To’ldiruvchi materiallar saqlanilishi uchun omborlar



Download 109,4 Kb.
bet1/7
Sana16.12.2022
Hajmi109,4 Kb.
#889021
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy-14


To’ldiruvchi materiallar saqlanilishi uchun omborlar.

Respublika xalq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli oʻrin egallaydi. Bu esa oʻz xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va uy joy konstruksiyalariga boʻlgan yuqori ehtiyoj va malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.


Respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini gʻovak toʻldiruvchilar asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Toshkent arxitektura qurilish instituti professori L.M. Botvina va uning shogirdlari tomonidan Respublika xom-ashyo bazasi asosida sunʼiy gʻovak toʻldiruvchilar (keramporit, barxan qumlari asosida olinadigan yengil toʻldiruvchilar, kamporit, karboporit va boshqalar) ni ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sunʼiy gʻovak toʻldiruvchilarni ishlab chiqarish va ulardan samarali beton va konstruksiyalarini olish dolzarb vazifadir. Bular maʼlum miqdorda binolarni yengillashtirish masalalarini hal qiladi. Konstruksiyalarini yengillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga, konstruksiyalarni koʻndalang kesimini kamayishiga va ularning oraligʻini uzaytirishga olib keladi.
Beton toʻldiruvchilarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yoʻllanmalar qoʻyidagilar boʻlishi kerak: toʻldiruvchilar sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli toʻldiruvchilarni koʻplab ishlab chiqarishni tashkil etish, beton toʻldiruvchilarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng koʻlamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; toʻldiruvchilar hossalarini aniqlashda xomashyo mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qoʻllash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qoʻllash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng koʻlamda qoʻllash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.
Beton toʻldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish kun sayin oʻsib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu toʻldiruvchilarni ishlab chiqarish va qoʻllashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qoʻllash.
Beton deb bogʻlovchi moddalar, suv, mayda va yirik toʻldiruvchilarning maʼlum proporsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sunʼiy tosh materialiga aytiladi.
Sement va toʻldiruvchi orasida kimyoviy taʼsirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning uchun toʻldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga taʼsir qiladi va bu taʼsirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo etiladi.
Toʻldiruvchi sifatida asosan maxalliy togʻ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar) dan foydalaniladi. Bunday arzon toʻldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki toʻldiruvchi betonning 85-90% ni, sement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda gʻovak sunʼiy toʻldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng koʻlamda qoʻllanilmoqda. Gʻovakli toʻldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.

Download 109,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish