Vil BOB. SHARQ UYG‘ONISH DAVR1DA LAFZ1Y SAN’AT
TURLARI
Forobiy - lafziy san’at haqida
Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy (870-950) to‘g‘ri so'zlash, to'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya. grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo'rligi haqida: «Qanday qilih ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi Jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir, deb tasdiqlayman», deydi.
Ikkinchi ilm grammatikadir: «И jismlarga berilgan nomlarni qanday tartibga solishni hamda narsalar (substansiya) va hodisalarning (aksidensiya) joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikniatli so ’zlarni va nutqiii qanday tuzishni о ‘rgatadi».
Uchinchi ilm mantiqdir: «ma 'turn xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o'rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olarniz hatnda nima to ‘g ‘ri, nima yolg 'on ekanligi haqida hukrn chiqaramiz».1
Ko'rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi ahamiyatini aqidasi buyuk olimlar yuksak darajada anglaganlar va ularga katta ahamiyat berganlar. Ular qadimgi grek falsafasiga va boshqa fanlarga oid asarlardan oziqlanibgina qolmay, ularni toMdirdilar, g‘alat o'rinlariga izoh berdilar.
'Abu Nasr Harobiy. Risolalar. T.: «Fan». 1975. 54-bet
105
Sharq ilk Uyg’onish davri qomusiy olimi Abu Nasr Forobiy (872-950) tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy masalalar bilan bir qatorda tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, hattotlik va musiqa nazariyasiga oid o’nlab asarlar yaratdi. Uning «She’r va qofiyalar haqida so’z» («Kalom fi a’jr va-I qavofi»); «Ritorika haqida kitob» («Kitob fi-1 xitoba»); «Lug’atlar haqida kitob» («Kitob fi-1 lug‘at»); «Xattotlik haqida kitob» («Kitob fi-1 san’at al kitobat»); «Musiqa haqida katta kitob» («Kitob ul-musiqa al- kabir»); «Musiqa haqida so’z» («Kalom fi-1 musiqiy»); «Ritmlar turkumlari haqida kitob» («Kitob ul fi ixsoil-iqo») kabi asarlarida bevosita san’at nazariyasiga oid qarashlar bayon etilgan.
Forobiy «Baxt-saodatga erishuv haqidawgi risolasida inson go’zallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamini bo’lishi kerak, hissiy va aqliy qobiliyatga ega bo’lgan insongina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin, deb ta’kidlaydi. «Inson aql-idroki tufayli haqiqiy insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go’zallik va mukammallikni kashf etadi», deb uqtiradi. Forobiy odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug’ullanishga da’vat etadi va shu tufayli go’zal narsalar tushunarli narsaga aylanadi, deb ko'rsatadi.
Forobiy inson qobiliyatini ikkiga: tug'ma va keyin erishilgan qobiliyatga bo’ladi. Uning fikricha. tug’ma qobiliyatga biologik, jismoniy va ba’zi ruhiy xususiyatlar kiradi. Uni kamol toptirish jarayoni esa inson o’z hayoti davomida ilm, hunar o'rganishi, axloqiy qonun-qoidalami egallashi va san’atni hayotiy tajribasi bilan boyitishi orqali sodir bo’ladi.
Forobiy insonning o’z-o’zini tarbiyalashida, uning estetik rivojlanishida nazm va musiqa san’atining o’rnini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, san’atning barcha turlari bir-biridan farq qiladi: nazm san’ati so’z bilan, tasviriy san’at esa bo’yoqlar bilan ish ko’radi, lekin ular insonga bir xil ta’sir ko'rsatadi. U Arastu izidan borib, «hu san ’atlarning hur ikkalasi taqlid qilish yordamida kishilarning tasavvuriga va hissiyotiga ta’sir ko'rsatishni maqsad qilib qo’yadi», deb ta’kidlaydi.
Forobiy san’at o’z mohiyatiga ko'ra, ruhiy hayotning in’ikosi ekanligini yaxshi tushungan. Uning fikricha. musiqaning kishilar tuyg'usiga ta’siri buyukdir. «Ви ilm shu ma'noda /oydaliki, и o'z muvozanatini yo ‘qotgan odamlar xtdqini tartibga keltiradi, noqis xulqni ntukammal qiladi va muvozanatda bo'lgan inson xulqining muvozanatini saqlab turadi», deydi u. Forobiy musiqaning shifobaxsh kuchini uqtirib, «bu ilm lananing salomatligi uchun ham foydalidir», deydi.
Forobiy «Musiqa haqida katta kitob» degan ko'p jildli asari bilan o'rta asrning yirik musiqashunosi sifatida mashhur bo‘ldi. U musiqa ilmining nazariy va amaliy tarmoqlarini, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib, ularni ta’lif va ilmi iqoga ajratadi. U musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy-ilmiy ta’rifini beribgina qolmay, kuylar ohangdorligining matematik tamoyillarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida ko'plab murakkab chizmalar keltiradi, Sharq musiqasini uning ritm-zarblari asoslarini dalillar bilan sharhlab beradi.
Mutafakkirning ritm-zarb haqidagi ta’Iimoti tez yoki sustligi bilan bog'liq, urg'uli-urg'usiz yoki shartli qabul qilingan so'zlarni talaffuz qilishga asoslangan. U ritm-zarblarni tashkil etgan birliklar bo'lmish naqralar. ular birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm-zarb o'lchovlari va turlarini yoritib bergan.
«Musiqa haqida katta kitobwda faqat musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, Sharqda ma’lum-mashhur bo'lgan rubob, tanbur, nog'ora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari hamda ularda kuy ijro etish qoidalari tafsiloti berilgan. Forobiyning o‘zi mohir sozanda, bastakor, yangi musiqa asboblarining ixtirochisi ham bo'lgan. U musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat- salomatligini yaxshilovchi tor ilova qilib, uni takomillashtirgan, ovoz imkoniyatini oshirgan. Forobiyning she’riyat va musiqa nazariyasiga oid asarlari Sharq xalqlari adabiy-estetik qarashlari tarixida alohida o'rin tutadi.
Forobiyning «Baxt-saodatga erishuv haqida» risolasida san’atning ulkan ta’sir kuchi bilan bog'liq fikr-mulohazalar bayon qilingan. San’at uning fikricha, insonda go'zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga ega. Shu bois mutafakkir inson oldiga alohida talablar qo'yadi. Forobiy mazkur risolasida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida to'xtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni egallashi uchun amaliy malakaiarini tarbiyalash - tarbiyachilarning muqaddas vazifasi ekanligini ko'rsatib berdi.
Forobiy insoniy sifatlarning barchasini odamlar va narsalar go‘zalligi tarzida baholab, ularni maqsadga muvofiqlik va foydalilik tomonlari bilan uzviy bog'laydi. U «She’r san’ati haqida» degan risolasida badiiy faoliyatni o'ziga xos tarzda voqelikka taqlid qilishga qiyos etib: «musavvirlik va she'riyal bir-biridan so'z va bo’yoq vositalarida ifodalanishi bilan farqlangan holda odamlar tasavvurlariga taqlid orqali ta'sir o'tkazishni maqsad qilib qo'yadi», deydi. Bu ta’sir. kuch, tasavvur deyiladi hamda u tuyg'u va aql-idrok oralig'ida turadi. Forobiy estetik qarashlarida san’at yaratgan qiyofalar aql va umumiy mushohada qabul qilib olgan holda o'zining yakkashligini yo'qotib qo‘ymaydi, idrok uchun munikin bo'lgan aniq hissiy shaklini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |