OVQATLANISH,O`SISH VA RIVOJLANISH
REJA:
1.Ovqatlanishning umumiy tushinchasi.
2.O`sishning normalligi.
3.Ovqatlanishning ratsioni.
To’g’ri va sifatli оvqatlanishning оrganizmni o’sishi, rivоjlanishi va salоmatlikka ta’siri
Normal o’sish va rivojlanish va yashash uchun, organizm barcha ehtiyojlari uchun kerakli oziq moddalarni tashqaridan toxtovsiz qabul qilib turishi kerak. Bunday moddalarga asosan oqsillar, uglevodlar yog’lar, suv mineral moddalar va vitaminlar kiradi. Ovqat hazm qilish fiziologiyasining shakllanishi va uning rivojlanishida I.P.Pavlov va uning shogirdlarining roli juda katta.Oziq moddalarning og’iz bo’shlig’ida o’zgarishi. Har xil oziq moddalar og’iz bo’shlig’ida dastlabki fizikaviy va ximyaviy o’zgarishlarga uchraydi. Fizikaviy o’zgarishlar deganda ovqatning tishlar yordamida maydalanishi, ximyaviy o’zgarishlar esa ularning so’lak fermentlari ta’sirida ximyaviy parchalanishi tushiniladi.Og’iz bo’shlig’iga uch juft katta so’lak bezlarining yo’li ochiladi: quloq oldi, til osti va jag’ osti bezlari. Quloq oldi bezlarining so’lak chiqaruvchi yo’llari ikkinchi katta oziq tish oldiga ochiladi (bu birlamchi og’iz bo’shlig’I deyiladi).
Bu bezlardan tashqari og’iz bo’shlig’ida yana ko’p mayda so’lak ishlab chiqaradigan bezlar bo’ladi. Ular til va og’iz bo’shlig’ining shilliq pardasi joylashgan.Odam so’lagining 98,5 – 99 % suvdan 1-1,5% organik va anorganik moddalardan iborat. Anorganik moddalarga kaliy va kalsiy tuzlari, organik moddalarga esa oqsil, musin va fermentlar kiradi. So’lak fermentlaridan ptialin kraxmalni disaxaridlargacha, maltaza esa disaxaridlarni glyukozagacha parchalaydi. So’lakda oqsil va yog’larga ta’siretuvchi fermentlar bo’lmaydi. Quloq oldi bezlaridan ajraladigan so’lak tarkibida musin bo’lmaganligi uchun u cho’ziluvchan bo’lmaydi. Til osti va jag’ bezlaridan musin bo’lib, u ovqatning yutilishini, ya’ni tomoq orqali o’tishini engillashtiradi. Ajraladigan so’lakning tarkibi va miqdori bog’liq: quruq ovqat ko’p so’lak ajratilishiga olib keladi. So’lak ajralishining shartli va shartsiz mexanizmlari mavjud: shartsiz mexanizmi shundan iboratki, ovqat tilga tekkanidan keyin u yerdagi reseptorlar qitiqlanib impulslar uzunchoq miyaga so’lak ajralish markaziga boradi. Javob impulslari esa u yerdan so’lak beziga kelib, so’lak ajrala boshlaydi. Hayvonlarda va odamlarda shartli raflektor yoyi bilan so’lak ajralganida miya yarim sharlarining po’stloq qismi ham ishtirok qiladi. Bola tug’ilishi bilanoq uning so’lak bezlaridan so’lak ajraladi. So’lak o’zining shilimshiqligi bilan og’iz bo’shlig’i orqali yemish prosesining bajarilishida muhim rol o’ynaydi, ya’ni og’iz bo’shlig’ida shilimshiq so’lak yordamida ma’lum germetik muhit vujudga kelib u so’rishni yengillashtiradi.
Ovqatlanishga ongli munosabatda bo’lishning zarurligi.Qadimgi rimliklarga“Biz yashash uchun ovqatlanamiz,balki ovqatlanish uchungina yashamaymiz”degan dono ibora bor.Ovqatlanish-odam organzmining asosiy ehtiojlaridan biri.Uni yolgiz maqsadga aylantirish zarurli.Sistemali ravishda ko’p eyish oshqozon-ichak trakti faoliyatining izdan chiqishiga,moddalar almashinuvining bujilishiga,ortiqcha semirishga olib keladi.Tana massasining gipodinamiyasi bilan birga o’g’ir yurak-tomir kasalliklarning rivojlanishiga yordam beradi.Ovqatga ehtiyoj individualdir.Ayni bir ishni bajarishda va bir hil kayfiyatda odamlar ovqat mahsulotlari miqdoriga har hil talabchan bo’ladilar.Bu moddalar almashinuvining individual hususiyatlari va boshqa fiziologik jarayonlar bilan bogliq.Ovqatlanishga ongli ravishda munosabatda bo’lish odamga ko’pgina kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.Odam ochlikni va ishtaha sezgisini his qilib ovqatlanadi.Ochlikni his qilish yanglishtiradi.Kopchilik tola odamlar mutassil ochlikni his qiladilar yoki ovqatlangandan keyin darhol eng kaloriyali mahsulotlar:makaron,pitog,pecheniya,tort va boshqalarni yeyishni hohlaydilar,aynan mana shu taomlar odamni semirtiradi.Bunday odamlar doimo oz massalarini kuzatib borishi va u ortib ketsa, darhol ovqat miqdorini cheklashlari,yogli,shirin,unli ovqatlarni,umumiy suv miqdorini kamaytirishi lozim.Har bir kishi massasini nazorat qilib turishi kerak.Sutka davomida uning 0,5kg atrofida ozgarib turishi normal holat hisoblanadi.O’zgarish katta bolsa,albatta,vrachga murojaat qilishi kerak.Odam o’zini ovqatdan uzoq vaqt tiyishi ham yachshi emas.Ovqatdan uzoq vaqt voz kechish quvvatsizlik,charchoqlikka,ish qobilyatining pasyishiga,moddalar almashinuvining izdan chqishiga olib keladi.Haddan tashqari semirib ketgan odamlar boshqalarga nisbatan muhitning turli faktorlari tasiriga,masalan qizib ketishga,sovub ketishga beriluvchan boladi.Insоn хayoti enеrgiya va to’qimalarning tuхtоvsiz ravishda sarflanib turishi bilan bоg’liqdir. Agar bu sarflanishni оziq оvqat bilan to’ldirib bоrilmasa, хayot prоtsеssi to’хtagan bo’lar edi. Оvqatning asоsiy aхamiyati enеrgiya еtkazib bеrish, to’qima va хujyralarni yangitdan хоsil bo’lishi uchun zarur bo’lgan plastik matеrialning хоsil bo’lishidan ibоratdir.Оvqat хayvоn va o’simlik maхsulоtlaridan tarkib tоpib unda to’yimli mоddalar bo’ladi.Оvqatlanish оragnizm bilan tashqi muхitning ajralmas birligiga misоl bo’ladi. I.P.Pavlоv tirik оrganizmning tashqi muхit bilan bo’lgan muхim alоqasi оrganizmga dоimо tushib turuvchi хimyaviy mоddalar, ya’ni оziq оvqat оrqqali amalga оshadi. To’g’ri оvqatlanish оrganizmning to’g’ri o’sish va rivоjlanishini ta’minlaydi, оraganizmning tashqi muхitning zararli ta’surоtlariga qarshiligini funktsiоnal imkоniyatini yaхshilaydi, ish qоbilyatining o’sishiga va insоn umrini uzayishiga оlib kеladi.I.P.Pavlоv оrganizmdagi хimyaviy muvоzanatni bоshqarib turadigan оvqatlanish markazi to’g’risida o’z ta’limоtlarini yaratdi. Оvqatlanish markazi bоsh miya po’stlоg’ining katta yarim sharida jоylashgan. Bundan effеrеnt yo’llar оvqat хazm qilish оrganizmlarining sеkrеtar va mоtоr apparatlariga bоradi, uning хоlati shu оrganizmlarning ish faоliyatida ko’rinadi va ishtaхa paydо qiladi. Оvqatlanish markazi qo’zg’aladi yoki tоrmоzlanadi, bu qоnning хimyaviy tarkibining o’zgarishi natijasida tananing turli sохalaridan kеladigan rеflеktоr ta’sir хоlatlariga, shunigdеk bоsh miya bоshqa markazlarining хоlatlariga bоg’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |