Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati


V BOB. VII VA XII ASRLAR - MARKAZIY OSIYODA TOMOSHA TURLARI



Download 0,91 Mb.
bet25/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

V BOB. VII VA XII ASRLAR - MARKAZIY OSIYODA
TOMOSHA TURLARI


    1. Islomiy marosimlar va tomoshalar

VII asrda «Barchamiz Allohning qulimiz, bandaning egasi Alloh, U yaratuvchi va mehribon». degan falsafa inson ongidagi qullikka qarshi isyon edi. Bu falsafa dunyoni hamda dunyoqarashni o'zgartirib yuborgan islom dini bo'lib, tezda qalblarni va dunyoni egalladi. «Alloh go‘zal va U go'zalikni yoqtiradi», degan tushuncha esa tasavvurnigina emas, balki tafakkurni ham o'zgartirib yubordi. Zero, islom ilm-fanga, ma’rifatga keng rag'bat ko'rsatdi. Qur’oni Karimning ilk nozil bo'lgan oyati ham «Iqro»— «O'qi», edi. Payg'ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vassalam «0‘qiyolmayman», deganlarida Allohdan bir necha bor «Yaratganning nomi bilan o'qi», degan jarangdor da’vatlar yangragan ekan. Shundan boshlab musulmonlar Allohning Muqaddas so'zlarini o'qishga. u yaratgan borliq - go'zalliklarni anglashga kirishib ketdi.
Islom ta’limoti, shariat talablari hayotga tobora chuqurroq kirib borgan sari «Avesto» va otashparastlik bilan bog'liq marosimlarga barham berildi. Chunki. Allohni yagona deb bilgan, uni yer, suv, quyosh vahavoning, ya’ni borliqning egasi deb tan olgan mo'minlar uchun olovga, quyoshga, suvga, umuman, Allohdan o'zgaga sig'inishiga barham berila boshlandi. Bu talablar sig'inish turlariga o‘xshagan tomoshalar va bayramlarni to'xtatdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi munosabat islom shariati qoidalari bo'yicha qayta ko‘rib chiqildi. Ko'nglini ochish uchun faqat Allohni eslashi va unga qalbini ochish lozim. Chunki, ko'ngil Allohning mulki, u insonga ko‘ngit berdi va uning to'ridan o'ziga joy ajratdi. Bu tushuncha ham ko'ngil ochish, xursandchilik, zerikishga qarshi ermak topish, tomosha ko'rish va ko'rsatish masalalarini qayta ko'rib chiqishni taqozo etardi. Islom, insonni quloq bilan eshitib qabul qiladigan - tovush, so'z, musiqa, g'azal, bitiklar va ko'z bilan ko'rish orqali tasavvurni qo'zg'ab, Alloh yaratgan ongga ta’sir o'tkazadigan tilsimiy tizimni tomoshaga aylantira oldi. Natijada. o'zigacha bo'lgan tomosha turlaridagi: o'yin, ermak. nag'ma, va qiliqqa barham berdi. Tomoshani - islom aqidalarini ulug'laydigan, uning falsafasini ochadigan va mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladigan tadbirga aylantirdi. Ilohiy va dunyoviy jihatdan qat’iy qonun-qoidalarga asoslangan islom, yuqorida aytganimizdek, eng avvalo, ilm-fan dasturiga tayanadi. Islom insonni ijtimoiy faollikka, musuimon jamoalariga, hatto nomusulmon qavmlarga hurmat bilan qarashga, ma’rifatli bo'lishga da’vat qiladi. Shu bois islom ilm- ma’rifatli kishilargagina o'z «sirwini ochadi: «Avvalu ma xolaho - allohul-aqla» - Alloh yaratgan ilk narsa Ongdir.
Musuimon e’tiqodiga ko'ra, Odam o'z yaratgan egasi Alloh taolo bilan fazodan tashqarida, aynan olam paydo bo'lmasdan avval uchrashib ahdlashgan. Bu uchrashuv islom madaniyatining markaziy voqeasi hisoblanadi. Bu uchrashuv muhaddas Qur’oni Karim xabarlari bo'yicha Abadiylik ibtidosida zohir bo‘lgan. Alloh taolo bo'lajak insoniyatga - Odam ato avlodlariga «Sizlar- ning parvardigoringiz men emasmi?» degan savol bilan murojaat qiladi. Tafsirchilar ta’kidlashicha, bu savolga: «Ha. biz bunga guvohlik beramiz». deb shodiyona javob qaytarilgan.
Alloh bilan bo'lgan ilk Ahdni Ibrohim (Avram) payg'ambar qabul qildi. Ibrohim ummatlarini yakka-yolg'iz Allohni tanishga da’vat etdi. Undan boshlangan yahudo, yahudiylik, isaviylik, islom e’tiqodlari insoniyat o'z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratgan ma’naviy-axloqiy madaniyat va estetik tafakkurning ajralmas tarkibiy qismlariga aylandi.
Ibrohimdan boshlangan ma’rifat. go'zallikning o'ziga xos mushohada tarzi. muqaddas samoviy hodisalar, ahli payg'ambarlar va ularga Alloh yuborgan kitoblar, islomda katta tarixiy mavqe kasb etsa-da. bular ibodat, riyozat bilan Alloh jamoliga yetish, uning vahiylari orqali «u dunyowni bilish degan tushuncha doirasida o'rganiladi. Islom madaniyatida Qur’oni Karim «sir», «tilsimot», «shior» deb qaraladiki, gap bu yerda inson taqdirining Alloh nigohi oldida chorasizligi haqidadir. Jaloliddin Rumiy hazratlari Qur’oni Karim aslida yopiq matndir, uni tafsir qilish bilan tushuntirish mumkin, ammo tushunish mumkin emas, degan ekanlar. Rumiy Qur’onning bu sirliligini chodraga o'ralgan ayol siriga qiyoslaydilar: agar kimdir chodrani ko'tarishga urinsa, ayol unga «Sen izlayotgan narsa - go'zallik men emasman», deydi. Shu bois islom madaniyati, jumladan, islom estetikasining negizini tafsir an’anasi - tafsir, ya’ni sharh kitoblari, jimjimador naqsh, sirli-sinoatli she’riyat, musiqa, kitob va uni bezash san’ati tashkil etadi. Nafaqat Islom madaniya- tini, balki Qur’oni Karimdagi sir-sinoatlar bilan jilolangan, nurlan- tirilgan mumtozsan’at asarlarini chuqur tushunmasligimizning boisi ham shunda. Demak, Qur’oni Karim suralari va oyatlarini, Hadis kitoblarini, ularga yozilgan tafsir sharhlarni o'rganmay, bilmay turib nafaqat Navoiyni, balki bir yarim ming yil davomida faoliyat ko'rsatgan, ijod qilgan islom mutafakkirlar asarlarini, Islomdan bahra olgan ilohiy va dunyoviy fanlarni, falsafa, tarix, she’riyat, me’morchilik, axloq, urf-odatlarning mohiyatini tushunishimizqiyin. Shuningdek, uning hayitlarini, haj bilan bog'liq udumlarini. qurbonlik va aqiqaiarini ham to'g'ri bajarishimiz qiyin kechmoqda.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish