Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


Mirakl - diniy mavzudagi totnoshalar



Download 0,91 Mb.
bet32/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Mirakl - diniy mavzudagi totnoshalar

Cherkovlar ommani din ta’siriga ko’proq tortish va nazorat qilish uchun tomoshaiarni ibodatxona ichkarisiga oldilar. Natijada faqat diniy mavzudagi tomoshalarga keng yo‘l ochildi. Diniy aqidalarni xalq qalbi va ongiga singdirish maqsadidagi «cherkov dramalari» o'rta asrlarda katta shakldagi tomosha turlarining biri bo'lib tarixga kirdi. Badiiy ijodni, ijroni o'z nazoratlariga olgan ruhoniylar, o'zlari dramaturg, ijro shartlarini belgilaydigan rejissyor, rollarni ijro qiluvchi aktyorlarga aylandilar.
Bu qaror natijasida xalq orasidagi ijodkorlar ishsiz qoldi. Dindorlar nazorati ma’lum vaqtgacha juda rivojlangan xalq ijodini bo'g'ib qo'ydi. Ruhoniylar ijrosi lotin tilida bo'lganligi uchun ko‘p anglashilmovchiliklarni paydo qildi. Keyinchalik «cherkov dramalari»da cho‘ponlar o‘z kiyimlarida paydo bo’lishi va shevasida gapirishi, Iso payg'ambarni voqea sodir bo'lgan joy aholisi shevasiga qarab munosabatda bo'lishi, ijro san’atiga bir qator yangiliklarni olib kirdi.
Diniy mo'jizalarning teatr effektlari bilan amalga oshirilishi katta shakldagi tomosha san’atiga yangicha yondashish mumkinligini asosladi. Cherkovlar teatr tomoshasini rivojlantira olishiga ko‘zi yetmadi. Chunki, mavzu chegaralangan: ilohiy mo‘jizalarni namoyon qilish imkoniyati ham chegaralana- yotganligini ular anglab yetdilar. Natijada, ular ibodatxona ichidagi tomoshaiarni tashqariga - maydonlarga olib chiqdilar. Bu ham odamlarni ko’proq diniy aqidalarga jalb qilish maqsadida amalga oshirilgan reja edi.
Ibodatxonalardan tashqariga chiqqan tomoshaiarni shahar ahli quvonch bilan kutib oldi. Endi tomoshalar bayram kunlaridan keyin ham - dam olish kunlari, bozor maydonlarida, odamlar to'plangan joylarda ko'rsatilardi. Maydon tomoshalariga shahar ahlining - tomoshabinlarining talabi ko’proq singib borar edi. Chunki, bu katta shakldagi tomoshalarga endi ruhoniylardan tashqari odatdagiday xalq orasidagi ijodkorlar ham aralashgan edi.
XIII asrga kelib diniy mavzu o'rniga xalq hayoti va uning ijodkorlik ruhini yoritgan «Shiypondagi o'yin» nomli pyesa yaratildi. U avval Parijda, so'ng Italiyada namoyish qilindi. Umuman diniy mavzudan xoli bu asar xalq orasida tezda mashhur bo'lib ketdi.
Lekin. cherkovlar ham bu kurashda bo‘sh kelmadi. Ular o‘z maqsadalarini amalga oshirish uchun diniy mavzudagi ijodini davom ettirdilar. Bunga javoban xalq orasidagi hajviy yo'sindagi farslar ijodkorlari esa jarchilar. lo'ttiboz hakimlar. so'qir yetaklovchi ta’magirlar ifodalangan obrazlarda hayotiy voqealarni namoyon qilib turdi.
Mirakl janri paydo bo'lishi komediyani ancha hovuridan tushirib qo'ydi. Mirakl - lotinchada «mo'jiza» degan ma’noni anglatadi. U diniy maslahatlarni she'riy ifodalagan drama bo'lib, XIII asrda Fransiyada rivojlangan. Bu janr o'z zamonida rivojlanib ketgan yalpi jabr-sitam, beboshlik, talon-tarojlik, zo'rlikka qarshi qaratilgan va tavba-tazarruga olib keluvchi voqealar ifodasi edi. Bunga misol qilib «Iblis Robert haqida mirakl» nomli asarni keltirish mumkin. Robertning dunyoga kelishining o'zi bir mo'jiza edi. Onasi ko'p yillar farzand ko'rmaydi. Xudoga ko'p iltijolar qiladi, lekin shaytonga bir marta murojaat qilganda mo'jiza ro'y beradi. Uning farzand ko'rishi aniq bo'lib qoldi. Robert hammaga azob beradigan, hech narsadan qaytmaydigan, qizlarni zo'rlab, ibodatxonalarni talaydigan bo'ladi. Uni tavbaga chaqirganlarning bir ko'zini o'yib oladi. Bu epizodlar zamondagi tartibsizliklar namunasi edi. Asar g'oyasi shu tartibsizliklardan keyin ochiladi. Robert tavba- tazzaruga yetib keladi. Xorlik va zorlik, gadolik, asirlik azoblarini tortadi. Barcha ayblari uchun chekkan azoblari evaziga poklanadi.
Bu janr Italiya va Angliyada ham rivoj topadi. Mirakl janri yaratgan asarlar XX asrgacha nasroniylarni tavba-tazarruga chaqirishda namuna bo'lib xizmat qilib keldi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish