Ibn Sino - tovush, ovoz, nutq haqida
0‘rta Osiyo Uyg‘onish davrining zabardast allomalaridan biri Abu Ali ibn Sino (980—1037) o'zining estetik qarashlarida musiqa bilan axloq muammolarini bir-biriga uzviy bog‘laydi. U «Kitob ush shifo» asarining so'zboshisida musiqaning estetik xususiyati haqida gapirib, bu san’at turining axloqiy tarbiyadagi ahamiyatiga, she’riyatning kishilarga go'zal fazilatiar singdirish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tadi, «she'riyat tasavvurga ta'sir ko'rsatuvchi nutqdir», deb uqtiradi.
Shuningdek, Ibn Sino yosh avlodni tarbiyalashda oila va davlatning muhim vazifasi, jamiyat taraqqiyotijamiyatningxo'jalik va madaniy yutuqlari bevosita ma’lumotli, madaniyatli kishilarning o'sishiga bog‘liq, deb hisoblaydi. «Barcha bilimlarga ega narsa/ar mukammallikka moyildir», deb ta’lim beradi, «Mukantmallik» atamasida u insonning ichki go'zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi. Ibn Sino musiqaga oid beshta asar yozgan. Lining musiqaga doir eng katta asari «Jome’ ilm-al-musiqiy» (Musiqa bilimiga oid to‘plam)idir.
Ibn Sinoning «Donishnoma» asarida ham musiqaga oid bo‘lim bor. «Donishnomawning musiqa qismi to'qqiz fasldan iborat bo'lib. ularda muallif tovushlar, ularning baland-pastligi, nag'malarining bir-biriga bog'liqligi, ritmlar, kuylar harakati, musiqa asboblari va kuyni bezash kabi masalalar ustida fikr yuritadi. Bunda borbad. tanbur, shohrud, nay kabi musiqa asboblari haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sinoning musiqaga oid to'rtinchi asari «al-Madhad ilm minaat al-musiqiy» («Musiqa san’atiga kirish») kitobidir. ibn Sinoning bu asari ibn Abu Usaybaning ko'rsatishicha, «an-Najot»ga kirgan qism emas, balki alohida asar bo'lib, lining bizgacha yetib kelgan- kelmaganligi hozircha noma’lum.
Ibn Sinoning musiqaga oid beshinchi asari «Kitob al-Lavohiq» («Qo'shimchalar kitobi»)dir. Bu maxsus bir kitob sifatida tarqalgan bo'lsa kerakki, alohida nom olgan. Ibn Sino «ash- Shifowga kirgan musiqaga oid asosiy asari nihoyasida bu asarga ishora qilib ketadi va o'sha yerda kitobini shu iboralar bilan tugatadi: «Mana shu bilan musiqaga oid gaplarni qisqartamiz. Bu ilniga oid bo 'Igan ко p shaxobchalar va ziyoda ma 'lumotlarni xudo xohlasa «al-Lavohiq» («Qo'shimchalar» ) dan toparsan», deydi.
Ibn Sino «Musiqa bilimiga oid to‘plam» asarining birinchi maqola muqaddimasida tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo'lishi kabi masalalarga to'xtaladi. Unda musiqaning kishi hayotiga qanchalik zarurligi va uning paydo bo'lishi sabablari haqida mulohaza yuritiladi, chunki inson tabiati yoqimli narsalar orqali yengil tortadi, orom oladi, aks bo ‘Isa og ‘ir tortadi, oromi yo ‘qoladi, nafrat qo ‘zg ‘aladi.
Mana shu mulohazadan keyin Ibn Sino yoqimli va yoqimsiz ovozlarning hayot uchun qanchalik zarurligiga to'xtaladi. Chunonchi. hayvonlar o'zlariga tanish bo'lgan ovoz bilan bir- biridan, ya’ni sheriklaridan xabardor bo'ladilar, shu ovoz bilan ular bir-birini topadilar, xavf-xatar tug'ilganda, shu holatga mos ovoz chiqaradilar, natijada buni eshitganlar darhol o'sha ovoz chiqqan joyga yig'ilishga va dushmanga umumiy hamla qilishga shaylanadilar. Bu holni parrandalar, it va boshqa hayvonlar hayotida ham ko'rish mumkin. Tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan biridir. Bordi-yu, tovush ma’lum bir ohangda berilgan bo'lsa. kishi ruhiga kuchliroq ta’sir ko'rsatadi. «Insonlar qulog'i ko'proq nutqlardagi tovushlarni eshitishga ntoslashgandir», deydi muallif.
Ibn Sino insondagi til, nutq masalalariga ham to'xtaladi: «Allohning insonlarga in ’от etgan baxtlaridan yana biri inson nutqidir. Inson о ‘zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali о ‘z hissiyotlarini izhor etadi», deb ta’kidlaydi. So'ngra muallif ovozlar o'zgarishi orqali uning mazmuni ham 0‘zgarishiga e’tibor beradi: «Masalan, kishilar yalinganda boshqacha ovoz chiqarib gapiradilar. do‘q-po‘pisa qilganda boshqacha. shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda bo'ladi», deb uqtiradi.
Ibn Sirio fikricha, inson qalbi o‘z tabiati bilan bir-biriga monand bo'lgan tovush va ritmlarni yoqtiradi. Chunki. tovush insonni ham, hayvonni ham hayajonlantiradi, biror qo'rqinchli hodisa ro‘y berganda bir-birini chaqirish borasida katta rol o‘ynaydi. Uning fikriga ko’ra: «Inson qalbi har bir yangi va ко 'ngildagidek nag'madan orom oladi. Keyinchalik xuddi shu yoqimli nag‘ma g ‘oyib bo 'Isa, qalb hayajonga tushadi. Xuddi shu oldingi nag 'maga o'xshash ikkinchi nag'maning paydo bo'Ushi bilan qalbdagi hayajon yo 'qola boshlaydi».
Ibn Sino mulohazasicha, ovozning baland-pastligi ham, ularning bir-biridan farq qilishi ham o‘ziga xos ma’noga ega. Bu xil turli- tuman ovozlarda nazokat bilan ma’lum ma’nolar ifodalangan. Bular hammasi o'sha ovoz sohibiga ta’sir etib, undan kuzatiigan ma’no tushuniladi. Insonlarning ovozlari ham biror ma’noni ifodalab, kishi ruhiga ta’sir etishi munikin, shundan rang-barang fe’l-atvorlar sodir bo’ladi. Olim fikricha, mana shunda ovozning baland-pastligi, ayniqsa, musiqiy ovozning darajasi qanday bo‘lishi kishi ruhiga ta’sir etishda ahamiyat kasb etib, musiqa fani tovushlarning bir-biriga muvofiq va nomuvofiq joylashgani haqida bahs yuritishi mumkin. Uningcha, musiqaning ikki o‘zani bo’ladi: biri kuy yaratish bo‘Isa, boshqasi unda ritm mavjudligidir. Musiqa fani mana shu ikki xil tarmoqdan o'sib, unib, rivoj topadi, mukammallashadi.
Ibn Sino tovushlar oralig’ida hosil bo'ladigan qismlar haqida ham o‘z fikrini bayon etadi. Bunda u yoqimli va yoqimsiz, asosiy va yordamchi qismlarga to'xtab o‘tadi. Ikkinchi maqolada qismlarni bir-biriga qo’shish va ayirish hamda ularni ikki marta ko'paytirish va teng bo'laklarga bo'lish kabi masalalarga to'xtaydi. Uchinchi maqolada jins va uning navlarga bo’linishi, jinslarning soni, ularning kuchli, kuchsiz va o'rtachaga bo’linishiga to'xtaydi. Bular hammasi musiqa fanining nazariy masalalaridir.
Ibn Sinoning musiqaga oid asarlarini Sharqning ilk Uyg‘onish davri musiqa madaniyati qay darajada bo'lganligini ko‘rsatib turuvchi bir mezon, estetik tafakkurning naqadar taraqqiy etganidan daiolat beruvchi manba sifatida baholash mumkin.
O‘rta Osiyo mutafakkirlari o‘z davrida Alloh go‘zalligini ulug'lab. diniy e’tiqod hosilasida teran insonparvarlik ta’limotini yaratishga muvaffaq boMdilar, ya’ni diniy e’liqodni inson aql- idroki kuchi, inson irodasi erkinligi aqidasi bilan uzviy bog‘lab talqin qildilar. Shu tariqa moddiy dunyo ma’naviyatini hamda hayot go‘zalligini qaror toptirdilar. Bu yuksak madaniyat va ma’rifat XII asrda mug‘illar istilosi tufayli inqirozga uchradi. O‘rta Osiyoning ilm, hunarmandchilik va madaniyat markazlari xonavayron bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |