Mineral bog’lovchilar va ular asosidagi materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi
Qurilish oxagi. Qurilish oxagi oxaktosh, dolomitlarni 10000S haroratda kuydirib olinadi. Qurilish oxagi qotish sharoitiga qarab xavoyi va gidravlik oxak turlariga bo’linadi. Xom ashyoni kuydirganda kalsiy oksidi va magniy oksidi aralashmasi hosil bo’ladi.
Xovoyi oxak tuyilmagan kesak oxagiga, tuyilgan so’ndirilmagan oxakka (kipelka), so’ndirilgan gidrat oxagi (oxak kukuni) va so’ndirilgan oxak xamiri turlariga bo’linadi.
Gidrat oxagi (kukuni) olish uchun oxak kesagiga massasiga nisbatan 70-100% suv qo’shiladi. Bu asosan kalsiy oksidi gidratidan iborat. Oxak xamiri kesaklar holidagi so’ndirilmagan oxakka massasiga nisbatan 200-300% suv qo’shib olinadi. Qurilish maydonlarida oxak kamida 7-10 sutka davomida so’ndiriladi. So’ndirilmagan oxak kukuni (kipelka) tezda qurish va toshdek qotib qolish xususiyati bilan so’ndirilgan oxakdan farq qiladi.
Kipelkadan qorishma tayyorlash uchun unga massasiga nisbatan 100-150% miqdorda suv qo’shish kerak. Bunda oxakni so’nishi shiddatli bo’lmaydi va qorishma tez qotadi. Kipelka oxagi ko’p miqdorda issiqlik ajratgani uchun qishda ishlatilsa ancha vaqtgacha qorishmaning muzlamasligini ta’minlaydi.
Qurilish qorishmalari asosan oxak xamiridan tayyorlanadi. Oxakni so’ndirish uchun massasiga ko’ra 300-400% suv qo’shilsa plastik oxak xamiri hosil bo’ladi va mahsulot xom ashyoga nisbatan 3 baravar ortiq chiqadi. Oxak xamirining chiqishi kuydirilmagan oxak tarkibining tozaligiga, ya’ni so’nmaydigan zarrachalar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bog’lovchiga suv quyilganda uning qaynash tezligi oxakning sifatini ko’rsatadi. Oxak to’la so’ndirilganda mayin massa hosil bo’ladi va undan qurilish qorishmasi tayyorlash osonlashadi. Oxakni so’ndirishni tezlashtirish uchun maxsus gidratorlardan foydalaniladi. Gidratorlar so’nmagan zarrachalarni (15-20%) ajratib chiqarish xususiyatiga ega bo’ladi.
So’ndirilgan oxak quruq xavoda juda sekinlik bilan qotadi. Qotish jarayonida kalsiy oksidi gidrati havodan karbonat angidridini olib kristallanadi, qorishmalarning karbonlashishi esa yillar davomida yuz beradi. Buning sababi qotgan oxak parda hosil qilib, karbonat angidridni ichki qatlamlarga o’tishini qiyinlashtiradi. Oxak qorishmasi yuzida xosil bo’lgan kalsiy korbonat pardasi suvga, chidamlilikni oshiradi, chunki uning suvda eruvchanligi (0,03gl), kalsiy oksidi gidrati eruvchanligidan 40 martta kam bo’ladi.
Takidlash zarurki, so’ndirilmagan ohak kipelkasidan tayyorlangan qorishma buyumlar tezroq qotadi va mustaxkam bo’ladi. Qurilish oxagi tarkibida magniy oksidi miqdoriga qarab kalsiyli (MgO5%), magnezialli (MgO5-20%) va dolomitli (MgO20-40%) turlariga bo’linadi.
Oxak bog’lovchining aktivligi SaO va MgO miqdoriga, so’nmagan zarrachalari va aralashmalar miqdoriga bog’liq.
Oxak so’nish vaqtiga qarab tez so’nuvchan (8 minutgacha), o’rtacha tezlikda so’nuvchan (25 minutgacha) va sekin so’nuvchan (kamida 25 min) turlarga bo’linadi. Xavoyi oxak asosidagi qurilish qorishmalari yuqori mustaxkamlikka ega bo’lmaydi; So’ndirilgan oxak asosida 0,4-1,0 MPa, maydalangan so’nmagan oxak asosida 5,0 MPa mustaxkamlikka 28 kunda erishadi. SHu sababli oxakning sortlari mustaxkamligi bo’yicha emas, tarkibining xususiyatlari bo’yicha belgilanadi. Oxaktosh tarkibida tuproqsimon va boshqa aralashmalarning kamligi oxak bog’lovchisining aktivligini oshiradi va oxak xamiri ko’p hosil bo’ladi.
Gidravlik oxak tarkibida 20% mergelli oxaktoshlarni 10000S kuydirib olinadi. Uning tarkibida 85% atrofida SaO va 15% silikatlar va kalsiy alyuminatlari bo’ladi. Bog’lovchi suv bilan aralashtirilganda kichik tartibli gidraminerallar hosil bo’ladi va qorishma suvga chidamli bo’ladi.
Gidravlik oxakdan tayyorlangan buyum 7-12 sut ochiq havoda saqlanib, keyin nam sharoitda ishlatsa bo’ladi. Gidravlik oxak xavoyi oxakka aralashtirilib ishlatilishi bino va inshootlarning nam sharoitda turadigan poydevorlari, sokollari, sug’orish inshootlarida ishlatish imkoniyatini beradi.
Ta’kidlash zarurki, xavoyi va gidravlik oxaklar arxitektura yodgorliklarida ishlatilganda, vaqt o’tishi bilan mustaxkamligi o’sib borishi obidalarning konstruktiv holatini mustaxkamlashga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |