Asosiy qism_________
Taktika deganda o‘yinchilarning raqib ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan individual va jamoaviy harakat-larini tashkil qilishi, ya’ni komanda futbolchilarining muayyan rejaga binoan aynan shu muayyan raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishiga imkon beradigan birgalikdagi harakatlarini tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya harakat-larining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarini belgilashdan iboratdir.
Qanday taktikani tanlash har bir alohida holda komanda oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o‘yinchilarning o‘zaro kurashuvchi guruhlariga, maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga bog‘liqFutbol o‘yinida taktika bilan texnika bir-biriga chirmashib ketgan bo‘ladi. To‘pni kimga va qanday uzatish lozim, raqibni dog‘da qoldirish uchun aylanib o‘tishni ishlatish kerakmi yoki to‘pni sherikka oshirgan ma’qulmi, darvozaga qaysi paytda zarb berish zarur ekanligini hal qilayotgan o‘yinchi taktik tafakkurdan foydalanadi, ahd qilgan harakatini amalga oshirayotganda esa u texnik mahoratini namoyish etadi. Demak, texnika o‘yinchining texnik rejalarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Texnik tayyorgarlik a’lo darajada bo‘lsagina xilma-xil taktik harakatlarni bajarish mumkin
Yakuniy qism_________
Saflanish, yurish, yengil yugurish, nafasni rostlovchi mashqlar, Saflanish, baholash, uyga vazifa. xayrlashish.
TO’GARAK MASHG’ULOT DARS ISHLANMASI
Mavzu: Hujumga qarshi tez xujum taktikalari
Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy maqsad: FK1-Sog’lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo’llay olish kompetensiyasi
Ta’limiy maqsad: FK2-Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi
Rivojlantiruvchi maqsad: FK3-Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi
Kirish qism:______
Saflanish, salomlashish, jurnal bo’yicha davomatni aniqlash, darsda kasal bor-yo’qligini aniqlash, dars maqsadi. O’tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish, yangi mavzuni bayon qilish.Turgan joyda burilishlar, yurish, yengil yugurish, nafasni rostlovchi mashqlar, URM va MRM.Yurish, yurishdan asta-sekinlik bilan yugurish, o’ng yon bilan yugurish, chap yon bilan yugurish, orqa bilan yugurish. Tizzalarni baland ko’tarib yugurish. Maydon bo’ylab asta-sekin yugurishdan yurishga o’tish va burindan nafas olib og’izdan chiqarish, guruhga bo’linish yoki doira hosil qilib turish.
1. d.h. Oyoqlar elka kengligida. Qo’llar belda, boshni o’ng tarafdan 4-marta, chap tarafdan 4-marta aylantirish.
2. d.h. Oyoqlar elka kengligida, qo’llar elkada, qo’llarni oldiga 4-marta, orqaga 4-marta aylantirish
3. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, o’ng qo’l yuqorida, chap qo’l pastda 1-2 qo’llar orqga tortiladi, 3-4 qo’llar almashtiriladi va orqaga tortiladi.
4. d.h. Qo’llar ko’krak oldida, 1-2-qo’llar qisqa yoziladi, 3-4-qo’llar to’liq yoziladi o’ngga va chapga qayrilub bajarish.
5. d.h. Oyoqlar yelka kengligida qo’llar belda, belni 4-marta o’nga, 4 marta chapga aylantirish.
6. d.h. Qo’llar yonga uzatilib, oyoqlar elka kengligida qo’yildai. 1 deganda gavdani chap tomonga egish, 2 deganda dastlabki holatga qaytish, 3 o’ng tomonga egilish, 4 dastlabki holat.
7. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, 1-o’ng qo’lni chap oyoq uchiga tegizamiz, 2-d.h., 3-chap qo’lni o’ng oyoqqa tegizamiz. D.H
8. d.h. Oyoqlarni kengroq qo’yiladi, 1-o’ng oyoqqa 2-o’rtaga 3- chap oyoqqa oldinga engashiladi, 4-d.h.
9. d.h. Oyoqlar juftlashtiramiz 1- qo’llarni yuqoriga ko’taramiz, 2-oldinga engashamiz, 3-o’tiramiz.
10. Qo’llar belda oyoqlar elka kengligida, ikki oyoqda sakrash, so’ngra yurishga o’tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |