Oyoq kafti burmasining tashqi va yon qismi bilan to‘pga zarba berish. Bu usul uzoq va o‘rta oraliqlarda to‘pni uzatishda qo‘llaniladi. To‘pni xilma-xil tepishlarda bajarilish harakatlari ko‘proq qo‘llaniladi. To‘pga va mo‘ljalga nisbatan yugurib kelish bir chiziq yo‘nalishda bo‘ladi. Oyoq tebranishi va zarba harakati oyoq (panjasining) orqa hamda old qismi bilan bajariladi. Zarba berish vaqtida to‘p bilan tizza bo‘g‘inini tutashtirilgan shartli chiziq qat’iy tik holatda bo‘ladi. To‘pni tepish paytida oyoq kafti va boldiri ichki tomonga buriladi va to‘pga oyoq kaftining bir muncha tegadigan holatda bajariladi.
Yakuniy qism_________
Saflanish, yurish, yengil yugurish, nafasni rostlovchi mashqlar, Saflanish, baholash, uyga vazifa. xayrlashish.
TO’GARAK MASHG’ULOT DARS ISHLANMASI
Mavzu: To’pni oyoq uchi bilan tepish
Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy maqsad: FK1-Sog’lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo’llay olish kompetensiyasi
Ta’limiy maqsad: FK2-Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi
Rivojlantiruvchi maqsad: FK3-Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi
Tayyorlov qism:______
Saflanish, salomlashish, jurnal bo’yicha davomatni aniqlash, darsda kasal bor-yo’qligini aniqlash, dars maqsadi. O’tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish, yangi mavzuni bayon qilish.Turgan joyda burilishlar, yurish, yengil yugurish, nafasni rostlovchi mashqlar, URM va MRM.Yurish, yurishdan asta-sekinlik bilan yugurish, o’ng yon bilan yugurish, chap yon bilan yugurish, orqa bilan yugurish. Tizzalarni baland ko’tarib yugurish. Maydon bo’ylab asta-sekin yugurishdan yurishga o’tish va burindan nafas olib og’izdan chiqarish, guruhga bo’linish yoki doira hosil qilib turish.
1. d.h. Oyoqlar elka kengligida. Qo’llar belda, boshni o’ng tarafdan 4-marta, chap tarafdan 4-marta aylantirish.
2. d.h. Oyoqlar elka kengligida, qo’llar elkada, qo’llarni oldiga 4-marta, orqaga 4-marta aylantirish
3. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, o’ng qo’l yuqorida, chap qo’l pastda 1-2 qo’llar orqga tortiladi, 3-4 qo’llar almashtiriladi va orqaga tortiladi.
4. d.h. Qo’llar ko’krak oldida, 1-2-qo’llar qisqa yoziladi, 3-4-qo’llar to’liq yoziladi o’ngga va chapga qayrilub bajarish.
5. d.h. Oyoqlar yelka kengligida qo’llar belda, belni 4-marta o’nga, 4 marta chapga aylantirish.
6. d.h. Qo’llar yonga uzatilib, oyoqlar elka kengligida qo’yildai. 1 deganda gavdani chap tomonga egish, 2 deganda dastlabki holatga qaytish, 3 o’ng tomonga egilish, 4 dastlabki holat.
7. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, 1-o’ng qo’lni chap oyoq uchiga tegizamiz, 2-d.h., 3-chap qo’lni o’ng oyoqqa tegizamiz. D.H
8. d.h. Oyoqlarni kengroq qo’yiladi, 1-o’ng oyoqqa 2-o’rtaga 3- chap oyoqqa oldinga engashiladi, 4-d.h.
9. d.h. Oyoqlar juftlashtiramiz 1- qo’llarni yuqoriga ko’taramiz, 2-oldinga engashamiz, 3-o’tiramiz.
10. Qo’llar belda oyoqlar elka kengligida, ikki oyoqda sakrash, so’ngra yurishga o’tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |