Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet72/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Konferans va konferanse

Estrada san’ati tomosha turlari orasida konferans - janr deb qabul qilingan. Konsert nomerlari orasidagi bog‘lovchi nomerlarning ham o‘z nomi bo'lishi kerak edi va bu «konferans», ya’ni «ma’ruza» deb belgilandi. Bu nomerlarni ijro etuvchilarni esa - «konferanse» deb atashdi. «Konferanse» - fransuzcha «ma’ruzachi» ma'nosini anglatib, estradada esa so'z ustasi tushunchasini beradi. lining vazifasi konsertlardagi nomerlarni bir-biriga mantiqan bogUash, navbatdagi nomer mazmunini va uning ijrochisi bilan tanishtirishdir. Bu jarayon, albatta, hazil-mutoyibaga boy, komediya janri talablari darajasida bo'lishi lozim, deb belgilandi.
Konferanse har bir konsert mavzusidan kelib chiqib. navbatdagi o‘z chiqishi nimadan iborat bo‘lishini bilishi uchun, u, albatta, keyingi ijrochining nomeri va uning o‘zi bilan tanish bo'lishi kerak. Kasbning bu talabi konferansega estrada janrlarini yaxshi bilishga va ularning ijrochilari imkoniyatlarini his qilishga majbur qilgan. El orasida mashhur bo‘lgan qo'shiq yoki raqsni, yo nomerni bugungi kun bilan bog'lash uchun konferanse uning ijrochisi to'g’risidagi so’ngi ma’lumotlarga ega bo'lishi talab qilingan.
Parij kabere va kafelanda ijodkorlar musobaqasi va mushoirasini boshqarish jarayonida shakllangan professional konferanselarning ilk zabardast avlodlaridan keyingi yosh ijrochilar o'rnak ola boshladi. Bu yo'nalish - konsertni boshqarish XIX asrda shakllanib, XX asrda estrada tomoshalarining barcha ko'rinishlariga kirib keldi. Chunki, har qanday konsert boshqaruvchiga muhtoj. Endi konsertlarning taqdiri faqat mashhur nomerlar ijrochilariga emas, balki - konferanse mahoratiga ham bog'liq bo'lib qoldi.
Konferanselar mahorati shu darajagacha bordiki, ular konsert jarayonidagi namoyish qilinadigan har qanday nomerni hazil- mutoyiba bilan sharhlay oldi: ijrochini ulug'lab kutib olib olqishlar bilan hurmatini joyiga qo'yib kuzatib qo'ydi. Bular kasb talabi va madaniyati bo'lsa, har qanday nomerdan ozgina ijro qila bilish, mashhur ijrochiga «taqlid» qilish uning mahorati darajasini belgilay boshladi.
Shunday qilib konsert davomida tomoshabin bilan eng ko'p uchrashadigan konferanse bo'lib qoldi. Chunki. qo'shiqchi bir-ikki nomerdan keyin boshqasi bilan almashadi. Konferanse esa nomerlar orasida o'z nomerini ijro qilib ulguradi va konsertni boshqaradi.
Estrada san’atida konferanselar o'z uslublarini yarata boshladilar: konsert ishtirokchilarini ko'tarinki ruhda. bag'ri keng mezbonday kutib oladigan konferanse: ijtimoiy hayotdagi kamchiliklarning «tepasida» turib zavq bilan kula oladiganlari; kamchiliklarni bilib qolib qo'rqa-pisa sekin oshkor qiladiganlari; sahnaga to'satdan chiqib qolib «dovdirab» sharoitdan zo'rg'a chiqib keta oladiganlari; kam gapirib imo-ishoralar, pantomimalar bilan hamma narsani tushuntirib beradigan ustalar o'z mahoratlarini namoyish qilib tomoshabinning sevimli aktyorlariga aylandilar.
Konsertlardagi konferanselik - bir kishilik. ya’ni yakka bosh- qaruvni yoki ikki kishining navbatma-navbat boshqaruvini, ba’zan ikki kishining teng chiqib - dialogli boshqaruvini ta’lab qiladi. Bu yo'nalishlarda ham yuqorida sanab o'tilgan uslublardan foyda- lanishlar kuzatiladi. Juftliklar - ikki erkak yoki erkak va ayol, ikki ayol. ba’azan ikki erkak bir ayol, yoki ikki ayol bir erkak bo'lib ham konsertlarni boshqaradi. Bunday shakl konsert yoki tadbir mavzusi va g'oyasi bilan bog'liq.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish