Surilish
qayishqoqlik
chegarasini vaqtga boqliqligini ifodalaydi. Surilish ham plastik
deformasiya singari urinma kuchlanishlar ta’siridagi siljishdan hosil bo’ladi.
Deformasiya kuchini oshirish bilan surilish tezroq bo’ladi va buzilish oldinroq
yuz beradi.
Relaksasiya deb
– tashqi kuchlar ta’sirida jismning kuchlanishini o’z-
o’zidan pasayishiga aytiladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Jismning
surilishi natijasida uning qayishqoqlik deformasiyasining qiymati pasayadi.
Kuchlanishning kamayishida hosil bo’luvchi surilishni relaksasiya deb qabul
qilish mumkin. Relaksasiya kuchlanishni vaqt o’tishi bilan pasayishiga olib
keladi, jismda kuchlanishni tarqalishi bir xilda bo’ladi va umumiy kuchlanish
pasayadi.
Relaksasiya
paytida
jismning
mayda
zarrachalari
plastik
deformasiyalanish prosessiga qo’shilib Yangi barqaror holatga o’tadi va bunda
kuchlanish yo’qoladi. SHunday qilib relaksasiya qayishqoq deformasiyaning
bosqichma-bosqich qoldiqli va plastik deformasiyaga o’tishiga olib keladi.
Qattiq jismlarining mexanik holati ularning tuzilishi va tashqi sharoitlar
bilan boqliq. Tashqi sharoitlardan temperatura, erituvchi va shimdiruvchi
moddalar, hamma tomonli bosim, deformasiya tezligi, jism kuchlanish
holatining xarakteri muhim hisoblanadi.
Tog’ jinslarining buzilishi
Agar deformasiyaga uchrayotgan tog’ jinslarida kuchlanish mustahkamlik
chegarasigacha borsa, tog’ jinslarida buzilish (parchalanish) yuz beradi.
Mustahkamlik chegarasi har xil tog’ jinslarida turlicha bo’ladi. Ayrim tog’
jinslarining mustahkamlik chegarasi qayishqoqlik deformasiyasi darajasida
Aim.Uz
bo’lishi mumkin. Bunday jinslarda parchalanish qayishqoqlik deformasiyasidan
keyin bo’ladi. Plastik deformasiyalanish prosessida ham buzilish yuz berishi
mumkin. Bunda qayishqoqlik chegarasidan o’tganda buzilish ro’y beradi.
Gzovskiy fikricha tog’ jinslari 4 ta kategoriyaga ajratiladi. 1. YOpishqoqligi
kam bo’lgan jinslar, masalan, gil, tuz, gips, yupqa qatlamli alevrit-gilli
yotqiziqlar. Ularning yopishqoqligi kuchlanish 15 Mpa bo’lganda 10
17
dan 10
14
Pa*s gacha o’zgaradi. 2. yupqa qatlamli oxaktoshlar, mergellar va qumtosh
glinali qatlamlar. Ularning yopishqoqligi kuchlanish 15 Mpa bo’lganda 10
18
dan
10
15
Pa*s gacha o’zgaradi. 3. YOmon qatlamlashgan qumtoshlar,
knglomeratlar, karbonatlar, vulkanogen yotqiziqlar. Ularning yopishqoqligi 10
20
dan 10
17
Pa*s gacha o’zgaradi. 4. Granitlar, intruziv jinslar, gneyslar va
kristallashgan slaneslar. Bu jinslarning yopishqoqligi urinma kuchlanishi 15-20
Mpa bo’lganda 10
19
dan 10
18
Pa*s gacha o’zgaradi.
Kuchlanish maydonidagi yoriqning holatiga qarab buzilishning 2 ta
ko’rinishi ajratiladi: uzilish (birdan uzilish) va cho’zilib uzilish (sekin, cho’zilib
uzilish). Uzilish mo’rt, cho’zilib uzilish yopishqoq bo’ladi. Bu buzilishlar
cho’zilish, qisqarish va surilish jarayonida sodir bo’ladi.
Document Outline - Reja:
- Tog’ jinslarining buzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |