possidendi (ashyoni egallash huquqi);
c)
im s
abutendi (ashyoni tasarruf qilish huquqi);
d)
i’m s
fruendi
(ashyoni
hosil,
daromadlarini,
foydali
xususiyatlarini olish huquqi);
e)
im s
uindicandi (ashyoni qonunsiz egallab turgan shaxsdan
o'ziga qaytarilishini talab qilish huquqi);
Rim huquqshunoslari mulkdoming ushbu beshta vakolatlari to'liq
asosda mulk huquqining mazmunini ochib bermasligi mumkin, chunki
mulk huquqining egasi o 'z mol-mulkidan qonunlarga zid bo'lmagan
barcha tarzda foydalanishga haqlidir deb hisoblaganlar1.
1 Topildiev V. Rim huquqi. -Toshkent: 2006. 96-b.
44
Musulmon huquqida ham mulkdor vakolatlari quyidagi turlarga
bo'lingan:
a) mol-mulkka egalik qilish huquqi (qabz);
b) mol-mulkdan foydalanish huquqi (manfaat);
v) mol-mulkdan daromad olish huquqi (ta’mlik);
g) mol-mulkni tasarruf etish huquqi (tasarruf)1.
Mamlakatimiz sivilistika fani ham mulk huquqini ko‘p hollarda
mulkdoming an’anaviy triada vakolatlari shaklida qarashgan. Biroq 1996-
yilda qabul qilingan Fuqarolik kodeksi mulk huquqi mazmunini boyitdi va
uni kengroq m a’noda talqin etdi. Bu esa bozor munosabatlari sharoitida
mulkdor imkoniyatlarini doirasini kengaytirdi deb aytish mumkin.
FKning 164-moddasining tarkibiy qismlari ajratilib tahlil etilganda
mulkdoming vakolatlari va ushbu vakolatlami amalga oshirishning
umumiy asoslari kelib chiqadi. Bunga ko'ra mulkdor o'ziga qarashli mol-
mulkka o 'z xohishi bilan va o 'z manfaatlarini ko'zlab:
a) egalik qilish huquqiga ega;
b) foydalanish huquqiga ega;
v) tasarruf etish huquqiga ega;
g) o'zining mulk huquqini kim tomonidan bo'lmasin, har qanday
buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega. Ko'rib turibmizki,
ushbu vakolatlar mazmuni rim xususiy huquqi bo'yicha mulkdor
vakolatlari bilan deyarli mos keladi (farqi shundaki, amaldagi qonunlarda
mulkdomi o 'z mol-mulkidan hosil-daromadlar olish huquqi ajratib
ko'rsatilmagan).
Qonunda mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda mulkdor erki-
irodasi va motivatsiya (sabablariga) alohida urg'u beriladi. Bu bejiz emas.
Mulkdor o 'z mulkiy vakolatlarini amalga oshirganda eng avvalo o 'z
xohishi bilan harakat qiladi. Xohish vujudga kelishi uchun esa uning
asosida motivatsiya (sabab) yotadi. Mulkdor motivatsiyasiz hech qanday
harakat qilmaydi. Qonun mulkdomi vakolatlami amalga oshirish
motivatsiyasi sifatida o 'z manfaatlarini ko'zlashini ko'rsatadi. Manfaat-
huquq egasi erishishi lozim bo'lgan samara, natija. Aynan manfaat
mulkdomi undovchi omil hisoblanadi. Manfaat g'oyat keng va xilma-xil
ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Manfaat faqat mulkdor shaxsiy
ehtiyojlari, uning yaqinlari ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lishi ham, biroq,
amalda bunday bo'lmasligi ham mumkin. Masalan, mulkdor o 'z pul
m ablag‘larini hayriya maqsadlarida sarflashi bir qarashda mulkdor
1 Ergashev V. Fuqarolar hususiy mulk huquqi vujudga kelish va bekor bo’lishning ilmiy-nazariy jihatlari: Yurid. fan.
nomz. dis. ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 30-b.
45
manfaatlariga emas, balki hadya, xayr ehson oluvchi manfaatlariga
qaratilganday bo'lib tuyuladi. Biroq mulkdor bunda moddiy manfaatlami
emas, balki m a’naviy manfaatni ham ko'zlagan bo'lishini nazardan
qochirmaslik lozim.
Qonunda mulkdomi o 'z manfaatini ko'zlab vakolatlami amalga
oshirishi umumiy asos sifatida belgilangan. Bu xususiy mulk va ommaviy
mulk uchun bir xilda bo'la olmaydi. Agarda ommaviy mulk subyektini
“o 'z manfaatlari” mazmuni aniqroq bo'lsa, xususiy mulk huquqi
subyektini “o 'z manfaatlari” muayyan shart-sharoit va vaziyatlar bilan
bog'liq. SHu sababli ham mulkdoming “o 'z manfaati” ommaviy mulk
subyektidan ko'ra xususiy mulk subyektiga ko'proq qaratilgan va aniqroq
mazmun kasb etadi deb aytish mumkin. Albatta “o 'z manfaati” yo'lida
harakat qilish deganda subyektni faqat tor doiradagi, xudbinlarcha
manfaatini tushunmaslik lozim. Mulkdoming o 'z manfaati muayyan
huquqiy doirada bo'lishi talab etiladi. Uning mezonlari FKning 172-
moddasida mulk huquqini amalga oshirish shartlarida belgilab qo'yilgan.
Boshqacha aytganda mulkdorlami o 'z vakolatlarini amalga oshirishi
boshqa subyektlaming huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanayotgan
manfaatlarini buzilmasligi lozim. Agarda mulkdor vaziyat taqazosiga ko'ra
muayyan hududda yoxud bozorda mulkdor bo'lgani sababli ustun
mavqega ega bo'lsa, u ushbu mavqeni suiiste’mol qilib, boshqa
shaxslaming huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini
kamsitadigan harakatlami qilishga haqli emas. Shuningdek, mulkdor
qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada boshqa
shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishga y o'l
qo'yishga majbur (masalan, FKning 173-moddasida belgilangan hollarda).
Mulkdor o 'z vakolatlarini amalga oshirganida fuqarolaming sog'lig'iga va
atrof muhitga zarar yetkazishning oldini olish choralarini ko'rishga
majbur. Demak, xususiy mulkdoming xohish va manfaatlari mutlaq,
absolyut bo'lm ay, balki muayyan huquqiy doirada bo'lishi talab etiladi.
Xususiy mulkdoming “o 'z manfaati” mazmunini ochib berishda
subyektning kimligi, agar yuridik shaxs bo'lsa, uning huquqiy holati ham
hisobga olinishi lozim. Xususiy mulkdor fuqaro bo'lganida yoxud xususiy
korxona bo'lganida manfaatlami belgilash yagona jismoniy shaxsga borib
taqaladi va uning manfaatlaridan kelib chiqiladi. Boshqacha aytganda
bunda subyekt manfaati monolit, bir-butun tarzda namoyon bo'ladi va
manfaatlar to'qnashuvi kuzatilmaydi.
Biroq xususiy mulkdorlar umumiy birgalikdagi mol-mulkka nisbatan
vakolatlarini amalga oshirishda manfaatlar birligi kuzatilmasligi mumkin.
46
Yoxud xuddi shunday holat k o ‘p sonli muasislarga, ishtirokchilarga ega
bo'lgan xo ‘jalik jamiyatlari va shirkatlarida ham tez-tez sodir bo‘lib turadi.
Bunda AJning yoxud MChJning umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi
yig'ilishida ishtirokchilaming bir necha guruhlari har bir subyektning “o ‘z
manfaatini” turlicha talqin qiladi. Albatta, bunday korxonalarda yuridik
shaxs nomidan qaror qabul qilishning o ‘ziga xos tartibi, protseduralari
mavjud. Biroq ushbu tartib bo'yicha qabul qilingan qarorlar asosida
xo'jalik yurituvchi subyektni mulkdor sifatida o 'z vakolatlarini amalga
oshirishga asos bo'lgan motivatsiya negizida har doim ham ushbu yuridik
shaxsning “o'z manfaatlari” yotavermaydi. B a’zan oxir-oqibatda yuridik
shaxsning “o 'z manfaatini” umumiy yig'ilishda o 'z fikrini o'tkaza
olmagan ishtirokchilar guruhi ifodalagani m a’lum bo'ladi. Bu esa
kelgusida ishtirokchilar (aksiyadorlar) o'rtasida ixtiloflarga, bo'linishlarga,
sud orqali uzoq muddatli nizolashuvlarga sabab bo'ladi.
Hozircha yuridik shaxslami mulkdor sifatidagi vakolatlami amalga
oshirganida “o 'z manfaatlaridan” kelib chiqishi, bu manfaatlami qay
darajada anglab etishi, ulami yuridik izhor qilish shakllari mulk huquqi
nazariyasida etarli darajada to'liq o'rganilmagan. T o 'g 'ri, shunga o'xshash
muammolar fuqarolik huquqining kichik tarm og'i bo'lgan korporativ
huquqda m a’lum darajada izlanishlar predmeti sifatida qaralmoqda1.
Biroq, bunda muammo mulk huquqini amalga oshirish masalasi orqali
emas,
balki
korporativ
boshqamvni
optimal
modellarini
topish
muammolari nuqtai nazaridan qo'yilgan. Shu sababli ham mulk huquqi
nazariyasida ushbu yangi muammoga alohida e ’tibor berish masalasini
qo'yish o'rinli bo'lur edi. Hozirgi vaqtda sud amaliyotida mulk huquqi
tushunchasi tarkibiga kiruvchi ushbu xususiyat be’e’tibor qoldirilmoqda.
Amaliyotda mulkdor o 'z mol-mulkiga nisbatan qonunda ta’qiqlanmagan
har qanday harakatni sodir etishi mumkin degan aksiomadan kelib
chiqilmoqda deb aytish mumkin. Biroq kelgusida mulkdor o 'z
vakolatlarini amalga oshirishda “o 'z manfaatlaridan kelib chiqishi”
to'g'risidagi novella huquqiy tartibga solishda muayyan oqibat vujudga
keltirish ehtimoli yo'q emas. Ayniqsa xususiy mulk huquqida bu masala
dolzarb ahamiyat kasb etishini bashorat qilish mumkin.
FKning 164-moddasida mulkdor o 'z vakolatlarini o 'z xohishiga
ko'ra amalga oshirishi ko'rsatiladi. Mulkdor vakolatlarini amalga
oshirishda motivatsiya (sabablantirish) mulk huquqi subyektida xohish,
istakni keltirib chiqaradi. Demak, mulkdomi o 'z manfaatini anglab etishi
1 Masalan, S.G'ulomov AJda yirik va mayda aktsiyadorlar, AJ menedjerlari va aktsiyadorlar o ’rtasidagi ziddiyatlar va
ulami bartaraf etishni huquqiy vositalari to’g’risidagi masalalami tadqiq etgan. Гулямов С. Корпоративное право. -
Тошкент: ТГЮИ, 2004.
47
unda xohishni vujudga keltiradi va u tomonidan muayyan maqsadli
harakatlar sodir etish, vakolatlami amalga oshirish boshlanadi. Har qanday
subyekt, hatto impulsiv harakatlar sodir etadigan fuqaroda ham, agar bu
harakatlar mulkdor sifatidagi vakolatlami amalga oshirish bilan bog'liq
bo'lsa jarayonlar yuqoridagi ketma-ketlikda (manfaatni anglash - xohishni
vujudga keltirish - harakatlar sodir etish) sodir bo'ladi.
Bu o'rinda xohish o 'zi nima, u o'ziga xos ruhiy-irodaviy holat
sifatida kechadigan kechinmami, uning huquqiy munosabatlarda namoyon
bo'lishi va huquqiy baholanish xususiyatlari mavjudmi degan savol
tug'ilishi tabiiy. Subyektning xohishi, ya’ni u o'zi xohlab, maqsad qo'yib
harakat sodir etishi, agar ushbu harakat huquqbuzarlik sifatida baholansa
jinoyat huquqida, m a’muriy huquqda va hatto fuqarolik huquqida ham
qasddan qilingan huquqbuzarlik sifatida baholanadi va bu holat aybni eng
og'ir shakli, kuchaytirilgan javobgarlik chorasini ko'rish uchun asos
sifatida baholanadi1. Biroq mulkdoming o 'z vakolatlarini o 'z xohishi bilan
amalga oshirishi normal, kundalik, odatdagi huquqiy munosabatlarda sodir
bo'ladi. Bu huquqbuzarlik yoxud huquqqa hilof harakat emas, uni salbiy
baholash uchun hech qanday asos yo'q. Aksincha, qonun mulkdor
vakolatlarini o 'z xohishi bilan amalga oshirishni belgilab, unga legal holat,
maqom bermoqda (huddi “o 'z manfaati” kabi). Nima uchun qonun
chiqaruvchi mulk huquqi tushunchasini belgiiashda bunga urg'u bermoqda
degan savol tug'ilishi ham mumkin. FKning 9-moddasi 1-qismida
fuqarolar va yuridik shaxslar o'zlariga tegishli bo'lgan fuqarolik
huquqlarini, shu jumladan, ulami himoya qilish huquqini ham o 'z
xohishlariga ko 'ra tasarruf etadilar deb belgilab qo'yilgan. Demak, agar
FKning
164-moddasida mulk huquqi tushunchasida mulkdor o 'z
vakolatlarini o 'z xohishiga ko'ra amalga oshiradi deb ko'rsatilmagan
holda, FK 9-modda 1-qismi orqali bunday qoida mantiqiy ravishda
mavjudligi ravshan edi deb aytish mumkin. Biroq bundan FKning
yuqoridagi novellasi ortiqcha yoki noo'rin deb xulosa chiqarishga
shoshilmaslik kerak. Ushbu novella muayyan yuridik yukka ega ekanligini
aniqlash uchun “o 'z xohishi” subyektda qanday namoyon bo'lishini tahlil
etmoq lozim.
Xohishni manfaat asosida anglab etish va u asosda harakat qilish
uchun mulkdoming ikki holati muhim:
- aqliy-intelektual holat;
- iroda holati.
1 Bu o’mda shuni ham ta’kidlash o’rinliki, ba’zi jinoyat tarkiblarida huquqbuzami manfaat ko’zlab harakat qilish,
motivatsiyasi qilmishni baholashdajiddiy ahamiyatga ega.
48
Aqliy-intelektual holat subyektni o ‘z xatti-harakatlarini anglab etish,
uni oqibatlarini oldindan ko'ra bilish, unga intilish holatidir.
Iroda holati o ‘z xatti-harakatlari subyekt tomonidan nafaqat idrok
etish, balki iroda qilish, boshqarishni anglatadi. Inson tomonidan eng
optimal, maqbul qarorlar va ulami harakatlari subyektni aqliy holati va
iroda holati uyg‘unligida sodir b o ‘ladi. Aql va iroda bir-birini nazorat
qiladi, subyektni nomaqbul xohish va harakatlardan tiyib turadi. Xohish
kategoriyasi harakatga turtki bemvchi ruhiy-psixologik va iroda holati.
Xohish huddi shu xususiyati bilan istak, orzudan farq qiladi. Subyekt
orzusi, istagi noreal yoki uni amalga oshirish harakatlari darajasiga o ‘sib
etmaydigan holatda qoladigan bo'lishi mumkin. Biroq xohish inson amaliy
faoliyatining bir bosqichi, dastlabki bosqichlaridan biri sifatida baholanadi.
“Xohish” kategoriyasi bilan bog'liq yana bir xususiyat shundan
iboratki, xohish mulkdoming “o 'z xohishi” bo'lishi lozim. Subyektning
“o 'z xohishi” bilan harakat qilishi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
a) xohish asosida mulkdor anglangan ehtiyoji, manfaati yotadi;
b) xohish erkin ravishda, tashqi tazyiqlarsiz shakllanadi (agarda
xohishning vujudga kelishi tashqi noqulay ta’sirlar sababli ro 'y bersa ham,
bu subyekt erki-irodasiga hilof ravishda xohishni shakllanishiga olib
kelmasligi lozim);
v) xohish asosida mulkdor o 'z vakolatlarini amalga oshirish bo'yicha
xatti-harakatlami sodir etadi.
Subyektning o 'z xohishi bo'yicha harakat qilmasligi fuqarolik
huquqida muayyan oqibatlami vujudga keltiradi. Boshqacha aytganda
subyekt erki-irodasiga tashqi tazyiq sodir bo'ladi, u erkin bo'la olmaydi.
Xolbuki erkinlik har qanday subyekt huquqiy holatining muayyan zaruriy
tarkibiy qismi hisoblanadi. Subyektni o 'z xohishiga zid harakat qilishi
orqali tuzilgan bitimlar haqiqiy sanalmaydi.
FKning 123-moddasida subyektning o 'z xohishiga, erki-irodasiga zid
ravishda tuzilgariligi sababli haqiqiy sanalmaydigan bitimlaming turlari
ko'rsatilgan. Bunga quyidagilar kiradi:
- aldashyo'li bilan tuzilgan bitim;
- zo 'rlik ta’ sirida tuzilgan bitim;
- qo 'rqitish ta’ sirida tuzilgan bitim;
- bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi
ta’sirida tuzilgan bitim;
- og 'ir holatlar yuz berish ta’ sirida tuzilgan bitim.
49
Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim ham o 'z huquqiy tabiatiga ko'ra
subyektning o 'z xohishiga zidday tuyuladi. Biroq bitim tuzayotgan vaqtda
subyektni o 'z xohishi mavjud bo'ladi.
Jismoniy shaxslardan farqli ravishda yuridik shaxslaming “o'z
xohishi” orqali harakat qilishi muayyan xususiyatlarga ega. FKning 45-
moddasiga ko'ra yuridik shaxs qonunlarga va ta’sis hujjatlariga muvofiq
ish olib boradigan o 'z organlari orqali fuqarolik huquqlarini amalga
oshiradi va majburiyatlarini bajaradi. B a’zi hollarda yuridik shaxs organi
emas, uning yakkaboshchi rahbari - mansabdor shaxsi bunday
vakolatlarga ega. Qonunda yuridik shaxs nomidan harakat qilish
vakolatiga ega bo'lgan shaxslaming uchinchi turi ham mavjud: “Qonunda
nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs o 'z ishtirokchilari orqali fuqarolik
huquqlariga ega bo'lishi va burchlarini o 'z zimmasiga olishi mumkin”
(FKning 45-moddasi 2-qismi).
Binobarin, fuqarolik qonunlarida yuridik shaxs nomidan kim harakat
qilishga vakolatli bo'lsa, uning xohishi yuridik shaxsning “o 'z xohishi”
sifatida ko'rilishi lozim. B a’zi hollarda bir yuridik shaxsning o'zida
mulkiy huquqlami tasarruf qilish bir necha tuzilmalar o'rtasida taqsimlab,
chegaralab qo'yilgan (masalan, AJda oddiy bitimlami AJ boshqaruvi raisi
tuzadi, yirik bitimlami AJ kuzatuv kengashi tuzadi, juda yirik
miqdorlardagi bitimlami esa AJ umumiy yig'ilishigina tuzishga haqli).
Biroq, yuridik shaxsning xohish-irodasi uning nomidan harakat
qiluvchi organni mutlaq xohishi sifatida qaralmasligi lozim. FKning 45-
moddasi 3-qismida ko'rsatilishicha, “Qonunga yoki yuridik shaxs ta’sis
hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxs o'zi
vakil bo'lgan yuridik shaxs manfaatlari yo'lida halol va oqilona ish olib
borishi kerak. U yuridik shaxs muasislari (ishtirokchilari, a’zolari) talabi
bilan, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lm asa yuridik shaxsga yetkazilgan zarami to'lashi shart”. Demak,
yuridik shaxs nomidan harakat qiluvchi tuzilma, organ, mansabdor shaxs
yuridik shaxs nomidan harakat qilganida erkin emas, balki muayyan
qoidalar asosida harakat qiladi. Eng asosiysi, uning harakatlari yuridik
shaxs uchun ijobiy samara keltirishga qaratilishi lozim. Afsuski,
amaliyotda xususiy mulk subyektlari bo'lgan yuridik shaxslar mulkiy
vakolatlarini amalga oshirishda uning organlari yoxud mansabdor
shaxslari yuridik shaxs manfaatlaridan emas, balki boshqa g'araz
manfaatlardan kelib chiqishi, o 'z xohishlarini yuridik shaxs xohishi
sifatida namoyon etishi kabi holatlar uchrab turadi. FKda, boshqa
qonunlarda bitimlami haqiqiy emas deb topish, zarar yetkazganlik uchun
50
javobgarlik, mol-mulkdan tayinlanish maqsadiga nomuvofiq foydalanish,
yuridik shaxsni bankrotlikka olib borish kabi holatlar uchun javobgarlik
choralari mavjud. Biroq ular sababga emas, oqibat bo'yicha ko'riladigan
yuridik choralardir. Muammoni hal qilish ko ‘p jihatdan korporativ
boshqaruvni oqilona tashkil etish, uning huquqiy asoslarini belgilash bilan
bog'liq. Fikrimizcha, xo'jalik jamiyatlari va shirkatlami (xususiy mulkka
mansub yuridik shaxslaming asosiy qismi ular hisoblanadilar) umumiy
yig'ilishni olib borish, chaqirish, qarorlar qabul qilish va uni
rasmiylashtirish, qarorlar ijrosini nazorat taomillari - protseduralarini
qat’iy belgilab qo'yish, kuzatuv kengashlari va boshqamv faoliyatini
tashkil etishda ham yuridik shaxs manfaatini anglab etishga, uning o 'z
xohishni ifoda etishga qaratilgan yuridik mexanizmini ishlab chiqish va
joriy etishi talab etiladi.
V.Ergashev mulkdor vakolatlari triadasi (uchligi) mulkdoming mol-
mulkka nisbatan huquqlarini to'liq hajmini va mohiyatini ifoda etmaydi,
shu sababli ham “o 'z xohishi” bilan va “o 'z manfaatlarini ko'zlab”
kategoriyalari aynan mulkdor bilan mulkdor bo'lmagan shaxslaming mol-
mulkka nisbatan bo'lgan huquqlarini farqlashga xizmat qiladi va mulk
huquqining mutlaq munosabat ekanligini isbot etib, mulkdor o'z
huquqlarini amalga oshirishda to'la mustaqil ekanligini anglatadi deb
ko'rsatadi1. Ayni vaqtda shuni ham eslatib o'tish o'rinliki, ba’zi sivilist
olimlar mutloq munosabatlar doirasini kengroq oladi. Masalan, R.Ro'ziev
ijarachini ijaraga olingan mol-mulkka nisbatan huquqlari ham mutlaq, u
hatto mulkdorga nisbatan ham talab qo'ya oladi (ijaraga olingan mol-
mulkni o'ziga berilishini talab qilish, ijaraga olingan mol-mulkdan
foydalanishga to'sqinlik qilmaslikni talab qilish). Bu holda mulkdor va
mulkdor bo'lmagan subyektlami mutlaqlik holati ancha murakkablashadi.
R.Ro'ziev fikr-mulohazasini chuqur tahlil etish masalasini qo'ymagan
holda aytish mumkinki, mulkdor huquqlari har doim birlamchi,
shartnomaviy asosda mol-mulk oluvchi huquqlari ikkilamchi xarakterga
ega.
Demak, mulkdor huquqlarini mutlaqlik darajasi har doim
yuqoriroqdir.
Biroq “o 'z manfaatlarini ko'zlab” va “o 'z xohishi bilan”
kategoriyalari mazmunining ahamiyatini juda ham oshirib yuborish
noo'rin.
Aslini
olganda,
fuqarolik
huquqida
fuqarolik
huquqiy
munosabatlar ishtirokchilari bu munosabatlarda o 'z manfaatlarini ko'zlab
va o 'z ixtiyorlari, xohishlari bilan ishtirok etishlari hammaga m a’lum
1 Ergashev V. Fuqarolar hususiy mulk huquqi vujudga kelish va bekor bo’lishning ilmiy-nazariy jihatlari: Yurid. fan.
nomz. dis. ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 11-b.
51
bo'lgan oddiy haqiqat va aksiomadir. Ushbu holatlardan har qanday
chekinishlar muayyan huquqiy oqibatlar vujudga keltiradi va subyekt
huquqlarini buzish sifatida baholanadi. Shu m a’noda olganda FKning 164-
moddasida yuqoridagi kategoriyalar eslatma, ta’kid funksiyalarini ko'proq
bajarishi to'g'risida tasavvur tug'iladi. Biroq huquqni qo'llash amaliyotida
ulardan samarali foydalanish usullari va vositalari ishlab chiqilsa, mulk
huquqi va ayniqsa xususiy mulk huquqi normalarini takomillashtirishda
ulami qo'llash xususiyatlari va mazmuni yanada chuqurlashtirilsagina “o 'z
xohishi bilan”, “o 'z manfaatlarini ko'zlab” degan iboralar mulk huquqida
yangi sifat o'zgarishlariga sabab bo'lishi to'g'risida gapirish mumkin.
Mulkdor vakolatlarining tizimida mol-mulkni egallash huquqi
markaziy o'rinni egallaydi. Egallash huquqi o 'z mohiyatiga ko'ra,
mulkdorga boshqa vakolatlami ham amalga oshirish imkonini beradi. Mol-
mulkni egallamasdan turib, mulkdor undan na foydalana oladi va na
tasarruf eta oladi. Egalik qilish huquqi mazmuniga sivilist olimlar
tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Bunda har bir olim ushbu vakolatni
muayyan qirralarini ochib ko'rsatishga, urg'u berishga harakat qilgan.
Tegishli adabiyotlarda ular o 'z ifodasini topgan. V.Yo.Ergashev “egalik
qilish huquqi - mol-mulkni o 'z qo'lida yoki unga nisbatan o 'z huquqlarini
amalga oshirish imkoniyatini beruvchi joyda saqlab turib, mulkdorga
ashyo ustidan uning xo'jalik hukmronligini amalga oshirishni yuridik
ta’minlangan imkoniyatidir” deb hisoblaydi1. Bunda egalik qilish huquqi
keng m a’noda tushuniladi:
a) mol-mulkni mulkdomi o 'z qo'lida ushlab turish, saqlab turish -
faktik egalik qilish;
b) mol-mulkni garchi o 'z qo'lida saqlamasa ham, faktik egallamasa
ham, unga nisbatan o 'z huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi
joyda saqlab turish.
Har ikkala holatda ham mulkdor mol-mulk ustidan xo'jalik
hukmronligini amalga oshirish bo'yicha yuridik imkoniyatga ega bo'ladi.
Yuridik imkoniyat va amaliy imkoniyat, jismoniy imkoniyat bir-biri
bilan bog'liq imkoniyatlardir. Mulkdoming faktik egaligi uning amaliy
imkoniyatini ta’minlaydi. Amaliy imkoniyatni har doim mulkdomi
ashyoni o 'z qo'lida saqlab turishi, ushlab turish m a’nosida tushunmaslik
lozim. Egalik qilish huquqini ashyoni qo'lida ushlab turish sifatida talqin
etish real voqelikka to 'g 'ri kelmaydi. Mulkdor barcha mol-mulkiga
jismonan egalik qilishi shart emas. Q o'l soati, qalam, hamyon va shu
1 Ergashev V. Fuqarolar hususiy mulk huquqi vujudga kelish va bekor bo’lishning ilmiy-nazariy jihatlari: Yurid. fan.
nomz. dis. ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 20-b.
52
kabilar qo‘lda saqlab turishga imkon beradi. Biroq, korxona, bog‘-rog‘lar,
hovli-joylar, imoratlar kabi mol-mulk obyektlarini qo'lda saqlab turish
amalda mumkin emas. Bunday holatda mol-mulk obyektini mulkdoming
o ‘z egalik holatida, egalik huquqini ta’siri doirasida ekanligi haqida
gapirish mumkin. Ushbu egalik huquqining ta’sir doirasi qandaydir masofa
(mulkdor bilan mol-mulk o'rtasidagi masofa nazarda tutilmoqda) bilan
cheklanmaydi. Eng muhimi, mulkdor o 'zi hoxlagan vaqtda o'sha mol-
mulkka nisbatan vakolatlami amalga oshirish, yuridik ta’sir ko'rsatish
imkoniyatiga ega bo'lm og'i lozim. Egalik huquqini ta’siriga nisbatan
uchinchi shaxslaming to'sqinligi bo'lmasligi shart. Agar mulkdor
tomonidan egalik qilish huquqiga nisbatan uchinchi shaxslar to'sqinlik
qilsa yoki mol-mulk boshqa shaxsning amaliy egaligida bo'lsa, u holda
egalik qilish huquqi to'laqonli ravishda amalga oshmaydi. B a’zi holatlarda
mol-mulkka faktik egalik uchinchi shaxslarda bo'ladi (masalan, ijaraga
berishda, mol-mulkni terminallarda saqlashda va h.k.). Mol-mulklar
fuqarolik muomalasida bo'lganda egalik huquqini uchinchi shaxslarda
bo'lishi normal hoi hisoblanadi.
Yakka tadbirkorlar va yuridik shaxslar o 'z pul mablag'larini o'zlarini
faktik egaligida saqlash imkoniyatlari chegaralangan. Pul mablag'larini
inkassatsiya qilish, ya’ni bankka saqlash uchun topshirish majburiyati
belgilab qo'yilgan. Ayniqsa savdo tashkilotlari bu majburiyatni qat’iy
bajarishlari, kundalik savdo tushumlarini tegishli banklarga saqlash uchun
topshirishlari lozim. Bu pul mablag'larini muomalasini nazorat qilish,
daromadlami yashirib qolishni oldini olish, inflyatsiyani jilovlash
maqsadlariga xizmat qiladi. Shu sababli ham yakka tadbirkorlar va yuridik
shaxslar bank hisobvarag'i shartnomasi, naqd pul bilan ishlovchi
subyektlar inkassatsiya xizmati ko'rsatish shartnomasi tuzishlari shart.
Biroq bu holatni muayyan salbiy jihatlari ham m a’lum. Ba’zi tadbirkorlik
subyektlari o'zlariga xizmat qiluvchi banklardan naqd pullarini olish
imkoniyatlari chegaralangan. Bu esa ulami naqd pul mablag'lariga
nisbatan mulkdor sifatidagi vakolatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini
to'laqonli va o 'z vaqtida sodir bo'Iishga to'sqinlik qilmoqda. Albatta, pul
muomalasi ustidan, soliqlami to'lanishi ustidan davlat nazorati zarur.
Biroq bunday davlat nazorati mulk huquqini cheklash, mulkdor
vakolatlarini erkin amalga oshirishiga to'sqinlik qilish hisobiga amalga
oshirilmasligi lozim. Tadbirkorlik subyektlariga o 'z pul mablag'larini
erkin faktik egalik qilish imkoniyatlari berilishi maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, egalik qilish huquqi turli ko'rinishlarda namoyon
bo'lishi mumkin. Hatto ijara kabi shartnomalarda mol-mulk ijarachi
53
egaligiga topshirilgan taqdirda ham mulkdomi egalik huquqining muayyan
elementi saqlanib qolmog‘i maqsadga muvofiqdir. Boshqacha aytganda,
mulkdor o ‘z mol-mulkidan foydalanish jarayonini va saqlanishini kuzatib
borish huquqi mavjud bo'ladi. Albatta, bunda mulkdor mol-mulkni ijarachi
tomonidan shartnoma asosida foydalanishga va bu bilan bog'liq faoliyatiga
halaqit bermasligi shart. Mulkdomi o 'z mol-mulki saqlanishi va undan
foydalanishi bo'yicha huquqi va uning mazmuni FKning mol-mulk ijarasi,
mol-mulkni ishonchli boshqarish kabi shartnomalami tartibga soluvchi
normalarida o 'z ifodasini topish maqsadga muvofiqdir. Bu mulk huquqi,
ayniqsa xususiy mulk huquqi mazmunini yanada boyitgan, mulkdor
vakolatlari doirasini kengaytirgan bo'lur edi.
Shuni ham unutmaslik lozimki, egalik qilish huquqini faqat moddiy
ashyolarga nisbatan qo'llash mumkin. Xususiy mulk obyektlari sifatida
fuqarolik muomalasida bo'ladigan intellektual mulk obyektlariga nisbatan
mulk huquqi emas, mutlaq huquqlar amal qiladi. Mutlaq huquqlar
mazmuni
FKning
1034-moddasida
belgilab
qo'yilgan
(FKning
17.01.2007-yildagi tahririda).
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga
tegishli mulkiy huquqlar, agar FKda yoki boshqa qonunda boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma
bo'yicha boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin,
shuningdek, bu mutlaq huquqlar meros bo'lib va yuridik shaxs-huquq
egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida o'tadi.
Ushbu belgilangan qoidaga ko'ra, intellektual mulk obyektiga
nisbatan mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar huquq egasi
tomonidan shartnoma bo'yicha boshqa shaxsga to'liq yoki qisman
o'tkazilishi mumkin. Bunda nazarda tutilgan huquqlar faqat mulkiy
xarakterga ega bo'ladi, shaxsiy huquqlarga nisbatan ushbu qoida taalluqli
emas. O'tkazilayotgan mulkiy huquqlar mutlaq huquqlardan kelib chiqishi
va faqat huquq egasiga tegishli bo'lishi shart. Mulkiy huquqlar deganda
intellektual mulk obyektidan shaxsan foydalanish yoki uni haq evaziga
foydalanishga berish bo'yicha huquq egasiga tegishli vakolatlar
tushuniladi. Mulkiy huquq to'liq o'tkazilganda huquq egasi bu
huquqlardan mahrum bo'ladi va u uchinchi shaxslarda vujudga keladi.
Mulkiy huquq qisman o'tkazilganda huquq egasi uning m a’lum qismini
o'zida saqlab qolib, qolgan qismini o'tkazadi. Mulkiy huquqlar faqat
shartnoma asosida o'tkaziladi. Shartnoma mulkiy huquq egasi va bu huquq
to'liq yoki qisman o'tkazilayotgan shaxs o'rtasida tuziladi. Bunday
shartnomalarga nisbatan agarda qonunlarda boshqacha tartib nazarda
54
tutilmagan bo ‘Isa, FKning 26-bobi (shartnoma tushunchasi va shartlari),
28-bobi (shartnomani o ‘zgartirish va bekor qilish) qoidalari qo‘llaniladi.
Shartnomada shartnoma tuzuvchi taraflar - intellektual mulk
obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi va mutlaq huquqdan vujudga
keluvchi mulkiy huquqlar o ‘ziga o ‘tkazilayotgan shaxs nomlari, agar
mutlaq huquq vakolatli davlat organi tomonidan intellektual mulk
obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i asosida vujudga
kelgan bo'lsa, ushbu yorliq nomi va qayd ro'yxati raqami, uning amal
qilishi muddati, o'tkazilayotgan mulkiy huquq mazmuni va hajmi, undan
foydalanish shartlari, muddati agar shartnoma haq baravariga tuzilayotgan
bo'lsa, to'lanadigan haq miqdori va to'lash tartibi, mulkiy huquq qisman
o'tkazilganda undan foydalanish ustidan huquq egasining nazorat qilish
bo'yicha vakolatlari, taraflaming boshqa huquq va majburiyatlari,
shartnoma shartlarini buzganlik uchun taraflaming javobgarligi va shu
kabilar ko'rsatilishi lozim. Shartnoma taraflar tomonidan imzolanib
tegishli shaklda rasmiylashtirilishi shart.
Shartnoma shakli turli intellektual mulk huquqi obyektlari uchun
turlicha bo'lishi qonunlarda belgilab qo'yilgan. Mualliflik huquqi
obyektlariga nisbatan mulkiy huquqlar o'tkazilganda shartnoma yozma
ravishda tuzilib, notarial guvohlantirilishi lozim. Mutlaq huquq vakolati
davlat organi tomonidan intellektual mulk huquqi obyektiga nisbatan
berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i (patent, guvohnoma) asosida vujudga
kelgan bo'lsa, bunda mulkiy huquqni o'tkazish haqidagi shartnoma yozma
tuzilib, notarial guvohlantirilib, vakolatli davlat idorasida ro'yxatdan
o'tkazilishi lozim. Ushbu qoida nou-xauga nisbatan ham amal kiladi. Aks
holda shartnoma haqiqiy sanalmaydi.
FKda va amaldagi qonunlarda ayrim intellektual mulk obyektlariga
nisbatan mutlaq huquqlardan kelib chiquvchi mulkiy huquqlami huquq
egasi tomonidan boshqa shaxslarga o'tkazish masalasida yuqoridagi
qoidalardan istisnolar mavjud. Masalan, FK 1109-moddasi 3-qismiga
asosan tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqini huquq egasi
tomonidan boshqa shaxsga berishga, uni boshqa shaxsga o'tkazish
haqidagi boshqa bitimlarga va uni litsenziya asosida foydalanish uchun
berishga yo 'l qo'yilmaydi.
FKning 1101-moddasida firma nomiga bo'lgan huquqni boshqa
shaxsga o'tkazish tartibi va shartlari belgilangan bo'lib, u yuqoridagi
umumiy qoidalardan farq qiladi. FKning 1105-moddasi 2-qismiga ko'ra,
tovar belgisiga bo'lgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi
haqida chalg'ishga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa, boshqa shaxsga
55
berilishiga yo‘l qo'yilmaydi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar meros tartibida
huquq egasi vafotidan keyin qonuniy merosxo‘rlarga yoki vasiyat asosida
boshqa shaxslarga o‘tadi. Bunda vujudga keladigan munosabatlarga
nisbatan FKning V ho'limida vorislik haqidagi belgilangan normalar
qo'llaniladi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar egasi
yuridik shaxs bo‘Isa, bunday yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda
(uni boshqa bir yuridik shaxs bilan qo‘shib yuborish, qo'shib olish,
bo'lish, ajralib chiqishi, ya’ni FKning 49-moddasida belgilangan hollarda)
mutlaq huquq huquqiy vorislik tartibida yangi tashkil etilgan yuridik
shaxsga o ‘tadi, qayta tashkil etishning bo‘lish, ajratib chiqarish hollarida
yangi vujudga kelgan yuridik shaxslaming qaysi biriga mutlaq huquq
o ‘tishi ulaming o ‘zaro kelishuvi asosida, bunday kelishuvga erishilmagan
taqdirda sud tomonidan belgilanadi.
Qonunda mulk huquqining o'zi yaxlit holda, shuningdek egalik qilish
huquqi alohida fuqarolik-huquqiy himoya obyekti bo'lishi mumkinligi
belgilab qo'yilgan. Uning eng klassik va an’anaviy shakli vindikatsion
da’vo hisoblanadi. Mulkdoming mulk huquqini himoya qilish vakolati
mulk huquqida alohida element tarzida FKning 164-moddasida belgilab
qo'yilgan. Shu sababli ham uni quyida ko'rib chiqamiz. Egalik qilish
huquqining o'zi ham alohida obyekt sifatida qaralganida mulkdor
fuqarolik-huquqiy himoyadan tashqari ma’muriy-huquqiy, jinoyat-huquqiy
himoya vositalaridan foydalanishi mumkin. Ayrim hollarda mulkdor o'zini
o'zi himoya usulidan foydalanib, o'z mol-mulkini o'z egaligiga
qaytarishga haqli (FKning 13-moddasida belgilangan asoslarda).
Xorijiy davlatlarda xususiy mulkdorlar o'z egalik huquqini qat’iy
qo'riqlash va muhofaza tizimidan foydalanadilar. Bunda uchinchi
shaxslami xususiy mulk obyekti doirasida bo'lish imkoniyatlari cheklanadi
(imoratlar, hovlilar baland devorlar bilan o'rab olinadi, kirish-chiqishga
xususiy qo'riqchilar nazorati asosida mulkdor ruxsati bilangina yo'l
qo'yiladi, binolar tashqarisi va ichkarisi maxsus videoqurilmalar orqali
kuzatib turiladi, xususiy mulk obyektiga kirish mumkin emasligi haqida
ogohlantirish yozuvlari qo'yiladi va h.k.). Albatta, xususiy mulk egasini
bunday choralami ko'rishi uni mulkdor sifatidagi vakolatlari doirasiga
kiradi. Biroq bunda uchinchi shaxslaming huquqlari va qonuniy
manfaatlariga putur etmasligi lozim.
Amalda mulkdomi mol-mulkka egalik qilish huquqiga daxl qiluvchi
bir holat bor: agar mulkdor mol-mulkni uzoq muddat qarovsiz qoldirsa, u
holda mulk huquqini bekor bo'lishiga olib kelishi mumkin (ko'char
56
mulkka - 5 yil, ko‘chmas mulkka - 15 yil). Qarovsiz qoldirish mulkdomi
mulkdor sifatidagi vakolatlaridan ushbu obyektga nisbatan hech qanday
foydalanmaslik, mulkdorlik tuyg‘ularini biron-bir tarzda namoyon
etmaslik, mulkdorlik vazifalarini bajarmaslik hisoblanadi. Huddi shu
sababli mulkdor mol-mulkini saqlash, unga faktik egalik holatida obyektga
nisbatan muayyan faol harakatlami sodir etishi, boshqa uchinchi
shaxslarga ham o'zining ushbu obyektga nisbatan mulkdor ekanligini
biron-bir tarzda namoyon etib turishi lozim.
Mulkdoming navbatdagi vakolati o'ziga tegishli mol-mulkdan
foydalanish hisoblanadi. Mol-mulkdan foydalanish - mulk huquqining
pirovard maqsadidir. Mol-mulk ham, mulk huquqi ham o'z-o'zicha
ahamiyatga ega emas, agar mulkdorga, insoniyatga uning foydali
xususiyatlari, muayyan manfaatini qanoatlantirish xossasi bo'lmasa.
Mulkdomi mol-mulkdan foydalanish vakolati mazmuni bo'yicha ham
adabiyotlarda juda ko'p fikr-mulohazalar mavjud. V.Ergashev mulkdomi
mol-mulkdan foydalanish huquqi ashyodan ishlab chiqarish yoki shaxsiy
iste’mol jarayonida uning foydali xususiyatlarini, ya’ni undan hosil,
mahsulot, daromad olishlikning yuridik ta’minlangan imkoniyatidir1 deb
hisoblaydi.
Mol-mulk obyektlari qanchalik ko'p va xilma-xil bo'lsa ulardan
foydalanish shakllari va usullari ham shunchalik rang-barang va xilma-
xildir. Ulaming barchasini tasvirlash va tafsiflashni imkoni yo'q, zero,
huquqiy jihatdan olganda bu unchalik ahamiyatga ham ega emas. Tashqi
namoyon bo'lishiga qarab mol-mulkdan foydalanishni quyidagicha
turkumlash mumkin:
- insonni biologik-jismoniy ehtiyojlari uchun ishlatiladigan shaxsiy
iste’mol tovarlari (oziq-ovqadar, kiyim kechaklar, dori-darmonlar va h.k.);
- kundalik hayotda, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishda qo'llaniladigan ashyolar (ishlab chiqarish qurollari va
vositalari, transport vositalari, mashinalar va mexanizmlar va h.k.);
- insonni ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga, shaxsni kamol
topishiga xizmat qiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar (fan, adabiyot,
san’at asarlari, shu jumladan, darsliklar, kitoblar va h.k.).
Mulk huquqi, shu jumladan, xususiy mulk huquqida mulkdoming
mol-mulkdan foydalanish vakolatlari unga mol-mulk obyektidan o ‘zi
hoxlagan tarzda foydalanish, iste’mol qilish va o'z ehtiyojlarini
1 V.Yo.Ergashev. Fuqarolar hususiy mulk huquqi vujudga kelish va bekor bo’lishning ilmiy-nazariy jihatlari: Yurid.
fan. nomz. dis. ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 20-b.
qanoatlantirish bo'yicha yuridik imkoniyatlar beradi va ulami amalga
oshirishni kafolatlaydi.
Ayni vaqtda mol-mulkdan o'zi hoxlagan tarzda foydalanish vakolati
umumiy qoida bo'lib uni mutlaqlashtirish yaramaydi. Ayrim mol-mulk
obyektlariga nisbatan foydalanish qoidalari mavjud. Ushbu qoidalar eng
avvalo
kishilar
hayoti,
sog'lig'i,
ekologik
havfsizlik,
ijtimoiy
manfaatlardan
kelib
chiqib
belgilangan
(masalan,
avtotransport
vositalaridan foydalanish, ba’zi mol-mulklardan faqat tayinlanish
maqsadlari va vazifalariga ko'ra foydalanish, tovardan foydalanish
qo'llanmalariga rioya qilish va h.k.).
Mol-mulkdan huquq-tartibot va axloq asoslariga nomuvofiq ravishda
g'ayritabiiy ehtiyojlar va mayl-xohishlami qanoatlantirish muayyan
holatlarda jinoyat yoxud ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Ayrim mol-mulklardan foydalanish jarayoni ustidan davlat nazorati
belgilab qo'yilgan (yong'in xavfsizligi nazorati, sanitariya xavfsizligi
nazorati va h.k.).
Mulkdor mol-mulkdan foydalanish tartibi, usuli, shakllarini
belgilashda va amalga oshirishda yuqoridagi holati ami hisobga olmog'i
lozim.
Tadbirkorlik sohasida qo'llaniladigan mol-mulklar ba’zi holatlarda
tegishli hujjatlarda (buxgalteriya va moliyaviy hujjatlarda) qayd etib
boriladi.
Mulkdomi o'z mol-mulkidan foydalanish huquqi uning tomonidan
yoxud u tomonidan tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik kerakki, qonunda uchinchi
shaxslaming mulkdor xohishidan qat’iy nazar uning mol-mulkidan
foydalanish huquqi belgilab qo'yilgan holatlar ham mavjud (masalan,
servitut, voyaga yetmagan farzandlami o'z ota-onasidan ta’minot olish va
ulami turar-joyidan foydalanish huquqi va h.k.).
Mol-mulkdan foydalanishda huquqiy normalar bilan birga - axloq-
odob normalari ham qo'llaniladi. Masalan, mulkdor mol-mulkdan tejab-
tergab, isrofgarchilikka yo'l qo'ymasdan foydalanishi lozim.
Ayni paytda mulkdorga o'z xususiy mulkidan foydalanishda har xil
sun’iy to'siqlar qo'yilmasligi shart. Masalan, fuqaro M. “Svetliy” va
“Temniy” nomli pivo navlarini yaratib patent olgan va ulami xususiy
korxonasida ishlab chiqarmoqchi bo'lgan. Garchi pivo navlariga olingan
patentlar xususiy korxona buxgalteriya balansining nomoddiy aktivlar
bo'limida qayd etilgan va patent egasi bilan xususiy korxona egasi bir
shaxs ekanligiga qaramasdan soliq idoralari ushbu pivo navlarini ishlab
58
chiqarish uchun patent egasi va korxona egasi o'rtasida litsenziya
shartnomasi tuzishni talab etishgan. Faqat ma’muriy tartibda shikoyat
qilingandan keyin soliq idorasini g ‘ayriqonuniy talablari bekor qilingan.
Mulkdoming o ‘z mol-mulkiga'nisbatan uchinchi vakolati bo‘lib mol-
mulkni tasarmf qilish huquqi hisoblanadi. Mol-mulkni tasarruf etish
huquqi mulkdoming o‘z xohishi bilan va o ‘z manfaatlarini ko‘zlab
ashyoning taqdirini belgilashning yuridik ta’minlangan imkoniyati bo‘lib,
ashyoga nisbatan turli xil yuridik aktlami sodir etish orqali amalga
oshiriladi1.
Mulkdor tomonidan mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha yuridik xatti-
harakatlami oqibatiari bo'yicha quyidagicha turkumlash mumkin:
a) mulkdor tomonidan mulk huquqini o'zidan begonalashtirish
bo'yicha harakatlar (sotish, hadya, renta, hayr-ehson va boshqa shu kabi
shartnomalar va bitimlar tuzish orqali);
b) mulk huquqini o'zida saqlab qolgan holda mol-mulkni boshqa
shaxslarga foydalanishga berish (masalan, ijaraga berish);
v) mol-mulkni qayta ishlash, uni boshqa turdagi mol-mulkka
o'zgartirish (masalan, bog' yoki tomorqa o'miga turar-joy binolari qurish
yoxud aksincha);
g) mol-mulkni yo'q qilib tashlash.
Fuqarolami o'z xususiy mol-mulklarini tasarruf etish tartibi nisbatan
sodda bo'lib u mulkdor tomonida tez va oson amalga oshiriladi va bunda
muayyan yuridik rasmiyatchiliklarga rioya etish talab etilmaydi (ko'chmas
mulk obyektlari, avtotransport vositalari va shu kabilar bundan mustasno).
Xo'jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo'lgan xususiy mulk
obyektlarini tasarruf etishning muayyan yuridik protseduralari mavjud.
Bunda eng avvalo, yuridik shaxsning tegishli vakolatli organi bu haqda
qaror qiladi, u qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtiriladi, buxgalteriya
va moliya hujjatlarida rasmiylashtiriladi. Ushbu tartibni buzilishi mol-
mulkni tasarruf etish bo'yicha yuridik harakatlami haqiqiy sanalmasligiga
yoki bekor qilinishiga sabab bo'ladi. Shunga qaramasdan xususiy mulk
obyektlarini tasarruf qilish tartibi ommaviy mulk obyektlariga nisbatan
soddaroq deb aytish mumkin.
Biroq shunga qaramay xususiy mulkdorlar tomonidan o'z mol-
mulklarini tasarmf etish tartibini yanada soddalashtirish, bu borada
muayyan erkinlashtirish tadbirlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.
Masalan, yuridik shaxslarda mol-mulkni hisobdan chiqarish tartibi ancha
1 Ergashev V. Fuqarolar hususiy mulk huquqi vujudga kelish va bekor bo’lishning ilmiy-nazariy jihatlari: Yurid. fan.
nomz. dis. ...Avtoref. -Toshkent: 2005. 20-b.
59
murakkab. Agarda mol-mulkni amortizatsiya muddati tugamagan bo Isa,
uni hisobdan chiqarish uchun maxsus dalolatnomalar, komissiyalar tuzish
talab etiladi.
Shu sababli ko'p korxonalarda garchi mol-mulk
foydalanishga yaroqsiz bo'lsa ham balansdan o'chirilmaydi. Bu esa
korxonalaming moddiy aktivlari to'g'risida noto'g'ri ma’lumotlami
berilishiga sabab bo'ladi.
Xususiy mulkdor - yuridik shaxslar mebel vositalarini yaroqsizligi
sababli hisobdan chiqarganda u о 'tin huquqiy rejimiga o'tadi,
avtotransport vositalari, mashinalar va mexanizmlar esa metalolom
huquqiy rejimiga o'tadi. Ushbu hollarda o'ziga xos byurokratik
rasmiyatchiliklarga rioya etish talab etiladi. Bunday hollar esa tadbirkorlik
muomalasida xususiy mulk obyektlaridan samarali foydalanish jarayoniga
to'sqinlik qiladi, xususiy mulkdorlar imkoniyatlarini jiddiy cheklaydi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlaming pul mablag'laridan foydalanish,
qimmatbaho qog'ozlami tasarruf qilish sohasini ham erkinlashtirish va
soddalashtirish imkoniyatlari mavjud. Moliya vazirligi va Markaziy
bankning bu sohadagi talay yo'riqnomalari qayta ko'rib chiqilishi va bekor
qilinishi lozim.
Xususiy mulkning alohida turlarini tasarruf qilish tartibidan tashqari,
xususiy mulk subyektlari tarkibi bo'yicha ham tasarruf etishda o'ziga
xosliklar mavjud. Yuqorida ulaming ichida eng sodda tartib fuqarolar
xususiy mulkini tasarruf etish tartibi ekanligi aytilgan edi.
Agar mol-mulk obyektiga nisbatan bir necha mulkdorlar mavjud
bo'lsa bunday mulk umumiy mol-mulk hisoblanadi. FKning 218-
moddasida umumiy ulushli mol-mulkni tasarruf etish va 225-moddasida
esa, umumiy birgalikdagi mol-mulkni tasarruf etish tartibi belgilab
qo'yilgan.
Xususiy korxona va uning bir ko'rinishi bo'lgan fermer xo'jaligi
mol-mulki asosida yakka shaxsning mol-mulki yotadi. To'g'ri, “Xususiy
korxona to'g'risida”1gi Qonunning 12-moddasi, “Fermer xo'jaligi
to'g'risida”2gi
Qonunning
18-moddasiga
asosan
ustav
fondini
shakllantirishda xususiy korxona mulkdori (fermer) o'z oila a’zolarining
umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni barcha
mulkdorlami notarial tasdiqlangan roziligi asosida ustav fondiga kiritishi
mumkin. Biroq “Xususiy korxona to 'g ‘risida”gi Qonunda (14-modda)
xususiy korxona yakka boshqarilishi, xususiy korxona rahbari korxona
mol-mulkini yakka o'zi tasarruf etishi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |