Bu xor tugash oldidan xon supaning yuqorisiga niinadi. Yosh sipohlar xon va О ‘rmonbekni zinada qoldirib, to ‘g ‘riga о ‘tadilar. Supadan aylanib borib, xonning muhofazatiga, ya ’ni Xudoyor o'tiradigan arslon terisining orqasiga saf tortu boshlaydilar. Xon borib arslon terisiga о ‘tiradi. Yosh sipohlar supaning uch tomonini qurshab oladilar... Shundan so‘ng navbat aktyorlarga keladi. Bordonlik uydan aktyorlar chiqib o'z spektakllarini boshlaydilar». So'ngra muallif har ikki spektaklning tafsiloti va aktyor o‘yini to'g'risida ma’lumotlar beradi.
Qo'qon xonligini Rossiyaga butunlay qo'shib olguncha bo'lgan davrda o‘zbek teatri hayoti shunday edi. 1876-yilda general gubernator fon Kaufmanqo‘shinlari Qo'qon xonligining qolgan yerlarini ham bosib oldi. Qo'qonda mustaqil xonlik hokimiyati bilirildi. Shu munosabat bilan Qo'qon saroyi qoshidagi saralangan truppa va uning aktyorlari: sozanda, raqqos va hofizlar mayda guruhlarga bo'linib, turli shaharlarga tarqalib ketdilar.
Buxoro xonligida ham XVIII va XIX asrda san’atning turli shakllari keng tarqalgan edi. Mirzo Sodiq Munshiyning «Dahmoishohon» dostonida: Abulfayzxon (1711-1747) saroyida xotin-qizlar ansambli bo'lganini va ular musiqa. ashula va raqs san’atida katta mahoratga ega ekanliklarini. bu ayollardan biri chang, boshqa birlari rubob, birisi quyosh monand daf doira. yana birisi esa tanbur chalishga mohir ekanliklari to'g'risida hikoya qiladi.
1870-yilda Buxoroga sayohat qilgan rus missiyasining ishtirokchisi L.R.Kostenko Buxoroda ko'rgan spektakllari to'g'risida o'z taassurotlarini yozib qoldirgan. Bunday ma’lumotlar 1878-yilda Buxoroda bo'lgan LL.Yavorskiy asarida ham uchraydi.
Buxoro poytaxtida yoki saroyda dointiy aktyorlar, truppalar bo‘lmasa-da, xonlikning turli shahar va tumanlarida professional truppalar keng tarqalgan edi. Chunonchi, Samarqand ham qadimda o'zbek teatrining eng rivoj topgan tumanlaridan biri bo'lgan. Qadimgi aktyorlarning avlodlari asrimizning boshigacha o'z san’atlarini namoyish qilib kelganlar. 1891-yilda Samarqandda bahor bayramida o'tgan bir sayilda turli sport o'yinlari bilan bir qatorda aktyorlar o'ynagan «Kiyik ovi» (yoki «Mergan») spektakli tafsiloti to'g'risida «Закаспийское обозрение» gazetasida ham «Sayil» sarlavhasi bilan katta maqola bosilgan.
«Okraina» gazetasi 1900-yilda Toshkentga gastrolga kelgan Samarqand truppasining faoliyati va bu truppa o'ynagan «Mirob», «Eshak savdosi». «Xundilar» spektakllarini ta'riflab, Samarqand aktyorlarining tjrochilik mahorati Toshkent aktyorlaridan ustun turganini ko'rsatib o'tadi. Bular shuni ko'rsatadiki, Buxoro xonligi tarkibiga kirgan, Samarqand, Shahrisabz, Kattaqo'rg'on. Jizzax shaharlarida XVI11 va XIX asrda professional truppalar ishlab turgan.
XV11I-X1X asrda Xorazmda ham teatr san’ati keng rivoj topgan edi. Uning qoldiqlari hozirgi kungacha yetib kelgan. Chunonchi, 1925- yilda Moskvada bosilgan «Xorazm musiqiy tarixchasi» kitobida Xiva xoni Said Muhammad Rahimxon (1856-1865) zamonida saroy qoshida bir truppa ishlagani ko'rsatiladi. Ammo aktyorlarning nomi va repertuari qayt etilmaydi. Undan tashqari Xorazm tarixiga oid «Riyozud-daula» asarining «To'ynoma» bobida Olio Qulixon (18251842) o'g'il to'yi munosabati bilan 1835-yilda o'tkazilgan tomoshalarda turli san’atkorlar ichida sozanda va bozandalar (masxarabozlar) ham ishtirok etgani va mehmonlarni qattiq kuldirganlari ko‘rsatib o'tilgan. 0‘tgan asrning oltmishinchi yillarida O'rta Osiyoga sayohat qilgan A.Vamberi ham Xorazmda teatr hayoti gavjum bo'lganini yozib, o'zi ko'rgan turli marosim, sayil, tomoshalar haqida birmuncha ma’lumotlar beradi. U. hatto xonning maxsus qizig'i bo'lganini. kechki ovqatdan so'ng ham huzurida sozandalar chalib, hofizlar kuylab turganini, so'ngra masxaraboz xonni va saroyga to'plangan mehmonlarni xursand qilganini eslatib o'tadi,
Muhammad Rahim II (Feruz) hukmronlik qilgan davrda (18651872) teatr hayoti birmuncha rivojlangani to'g'risida va xon o'zi shoir hamda bastakor bo'lganidan o'z poytaxtiga sozanda, shoir va hofizlarni, masxaraboz aktyorlarni to'plab, ularni taqdirlab turgani to'g'risida ba’zi ma’lumotlar mavjud.
Rus savdogarlaridan Abrosimov Muhammadaminxon (18461855) saroyida bo'lgan bir tomosha to'g'risida quyidagilarni yozadi: «Saroy bog'laridan birida katta hashamatli chodir qurildi.
Musiqachilar chalib turdilar. Chodir ro'baro'sida tayyorlangan supa (estrada)da qo'g'irchoq o'yini koTsatildi! So'ngra ularni ikki raqqos almashtirdi. So'ngra arqon ustida bir raqqos o'ynadi. Bu o‘yin tugagach, davraga hofiz chiqib ashula aytdi...».
1870-yilda asir tushgan va Xivada ikki yildan oshiqroq istiqomat qilgan Ilya Ilichkov ruslar kelishidan oldin bozor maydonlarida. ko‘cha-ko‘y va shahar atroflarida, shuningdek, bahorda, Iola bayramlarida sayil va tomoshalar o'tishini, unda juda ko'p sozanda, raqqos va aktyorlarning qatnashganlarini yozadi. Darhaqiqat. Xorazmda «Navro'z» va «Lola» bayramlari juda keng miqyosda o'tkazilgan. O‘tgan asrning saksoninchi yillarida rus armiyasi tarkibida Xivada bo‘lgan rus ofitserining xotini A.Karseva shunday bayramlarning guvohi bo'ladi. Bu to'g'rida u quyidagicha ta’rifqiladi: «Odam ko‘p, gavjum sayil... Ikkita xitoycha qayiq ishlanib tepasiga qamishdan soyabon yasalgan va qog’oz yopishtirilib bo'yalgan. Qayiq ichiga fonarchalar osilib, soyabon tagida xitoy kiyimida bir «ayol» o‘tirardi. Bir necha kishi qayiqlarni ko'tarib tomosha maydoniga olib keladilar. Bu qayiq tunda juda chiroyli manzara tug'dirgan edi. Tomoshaning boshqa qatnashchilari ham ayol kiyimlarini kiyib yasanib olganlar. Hamma ashula aytadi, 0‘ynaydi, qayiq «suzadi», xursandchilik avjiga chiqadi. So'ngra niqob kiygan «devlar» paydo bo'ladi, ular ham 0‘ynaydi. Hamma yoqni musiqa, ashula, kulgi tovushlari qoplab oladi. Tomosha tong otguncha davom etadi».
San’atshunos olim T.Obidovning aniqlashicha. Xorazm aktyorlarining spektakllari bir necha turga bo'linadi. Chunonchi, musiqali va musiqasiz ko‘rsatiladigan spektakllar. pantomim spektakilar; bir aktyor spektakli, guruhli «Xatarli o'yin» tomoshasi va hokazolar haqida xabar bor. Shular ichida «Xatarli o'yin» spektakli juda qiziqarlidir. Bu katta turkumdagi tomosha bo'lib, turli mavzudagi bir necha mustaqil spektakllarni tashkil etadi.
«Xatarli o‘yin», asosan. «Navro'z» va «Lola» bayramlarida. hayit yoki biron katta sayil va yig'inlarda o'ynalib. u bir necha kunga cho‘ziladi. «Xatarli o‘yin»ning o'ynalish tartibi quyidagicha: mashshoqlar «Navo». «Dugoh» chalib, odamlarni tomoshaga chaqiradilar. So'ngra bir aktyor qayroq bilan «Norim-norim» o'yiniga tushib davra aylanadi. Shundan so'ng masxaraboz uforisi («Gul ufbri») boshlanadi. Ikki aktyor davraga chiqib, bugun qiziq tomosha bo'lishi to'g'risida dialog olib boradilar. Shundan so'ng hajviy raqs o'ynaladi, u tugagach. yana ikki aktyor o'z ahvollarini she’r aytib tomoshabinga tanishtiradi. Shundan so'ng «Ruvoi xatari» spektakli, so'ngra «Govdanboy xatari» va boshqa spektakllar navbatma-navbat ko'rsatila beradi. «Xatarli o‘yin» spektakllari qat’iy rejada va boshdan oxirigacha musiqa va raqs bilan olib borilib. 4 tadan 8 tagacha aktyor qatnashadi. Bunday katta turkumda spektakl ko'rsatish usullari boshqa xonliklarda uchramaydi. «Xatarli o'yin» spektakli qatnashchilari katta martabaga ega bo'lardilar.
Xorazmda pantomim spektakllari ikki guruhga bo'linadi. Hayvonot pantomimalari - «Tustovuq o'yini», «Chag'aloq», «Kaptar o'yini», «Ot o'yini». «Ayiq o'yini»: inehnat pantomimalari - «Olma terish», «Chugurma tikish», «Kampir», «Ko'knori» va hokazo. Bunday pantomim spektakilarda aktyor ma’noli harakat, imo-ishora va turli qiliqlar orqali taqlid qilinayotgan shaxs yoki hayvonning holatini o'ziga xos xususiyatlarini yoki mehnat jarayonlarini biron so'zsiz tasvirlay oladi. Bunday spektakllar musiqa va raqs bilan olib boriladi.
Xorazmda bir aktyor spektakli ham juda keng tarqalgan. Aktyor bir o'zi turli niqobda 2-3 qahramonlik pyesani o'ynay oladi. Bunday aktyorlar eng yaxshi hikoya aytuvchi va raqqoslar hamdir, ularning repertuari boy va xilma-xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |