Labrodorit. Labrodorit dala shpati, rangli minerallardan iborat zich, mustaxkam tog’ jinsidir. U och qora rangli bo’lib, pardozlanganda ko’k-binafsha rangli minerallar gul shaklida tovlanadi va shu sababli toshtaroshlikda, qabr toshlari tayyorlashda ishlatiladi.
Bazalt. Bazalt juda qattiq, mustahkam (Rsiq500 Mpa), sovuqqa chidamli tog’ jinsi bo’lib, yo’l qurilishida, poydevorlarda, gidrotexnik inshootlarda ishlatiladi.
Oxaktosh. Oxaktosh (SaSO3) rangsiz yoki oq rangli, qo’shimchalari bo’lsa kulrang, sariq, ko’kimtir, pushti ranglarda bo’ladi. Oxaktosh tarkibiga teng miqdorda magnezit aralashsa dolomit hosil bo’ladi. Dolomit rangi va xossalari oxaktoshnikiga juda yaqin. Oxaktosh va dolomit oxak bog’lovchisi olishda xomashyodir. Bu tog’ jinslarni bo’laklangan holda bino va inshootlar qurilishida ishlatilgan. Dunyo tarixiy obidalari qurilishi bunga misoldir.
Gips toshi. Gips toshi (Sa SO42NO2) oq va rangsiz, xususiy hollarda sariq, qizil va xavorang kristall tuzilishidagi tog’ jinsidir. Gips toshi gips bog’lovchisi olishda xom ashyodir. Gips bog’lovchisi esa ganch o’ymakorligi, binolarning ichki va tashqi bezak ishlarida bebaho material sanaladi.
Kvarsitlar. Kvarsitlar (95-99% SiO2) kvars qumlarining tabiatda yuqori xaroratda qayta kristallanishidan hosil bo’lgan, mustaxkam (Rsiq 100-455 MPa), yuqori xaroratga (1710-17700S) bardoshli tog’ jinsi. Qurilishda poydevor, devor, yo’lka, ko’prik, qoplamalari toshlari va plitalari va qabr toshlari, mastaba, devor plitalari sifatida ishlatiladi. SHaxrisabzdagi Amir Temur o’ziga qurdirgan mastaba aynan kvarsitlardan ishlangan.
Marmar. Marmar mayda, o’rtacha va yirik donali bo’lib, oxaktosh va dolomitlarning yuqori bosim va xarorat ta’sirida qayta kristallanishidan hosil bo’lgan.
Marmar zich, mustaxkam (Rsiq 100-300 MPa) bo’lib, oson ishlanadi, silliqlash va pardozlash mumkin.
Xarsangtosh. Mineral xom ashyo kar’erlarini o’zlashtirayotganda nomuntazam shakldagi yirik tosh bo’laklari xosil bo’ladi. Xarsangtoshdan zamin va poydevorlar, bino va inshootlar devorlari, maydalab chaqilgan tosh olish mumkin. Xarsangtoshlarning (yiriklarini) sindirib, tarashlab, arralab bloklar va plitalar tayyorlash mumkin.
Xulosa shuki, tabiiy tosh materiallarini arxitektura yodgorliklarini ta’mirlashda ratsional ishlatish sohasini aniq belgilab olish, avval ishlatilgan materiallar bilan mos kelishini aniqlash zarur. Aks holda ta’mirlanayotgan bino va inshootning ko’rinishi o’zgarishi va konstruktiv xolati buzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |