7. “Oliy tahlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo’nalishida 8 ta to’garak 17 ta guruh 170 nafar o’quvchilar to’garaklarga qamrab olingan.
Direktor o’rinbosari: F.Hamroyev
2021-2022 o’quv yilidа mаktаb pеdаgоg jаmоаsi оlidа turgаn аsоsiy vаzifаlаr to’g’risidа
Maktabning asosiy vazifalari va funksiyalari
1. Maktab faoliyatining asosiy maqsadi – yoshlar ta’lim-tarbiya uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, ulg’ayib kelayotgan yoshlar iqtidorini yanada rivojlantirish, o’quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo’naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, pirovardida intelektual barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat.
2. Maktab asosiy vazifalari:
bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy
va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda foydali dam olishini tashkil etish;
mehnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki o’quv ko’nikmalarini singdirish, fan va texnikani rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlariga muvofiq texnik vositalar va kompьyuter texnologiyalarini o’rganishni tashkil etgan holda bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish;
bolalar tomonidan o’lkamiz tarixi, arheologik va madaniy merosini chuqur o’rganilishi, mamlakatimizning tabiiy boyliklari bilan tanishtirish hamda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olish;
xorijiy tillarni o’rgatish orqali zamonaviy kadrlarni shakllantirish, rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganishda imkon yaratish;
o’quvchilarga sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularning sportning turli yo’nalishlariga qiziqishlarini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik usullar va metodlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning yangi shakllarini keng joriy etish;
Maktab o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
maktab xodimlari va to’garak a’zolaridan muassasaning Ustavi va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
to’garak mashg’ulotlarini o’tkazishni takomillashtirish va ta’lim jarayonini metodik ta’minlash bo’yicha takliflar kiritish;
maktabdan tashqari ta’limning turli masalalari bo’yicha belgilangan tartibda tashabbus bilan chiqish;
o’z faoliyati to’g’risida ommaviy axborot vositalarida materiallarni joylashtirish;
moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalri hisobiga byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish;
Maktabning vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha xalqaro hamkorlik qilish.
Xalq ta’limi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarish;
o’z Ustavida nazarda tutilgan vazifalarni ijro etish;
maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablari, o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan o’quv qo’llanmalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
o’quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga bo’lgan ehtiyojini o’rganish, nazarda tutilayotgan to’garak a’zolari kontingentini aniqlash;
o’quv rejasini tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishish;
ta’lim-tarbiya jarayonini o’rnatilgan tartibda sanitariya-gigiena normalariga va xavfsizlik qoidalariga muvofiq tashkil etish;
bino va inshootlar, yer uchastkalari, to’garak xonalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berish;
maktabning moddiy-texnik ta’minoti va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
to’garaklarni tashkil etishda to’garak a’zolarining yoshi, ruhiy-fiziologik holati, layoqati va qiziqishlarini inobatga olish.
Maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi va majburiyatlarini olishi mumkin.
Maktabga O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Yangiobod tuman “Barkamol avlod”
bolalar maktabi direktori: D.Normatov
Do'stlaringiz bilan baham: |