To’ldiruvchi materiallar saqlanilishi uchun omborlar


Toʻldiruvchilarning turlari va xususiyatlari



Download 109,4 Kb.
bet3/7
Sana16.12.2022
Hajmi109,4 Kb.
#889021
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amaliy-14

Toʻldiruvchilarning turlari va xususiyatlari
Toʻldiruvchining narhi beton va temir-beton konstruksiyalari narhining 30-50 % (baʼzi hollarda yanada koʻproq) ga toʻgʻri keladi. Shuning uchun keltirish oson boʻlgan va arzon mahalliy toʻldiruvchilar qator hollarda qurilish narhini, transport harajatlari hajmini kamaytirishga va qurilish muddatlarini qisqarishiga olib keladi.
Beton uchun toʻldiruvchilarni toʻgʻri tanlash, ularni meʼyorida qoʻllash – beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Beton uchun moʻljallangan toʻldiruvchilarga beton tarkibiga taʼsir etuvchi xususiyatlardan kelib chiqib tegishli talablar qoʻyiladi. Betonning xususiyatiga toʻldiruvchining donadorlik tarkibi, mustahkamligi va tozaligi nisbatan ahamiyatli taʼsir koʻrsatadi.
Donadorlik tarkib toʻldiruvchidagi turli yiriklikdagi donalar miqdorini koʻrsatadi. Bu miqdorni toʻldiruvchidan olingan namunani teshiklari 0,14-70 mm va undan ham yirikroq standart elaklardan oʻtkazib aniqlanadi. Toʻldiruvchilar turli oʻlchamdagi donalarga ega odatdagi va fraksiyalangan turlariga boʻlinadi. Fraksiyalangan toʻlidiruvchining donalari alohida fraksiyalarga ajralgan, oʻlchamlari esa bir- birlariga yaqin, masalan 5-10 mm yoki 20-40 mm dan iborat. Toʻldiruvchini eng kichik yiriklikdagi yoki eng katta yiriklikdagilari boʻyicha xarakterlaydilar. Bu holda toʻldiruvchi donalarining nisbatan eng kichik yoki eng katta oʻlchamlariga qarab tushuniladi. Toʻldiruvchida alohida yirik yoki mayda donalar uchrashi mumkin, biroq ularning miqdori 5 % dan oshmasligi kerak.
Agarda donadorlik tarkibda barcha oʻlchamlardagi, xususan eng maydasidan eng yirigigacha donalar mavjud boʻlsa bu tarkib uzluksiz tarkib deyiladi. Agarda toʻldiruvchida qandaydir bir oraliq oʻlchamlardagi donalar mavjud boʻlmasa bunday donador tarkib uzlukli tarkib deb ataladi.
Toʻldiruvchining optimal (eng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash boʻyicha juda koʻp tavsiyalar mavjud. Koʻpchilik tadqiqotchilar uzluksiz donador tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan oʻrtacha oʻlchamlardagi fraksiyalarni olib tashlanganda gʻovaklikning kamayishi taʼminlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan mayda donalarning harakatchanligi chegaralanadi va maʼlum darajadagi harakatchan beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan qalinroq qamrab olish zarurati tugʻiladi. Uzluksiz donador tarkibli qorishmalarda esa bu qatlam yupkaroq boʻlishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda toʻldiruvchidagi mayda fraksiyalarning hajmi, hamda toʻldiruvchining nisbiy yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi va toʻldiruvchining boʻshliqlarini kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish imkoniyati kamayadi. Bundan tashqari uzlukli donadorlik tarkibning qatlamlanishga moilligi boʻlib, bu betoning bir jinsliligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Toʻldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli samarali elash egrilari taklif etilgan. Bir vaqtning oʻzida boʻshliqlari minimal darajadagi va eng kam donalar nisbiy yuzasiga ega boʻlgan qorishmani olish mumkin boʻlmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali oʻtkazish mumkinligi sababli), ideal egrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning uchun qorishmadagi boʻshliqlar miqdori va donalarning yuzalari yigʻindisi maʼlum darajadagi harakatchanlikka ega boʻlgan beton qorishmasini va mustahkam betonni olish uchun minimal miqdordagi sementni talab etishi kerak. Ideal egri boʻyicha turli oʻlchamlardagi donalarni tanlash va solishtirishda oʻsha sement sarfi bilan qatlamlanishga moilligi kamroq va yanada harakatchanroq qorishmalar olinadi.
Bunday ideal egrilarga misol sifatida quyidagi Fuller va Bolomeylar tomonidan taklif etilgan tenglamani keltirish mumkin:

bu yerda: kf – shakl koeffitsiyenti; kf=8-14; x – berilgan fraksiyadagi donalar oʻlchami; Dcheg – toʻldiruvchining chegaraviy yirikligi.
Amaliyotda aniq ideal egri boʻyicha toʻldiruvchilar tarkibini tanlash uchun shagʻal va qumni elash kabi qoʻshimcha jarayonlar talab etiladi. Alohida fraksiyadagi materiallar(ashyolar)ning bir qismi ortib qolishi va boshqa fraksiyalarni toʻldirish uchun esa qoʻshimcha maydalash talab etiladi. Shuning uchun amaliyotda bu usul keng tadbiq etilmagan.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish obʼektlarida toʻldiruvchining donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shagʻaldan foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shagʻal fraksiyalari orasidagi nisbat imkoniyat darajasida ideal egriga yaqinlashishi lozim. Biroq, bu nisbatning ideal egriga aniq mos tushishi talab etilmaydi. Katta boʻlmagan nomutanosibliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin. Donador tarkibni yomonlashuvini qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar bilan betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi. Shuning uchun standartlar va texnik koʻrsatmalarda bir necha turli donadorlik tarkiblar tavsiyasi koʻrsatiladi va toʻldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraksiyalar nisbatida maʼlum darajadagi oʻzgarishlarga imkon beriladi. Masalan, qum uchun donadorlik tarkib quyidagi chegaralarda boʻlishi zarur:

Download 109,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish