P&H 2300XPC kon ekskavatorlarning cho’mich pastki ochilish mexanizmi (CHPOM). P&H 2300XPC modelli ekskavator 45 tonnali yuk nominal ko’tarish qobilyatiga ega bo’lib butun dunyo buylab mis, oltin madanlar, temir rudalar va kumir qazib olish uchun ishlatiladi.
P&H cho’michlari doimiy ishlash, uzoq xizmat muttati va xizmat ko’rsatish qo’layligi. Ishdan chiqishga qarshi himoyalaydigan jihozlar, uskunalar almashtirishga qo’layligidir.
2.6-rasm P&H 2300XPC ekskavator mashinasi.
Ushbu ekskavatorning cho’mich paski ochilish mexanizmi oddiy va zararsiz tizim. bunda qo’llar tanasi tutquch korpusiga to’g'ri qilib payvantlanadi. Buning natijasida cho’mich payvantlangan qismi cho’mich pastki qismida joylashgan qo’l(tutquch) pastki qismdan tashqariga chiqadi. Bu usul bizga kerakli ish sharoitini taminlashga imkon beradi.
Afzalliklari:
Yuqori ishonchlilik.
oddiy dizayin.
uzoq mexnat samaradorligi.
Kamchiliklari:
Po’lat simli arqon:
Tutquch o’qining tez-tez moylash jarayoni.
EKG-10 Cho’mich pastki ochilish mexanizmiga texnik xizmat ko’rsatish va modernizatsiya qilish. Tamirlash zaruriyatini belgilovchi asosiy omil bu boshqariladigan tizimning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarining pasayishi hisoblanadi. Mashinaning ishlamasligiga alohida tizimlarning ishdan chiqishi va ularning sezilarli darajada eskirishi natijasida yuzaga keladi bu esa mashinaning favqulodda to’xtashiga olib kelishi mumkun.
Kapital va joriy ta'mirlash -bu mashinaning kafolatlangan ishlashini ta'minlash uchun ekspluatatsiya jarayonida amalga oshiriladigan tamirlash, ularning alohida tizimlarini almashtirish, tiklash va ularni sozlashdan iborat tamirlash jarayoni. Har bir tamirlash jarayonida Yo’qotishlar tuldirilib mashina va jihozlar texnik holatlari kuzatib boriladi.
Ekskavatorning barcha rejali tamirlashlari kapital, joriylar amaldagi me'yoriy texnik, normativ hujjatlarda bilgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Bularni hisoblashda quydagilar nazarda tutiladi va ishlab chiqiladi.
Ekskavator ishlash hisobini aniqlash va shu asosida kapital tamirlash davomiyligini bilgilash.
Barcha tizimlarning texnik holatini nazorat qilish va barcha aniqlangan nuqsonlarni ruyxatga olish.
Barcha teskor ishchi qismlar va yig'ish brikmalari uchun ishchi chizmalarning mavjudligi.
ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yoki sotib olishni tashkil qilish, ularni saqlash va asrash.