Bog'liq Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)
Kabare - rnushoiralar teatri
Estrada san'atining adabiy-badiiy yo'naiishi rivojiga o'z hissasini qo'shgan «kabare» tushunchasiga alohida to‘xtalish lozim. Kabare - fransuzcha, ovqatlanish joyi - kobak ma’nosini anglatadi. XVI11 asrning oxirlarida, Parij qahvaxonalari «kabarewlarda - shoirlar she’riyat kechalari o'tkazishardi. Mashhur shoirlarning bunday mushoiralari qahvaxonalarga ko'plab tinglovchi - tomoshabinlarni jalb qilgan. Musobaqa bor joyda tomosha qiziydi. Endi bunday musobaqa faqat adabiy-badiiy inushoira shaklidan konsert ko'rinishiga o'tdi. Chunki, shoirlar she’rlarini yakunlaganda. musiqachilar bahsi boshlanib. tomosha yanada zavqli tus olgan. Bu jarayonga aktyorlarning kelib qo'shilishi, ularning hozir hammaga ma’qul bo'lgan she’rni darhol qo'shiq qilib aytib berishi - badihago'ylik «kaberewga keladigan tomoshabinlar sonini yanada ko'paytirgan. Shunday qilib. kabare - shoir, musiqachi, qo'shiqchi va aktyorlarni jamlaydigan va ovqatlantiradigan maskanga aylandi. Aktyorlarning kunida sodir bo'layotgan voqealarga hazil-mutoyiba shaklida munosabat bildirishi «kabarewni Parijdagi eng mashhur tomosha maskanlaridan biriga aylantirdi.
Shunday qilib kabaredagi tomoshani tartibga soladigan. navbatni belgilaydigan hamda mashhur shoir, musiqachi, qo'shiqchini ommaga tanishtiradigan shaxsga ehtiyoj tug'ildi. Bu vazifani zukkolik va qunoqlik biian olib boradigan, hamda qahvaxonadagi zavqu-shavq ruhiyatini ushlab turadigan va uni boshqaradigan shaxs - «konferense» deb nomlandi.
«Konferanse» kaberedagi konsert dasturini tuzar va uni o'zi boshqarar edi. Bu o'ziga xos rivojlanish - boshqaruv tizimini yaratish bo'lgani biian. «kabare» o'zining eng zavqli fazilatini - badihago'ylik ruhiyatini qo'ldan berib qo'ydi. Endi bu badihago'ylik «konferensewning iqtidori va ruhiyati bilan bog'liq bo'lib qoldi.
Kaberedagi maxsus ko'tarilgan joy - «estradawda endi professional aktyorlar ham ishtirok etishdi. Konsert dasturlari opera va balet teatri aktyorlarining chiqishlari hamda spektakllardan olingan monologlar bilan boyitildi.
Parijda ilk bor ochilgan xususiy kabare «Shanuar» - «Qora mushuk» nomi bilan ish boshladi va adabiy-badiiy kechalarning markaziga aylanib qoldi. Berlinda ochilgan Kabare «Volsegona» nomi bilan ish boshladi va o'zining siyosiy o'zgarishlarga munosabat bildirgan dolzarb nomerlari bilan mashhur bo‘ldi. 1907-yilga kelib Budapeshtda ikkita kabare mashhur bo'ldi. «Bonboner» nomli restoranda shoir. aktyor E.Nadning siyosiy hazil she’rlarini eshitishga qiziqadiganlar ko‘paydi. «Modern» nomli kabaredagi konsertlar ham shov-shuvlarga sabab bo‘la boshladi.