim hojining 1840-yilda Madalixon davrida, saroyda Bidiyorshum truppasi tomonidan o'ynalgan «Mudarris» spektakli tafsiloti to'g'risida yozib qoldirgan. Shunday qilib, bu davrda saroy qoshida ko'p kishilik xalq cholg'u asboblari to'dasi (bunga harbiy orkestr kirmaydi). ko'p kishilik raqs ansambli hamda aktyorlar truppasi barpo topdi.
Qo'qon saroyiga jalb qilingan san’atkorlarning rahbari mashhur aktyorZokir eshon bo'lib. truppa tarkibida Rizo qiziq, Sa’di Mahsum, Normat qiziq, Boybuva qiziq, Mo'min qishloqi, Bahrom qiziq, Usmon qiziq, Ro'zi gov, Baxtiyor, Shomat qiziq, Davlat qiziq, mullo Hoshim, Usmon qiziq, Xolmat qiziq, Qalsariq qiziq. Avliyoxon qiziq kabi 30 dan ortiq iste’dodli aktyorlar ijod qilar edilar.
Zokir eshon truppasining repertuari boy bo'lib, tematikasi ham rang-barang edi. Bu yillarda truppa xalq o'rtasida yoki saroyda tomoshalar ko'rsatgan faqat bizga ma’lum bo'lgan pyesalarining soni 40 dan oshadi.
Zokir eshon truppasi qo'yib turgan pyesalarning hozircha. bizga ma’lum bo'lganlari quyidagilardan iborat: «Mudarris». «Zarkokil», «Avliyo», «Xon hajvi». «Sirka taroq azizlar», «Farzand duosi», «Qalandarlar», «Dorbozlik», «Xatna», «Mardikor va novvoy», «Shayxul Islomning sud munozarasi», «Yomon uka», «Chusti muqallidi», «To'rt jinni yoki Azayimxon», «Qo'ydi-chiqdi», «Imom domlaning uylanishi». «Uloq». «Kelin tushirdi», «Maqtanchoq kishi».
«Er va xotin». «Duxtorbozlik», «Oqsoqol», «Qozi», «Mamayunus- ning dadasi». «Sudxo'r». «Lo'yli». « Attorlik», «Ketmon o'g'risi» yoki «Xotin janjali», «Bachchaboz», «Hoji kampir», «Hammom», «Mozor». «0‘lik sotdi», «Murob boshi», «Obijuvoz», «Xotin tug'dirish», «Xonga ariza», «Uy tesharlar». «Uylanish», «Suxmozor», «Kafan o'g'risi», «Boy bilan mardikor», «To'rg'ay», «G'irrom polvon» va boshqalar. Rus elchisi M.Alibekovning ko'rsatishicha, Xudoyorxonning o'g'li O'rmonbekning olti oyga cho'zilgan to'yida o'ynalgan pyesalarning soni ellikdan oshiq. Afsuski, bu pyesalarning nomlari ko'rsatilmagan.
XIX asrning yetmishinchi yillari o'rtalarida Qo'qon saroyida Zokir eshon truppasi tomonidan o'ynalgan «Xonga salom» va «Shayxul islom» spektakllari to'g'risida A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida yozib o'tgan ma’lumotlari ham juda qiziqarlidir. «...kun jum'a edi. O'rda bog’iga suv sepilib, supurilgan, o'rtadagi shohsupaga lolagul gilani yozilib, xonning о 'tirishi uchun baxmal ко ‘rpacha ustidan arslon terisi tashlangan edi. Shohsupa qarshisida nim supalar vazir, sarkarda, qozi kalon, shayxul islotnlar, qozi- quzzot, rais va shaharning zo r ulamolari - niudarrislar, ahli tariqat eshonlar, О ‘rda xodimlari va eng pastlari qo 'rboshi va daha boshilar bilan liq to'lgan edi. Shohsupadan bir oz narida, atrofi bordon bilan o'rog'liq bir uy - grimxona bo'lib, unda aktyorlar joylashgan. Bir necha daqiqa kutgandan so ng muhtasham darvozada - udaychi ko'rinib, qarshidagi raiyatga o’rnidan turish ishoratini beradi. Birdan hanima duv etib qo'zg'aladi. Ichkaridan kimxob to'n kiygan, oq shohi sallasini manglayigacha tushirgan Xudoyorxon ко ‘rinadi. Xudoyorxon orqasidan yosh O'rmonbek qizil baxmaldan tikilgan sipohi kiyim bilan otasini ta ’qib etadi. Buning orqasidan qizil movutdan shahzoda kabi kiyinib, salox taqilgan va har qatorga to ‘rt nafardan terilgan о ‘n olti~o ‘n yetti yashar, yosh va xushro ‘y sipohlar (mahramlar) chiqadilar. Xon shohsupa tomon yuradi. Yaxshi intizomli qirq nafar navjuvon shahzoda orqasida xonni ta ’qib etar edilar. Shu holda nim supalarning biridan cholg ‘ular tovushi eshitiladi. Sozlar nafis va ohangdor qilib «Sarbozcha» kuyini chaladilar. Kuy sozda qaytarilih olingan, xon orqasidagi yosh sipohlarning bir qismidan shu kuyning ashulasi eshitiladi: Shahanshohim, shahanshohim, baxtingiz kulsin! Davlatingiz, shavkatingiz dushmanlar ко 'rsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |