Bog'liq Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)
Rimliklarga xos shafqatsiz tomoshalar
Gladiatorlar jangi amfiteatrlarda va sirk binolarida o'tkazilardi. Bu shafqatsiz tomosha muxlislari ko'payishini nima bilan izohlash mumkin? Qorni to‘q, tashvishi yo‘q aslzodalar zerikkanidan shafqatsiz tomoshalar uyushtirardilar. O'rta Osiyo xalqlariga ma’lum bo'lgan - qo‘chqor, it, xo'roz urishtirishni. Rim zodagonlari odam urishtirishni zerikkanlar, qorni to‘qlarning ermagi darajasidagi tomoshaga aylantirdi. Qizig‘i shundaki, bu tomoshani ko'rishni istaganlar o‘z davrida bo'lgan mavjud teatrlarga sig‘may qoldi.
Eramizning 75-yili Rimda gladiatorlar jangi uchun mo'ljallangan maxsus tomoshagoh qurila boshlandi. U o'z bag'riga 50 ming tomoshabinni sig'dirishi kerak edi. Ushbu tomoshagoh monumental arxitektura namunasi bo'lib. tomoshabinlar uchun barcha qulayliklarni yaratishni e’tiborga olgan edi. U 80-yili ishga tushirildi va «Kolizey»-«Eng katta» nomini oldi. Shafqatsizliklarni zavq bilan ko‘radigan 50 ming tomoshabin uchun endi Kolizey markaz bo‘lib qoldi.
Eramizning II-V asrlarida Rim madaniyati nihoyatda rivojlangan. Butun imperiya bo‘ylab keng miqyosda ibodatxonalar, ma’muriy inshootlar, sirk binolari, saylgohlar. maydonlar, kutubxonalar qurila boshlangan. Rim imperiyasi davrida aholisining soni bir milliondan oshadigan shaharlar paydo bo'ldi. Aholisi yarim milliondan oshadigan shaharlar ko'paydi. Imperiyaning teatr binolari quriimagan shaharlari bo'lmagan. Bu rimliklar tomoshaga naqadar o'chliklarini ko‘rsatadi.
Endi o'sha davrda mashhur bo'lgan tomosha turlarini ko'rib chiqaylik. Rim imperiyasi bo‘ylab ikki juft ot qo'shilgan arava - «kvadriga»da poygalar uyushtirilgan. Bu rimliklarning ochiq maydonlarda. bayramlarda o‘tkaziladigan musobaqalari edi. Ular yana sirk binolari ichida yirtqich hayvonlarni urishtirib tomosha qilishni ham yoqtirgan. Amfiteatrlarda gladiatorlar jangi o'tkazilishi ham rasm bo‘lgan. O'limga hukm qilinganlarni qatl qilish jarayonini amfiteatr yoki sirk binolarida tomosha qilish ham shafqatsiz Rim imperiyasi udumlaridan biri edi. Ularning eng shafqatsiz tomoshasi o'limga hukm qilingan mahbusga yirtqich hayvonni qo‘yib yuborish edi. Agar mahbus omon qolsa, tomoshabinlar oldida ozod qilingan.
Imperiyada shafqatsiz tomoshalarga qarama-qarshi bo‘lgan yaxshi udumlar ham bor edi. Bular yangi qurilgan go'zal maydonlar, saylgohlar edi. Ayniqsa, Rim shahri markazidagi maydon o'rtasida 27 metrli ustun o'rnatilishi, uning atrofi bo'rtma haykallar bilan bezatilishi, ustiga imperator haykalining o'rnatilishi va maydon atrofining kutubxona binosi bilan olralganligi maqtovga sazovor mantiqli uyg‘unlik - yaratuvchanlik edi.
Keyingi maqtovga sazovor ish bir necha yuz gladiatorlar ishtirokida teatrlashgan janglar sahnalashtirilgani edi. Endi ular o'lmaydi, o'limni o‘ynab beradi. Bunday ommaviy tomoshalarga rimliklar qatnashgan urushlar va ularning g'alabalari mavzu bo'la boshladi.
Mim va pantomim teatrlari esa maxsus sahnalashtirilgan ov jarayonini ommaviy tomoshaga aylantira oldi. Ular ijrosidagi «aktyor hayvon» bilan aktyor ovchi o'rtasidagi kurash, ov jarayoni zavqli tomoshaga aylanishini sahnalashtiruvchilar yaxshi bilishgan.
Rim imperiyasi sirklarida qo'l jangi navbatdagi tomosha turiga aylangan. Rimliklar bu tomoshani ham zavq bilan ko‘rishgan. Ikki kishining mushtlashishidan tashqari shafqatsiz rimliklar bu dargohda yana sovuq qurollar bilan qurollangan jangchilaming teatrlashgan to‘qnashuvini ham tomosha mavzusiga aylantirgan. Teatrlashgan ommaviy qurolli janglarda tarixiy qurol-aslahalarni va undan jangchilar qanday foydalanganini namoyish qilish imkoniyati mavjud edi. Bunday tomosha turlarini faqat rimliklarga xos udumlar deb alohida ta’kidlash mumkin.