To’g'ri cho’michli ekskavatorlarning qo’llanilanish jarayoni



Download 6,23 Mb.
bet1/14
Sana22.03.2023
Hajmi6,23 Mb.
#920579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
sarvar (4)



KIRISH.
Ekskavatorlar qo’llanilishiga ko’ra konchilik va qurilishda ishlatiladigan turlarga bo’linadi. Konchilik ekskavatorlari qurilish ekskavatorlaridan o’zining katta vazni, gabarit o’lchamlari, quvvati va og'ir ish sharoitlarida ishlashi bilan farq qiladi.
Konchilik ishlarining tobora ortib borishi, tabiiy qazilma boyliklariga bo’lgan talabning ortishi va konchilikda qazilmalarni ochiq usulda qazib olish hajmining usishi yuqori samaradorlikka ega bo’lgan, tejamkor uskunalar asosan kon ekskavatorlarning tobora takomillash tirib borishni talab qilmoqda.
Tog'-kon sanoati sohasida ishlaydigan transport vositalari parki doimo o’sib bormoqda, ammo mehnat unumdorligini oshirish uchun faqat miqdoriy usish etarli emas balki transport vositalari bilan ishlaydigan ekipaj uchun qo’laylik va boshqaruv qo’layligini yanada oshirish, xavfsiz, ishonchli ishlaydigan va tamirlanadigan uskunalarni yaratish, ular bilan taminlashni talab etadi.
Ochiq usulda qazish uchun mo’ljallangan tog'-kon sanoatida bir cho’michli ochiq qazish ekskavatorlari kumir va madan konlarida ishlatiladigan asosiy mashinalar hisoblanadi chunki ular eng qiyin kon-geologik va iqlim sharoitlarida ishlash uchun mo’ljallangan mashinalar hisoblanadi.
Bir cho’michli EKG-10 kon ekskavatorlari- tabiiy qazilma rudalarni ochiq usulda qazib olishga va ularni yuklashga mo’ljallangan, yuqori quvvatli, to’liq aylanadigan mexanik kon ekskavatorlar hisoblanadi.
EKG-10 kon ekskavatorining asosiy ishchi jihozi katta hajimli cho’mich va cho’mich pastki ochilish mexanizmi (CHPOM) hisoblanib, bunda ekskavatorning ishlashi bilan to’g’ridan to’g’ri bog'liqdir. Mexanizmning xavfsizligi va ishonchliligi yuqori ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

To’g'ri cho’michli ekskavatorlarning qo’llanilanish jarayoni.
To’g'ri cho’michli ekskavatorlar - ochiq tog' kon ishlarida va qazish jarayonlari pastdan tepaga qarab amalga oshirilganda yani o’zi turgan joydan cho’michining yuqoriga ko’tarilishi hisobiga olib boriladi, shuning uchun ham ular to’g'ri cho’michli ekskavatorlar deb ataladi. Ularning boshqaruv qismi po’lat arqon yoki gidravlik bo’ladi.


1.1-rasm.
To’g'ri cho’michli qazish jihozlari bilan jihozlangan ekskavatorlar, xavfsiz ishlash jarayoni ishlab chiqilib, ishlash sharoitiga moslashtiriladi. To’g'ri cho’michli ekskavatorlar

  • yingil

  • o’rtacha

  • zich, og'ir tuproqlar (tog' jinslari, rudalar ) va og'ir ish sharoitida ishlash uchun mo’ljallangan.

To’g'ri cho’michli ekskavatorlarning asosiy ish sikl elimentlari:

  • Tog' jinslari yoki tuproqlar bilan cho’michni tuldirish;

  • Ekskavator burilishi;

  • Cho’michdan yukni tushurish;

  • qazish joyiga burilish;

  • Cho’michni qazish joyi hududiga tushurish:



1.2-rasm to’g'ri cho’michli ekskavator ish sikli.

To’g'ri cho’michlar bilan jihozlangan texnikalarda bir siklda amalga oshiriladigan operatsiyalar soni juda kam bo’ladi va qazish kuchi asosiy ish jihozlarining barcha bulimlari orasida maksimal darajada bo’ladi va shu sababdan u eng samarali hisoblanadi. To’g'ri cho’michlarning asosiy ish samaradorligi cho’michni tuproqlar bilan tuldirish va bo’shatishda bunda cho’mich hajmi va u oladigan grunt massasining yuqoriligi hisoblanadi.




To’g'ri cho’michli ekskavatorlarning ustunlik va kamchiliklari.

Ushbu turdagi to’g’ri cho’michli ekskavatorlar- tuproq, tosh va boshqalarning katta hajmdagi ishlarda foydalanishda juda foydali bo’lib, bu texnikalarsiz hech qanday tog' korxonasi va shunga o’xshash kompaniyalar samarali ishlamaydi.


To’g'ri cho’michlar bilan jihozlangan texnikalarning afzalliklari yuk ko’tarish og'irligini kattaligi, yuqori ish samaradorlik va boshqalar.
To’g'ri cho’michlar bilan jihozlangan texnikalarning kamchiliklari texnika gabarit ulchamlarining kattaligi, ishchi jihozlar va texnikaning og'irligi va mashinaning bir yerdan boshqa yerga kuchirishda noqo’layligi, qiyinligi va xarajatlarning kattaligi hisoblaniladi. .
1.3-rasm, mexanik to’g’ri cho’michning tuzilishi.
1-cho’mich o’qi, 2-burilish platfarmasi, 3-tutqich, 4-cho’mich, 5-pastki ochgich, 6-murvat(qotirgich), 7-qo’l tizimi, 8-kabel, 9-baraban, 10-elektr motor.

EKG ekskavatorlarining umumiy tuzilishi.
Butun jahonda tuproq yer ishlarini bajarishda muhum o’rin tutadi, ular orasida katta maxsus karyer-kon ekskavatorlari bilan bog'liq bo’lib ular yer osti, yer usti ochiq usulda hamda energitika, qora va rangli metalurgiya va boshqa sohalar uchun xom-ashyo, qurilish materiallarini qazib olishda keng qo’llaniladi.
Ekskavatorlarning tuzulishi va ishlash turiga qarab ikki turga 1-gidravlik hamda 2-mehanik, moslanuvchan trosli ekskavatorlaga bo’linadi. Ko’p yillik tatqiqotlar va urganishlar shuni ko’rsatadiki 6-7 yillik mehnat jarayonidan keyin gidravlik ekskavatorlarning iqtisodiy mehnat samaradorligi keskin kamayashi shuningdik amortizatsiya mablag'larini qoplaydigan joriy va kapital ta'mirlash xarajatlarini ham oshiradi. Gidravlik ekskavatorlar past haroratlarda maxsus gidravlik suyo’qlik vositalar yog'lar va moylarda hamda oddiy suyo’qliklarda oldindan maxsus isitish tizimlar bo’lgandagina ishlash imkoniyatini beradi bu esa ish harajatlarining kiskin oshishiga olib keladi.
Shu sababdan moslanuvchan ekskavatorlar uchun barqaror talab bo’lganligi sababli kabel, trosli mexanik ekskavatorlarni ishlab chiqarish Rossiya, Xitoy va boshqa xorijiy davlatlarda davom etmoqda.



1.4-rasm. EKG ekskavatorlar ko’rinishi.

EKG- Gusenitsali harakatlanuvchi elektrli ekskavatorlar.


Barcha EKG rusumidagi ekskavatorlar G-D tizimi bilan jihozlangan, bu Yuqori boshqaruv va ishonchlilikni beradi. SMU G-(generator)-D-(dvigatel) magnit kuchaytirgichi bilan magnit kuchaytirgich oralig'i kuchi birikishidan iborat.


Boshqaruv qismining asosiy vazifasi elektr uzatma tok diagrammasini shakillantirish, tezlikni oshirib berishni taminlab beruvchi, va belgilangan vaqtda elektrodvigatelni ishga tushirib berish va tormuzlash vazifalarini o’z ichiga oladi.
ELektr taminotida kabellarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok bo’ladi bunda quvvat kam bo’lganda -o’zgaruvchan, katta va o’rta quvvatlarda o’zgarmas tok bo’ladi.
EKG-10 rusumli ekskavatorlar- yuqori samaradorlik ko’rsatuvchi, ishonchli gidroenergetika tizimi, va yuqori quvvat darajasining mavjudligi ularning turli holatlar foydalanish uchun rejalashtirish, moslashtirish imkonini beradi.


Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish