VI BOB. O RTA ASRLARDAGI YEVROPADA TOMOSHA
SHAKLLARI
Kichik tomosha turlari cvolyutsiyasi
VII asrlarga kelib Rim quldorlik imperiyasi batamom xarobaga aylandi. Quldorlik tuzumi o’mini asta-sekin yerga egalik qiluvchilar - krepostnoylar egalladi. Bular o'z davrining hukmronlik qiluvchilar sinfini yaratdi. Bu shakldagi hukmronlik VI asrdan to XVII asrgacha davom etdi.
Yevropaga tobora yoyilib borayotgan nasroniylik VII asrdan boshlab barcha tomosha turlarini o‘z nazoratiga oldi. Shunga qaramay xalq bahor kelishini va kuzdagi hosil bayramlaridagi urf- odat. an’analarini, o'yin-kulgularini davom ettiraverdi. Odamlar ma’budlarga bo'lgan ehtiromlarini ommaviy sayillarda, bayramlarda raqs, qo'shiq va badihago’ylik musobaqalarida namoyon qildilar. Bunday tadbirlarda Yevropaning barcha mamlakat xalqlarining o‘z ijodiy imkoniyatlarida hazil-mutoyibaga moyillik kuchli ekanini ko'rsatdilar.
O'yin-kulgular cherkovlar ta’qib va tazyiqlariga qaramay, bayramlarda har bir millatning o'ziga xosligini ifodalardi. Masalan: Shveysariyada qishni - po'stin kiygan yigit, bahorni - ko“ylak kiygan qiz; Germaniyada bahor bayramiga bag'ishlab maxsus kiyimlar tiktirilgan va kiyim-kechaklar karnavali o'tkazilgan; Angliyada bahor sharafiga va xalq qahramoni Robin Gud xotirasiga - ommaviy raqs va qo’shiq musobaqalari o'tkazilgan; Italiyada bahor bayrami bahona xalqning ijodiy kuch-qudratini namoyon qiladigan barcha tadbirlarga sharoit yaratib berilgan.
Bu feodalizmning ilk davri bo‘lib, Yevropada natural tovar almashuvi - barterdan, tovar - pul munosabatlariga o'tguncha. ya’ni XI asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
Bu davrdan boshlab qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik alohida sohaga ajralib, shaharlarning rivojlanishiga sharoit yaratib berdi. Chunki, hunarmandlar shaharlarga kelib o'zlarining xususiy ishlarini boshladilar. Shaharlarda aholini ko'payishi, savdo munosabatlarini - hunar egalari orasidagi muomala usulini yangi bosqichga olib chiqdi.
Qo‘shiq, raqs va badiiy ijodning kichik shakldagi turlari qishloqdagilar uchun havas va ko'ngil ochish vositasi edi. Rivojlangan shaharlarda endi qo'shiq. aytish. raqsga tushish, she’r yozib nashr qilish, dramalar yozish daromad manbaiga aylandi. Chunki. ular mehnatiga haq belgilandi. Lekin tomoshaga haq to'lash va ijodkorni ulug'lash qadimgi Rimda ham, o'rta asrdagi Yevropada ham qadimgi Gretsiya darajasiga ko'tarila olmadi. Endi o‘rta asr ijodkorlari oldida hunarlari uchun yuqori darajasida haq to‘lash belgilangan ijod yo'nalishlarini - san’at darajasiga olib chiqish vazifasi turar edi.
Qishloqlardan shaharlarga pul ishlash uchun kelayotgan ijodkorlar kun ko'rish uchun o'zlarining serqirra badiiy imkoniyatlarini namoyon qilishga majbur edilar. Shuning uchun bu davrdagi tomosha turlari ijodkorlari serqirra ijodkorlar bo'lib. ular soz chahsh, qo'shiq aytish, raqsga tushish. badihago'ylik va hikoya aytishni eplay olardi. Sharoit taqozo qilganda ular serqirra hunarini ko'rsata olishi bilan birga yana qiziqchilik borasida ham ilg'or bo'lsa, u - gistiron. ya’ni «professional qiziqchi». deb yuritilgan.
Bu talab o’rta asr ijodkorlarini va tomosha san’atini yangi badiiy bosqichga olib chiqdi.
Serqirra ijodi bilan turli tomoshalar ko’rsata olganlarni; Fransiyada - janglyorlar; Germaniyada - shpylmanlar; Poishada - frantalar; Bolgariyada - kukeralar: Rossiyada - skomoroxlar; O'rta Osiyoda - masxarabozlar deb atashgan.
XII asrga kelib ijodkorlar soni ko'payib ketdi. «Qashshoq ko’paysa - mashshoq ko’payadi». deydi done xalqimiz. Faylasuflar esa bu jarayonni - son o'zgarishi sifat o'zgarishiga olib keladi, deyishadi. Shunday bo‘Idi, endi gistironlardan - har xil tomosha turlarini eplashi bilan birga ularni san’at darajasida bajara olishi inobatga olindi. Ijodkorga bunday munosabat tomosha turlarining tabaqalashuviga olib keldi.
Tomosha turlarining tabaqalashuvi endi sozanda, raqs, qo'shiq, masxarabozlik, qiziqchilik. sirk yo'nalishlaridagi eng zo’r chiqishlami bir joyga - konsertga jamlay boshladi. Bu, tomosha turlarini hunardan - san’at darajasiga ko'tardi. Konsert - lotincha kurashish, aytishuv, ya’ni tomoshabin oldiga yakka turib tomoshabin e’tiborini qozonish uchun kurashish ma’nosini bildiradi. Sodda qilib aytganda, konsertdagi boshqa ishtirokchilarga qaraganda ko’proq chapak - olqish olish uchun kurashdir.
Tabaqalashish tomosha turlariga qarab sirk san’ati yo'nalishidagi masxarabozlar - bufonlar; ertakchilar, qo'shiqchi va sozandalar - janglyorlar; she’r, ballada, raqs va qo’shiq to'qib ijro qiluvchilar - trubadurlarga ajraldi. Qishioqlardan kelib shaharlarda ijod qilayotganlar shu yerlik hunarmandlarning isyonkor ruhini tez yuqtirib olardilar. Natijada. ularning ijodlarida ijtimoiy turmushga munosabat paydo bo'lardi. Bundaylar doim ruhoniylar va shahar hokimiyati tomonidan nazoratga olinardi. To'siqlar gistironlarni ijodiy uyushmalarga birlashtirdi. Uyushmalar ijodkorlarni o‘z tabaqalariga qarab himoya qilardi. Kasbiga qarata himoyalash kengayib, profsoyuz - kasaba uyushmasi deb nomlandi. Shunday qilib kichik shakldagi tomoshalar ijrochilari serqirra ijodkordan, ya’ni hamma narsani eplashdan - bitta nomerni takrorlanmas darajada - san’atga aylantirish jarayonini boshidan kechirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |