Yunus bilan misqol



Download 137,5 Kb.
Sana24.04.2017
Hajmi137,5 Kb.
#7506
Yunus bilan misqol
G o'ro'g'libek mayxonasida qirq yigiti bilan qish bo'yi har kechasi hangomani gurung qilib, may ichib, nasha kaflab, chilim chekib, nos otib, kayfini qilib, bazmini qizitib, katta gulxan tevaragida ko'k choyni sharbat bilan ichib, kundan kunga intizomlashib o'tirdi. Go'ro'g'libek butun Turkman elatlarigj xonlik qilib, ovozasi atrofga ketib, Chambilda sarbozor yurib, atrofdan Chambilga odamlar ko'p ko'chibl kelib, Yovmitdan topilmagan narsalar Chambildan topilib yotdi. Shuytib hut kirib, mushuklar miyov bo'lib, qozonlar sutga to'iib, bitta-yarim erta qochgan qo'ylar qo'zilab, qorlar qoshoq bo'lib erib, ko'zi gullar ochilib, odamzod bahriga olamga bir ajoyib erta ko'klam isi sochilibdi. Bunday islar Go'ro'g'libekning ham dumog'iga kelib qoldi. Olma, o'rikning guliga o'xshagan ko'klamning oq shapaloqli qori bir kun ko'p| yog'ib, shu kuni kech qish oyining oxiri bilan, ko'klamning oldi bilan, deb Go'ro'g'libek Xoldor mahrani va Qirq yigit bilan nashani ko'p qilib, shirakayf bo'lishib, mayxonada yotishib qoldilar. Boshqalar o'n olti-I o'n yetti yoshida er yetsa, polvon odam yigirmadan oshib er yetar ekan. Go'ro'g'libek ham endi yigirnul yoshi to'iib, yigirma bir yoshga qadam qo'ymoqda bo'layotganida er yetibdi. Shu kecha tushida bin oyl bo'lsa, biri kun, biri gul bo'lsa, biri g'uncha, biri asal bo'lsa, biri shakar osmon bilan yerning oralig'idil Yunus pari bilan Misqol parini ko'rdi. Biri o'ng yog'ida emish, biri chap yog'ida emish. Birovining sochil buralib, mag'ribga tushgan emish, birovining sochi buralib mashriqqa tushgan emish. Go'ro'g'libek qay-sisini avval quchoqlasam ekan, deb hayron emish. Go'ro'g'libek ikki qo'lini ikki yoqqa ha, deb sermat emish. Bir pilla qirq yigitlarning ba'zilari uyg'onib qarasa, Go'ro'g'libek o'zidan o'zi yumalab, har yoqqa sermalanib yurgan emish. Tong otgandan keyin bir xil sho'xtob yigitlar Go'ro'g'libekning harakatiga kula-di. Go'ro'g'libekning o'zi ham o'zining uyg'onganini bilgan edi. Shuytib, ertagisin choy ichib o'tira turib, Go'ro'g'libek Qirq yigitlariga qarab, shu kecha ko'rgan tushini aytib, bir necha joydan timsol keltirib, birf so'z dedi:
Ey, yoronlar, qadrdonlar, tushimda

Nurga o'rolmishman ich-u tashimda,

Ikki pari, ikkovi ham qoshimda,

Biri hur-u, biri paykar ko'rindi.


Ta'zim aylab buyon bo'yin eyibdir,

Ko'kish-noparmondan ko'ylak kiyibdir,

Jallod ko'zni suzib, qoshni qiyibdir,

Biri hulkar, biri qamar ko'rindi.


Biri ermish bu jahonning quyoshi,

Boz biri qamarday aning tengdoshi

Bir-biriga o'xshar jimiyib kulishi,

Biri yoqut, biri gavhar ko'rindi.


Biri Yunus emish, birisi Misqol,

Bo'libman ularni ko'rganda behol,

Tushim chinmu ekan, yo bir masal,

Biri jodu, biri ayyor ko'rindi.


Birining tushibdir sochi beliga

Biri rayhon tutib kelmish qo'liga,

Olov yoqar boqib odam diliga,

Biri shams-u, biri qamar ko'rindi.


Avval bir bor ko'rgan edim o'zlarin,

Eshitgandim shirin-shakar so'zlarin,

Shundan beri topolmayman izlarin,

Ularning jamoli magar ko'rindi.


Biri qilur har dam imo-ishorat,

Tez yetib kel, debon berar bashorat,

Birining biqini jonlarga ofat,

Biri qand-u, biri shakar ko'rindi.


Go'ro'g'libek parilarni izlaydi,

Qayda bo'lsa, nishonasin ko'zlaydi,

Topolmasa, zor ingraydi, bo'zlaydi,

Tushda avval ikki dilbar ko'rindi.


Quchay deb intildim, qo'lim yetmadi,

Ushlatmadi, lekin yiroq ketmadi,

Qay yerdanliklarin menga aytmadi,

Biri atir, biri anbar ko'rindi.


Go'ro'g'lining xizmatini qilinglar,

G'irko'kim egarlab olib kelinglar.

Men qaytguncha hammang omon bo'linglar,

Mayxonada xurram bo'lib kulinglar.


G'animlar diliga olov yoqilsin,

G'irotimga kumush yugan taqilsin,

Tuyog'iga tilla to'g'a qoqilsin,

Oyog'i ostida dushman chaqilsin.


Otimni keltiring, o'zim sozlayin,

Yaqin emas, yiroqlarni ko'zlayin.

Gap kelganda, qo'sha-qo'sha so'zlayin,

Yunus, Misqol qayda bo'lsa, izlayin.


Tavakkalni yolg'iz qilay xudoga,

Yunusning boshida oltin o'dag'a,

Misqol deb boraman har bir to'daga,

Bo'lay barno bo'ylaridan sadag'a.


Go'ro'g'libek qirq yigitga xitob qilayotir. Shunda Soqi miroxo'r bo'lgan qirq yigitning birovi darrov o'midan turib, tablaxonaga kirib, G'irko'k otni chiqarib, ustaxonaga borib, G'irko'k otning oyog'iga tilla nahal qoqtirib, kumush yugan taqdirib, mayxonaning oldiga, shohsupaning ostiga hozir qildi. Bir yoqdan xazinachi bo'lgan qirq yigitning biri bir tilla egar, zilcha, ayil, pushtanlar, tilla uzangilarni hozir qildi. Go'ro'g'libck G'irko'k otning o'zi va anjomiari mayxonasining oldiga hozir bo'iganini bilib, yo'lbarsday chirpinib, arslonday aqirib, chilimini chekib olib, o'midan turib, kamarini mahkamlab, chalbarini kiyib, xanjanni kumush g'ilofga solib, taqib olib, boshqa kerakli yov-yarog'ini olib, shohsupaga chiqib, G'irko'k otini qashlab, abzallay berdi. Shunda shoir nima deydi:
Qo'shiq chiqaradi ko'ngil cherini,

Adashgan yod etar ustoz-pirini,

Shohsupadan pastga tushib Go'ro'g'li,

Arta berdi otning changu terini.


Asta otning badanini ushladi.

Jonivorni silab-siypay boshladi.

Son" misdan, tutqachasi kumushdan,

Erkalatib G'irko'kini qashladi.


Kishi elida kishi ko'rar xo'rlikni,

Er yigit har yerda qilar erlikni,

Siylab-siypab soldi otning ustiga,

Usti kimxob, osti mayin terlikni.


Ustalar ishlatar tesha, qirg'ini,

Durbin ko'rar ana tog'dan bergini,

Kash-kash, deb soldi otning ustiga,

Astari tibitdan zarli chirgini.


Chirgining ustidan qo'ydi bellikni,

G'anim kelsa yurtga qilmas ellikni,

Kash-kash deb qo'ydi shunda Go'ro'g'li,

O'ymalab tashlagan jahaldirikni.


Mullalar o'qiydi zer-u zabarni,

Ustalar chopadi tesha-tabarni,

Undan keyin qo'ydi otning ustiga

Tilla qoshli, korsoni kumush egarni,


Botirning ishiga barcha qoyildi(r),

Adoiatli xonga xalqi moyildi(r),

Qo'l uzatib tortdi otning beliga,

Usti oltin, osti ipak ayildi.


El ko'chirib Xo'jatog'dan oshirdi,

Sirin aytmay g'animlardan yashirdi,

Ikki uzangi, ikkovi ham tilladan,

Yarqillatib ikki yonga tushirdi.


Dah desa o'tadi qanotli qushdan,

Hech kamligi yo'qdir yo'rg'a yurishdan,

Undan keyin tortdi otning beliga,

O'n sakkiz qubbali chig'atoy pushtan.


Qayda bo'lsa botir xalqi uyushgan,

Payti kelsa g'anim bilan tuyushgan,

Kash-kash deb G'irko'k otin Go'ro'g'li,

Dumidan ildirdi karki quyushqon.


Mard yigitlar bedov minib quvondi,

Sipatib choqladi tilsiz hayvondi,

Kash-kash, deb undan keyin Go'ro'g'li,

Ot boshiga soldi kumush yugandi.


Bulbul oshna bo'lar bog'ning guliga,

Quloq soling suxanvarning tiliga,

Yo'lbarsday chirpinib shunda Go'ro'g'li,

Rabbano, deb mindi otning beliga.


Mard yaqindan uzoqlami ko'radi,

Ot ustida bek Go'ro'g'li turadi,

Qirq yigitdan, Xoldor mahram do'stidan

Ana shunda oq fotiha so'radi.

Davlatimdan qizil salla o'rayman,

Ko'rgan tushni yaxshilikka yo'rayman,

Xoldor do'stim, oq fotiha so'rayman,

Ikki parizodning bo'bman xushtori,

Endi qanday toqat qilib turayman.
Ko'hi Qofda. Ikkovi bir-biri bilan do'st-u dugona. O'zlari ham olamda tengi yo'q yagona. Ammo Irambog'ning qayerda ekanligi noma'lum. Ko'hi Qof bo'lsa, uch yuz yillik yo'lda. Og'a Yunus parini olgan odam, Misqol parini ham oladi. Shuytib, avval Irambog'ini topib, Og'a Yunus parini olishing kerak. Irambog'ining qayerda ekanligidan faqat Hazrati Xizir nishona bera olishi mumkin. Hazrati Xizirningbit | makoni Dayrabodning etagida. Sen Dayrabodning etagiga, Xunxor yurtining kun chiqish tomoni Nishopui orqali o'tib, Isfihonning nar yog'i bilan aylanib, Dayrabodning etagidan tushib, naryoqqa etaklab kela bersang, Hazrati Xiziming makoniga borib qolasan. Hech qo'rqmay, bora bersang, shamoling o'ng", — debs Qora bobosi Go'ro'giibekka fotiha berdi. Go'ro'g'libek Qora bobosi bilan xo'shlashib. Sari bobosi oldiga qaytib. Sari bobosi bilan ham xo'shlashib, Qirq yigitlari bilan tashqariga chiqib, Xoldor mahramga: "Endi j sen qirq yigitni olib, Chambilga qayt", — deb bir necha joydan timsol keltirib, bir so'z dedi:
Men ketarman Iram boqqa,

Jonim do'stim, xo'sh qol endi.

Oti bor, noma'lum yoqqa,

Mehribonim, xo'sh qol endi.


Men ketarman yorni izlab,

Nishonsiz manzilni ko'zlab,

Kezarman cho'l-u biyobon,

Jonim do'stim, xush qol endi.


Men ketarman go'zal yorga,

Nishopur, Sabzavorga,

Gul jamolli guluzorga lram otli lolazorga,

Mehribonim, xo'sh qol endi.


Men ketarman lsfihonga,

Undan oshib nar tomonga,

lram degan benishonga,

Chor atrofu gulistonga,


Jonim do'stim, xo'sh qol endi.

lzlaganim Yunus pari,

Misqol suluvlar sarvari,

Ko'ksimda ishqning xanjari,

Mehribonim, xo'sh qol endi.
Er Xizir menga yor bo'lar,

Baxt oldimdan duchor bo'lar,

Qirq kundan so'ng yo'lga chiqing,

Bek Go'ro'g'li qaytib kelar,

Jonim do'stim, xo'sh qol endi.
Parilarni topib olib,

Dushmanlarim g'amga solib,

Qaytib kelgum xurram bo'lib,

Mehribonim, xo'sh qol endi.


Hukmron bo'l Chambil borib,

Qirq yigitman majlis qurib,

Men qaytaman qirq kun yurib,

Jonim do'stim, xo'sh qol endi.


Go'ro'g'libek Xoldor mahram va Qirq yigitga fotiha berib, Chambilga qaytarib yuborib, o'zi boshqadan G'irotni abzalini mahkamlab olib, G'irotiga minib, Nishopurning kun chiqish yog'i qaydasan, deb jo'nab ketdi.

Qizilbosh yurtida hali hech kim Go'ro'giibekni tanimas edi. Lekin Go'ro'g'libek usti-boshi turkman-cha bo'lganili uchun: "Mabodo birov meni tukman deb turib olib, qui qilib sotib yuborsa, nima bo'ladi Og'ir lashkar bo'lmasa, har qanday qizilboshning kallasini sabchaday qilib uzib keta beraman-ov", — deb| har xil o'ylarni o'ylab, bir oqshom Nishopurning qo'rg'onining kun chiqish tomonidagi tubidan guzari tushib, yolg'iz o'tib borayotsa, shahaming kun chiqariga qaragan darvozasining to'g'risida turgan bir qizil­bosh posbon uzoqdan birov kelayotganini bilib, "Pur-ay, hayt", deb qichqirdi. Bu shahaming odatida mir-shabboshi posbonlarga har kecha bir maxfiy chaqiriq va unga beradigan posbonning javobini tayinlar edi. Agar o'tkinchi posbonning chaqirig'iga javob bera olmasa, ushlanar edi. Agar o'tkinchi posbonlardan bo'lib, posbonning chaqirig'iga javob bersa, keyin u o'tib keta beradi. Bu kech posbonning chaqirig'igj beriladigan javob "Ha, puruy" edi. Go'ro'g'libek bu gaplarni nima bilsin. Ko'nglida: "Bu qizilbosh baqirib, meni barchaga ma'lum qiladi-yov", — deb G'irotini tezlatib borib, posbonni o'q uzganicha qo'ymay, shart-ta xanjari bilan boshini kesib tashlab, darrov G'irotidan irg'ib tushib, posbonning kiyimlarini shilib olib, o'zining kiyimlarini yechib, taxlab xurjuniga solib, posbonning kiyimlarini kiyib olib, xuddi bitta qizil­boshning sipohiga o'xshab qolib, G'irotiga minib, borayotgan yo'li bilan keta berdi. Podsholikning isbi bilan yurgan sipohi ko'p. Kim bilan kimning ishi bor. Shuytib, Go'ro'g'libek Isfihonning naryog'i bilan

aylanib, yo'l yurib, yo'l yursa ham mo'l yurib, oxiri Dayrabodga enib, Dayrabod suvini yoqalab, etaklab, maqsadimga tczroq yetsam, deb shu so'zlarni aytib ketayapti:
Qodir mavlon yo'lim ochsa shu zamon,

Uchar qushday uchib yorga yetishsam,

Qanot qoqsam lochin bo'lib tog'larda,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


Badaviatlar suhbat qurar soyada,

Qurqultoy qush biqib yotar uyada,

Ot sakratib angday kezib qiyada,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


Men bilmayman so'lim bilan sog'imni,

Anglamayman boradigan yog'imni,

Kimga deyman siynamdagi dog'imni,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


Tushimda ko'rinib jilva aylagan,

Karashma-yu noz-u ishva aylagan,

Shunday qip bir meni telba aylagan,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


Qodir mavlon qanot bersa shu damda,

Iram boqqa yetib borsam bir damda,

Dayrabod kezaman dard-u alamda,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


O'ngdan borib cr Xizirga uchrasam,

Iramga yetguncha topmasam orom,

Go'ro'g'li der, men bir kallai xom,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


Maqsadga intilgan orqa boqmaydi,

Bekerak sallani boshga taqmaydi.

Xizir agar qayt desa ham, yoqmaydi,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


Yunus, Misqol bilmam qanday makonda,

Borar tushimdami, qaysi tomonda,

Qaysi bir gulshanda, qaysi bo'stonda,

Parvoz aylab parilarga yetishsam.


Deb Go'ro'g'li narmon enib boradi,

Och to'yg'unday suzib, do'nib boradi,

Yo'l azobi go'r azobi deyishar,

Har jafoga boshi qo'nib boradi.


Dayrabod soylari ko'm-ko'k bedazor,

Bedazordan ichkarida chorbog' bor,

Qayoqqa qarasang, yashil maysalar,

Shunday joyda bahra olar ko'ngillar.


Bedanalar yo'ldan uchar pirillab,

Jar boshida qo'rqultoylar qurillab,

Maysazorda to'rg'ay o'ynar zirillab,

Pita boshi qimirlasa dirillab.


Shunday ekan, do'stlar, falakning ishi,

Boshiga tushganin ko'rar har kishi,

Kunlar o'tib, oxir shuytib, yoronlar,

Oda bo'Idi Dayrabotning oqishi.


Dengiz ekan Dayrabotning nar yog'i,

Poyonsiz suv bo'lib ketdi har yog'i,

Go'ro'g'libek yo'l yo'qotgan pillada,

Ko'rindi cho'nqayib Xizir chorbog'i.


Ana shunday Go'ro'g'libek yo'l yo'qotib, chir atrofi suv bo'lib, qayoqqa borarini bilmay turganda, bir-dan dengizning labginasida cho'nqaygan bir tepachaning ustida kichkinagina bir chorbog'chaga ko'zi tushib qolib, darrov G'irotning jilovini shu chorbog'chaga burib borib, pastakkina devoridan qarasa, chor-bog'ning ichida, bir chorpoyaning ustida bir boboy o'tiribdi. "Muqarrar bu Xizir", — deb Go'ro'g'libek G'irotidan tushib, G'irotining yuganini olib, ko'klamga qo'yib yuborib, o'zi chorbog'chaning eshigidan aylanib o'tib, Hazrati Xizirning oldiga borib, ikki qo'lini aliflom qilib salom berib, adab bilan ko'rishib, Hazrati Xizir bobosidan iltimos qilib, Iram bog'ining qayerda ekanligini bildirishni so'rab, zor-zoryig'lab, bir so'z dcdi:
Tushibdir boshimga ishqning savdosi,

Davosin so'rayman, oson aylagin,

Yunus, Misqol kirdi bir kun tushimga,

Ulaming makonin bayon aylagin.


Xizir deb ixlosman tutdim qo'lingni,

Dur to'kib g'oyibdan ochgin tilingni,

Oshiqqa izhor et sirru holingni,

arilar makonin bayon aylagin.


So'zlay bersam har so'z kelar tilimga,

Muborak etaging tutdim qo'limga,

Qora bobo soldi meni yo'limga,

Go'zallar makonin bayon aylagin.


Sen aytmasang, mushkullarim yechilmas,

Parilar qo'lidan sharob ichilmas,

Darmondaman, borar yo'lim ochilmas,

Jononlar makonin bayon aylagin.

Scning ilming daryo kabi ravondir,

Maxfiy sirlar zamiringda ayondir.

Irambog'ni izlab aqlim hayrondir,

Ul bog'ning yo'llarin bayon aylagin.


Go'ro'g'li der, chiqdim Turkman elidan,

Qirq yigit oldidan, Chambilbelidan,

Ko'nglim bahra oldi bahor gulidan,

Guljamollar yo'lin bayon aylagin.


Shunda Xizir bobo Go'ro'g'libekning so'zlarini xo'b maydalab eshitib olib, undan keyiil Go'ro'gMibekka qarab: "Ey Go'ro'g'libek, awaldan senga Yunus bilan Misqolni nasib qilgan. Esingdi bo'lsa, chiltonlar g'orida G'ovsul-G'iyos o'zingga aytgan edi. Endi qanday bo'lsa ham bir bahona bilan shn Yunus, Misqol parilarni sen olishing kerak. Shuytib, bilsang, Iram bog'i ham bir bo'lak dunya Irambog'ining ichida ham arab, ajam, farang, o'rus, churchut, armani, tojik, hindu, xitoy, xo'tan, qizilbosh, turkman, qozoq, qalmoq — baridan bor. Hozir Iram bog'ida Shohjahon degan podshosi bor. Butun Iramga. ya'ni Iram dunyosiga bir o'z shahanshoh. O'zi — turkman, urug'i — taka. Og'a Yunus pari shu Shohjahonning qizi. Misqol pari Ko'hi Qof podshosining qizi. Og'a Yunus pari bilan do'st. Har pilla Og'i Yunus parini olsang, Misqol parini ham olasan. Iram bog'ini izlaganing bilan topa olmaysan. Faqat bir g'ordan borsa, bo'ladi. U g'orning og'zida shaytonning nabirasi yotgan bo'ladi. Ismi Farqis dev. Ikki bosh-li ajdarhoga o'xshagan, shum bachchag'ar. Iram bog'ining isini olib, o'sha g'orni uya qilib olgan. Letas Iram bog'iga o'tishga tanasi sig'maydi. Sen borib, o'sha Farqis devni o'ldirsang, Iram bog'iga shu g"« bilan o'tib borishing mumkin. Tavakkal qilib yo'lga tush. Shu ketib borayotgan bir to'da kaptardan ko'ziJ adashmasin. Lekin dev bilan urushsang, ko'zidan ur", — deb Xizir bobosi Go'ro'gMibekka yana bir nccha sipohilik hunarlaridan ham o'rgatib, oq fotiha berib jo'natdi.

Go'ro'g'libek chorboqchadan chiqib, G'irotini minib, uchib borayotgan bir to'da kaptarlarning orqasi-dan haydab ketdi. Jonivor G'irko'k ham endi tavakkal yo'liga tushganini bilib, yerni tirnab-timab, halquni g'arillab, shamolday sharillab, yerdan qirq gaz balandga ko'tarilib, parvoz aylab keta berdi. U yoqlardajaa rama issiq ekan. Shunda Go'ro'g'li ham, G'irko'k ham yomon tashna bo'lib borayotir. Mayakday cho'l G'irot shuncha uchgani bilan hech bir obodlik yerga yetmaydi. Shunda uzoqdan bir bulut ko'rinib, shall, bulutdan salqinlik sezib, bahra olgan G'irot burilib, shu bulut tomonga hayday berdi. Bir pilla bulut ham yaqinlashib, kaptarlar ham shu bulutning orasiga kirib yo'qolib, shaldir-shuldir po'stagini qoqib, buhl yomg'ir quyib, Go'ro'g'libek ham otini darrov bir tepaning ustida to'xtatib, otdan tushib, qumtepadan bi hovuzcha yasab, hovuzchaga yomg'ir suvi to'lib qolib, shu hovuzchadagi suvdan mis choydishni to'ldirib olib, qolganiga G'irotni sug'orib qondirib oldi. Ha demay yomg'ir o'tib ketdi. Endi Go'ro'g'libekning ham choynak, ham choydish hisobida olib yurgan chumoqli mis choydishi suvga to'la edi. "Endi bir dam olib, choy ichib, chilim chekib olmoq kerak", — deb Go'ro'g'libek o'tin terib kelib, uch dona toshdan o'choqchi qilib, olov yoqib, choy qaynatib olib, xurjindan ikkita sut kulcha chiqarib, tarkashdan chinni piyolani olib kayf qitob ovqaUamb, choyga qonib olib, undan keyin xaltasidan pichi oq tamakini olib, chilimning sar-xonasiga solib, qizil cho'qlardan sarxonaga tashlab, xilpillatib-xilpillatib chekib olib, kayfini qondirib. ko'nglini tindirib, choynak va chilimni qoqib xurjiniga solib, G'irotini boshqadan qashlab, abzallab olib, G'irotiga minib, bir-ikki soydan oshib, bir katta tepaga chiqib qarasa, naryoqda bir tog' bor ekan. Sta tog'ning o'ngirida yotgan Farqis dev odamzodning isini olib, chiqib kela berdi.


Haybati daryoday toshib keladi,

Qirlardan qiyalab oshib keladi,

Odamzodning isin olib bachchag'ar,

Og'zin ochib, tog'dan tushib keladi.


To'rt oyoqli, ikki boshli bachchag'ar,

Turqiga qarasang, misli ajdahor.

Olov qip sochadi og'zidan zahar.

Har siltanib yetmish qadam yo'l bosar,

G'arillaganiga tog'u tosh titrar.
Har ko'zi toboqday, olov sochadi,

Na'rasiga tog'u toshlar ko'chadi,

Shamolidan ko'z-quloqlar sharillab,

Hech yerda to'xtamay berman qochadi.


Timoqlari yer betini tiladi,

Tuprog'iga jarlar to'lib qoladi,

Darvozaday og'iz ochib bachchag'ar,

Och ofatday berman quvib keladi.


Parqillab jonivor G'irko'k hurkadi,

Ko'zlari pir-pirlab juda qo'rqadi,

Qarasa, keladi yomon bir mahluq,

Go'ro'g'libek zang'ar deyib boqadi.


Sadog'idan darrov to'rtta o'q oldi,

Ikkisin tayyorlab panjaga soldi,

Birini tishladi, birin, yoronlar,

O'q-yoyining girdishiga jo qildi.


Birin-birin otdi Farqis ko'ziga,

Devning qoni oqib tushdi yuziga,

Ko'zidan ayrilib endi bachchag'ar,

Hovri past bo'p qayta berdi iziga.


Shunda G'irot ham, Go'ro'g'libek ham o'zini o'ngg'arib, yuraklarini bosib olib, Go'ro'g'libek devning orqasidan yetib, xanjari bilan uch-to'rt joyidan urib, devning ishini tamom qilib, o'ngirning ichi bilan G'irotni haydab, ming qadamcha chamasi yurib, bir yoqda nimkalagina yorug'lik borligini bilib, yana biroz G'irko'kni haydab, g'orning u yoqdagi og'zidan chiqib qoldi. Go'ro'g'libek shunday qarasa, nariroqda bir katta ariq suv oqib borayapti. Ariqning nar yog'ida bir kichkinagina hovlicha. Hovlichaning ichida gulxayri va qaboqlar o'sib gullab yotibdi ekan. Go'ro'g'libek: "Ey, bu yerlarda el bor ekan", — deb shunday G'irot-ning jilovini burib hovlichaga o'tsa, hovlichaning nariyog'ida bir katta ko'cha bor ekan. Ko'chaning nargi to'g'risida bir katta darvoza ochiq turgan ekan. Go'ro'g'libek shunday darvozadan ichkariga kirib, og'zi ochilib hayron bo'lib qoldi. Qarasa, tutlar pishib, tagiga tushib, gullar ochilib, to'kilib, sochilib yotibdi. Devorlarga qarasa, bir g'ishti tilladan, bir g'ishti kumushdan, yerlariga mushku anbar sepilgan, bir xil daraxtlarning kundasi tilladan, shoxasi kumushdan, barglari zag'firondan, chumak nillardan bo'lsa, shira-yu sharbatlar chiqib turibdi. Go'ro'g'libek otidan tushib, mevaxo'rlik qila bersin, endi gapni Yunus, Misqol parilardan eshiting.

Go'ro'g'li Chambilda tush ko'rgan kechasi Misqol pari Ko'hi Qofdan Og'a Yunus parinikiga qidirib kelib, Og'a Yunus bilan ilckovi bir joyda yotib, ular ham tushlarida Go'ro'g'libekni ko'rib, oshiq bo'lgan edilar. Shundan beri bir necha kun o'tib: "Bizlar tushimizda ko'rib, oshiq bo'lgan odamzod Iram bog'da sizlar bilan topishaman, degan edi, nega endi u kelmaydi", — deb Yunus, Misqol parilar shu so'zlarni aytdi:


Kelaman, deb yo'lga ilhaq aylagan,

Bir kun uyqumizda bizga so'ylagan,

Sozin chertib, muqom tashlab kuylagan,

U savlatli Sulton nega kelmadi?


Qiyodan qarashi juda ham qatti,

O'qdayin sanchilib, dillardan o'tdi,

O'n olti kun balki ziyod bo'p ketdi,

Bunda bo'lib, mehmon nega kelmadi?


Yigitni mast etar jonon adosi,

Suvda chayqalganday rayhon to'dasi,

Bugun edi aning kelar va'dasi,

Ul ofatijon nega kelmadi?


Qora qoshlar qalam bo'lib qiyilmish,

Yarashiqqa ko'kish xollar qo'shilmish,

Bizdaylarga alhavaslar qoyilmish,

Tushda ko'rgan o'g'lon nega kelmadi?

Rahmatulla bizni ko'rib yuribdi,

Ko'rkimizga jilo berib yuribdi,

Muhabbat nash'asin surib yuribdi,

Ul kuylagan doston nega kelmadi?


Rahmatulla bizni yozib yuribdi,

Qissamizdan doston tuzib yuribdi,

Ta'rif aylab har bir degan so'zlari

El ustida uchib-kezib yuribdi.


Rahmatulla aka bizni biladi,

Shuytib qo'shiq ichra ta'rif qiladi,

Awaldan ham go'zal edi ko'rkimiz,

Maqtagansay yana go'zal bo'ladi.

Shu qo'shiqdan kimki olsa nishona

ram bog'ni oson topib oladi.


Misqoljon, dol bo'ying mengzaydi gulga,

Ul o'g'lon kelmasa, tusharmiz yo'lga,

Parvoz aylab o'xshab shaydo bulbulga,

Va'da bergan polvon nega kelmadi?


Yunusjon, bo'libman ajab parishon,

Kiyibmiz xilladan qirmizi alvon,

Kelarmikan, kelmasmikan u o'g'Ion,

Suyukli mehribon nega kelmadi?


Xuddi shunda Go'ro'g'libek mevaga to'yib, Iram bog'ning devorining tubiga borib, eshigining qamot li ekanini ko'rib, Iram bog'ining sirti shunday yaxshi, ichi qanday ekan, deb turdi. Ichkarida Og'a YuJ pari bilan Misqol panning qirqtadan saksonta kanizagi sayil bog' aylab yurar edi. Go'ro'g'libek xud| shunda bir daraxtning tagida juda yigitlik avjiga minib, sozini chertib, shu so'zlarini deb o'tirar edi:
Sozu suhbat aylamakka

Hamdam kerakdir yigitga,

Kecha-kunduz munislikka

Jonon kerakdir yigitga.


Atvori muloyim xo'yli,

Jamoli quyoshli-oyli,

Keng quchoqli, baland bo'yli,

Dildor kerakdir yigitga.


Bog'u bo'ston ko'ngil shodi,

Ot bo'lur odam murodi,

Asli barno parizodi,

Bir yor kerakdir yigitga.


Tovus bo'lib tovlanmoqqa,

Qo'sha ko'ngil ovlanmoqqa,

Tiriklikka bovlanmoqqa

Ro'zg'or kerakdir yigitga.


Go'ro'g'libek bo'ldi behol,

Bir ko'rinib Yunus, Misqol,

Kanizlari, bir xabar ol,

Mehribon kerakdir yigitga.


Shunda Go'ro'g'libekning bu so'zini kanizaklar eshitib qolib, barchasi qaytib borib, kanizaklambj lilidan Oqchagul degani borib, Yunus pariga qarab, ko'rganlarini aytib, bir so'z dedi:

Parizodim, eshit arzu so'zimni,

Iramning ortiga birov kelibdi,

Qo'shiq aytib, qilib oh-u fig'oni,

Magaram bir senga shaydo bo'libdi.
Bulbul kabi xushdir aning ovozi,

Ovoziga jo'rdir qo'lida sozi,

Uzoqdan kelganga o'xshar parvozi,

Bog'chaning sirtiga birov kelibdi.


O'z shovqinda turfa-turfa so'zlaydi,

Magar shunda yo'qotganin izlaydi.

Qo'shig'i maqoldor, baland parvozli,

Bilmam qanday barno qizni ko'zlaydi,


Devoring sirtiga birov kelibdi.

Ovozin odamzod desa bo'ladi,

Odam bo'lsa, bunda qanday keladi.

Yo bilmayman, kelish yo'lin biladi,

Iramning sirtiga birov kelibdi.
Senga arzin aytar menday gajakdor,

Meni qilma bu so'z uchun gunohkor,

Xabar berdim, endi o'zing bilasan,

Ish qilib dalada boshqa bir gap bor,


Bog'ingning sirtiga birov kelibdi.

Oqchagul der aytmagan so'z qoldimi,

Yo bilmanam, menga bir gap bo'ldimi,

Qulog'imga boshqa sazo keldimi,


Bog'ingning sirtiga birov kelibdi.

Parizodim, sening husning yagona,

Yagona husningga Misqol dugona,

Ikkingizdan o'zim bo'lay parvona,

Devorning sirtiga birov kelibdi.
Ana shunda og'a Yunus pari Misqol pariga qarab, tabassum qilib turganda, Misqol pari og'a Yum pariga qarab: "Mabodo tushimizda ko'rgan yigit bo'lmasin. Yunusjon, Oqchagulni yubor, Iram bog'nnj sirtidan bir xabar olsin", — deb shu so'zni aytdi:
Oqchagulga amr etsang-chi, Yunusjon,

Daladagi rnehmon bizga bo'lmasin,

Ko'rib kelsin kimligini bilaylik,

Bizning rnehmon bo'lsa xizmat qilaylik,

Irambog' ichiga olib kelayik,

Daladagi o'g'Ion bizga bo'lmasin.


Oqchaning quriydi og'iz so'lagi,

Chayqalar gul bilan Iram yo'lagi,

Mehmonimiz bo'lsa ko'ngil tilagi,

Kelib turgan rnehmon bizga bo'lmasin.


Bahrim ochiladi bog'da loladan.

Mushku anbar anqib kelsa qaladan,

Oqcha chiqib xabar olsin daladan,

Tashqa' kelgan mehmon bizga bo'Imasin.


Senga so'zlab turgan mendayin pari,

O'zingsan Iramda ho'blar sarvari.

Yuzing oftob, Misqol ko'zing mishtari,

Sirtga kelgan mehmon bizga bo'Imasin.

Sendan so'rab turar menday gajakdor,

Ko'hi Qof yurtida o'zim nomidor,

Mehmon jamoliga Misqol intizor,

Qo'shiq aytgan mehmon bizga bo'Imasin.


Bu so'zni og'a Yunus pari Misqol paridan eshitib: "Ha, qurg'ur, juda bo'y yetib, endi aynib borayap-san. Senga qolsa, ko'cha-ko'yda sang'iragan, hangiraganlarni chaqirib, bazm-u muhabbal qila bersa-da. Oqchaning bemaza ta'rifiga ishonmay o'I-da. Bir bu bo'lsa, o'zi bir yor-g'amguzor topmay, o'lib yurgan shallaqi-da", — desa, Misqol pari achchiqlanib, Og'a Yunus panning so'zini kesib: "Ha, bilaman seni. Sen mendan o'sha tushimizda ko'rgan o'g'Ionni rashk qilayapsan. 01 emasa, o'zing o'sha o'g'lonni chaqirib ola ber. Men endi sening bilan do'sl bo'lmayman. Kanizaklarim, choq bo'linglar, endi Ko'hi Qof ketayin", — deyberdi. Shunda Og'a Yunus pari: "He, ketsang, ket. "Indamangiz kalga, o'zi kelar halga", deganday araz urganingga o'zing pushaymon yeb qolasan", — deyapti. Lekin Misqol pari shashtidan tushmay. qirq kanizagini lo'plab, o'zi bilan qirq bir kaptar bo'lib, Ko'hi Qofga qarab, falakka parvoz qilib uchib ketdi. Ammo Og'a Yunus pari shordan tushib, Oqchagulni oldiga chaqirib: "Qani, tashqaridan bir xabar olchi, kelgan odamzod kim ekan", — deb Oqchagul kaniziga qarab, bir so'z dedi:
Tashqaridan xabar ol-chi, Oqchagul,

Ajoyib so'ylagan odam kim ekan,

Maqlaysan bilganday, toza maqtaysan,

Soz chalib kuylagan odam kim ekan?


Chiqib bilgin asli o'sgan elini,

Tilarekan Iramning qanday gulini,

Kazzob bo'lsa, tutib kesgin tilini,

Ajoyib so'ylagan odam kim ekan?


So'ra ahvolini, bayon aylasin,

Sarguzashtin senga doston aylasin,

Kimligin ochiqcha ayon aylasin,

Soz chalib kuylagan odam kim ekan?


Ko'rib keling uning qaddi-bastini,

Qanday bilmish yo'lning baland-pastini,

Bilsa, kelmish kimning qilib qasdini,

Ajoyib kuylagan odam kim ekan?


Dono bo'lsa, xurram qilib kuldirgin,

Shirin so'zlar bilan ko'nglin to'ldirgin,

Kimligini avval menga bildirgin,

Soz chalib kuylagan odam kim ekan?


Bidirmoq tolg'irdir tog'larning toshi,

Qiyiqdir bir necha sanamning qoshi,

Oqchagul, Yunusning bo'lgin sirdoshi,

Bor qani, kuylagan odam kim ekan?


Bu so'zni Og'a Yunusdan Oqchagul kanizi eshitib, qoqinib-netib, Iram bog'ning ichki halqasini tortib, darvozani ochib, tashqariga chiqib qoldi. Shunda Go'ro'g'libek qarasa, Iram bog'ning darvozasi ochiiib, bir uzun sochli, chikka bel, qalam qoshli, oq qovoq, oq kamzulii, mixchali kavushli, yengilnamo kanizak chiqib kelayapti. Go'ro'g'libek bu kanizakni ko'rib: "Voh, Yunus, Misqol parilarning kanizi shunday, o'zi kim qanday", — deb kanizakka qarab, murtini toblab uch burab, Yunus bilan Misqolni so'rab, bir so'z dedi:
Jamoli oy, qaddi barno kanizak,

Iram ichra qo'sh parini ko'rdingmi,

Boshdan oyoq to'Ia, zebo kelinchak,

Shunda ho'blar sarvarini ko'rdingmi?

Birining noz ichra ko'zlari tikka,

Binning belidir tolmali chikka.

Xabar ber alardan mendayin bekka,

Bog' ichinda qo'sh parini ko'rdingmi?


Birining oyoqdan-boshi kelbatli,

Birining atvori malak sifatli,

Har ko'ngilga mehrin yodi iffatli,

Ichkarida qo'sh parini ko'rdingmi?


Binning boqqanda ko'zi suzilmish.

Binning ishqiga jonlar uzilmish,

Azalda o'zlari menga yozilmish,

Irani bog'da qo'sh parini ko'rdingmi?


Binning oq yuzi oyday balqiydi,

Binning oqqo'Ii, qoshi qalqiydi.

Tiniqligi tiniq suvday chalqiydi,

Gul sayrida qo'sh parini ko'rdingmi?


Binning labida qoracha xoli,

Binning biridir xuddi misoli,

Qo'sha oftobdaym ko'rki-jamoli,

Ichkarida qo'sh parini ko'rdingmi?


Har ikkovi uyqum ichra ko'rindi,

Shu yoqqa talpinib ko'nglim urindi,

Nozli kaniz, ko'rsang, xabar ber endi,

Shu gulbog'da qo'sh parini ko'rdingmi?


Go'ro'g'li Xizirdan topdi bashorat,

Iramning yo'liga qildi ishorat,

Ena qiz, do'lta qiz, bo'ylaring jannat,

Xabar bergin, qo'sh parini ko'rdingmi?

Bu so'zlarni Oqcha kaniz Go'ro'g'libekdan eshitib, ko’zini suzib, o’zini tuzib, chikkabel bo’lib, miyig'ida kulib, durrachasining bir uchini tishlab, uyalgfn bo’lib, bir daraxtning tanasiga yarim tanasini tortib, yerga qarab, malikam shu Iram bog'ida, deb bayon qilib, bir so’z dedi:
Men bo'Iaman Yunus pari kanizi,

Xotirjam bo'p turing, o'zi shu yerda,

Borib turib sizdan xabar berayin,

Ruxsat bersa, keyin olib kirayin,

Bu gaplarni yaxshilikka yo'rayin,

Shunda to'xtab turing, pari shu yerda.


Qish chillada nor tuyalar mast bo'Iar,

Bunda kelgan sizday nayzadast bo'Iar,

Shashtingizdan menday jonon past bo'Iar,

Biroz to'xtab turing, pari shu yerda.


Bir nccha sanamning qobog'i durday,

Sizga so'zlab turgan mendayin hurday.


Sizni bilay dedi, malikam so'radi,

Gartak to'xtab turing, pari shu yerda.


Xizmatiga hayallamay qaytayin,

Borib turib unga sizni aytayin,

Har na desa, kelib bayon etayin,

Kutib to'xtab turing, pari shu yerda.


So'zin tamom etsin menday gajakdor,

Har kun sayilgohim Iramday gulzor.

Bosh kanizidirman, xizmatga tayyor,

Biroz to'xtab turing, pari shu yerda.


Parizod orqasiga qaytib keta berdi. Go'ro'g'libek bu chiroyli, qaddi raso, o'zi barno kanizakning yana qaytib darvozadan ichkariga kirib ketganini, darvozani ichidan halqa o'tkazib berkitganini bilib, bu pari kanizakning so'zidan Go'ro'g'libckni bilib ketgani, keyin borib malikasiga aytgani ketganiga tushunib. darvozaga yaqin bir daraxtning tubida o'tirib turdi. Oqchagul Og'a Yunus parining oldiga borib. Go'ro'g'libekni ta'rif qilib, bir so'z dedi:
Odamzod elidan birov kelibdi

Iram bog'dan bir toza gul uzgani,

Magar ham o'zingga shaydo bo'Iibdi,

Kelmish jamolingdan bo'sa uzgani.


Jamoiingni uyqusida ko'ribdi,

Ko'rib turib toza ko'ngil beribdi,

Karam qilsang, sirtda qarab turibdi.

Kelibdi husningdan bir bol uzgani.


Xizir bobo rahbar bo'bdi yo'Ilarda,

So'naday kezibdi oydin ko'llarda,

Qiyo boqsa aksi qolar dillarda,

Kelibdi bir scnga qadah suzgali.


Go'ro'g'li deb bayon etdi ismini.

Men bilmayman odatini, rasmini,

Yo'lingda oshiqlik dedi kasbini,

Kelibdi senimman bog'da kezgali.


Oqchagulning aqli ketdi, lol bo'ldi,

Oq yuzga yarashgan kichik xol bo'ldi,

Chekkangga osilgan rayhongul bo'ldi.

Kelibdi chekkangdan bir gul uzgali.


Bu so'zni Oqchaguldan Og'a Yunus pan eshitib: ' Bo'lmasa, u odamzodni qoshimga keltir. Qani, la'riflaganingcha bormikan", — deb Oqchagul kanizga qarab, marg'ulini burab, zulfini tarab, biqinini tirab kerilib, oynaga qarab, labini tishlab, ko'nglini xushlab, bir so'z dedi:
Irambog'da iskamakka

Ko'katlar yalpizi yaxshi,

Turli alvon rang ichinda

Noparmon qirmizi yaxshi.


Yigit ko'nglin eritmakka,

Aytganiga yuritmakka,

Kayf-safoga doritmakka

Bizning elning qizi yaxshi.


Oqchagul bor, kelgin boshlab,

U mehmonning dilin xushlab,

Yoming sochin belga tashlab

Ishva qilgan kezi yaxshi.


Oqchagul, bor, bunda kelsin,

Barchamizni xurram qilsin,

Bizning bilan hamdam bo'lsin,

Gaplashmakka o'zi yaxshi.


Yunus uni tushda ko'rgan,

Ishqibozi bo'lib yurgan.

Mehmonimning kelib turgan

To'tiyoday izi yaxshi.


Bu so'zni Oqchagul Yunus paridan eshitib, ta'zim qilib, yo'rg'alab orqasiga qaytib kelib, darvozaning halqasini tortib, darvozani ochib, tashqariga chiqib, darrov Go'ro'g'libekni imlab chaqirdi. Betoqat bo'lib o'tirgan Go'ro'g'libek darrov G'irko'kka minib, kanizakning orqasidan tushdi. Bir pilla Go'ro'g'libek ichkariga kirsa, ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan bir manzilgoh, hech qo'ying, gullar ochilgan, to'ti, bul-bul, qumrilar sayragan, tovuslar taralgan, butun atrof ko'm-ko'k, daraxtlar va anvoyi gullar bilan o'ralgan, hamma yoqdan ipor anqib yotibdi. Bunday joylarga kelgandan keyin jonivor G'irko'k adab bilan bir maqomga solib yuradi. Kanizak bo'lsa, poyadan poyaga, bog'chadan ravoqchag'a, ravoqchadan tokchaga, tokchadan chorbog'chaga, undan yo'lkaga, yo'lkadan ko'shki ayvonlarga qarab, mixchali kovushni tirsil-lalib, Go'ro'g'libekni boshlab borayotir. Bir katta ko'lday bir yerda bir oliy ayvon bor ekan. Bu ayvon Og'a Yunus panning o'tirgan joyi edi. Og'a Yunus panning qirqin kanizaklari Go'ro'g'libekni bardor-bardor qilib, otidan tushirib olib, Og'a Yunus panning oldiga o'tqazdilar. Go'ro'g'li ham qarchig'ay noparmon bargli daraxtning shoxasiga qo'nganday, Og'a Yunus pari bilan ko'rishib o'tirdi. Shunda Og'a Yunus pari ko'zini suzib, o'zini tuzib, gajak bel bo'lib, oyday to'lib, Go'ro'g'libekka qarab, Iram boqqa nima sabab-dan kelganligini so'rab, biqiniga qo'lini tirab, labini burib, qoshini kerib, o'zini tanimamishga solib, bir so'z dedi:
Qarchig'ay kelbatli, ey, barno yigit,

Bu yerlarga kimni izlab kelasan,

Javob ber so'zimga, aziz mehmonim,

Iramboqqa kimni izlab kelasan?


Tarzingga qarayman nodon bolasan,

Hali ochilmagan bog'da lolasan,

Bu gulshanga kelib nima qilasan,

Bu yerlarga kimni izlab kelasan?


Bo'z yigitsan, har dam toshib to'lasan,

Men bilmayman qay elatdan bo'lasan,

Avvaldan ham ko'ribmiding o'zimni,

Yunus deysan, uni nima qilasan,

Iram boqqa kimni izlab kelasan?
Bu yerlarga kelgan nobud bo'ladi,

To qiyomat shu manzilda qoladi,

Bunga jondan umid uzgan keladi,

Bu yerlarga kimni izlab kelasan?


Qizil gulning bo'lar o'tkir tikani,

Qonatadi agar taqsa chakani,

Bu yer bo'lsa parilarning makoni,

Iram boqqa kimni izlab kelasan?


Aytgin menga, niyatingni bilayin,

Ishlasang, xizmatga qabul qilayin.

Agar bo'lsang bir gizangar bemaza,

Halokatning zindoniga solayin,

Bu yerlarga kimni izlab kelasan?
Meni bilsang, parilarning podshosi,

Jam'i xo'blarning bir bebahosi,

Ko'rkim suluvlikda falakning mosi,

Bu yer emas odamzodning ma'vosi,

Iram boqqa kimni izlab kelasan?
Shunda Go'ro'g'libek bu so'zni Og'a Yunus paridan eshitib, o'z dardu holini bayon qilib, og'a YiraJ pariga qarab, bir so'z dedi:
Jamoling o'xshasa osmonda oyga,

Qoshlaring mengzasa tortishma yoyga,

Qayrilib boqsang-chi men kabi boyga,

Qilmishing yoqami sira xudoyga.


Yoshligimda otga ko'ngil berganman,

Bir kun ot yo'qotib izlab yurganman,

Oy Yunusjon, Misqol bilan o'zingni,

Kir yuvgan suratda shunda ko'rganman.


Chambilda bir kecha ko'rdim tushimda,

Misqolmau edinglar anda qoshimda,

Kulib g'amza ayladinglar boshimda,

Hali o'zim yigirma bir yoshimda.


Bo'ylaring bo'yimga munosib tushmish,

Sizlami o'zimga azalda qo'shmish,

Bir kecha bordinglar, uyg'onsam tushmish,

Olamda oshiqlik ajoyib ishmish.


Misqolingman choq bo'l Chambilbeliga,

Shodlana qaytaylik Yovmit eliga,

Turkman eli mushtoq Iram guliga,

Hamdam bo'lgin endi Ravshan uliga.


Bu so'zni Og'a Yunus pari Go'ro'g'libekdan eshitib, bir necha joydan timsoi keltirib, marg'ulini tank) zulfini burab, Go'ro'g'libekka qarab, bir so'z dedi:
Oshiqlik da'vosin qilma, odamzod,

Odamzod tez etar vafosin barbod, I

rambog' qizlari barchasi ozod,

afosi yo'q, bcvafoga tegmaydi.


Odamzod ayolin qilarlar banda,

Bir xillari zahar solgich gazanda,

Iramning qizlari yayrar chamanda,

Vafosi yo'q, bevafoga tegmaydi.


Odamzod ayolin urib xor etar,

Berkitib. shamolga, nurga zor etar,

Iram qizi sevganini yor etar,

Vafosi yo'q, bevafoga tegmaydi.


Odamzod ayolga bermas ixtiyor,

Alarning ayolga desa ko'ngli tor,

Iramning qizlari ozod, baxtiyor,

Vafosi yo'q, bevafoga tegmaydi.


Odamzod ayoli eriga cho'ri,

So'roqsiz ish qilsa, o'zining sho'ri,

Iramning qizlari bihishtning huri,

Vafosi yo'q, bevafoga tegmaydi.


Odamzod ayolga qiladi janjal,

Xotinning yurgani gunoh va uvol,

Odamzodni demas Yunusman Misqol,

Vafosi yo'q, bevafoga tegmaydi.


Go'ro'g'libek Og'a Yunus parining bu so'ziga javob berib, bir so'z dedi:
Nozli, karashmali, sozli parizod,

Jonimdan ham ortiq sevganman seni,

Chambilga oborib o'zing xon qilib,

Xizmating qilaman deganman seni.


Chambilbelga eltib, o'zing xon qilib,

Balki tanam ichra aziz jon qilib,

O'zimni o'zingga mehribon qilib,

Xizmating qilaman deganman seni.


Chambilbelga yurgin, birga bo'laman,

Bundag'ingdan ziyod aziz qilaman,

Oshiqman, ishqingda toshib-to'Iaman,

Jonimdan ham ortiq suyganman seni.


Boshingga kiyganing oltin udag'a,

Seni olsam shukur etaman xudoga.

Dol bo'yingdan har dam bo'lib sadag'a,

Xizmating qilaman deganman seni.


Qiyo boqmay bandi-bo'g'nim bo'shatma,

Sarson aylab suyagimni qaqshatma,

Suyushimni bul havasga o'xshatma,

Jonimdan ham ortiq suyganman seni.


Chambil borsam, qirq yigitim xizmatda,

Bo'ladirsan og'aliqda izzatda,

Qurboning boiarman, jonim, albatta,

Xizmating qilaman deganman seni.


Birga yurgin, Go'ro'g'lini zor etma,

O'ldim-bo'ldim, muncha intizor etma,

Har alhavas nomardini yor etma,

Jonimdan ham ortiq sevganman seni.


Bu so'zni Go'ro'g'lidan eshitib, Og'a Yunus pari gulday ochilib: "Barakalla, Go'ro'g'libek, men seni sinamoq uchun shunchaki hazillashgan edim. Tag'i ko'nglingga qattiq olib yurma. Mening otam Shohjahon o'z ixliyorimni o'zimga berib qo'yibdi. Kimni xohlasam, tega beraman. Bilsang, men ham seni oldindan tushimda ko'rib, Misqol dugonam bilan birga senga ishqiboz bo'lib yurgan edik. Ammo Misqol pari Ko'hi ofga hozirginaning o'zida mendan araz urib ketdi. U devni yuborib, seni mendan olib qochib ketmoqchi i'ldi-yu, lekin Iramboqqa dev kelsa, qanoti kuyib ketishidan qo'rqib, rashki yomon, o'lgir hozir oyog'i ygan tovuqday Ko'hi Qofda tipirchilab yuribdi. Endi sen sozingni olgin-da, Misqoloyni chaqirib, bir so'z n'n. O'lgurning qulog'i juda soq. Ko'hi Qofda bo'lsa ham, eshitib yetib keladi", - dedi. Shunda I'ro'g'libek sozini qo'liga olib, bir maqomga chalib, Misqol parini chaqirib, bir so'z dedi:
Ko'hi Qofli Misqol pari,

Iram boqqa yetib kelgin,

Shu fursatda yolg'iz o'zing,

Huzurimga yetib kelgin.


Javob berib devlaringga,

Qo'yib yubor tovlaringga,

Sayr aylasin suvlaringga,

Yolg'iz o'zing yetib kelgin.


Og'a Yunus bunda yorim.

Sen ham kelgin ko'z xumorim,

Seni kuylab chalar torim.

Tezroq bunda yetib kelgin.


Visolingga xaridorman,

Dol bo'yingga talabgorman,

Yo'lginangga intizorman,

Darhol bunda yetib kelgin.


Ko'hi Qofda Misqol pari,

O'zing jononlar sarvari,

Go'ro'g'lining sen xushtori,

Nozlar qilib yetib kelgin.


Iram bog'ning ko'shkida turib Go'ro'g'libekning aytgan so'zini Misqol pari Ko'hi Qofda turib eshitib, to'rt yuz to'qsonta g'obon devlami oldiga chaqirib, ularga Ko'hi Qof yurtini topshirib, o'zi abil-g'ubil kiyinib choq bo'lib, chaqmoqday oqib, parvoz qilib bir daqiqada Iram bog'iga kelib qo'nib, og'a Yunus panning orqasidagi darchadan kirib, Og'a Yunus dugonasining egnidan ushlab, labini tishlab, Go'ro'g'libekka salom berib turdi. Undan keyin Go'ro'g'libek qanqayib o'rnidan turib, murodu maqsadiga yetib, o'ng qo'li bilan Og'a Yunus parini, chap qo'li bilan Misqol parini qo'ltiqlab, Iram bog'ning gullari-ni oralab ketdi.

Shuytib, Go'ro'g'libek Og'a Yunus pari bilan Misqol parini yor qilib, murod-maqsadiga yetdi. Endi Og'a Yunus pari Iram bog'ining xil-xil mevalari bilan, gulgun sharob, shahd-u shakar, qant-u qandolatlari bilan, qush kaboblari bilan ziyofatlar qildi. Shu orada Misqol pari ham Go'ro'g'libekni Iram bog'idan tashqari chiqarib, devlarini chaqirib, Go'ro'g'libekni ko'targizib, Ko'hi Qofga olib borib, bu ham six kaboblar, barra go'shtlar va turli xil Ko'hi Qof mevalari bilan sharoblar ichirib, mehmon qilib, yana qay-tarib keltirdi. Og'a Yunus pari Go'ro'g'libekka Iram bog'ida yashay bersak, deb ko'rdi. Ammo Go'ro'g'libek sira ko'nmaganidan keyin Og'a Yunus pari Shohjahondan rozilik olib, Shohjahon ham Go'ro'g'libek kuyovini bir kun ziyofat qilib, javob berdi. Shuytib, Og'a Yunus pari kanizaklari bilan xo'shlashib, Chambilga Go'ro'g'libek bilan qaytmoqchi bo'la berdi. Misqol pari orqalaringdan har pilla uchib yetaman, deb Ko'hi Qofga qaytib ketdi. Go'ro'g'libek G'irko'kka og'a Yunus parini mingashtirib. Chambilga qayta berdi. Yo'Ida kelayotib, og'a Yunus pari Go'ro'g'libekning joniga tegib, puling ko'pmi yoki kambag'alsanmi, deb shu so'zni aytdi:


Qo'sh parini olgan yigit,

Hamyon to'la puling bormi,

Birin-birin bayon etgin,

Bisotingda moling bormi?


Ko'ngillarni xushlamoqqa,

Har bovatga boshlamoqqa.

Xiztnatingda ishlamoqqa,

Cho'ring bilan quling bormi?


To'ti, bulbul uchirmoqqa,

Toza davron kechirmoqqa,

Bahru dilni ochirmoqqa,

Bog'cha to'Ia guling bormi?


Davr-u davron kechirmoqqa,

EI ko'ndirib ko'chirmoqqa,

Ziyofatga ichirmoqqa,

Qozon to'la boling bormi?


Kayf-u safo ketirmoqqa,

Badan terin qotirmoqqa

Yunus, Misqol o'tirmoqqa,

Suv bo'yinda toling bormi?


Og'a Yunus panning bu so'zini eshitib, Go'ro'g'libek achchiqlanib: "Odamning qadri pul bilan, mi bilan bo'lmaydi. Yigit gohida pulli bo'ladi, gohida bo'lmaydi", — deb og'a Yunus pariga bir so'z dedi:
Yigit dcgan birday bo'lmas,

Pulli bo'lar, pulsiz bo'lar,

Hamisha birday toshib-to'lmas,
Davlat tiriklik ziynati,

Mol emas inson hurmati,

Sog'lik yigitlik qiymati,

Halol bo'lsa er niyati,

Pulli bo'lar, pulsiz bo'lar.

Hisob emas kishi toshi,

Sog' bo'lsin yigitning tani,

But bo’lsa non bilan oshi

Sog’ bo’lsa odamning boshi

Molli bo'lar, molsiz bo'lar.


Sog’ bo’lsin yigitning tani

Eson bo'lsin shirin joni,

Tirkalib o'tgan zamoni,

Kishi yonida hamyoni,

Pulli bo'lar, pulsiz bo'lar.
Taqdiriga ko'nar banda,

Balandi past har makonda,

Go'ro'g'li bo'lsa omonda.

Molli bo'lar, molsiz bo'lar.


Bu so'zlarni Go'ro'g'libekdan eshitib, Og'a Yunus pari: "Ha, o'zingizdan qochira berdingiz. Sin mol-hollar yo'q shekilli", — deb Go'ro'g'libekka piching urmoqchi bo'ldi. Go'ro'g'libek Og'a Yunus parining piching urmoqchi bo'layotganiga toza achchig'i kelib: "Senga faqat pulli, molli er kerak bo'hi hozir otdan tush. Menga senga o'xshagan xotin kerak emas", — dedi. Og'a Yunus pari Go'ro'g'libekniB bunchalik shashti qattiq ekanini anglab, so'zini boshqa yoqqa burib: "Bu gap hazil, men mol-u davit desam, Iramda qolmasmidim", — deb Go'ro'g'libekning ko'nglini ko'tarib qo'ydi.

Shuytib, Go'ro'g'libek Sari boboning g'orining og'zida Xoldor mahram va Qirq yigitlari bilan ays lishganiga bir kam qirq kun bo'lib, va'dadan bir kun qolganda, turkman yurtiga kelib qoldi. Shundayfl do'nglikka chiqsa, Misqol pari oldindan kelib, shu do'ngda o'tiribdi. Go'ro'g'libek Og'a Yunus parini ha shu yerga tushirib, Misqol pariga minmak uchun shu oraliqdan bir ot izlab ketdi. Endi Go'ro'g'libekraB otasi marhum Ravshan ko'rning Ko'ktemir otidan eshiting.



Ravshan ko'r Ko'ktemirni Yovmirning bozoriga sotib yuborib, ot bir takali turkmanga tushgan edi.Sk otdan bir baytal bo'lib, falakning gardishi bilan, baytal bir turkman cho'poniga tushib, bir ko'k toy tuqqi I edi. Hali uch yashar g'o'non bo'lsa ham, hech kirn mingi qila olmay, juda asov-hurkak edi. Agar hurksa,tol bo'yi toshlardan haqirib ketar edi. Shuytib, cho'ponlar toyni Majnunko'k der edi. Go'ro'g'li cho'ponlara "Bir suvori ot topib beringlar", — deb murojaat qilsa, cho'ponlar shu Majnunko'kni ko'rsatdilar. Bir ma don G'irot bilan quvalab, Majnunko'kni xo'b aylantirib charchatdi. Majnunko'k ham asli-nasli tulpoii emasmi, G'irko'k otning o'zidan bosim ekanligini ko'rib, rom bo'la boshladi. "Zo'rdan zo'r chiqsa til* tibir" dcganday, Majnunko'kni Go'ro'g'libek tuzoqqa ildirib, ozroq tilla berib, cho'pon egasidan sotib oBj parilarning oldiga qaytib keldi. Misqol pari bir lahza ko'zdan g'oyib bo'lib, Ko'hi Qofdan Majnunko'H egar-anjom kcltirdi. Ungacha Go'ro'g'libek G'irko'kni Og'a Yunus pariga berib, o'zi Majnunko'kni yn doq minib, bir-ikki choptirib, toza mingi qilib qo'ydi. Majnunko'k ham qarib Rayhon arabning btfj samanicha bor edi. Go'ro'g'li shamolining o'ng kelganiga toza quvonib, Misqol parini Majnunko'Ul mindirib, Og'a Yunus parini o'zi G'irotga mingashtirib, bu kunisi — qirqinchi kun Chambilga qarabkdj berdi. Bu yoqda Xoldor mahram, qirq yigitlar: "Go'ro'g'libekning keladigan vaqt bo'lay dedi-yov", — dfl otlanishib, Xo'jatog'idan oshgan edi. Takalar elati tomonidan ikki otli bildirab ko'rinib, kam-kam yaqinUJ kela berdi. Qarashsa, Go'ro'g'libek birovini mingashtirib, yana bir ko'k otga tag'i birov minib kelaya« Xoldor mahram va qirq yigit Go'ro'g'libekning muzaffar bo'lib, Yunus, Misqol parilarni olib kelayotgjB ni bilib, oldiga peshvoz chiqishib, bardor-bardor qilib, Chambilga olib qaytdilar.

Ana shuytib, Go'ro'g'libek eson-omon parilarni olib, Chambilga qaytib kelib, yetti kecha-kundu/to qilib, Og'a Yunus, Misqol parilarning nikohini qiydirib, tezdan to'shakni solib, parilar bilan kechasi xihfl qilib, kayfini surib, parizod quchib, ulaming qo'lidan may ichib, murod-maqsadiga yetdi.
Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish