Ichki rayonlari. Tojikiston davlatining hududi g’oyat murakkab orografik xususiyatiga ega. Uning baland tog’lar o’lkasi bo’lganligi iqtisodiy taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Shu boisdan ham Tojikiston iqtisodiyoti bir-biridan farq qiladigan to’rtta regionda qaror topgan:
1 Shimoliy Tojikiston
2 Ko’histon Markaziy Tojikiston
3 Janubiy Tojikiston
4 Pomir.
Shimoliy Tojikiston. Uning hududi kichik—13 ming kv km, aholisi 1mln. 750 ming kishidan ortiq. Tojikiston davlatining bu qismi Turkiston tog’laridan shimolda, Farg’ona, vodiysining janubiy-g’arbiy qismida joylashgan. U g’arbda Mirzacho’l bilan tutashgan. Ma’muriy jihatdan Xo’jand viloyati, xo’jaliklarini o’z ichiga oladi. Hududining katta qismi tekislikdan iborat. U faqat janubiy va shimoliy tomondan tog’ yon bag’irlari va tog’larga borib taqaladi.
Shimoliy Tojikistonning tabiati o’zgacha xususiyatiga ega. Rayonning yozi issiq iyul oyinikn o’rtacha havo harorati +28 darajaga teng qishi bir muncha salqin yanvarniki -2 darajaga teng. Tuprog’i bo’z, mineral moddalarga boy, serunum. Rayonda yana bir muhim tabiat manbasi uning sersuvligidir. Markaziy Osiyoning yirik daryosi—Sirdaryo va eng yirik suv ombori—Qayroqqum shu yerda. Regionning tabiatidagi bu imkoniyatlar qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirishga ta’sir ko’rsatgan.
Shimoliy Tojikiston bugun Farg’ona vodiysiga xos seraholi. Aholi nihoyat darajada zich joylashgan. Aholining o’rtacha zichligi har kv. km ga 120 kishiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich Ko’histon yoki Pomirnikidan 100 baravar ko’p.
Shimoliy Tojikiston neft, ko’mir, hamda polimetall rudalari qazib olish bo’yicha mamlakatning ichki rayonlari orasida birinchi o’rinda turadi. U mamlakatda yengil sanoat korxonalari mahsulotlari ayniqsa shoyi, atlas ishlab chiqarish bo’yicha yetakchilik qiladi. Tojikistonda yetishtiriladigan uzum va mevaning teng yarmi, ipakning 2/3 qismi mazkur rayonda lshlab chiqiladi. U Tojikistondagi ikkinchi paxtakor rayondir.
Ko’histon. Hududi 30,4 ming kv. km. U geografik o’rni jihatidan Markaziy Tojikiston tog’larini ishg’ol qiladi. Ko’histon o’zi tojik tilida, tog`lar mamlakati demakdir. U shimoliy va janubiy Tojikistonning o’rtalig’idagi Oloy tog’ sistemasiga mansub bo’lgan Turkiston, Zarafshon, Hisor tog’larining baland-baland tizma qator tog’larini o’z ichiga oladi. Ko’histon Markaziy Osiyodagi eng balandlikda joylashgan rayon. Uning eng past joylari dengiz yuzasidan 900 metr baland. Bu tog’li rayonda ko’pgina tog’ tizmalarining balandligi 5000 metrdan ham baland.
Rayonning relyefi alp tektonik davrining ihi. Uning hozirgi ko’rinishida muzlik, oqar suv va seysmik hodisallar natijasidir.
Ko’histonning relefi tog’li, qoya toshli, dara va soylar, baland tog’ tizmalari va ko’z ilg’amas chuqurliklardan iborat. Iqlimi yumshoq, 400 mm dan 1200 mm gacha yog’in-sochin tushadi. Havo harorati bir faslning o’zida turli ko’rsatkichli bo’ladi. Masalan, iyul oyida uning daryo vodiylarida havo harorati 30 darajaga borsa, baland tog’larda darajaga teng bo’ladi.
Ko’histonda dehqonchilikka yaroqli yerlar nihoyat darajada chegaralalgan.
Jami aholisi 100 ming kishidan ortiq, zichligi 3,2 kishi. Asosan tojiklar yashaydi. Uning yirik aholi manzilgo’lari Zarafshon vodiysida joylashgan.
Ko’histonning aholisi tog’-kon sanoati, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Bu yerda surma, volfram, qo’rg’oshin konlari topilgan va ishga tushirilgan. Ko’mirning katta zahirasi topilgan. U Tojikistonning tog’ kon sanoati rivojlanadigan istiqbolli rayoni hisoblanadi.