Portlandsement. Giltuproq va oxaktosh aralashmasini 14500 S xaroratda kuydirib mayda qilib tuyib portlandsement bog’lovchisi olinadi. Tuyish jarayonida 15% atrofida gidravlik qo’shimchalar va 3% gips qo’shib, sementning xossalari yaxshilanadi. Sement asosan to’rt mineraldan-alit (3SaO,SiO2), belit (2SaOSiO2) selit (3SaOAl2O3) va to’rt kalsiyli alyumoferrit (4CaOAl2O3Fe2O3) iborat bo’ladi va gidratatsiya jarayonida ulardan gidrominerallar hosil bo’lishi natijasida qotadi.
Sement 400, 500, 550, 600 markalarda 20 yaqin turda ishlab chiqariladi. Oddiy sement qotish boshlanishi davri 45 minutdan 12 soatgacha bo’ladi. Sementning maydalik darajasi 2800-5000 sm2gr bo’lib, uning markasiga ta’sir ko’rsatadi. Sement suv bilan aralashtirilganda toshga aylanadi. Sement toshi zichligi, havo va suv o’tkazuvchanligi u asosidagi material va buyumlarning mustaxkamligi, sovuqqa va agressiv muxitlarga chidamliligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Sement toshining sovuqqa chidamliligi g’ovaklikka va g’ovaklikning tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Sement toshida mikrog’ovakliklarning ko’p bo’lishi sovuqqa chidamlilikni oshiradi. Gidrofob va plastifitsirlangan sementlarni ishlatish material sovuqqa chidamliligini, g’ovaklikni kamayishi hisobiga, oshiradi.
Sement toshi suv, kislota, ishqor, tuz eritmalari, gazlar ta’sirida buziladi. SHartli ravishda sement toshi korroziyasini 3 turga bo’lish mumkin: ishqorni yuvilish, kimyoviy va tuzli korroziyalardir. 1 tur korroziya yumshoq suvlarni sement toshidan filtrlanishi natijasida sodir bo’ladi. Kimyoviy korroziyada (2 tur) sement toshi kislota va kislota tuzlari, mineral o’g’itlar, kislota bug’lari va shu kabilar ta’sirida buziladi.
3 turda sement toshi uch kalsiyli gidrosulfoalyuminat tuzi (sement batsillasi) hosil bo’lishi natijasida korroziyalanadi.
Sement toshi korroziyasini ogoxlantirish usullari turlicha: korroziyaga bardoshli sementlarni tanlash, texnologik usullar bilan materialni zichlashtirish, turli mineral va organik modifikatorlar qo’shish, buyum va konstruksiyalar sirtini izolyatsiyalovchi materiallar bilan qoplash, polimer va bitumsimon kompozitsiyalar bilan yuzaki (chuqur) shimdirish va x.k. Portladnsementning 20 ga yaqin turlari ishlab chiqariladi: gidrofob va plastifitsirlangan, sulfat muxitiga chidamli, oq va rangli, tez va o’ta tez qotuvchan, putssolan, giltuproqli, kengayuvchan va shu kabilar.
Portlandsement restavratsiya ishlarida tosh-qasr devorlariga in’eksiya qorishmalari tayyorlashda, polimersement kompozitsiyalarida yodgorliklar ansambllarini obodonlashtirish ishlarida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |