Tog’ jinslarining sinflanishi
REJA
Tog’ jinslarini bino va inshootlar qurilishida ishlatish
Sopol materiallar va buyumlar texnologiyasi
Mineral bog’lovchilar va ular asosidagi materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi
Magmatik jinslar
|
Massiv
|
CHuqurlikdagi
|
Granit, sienit, diorit, gabbro
|
Toshib chiqqan
|
Porfir,kvars,diabaz, traxit, porfirit, andezit
|
Bo’laklangan (otilib chiqqan)
|
Sochiluvchi
|
Vulqon kuli,pemza
|
Sementlangan
|
Vulqon tufi
|
CHo’kindi jinslar
|
Mexanikaviy cho’kindilar
|
Sochiluvchan sementlangan
|
Gil tuproq, qum, shag’al, qumtosh,konglomerat, brekchiya
|
Kimyoviy cho’kindilar
|
|
Gips,angidrit, magnezit, dolomit,oxak tufi, oxaktosh
|
Orgonogen cho’kindilar
|
|
CHig’anoqli oxaktosh, mel, diatomit, trepel
|
Metomor-
fik jinslar
|
|
Gneyslar (granitsimonlar), gil, slanetslar (giltuproqli)
Marmarlar (oxaktosh,dolomitlar)
Kvarsitlar (qumtoshlar)
|
Asosiy jins xosil qiluvchi minerallarga kvars, dala shpatlari (ortoklaz, plagioklaz), temir-magnezialli silikatlar, karbonatlar, sulfatlar, alyumosilikatlar kiradi.
Tog’ jinslarini bino va inshootlar qurilishida ishlatishda ularning tuzilishi va teksturasi (yuzasining chiroyi) katta rol o’ynaydi. Ularning tuzilish mag’zini o’lchamlari va shakli, kristallanish darajasiga bog’liqdir. Tog’ jinsining teksturasi uning tarkibini tashkil qiluvchi qismlarning o’zaro joylashishi natijasidir.
Quyida bino va inshootlar qurilishi va restavratsiyasida ko’p ishlatiladigan tosh materiallarining turlari va asosiy hossalarini ko’rib chiqamiz.
Granit. Granit tarkibi kvars (25-30%), natriy-kaliyli shpatlar (35-40%), plagioklaz (20-25%) va slyuda (5-10%) minerallaridan iborat. Uning siqilishdagi mustaxkamligi 120-250 MPa, g’ovakligi 1,5% gacha, suv shimuvchanligi esa 0,5% atrofida (xajmiga nisbatan) bo’lib, sovuqqa va edirilishga o’ta chidamlidir. Granit 6000 S haroratda yoriqlar xosil qiladi.
Granit oq, kulrang, sariq, qizg’ish, pushti ranglarda bo’lib, mayda, o’rtacha va yirik donador tuzilishga ega bo’ladi.
Granit binolar poydevori, devori, poli, ko’prik qoplamalari, fantan va suv inshootlari qoplamalari, yo’lkalar qurilishida arxitektura buyumlari, qismlari ishlab chiqarishda va toshtaroshlikda ishlatiladi.
Granit zaxiralari Samarqand, Toshkent, Navoiy va boshqa viloyatlarda bor. Granitsimonlar oilasiga kiruvchi sienit, diorit, gabbro, labrodorit va shu kabilar qurilishda kamroq ishlatiladi.
Sienit. Sienit tarkibi kaliyli (50-70%) va natriyli (10-30%), dala shpatlari, rangli minerallardan (10-20%) iborat. Sienit fizik-mexanikaviy xususiyatlari bo’yicha granitga yaqin turadi. Sienit qizg’ish, sariq, ko’k ranglarda bo’ladi. O’zbekiston Respublika Oxangaron daryosi vohasida sienit zaxiralari bor.
Diorit. Diorit tarkibida kvars kam miqdorda (20-25%), rangli minerallar (15-20%) ko’proq bo’ladi. Diorit tarkibida plagioklaz (65-70%), rogovaya obmanka, biotit, avgit minerallari bo’lib, o’ta zich, mustaxkam tog’ jinsidir. U to’q ko’k va kul ranglarda bo’lib, bino va inshootlarda, yo’lkalarda, toshtaroshlikda ishlatiladi.
Gabbro. Gabbro natriy-kalsiyli shpat, piroksen va oz miqdorda rogovaya obmanka, biotit, rombik piroksendan iborat. Gabbro qoramtir, to’q va och kul rangida, barg rangida bo’lib, me’morchilik qismlari, toshtaroshlikda ishlatiladi.
|