Naqsh va rang tanlash san’ati
Musulmon kishining tasavvuri va xotirasi - hamisha tarix sarhadlaridan chetda, mavhumlashgan holatlarda, mulohaza va musobaha tarzida tasviriy timsollardan xoli bo'lgan, hamisha ham ko'zga tashlanavermaydigan, birdaniga qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko'rib bo'lmaydigan xayoliy mubolag‘alar, mavhumotlar asosiga qurilgandir. Masjid naqshlaridagi bir-biriga chirmashib ketgan bo‘rtiq manzara, «Kufiy», «Sulosi» xati yozuvlari musulmon kishining Alloh taolo bilan tanho muloqotining sog‘inchli hissiyotlarini ifodalaydi. Islomiy Naqsh va yozuvlar yasama manzara - dekoratsiya, bezak emas, balki ular inson qalbiga Alloh go'zalligini singdiruvchi mo‘minlik mazmun-mohiyatini, musulmon kishi hayotini. turmush tarzini, estetik qadriyatlarni yorqin ifodalovchi tamsillardir. Naqshning chodraga o’ralgan ayolga o‘xshatilishi shundan. Naqsh - haqqoniyatni qo’l bilan ushlab ko’rish emas. go’zallikning mohiyatini anglash. shu go’zallikni dildan his qilish. chodra ortidagi vaziyatga o'zni tayyorlash va unga kirib borish timsolidir.
Naqshdagi gullar va ranglar gulsafsar-osoyishtalik, umri boqiylik; to’lqinsimon gul poyasi - boylik va farovonlik; novda va yaproqlar - navqironlik, yasharish timsollari bo’lsa; oq rang - baxt va omad; zangori rang - oliy e’tiqod; qizil rang - shodlik, yoshlik timsollaridir. Demak. Naqsh xotirjamlik, ruhiy osoyishtalik. umri uzoqlik - cheksizlikni ramziy ifodalovchi hilqatdir. Me’moriy binolarning naqshlari oliy barkamollik, komillik, Alloh huzuriga yo'l olish ramzlari hamdir. Shu tariqa naqsh tamsili hamma go’zalliklarni yaratgan va ulami bandalariga ne’mat qilib bergan yagona va rahmli Alloh huzuriga borish va uning jamoliga yetishish omilidir.
Bitiklar va xattotlik san'ati
Harflar va so’zlaming yozma ifodasi sir-sinoatni tasvir - san’at darajasiga olib chiqqan xattotlik ham islom falsafasining ifodasi edi. Kitob bezashni ham san’at darajasiga ko’targan islom endi me’morchilik obidalari peshtoqlarida bitiklar, ya’ni ilohiy so’zlarning ifodasi bo’lgan naqshlarni yaratdi. Bu hattotlik, so'z. naqsh va me’morchilik uyg’unligi faqat islomga xos tomosha turlaridir. Me’morchilik obidalari - masjid, madrasa, maqbara, minoralar peshtoqidagi bitiklar ularga zeb bergan naqshlar shakli va ziynati hattotlik. ya’ni kitob bezash san’atidan olingan bo’lib, ular nihoyatda ko‘p ma’nolidir. Me’morchilik va hattotlik san’ati muqaddas so’zning botiniy va zohiriy zuhti bo’lib, ular islom mohiyatiga ko’ra, ilohiy So’zning yozma shakl ko'rinishidir. Shu bois masjid - Allohning uyi - ibodat dargohi; madrasa - Allohning So’zi o’qiladigan, ilm o’rganadigan maskandir. Me’morchilik obidalarining peshtoqlaridagi, gumbazlari va muqarnaslarining. ichki va tashqi devorlaridagi naqshlar va bitiklar ham o’sha muqaddas so’zlar shaklidir.
Minora qurish san'ati
Endi minoraning tamsilini tahlil qilib ko’raylik. Minora - arabcha «minoratun» so’zidan olingan bo‘lib, u mayoq degan ma’noga ega. Minora masjidlar yonida qurilib, muazzinning azon aytishiga mo'ljallangan. Minora islom madaniyatida o‘zining tamsiliy mazmuniga ham ega. U Allohning yagonaligi hamda yolg’izligi ramzidir. Uning baland va viqorli turishi, tepasidan hamma narsaning ko’rinishi - Allohning ulug’ligi va hamma narsani adolat ko’zi bilan barobar ko’rib turishi timsolidir. Minora Allohdan boshqaga bo'yin egmaslik, kasu-nokasdan o‘zini baland tutmoq, g’urur va faxr ramzi hamdir. Minora hamma narsaga, bir xil qarash - bir ko’zda ko’rish, o’tmish, hozir va kelajakka bab-baravar nazar tashlashdir. Minora dunyoviy mazmun ham kashf qiladiki, u uzoq yo’ldan keladigan karvonlarga yo’l ko'rsatkich - mayoq. e’tiqod va go'zallik ramzi, san’at asari vazifasini ham o’taydi.
Shunday qilib. islom estetikasida me’moriy binolarning shaklu shamoyili, bezaklari musulmon kishining ma’naviy-ruhiy olamini, turmush tarzi, hayoti ma'nosi. yashashdan maqsadi va mazmunini ramziy ifodalaydi. Aslida me’moriy binolar musulmon kishini xotirjamlik va sokinlikka undaydi. Chunki, me’moriy binolarning shakl-shamoyili ham, bezaklari ham, jamiki go'zalliklari ham sir- sinoatlar va mavhumotlar majmuidir. Borliqni sir-sinoatli, mavhumotlar tarzida idrok etish, fikrlash mahsuli, ya’ni binolar shakli, naqshlar, bitiklar o'ziga xos tartib-intizom bilan tamsil etilishi - musulmon kishining Alloh bilan bo’lgan Abadiy Ahdga yetaklovchi omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |