To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

6 Земельный кодекс РФ.
ГК Казахстана.
8 Земельный Кодекс РФ. 23-статья.
127


0 ‘rganishlar  asosida  shunday  xulosaga  keldikki,  davlat  yerga 
nisbatan  mulkdorlik  vakolatidan  voz  kechishi  lozim.  Yerga  nisbatan 
xususiy  mulk  huquqining  joriy  etilishi  sekin-astalik  bilan  amalga 
oshirilishi  lozim  bo‘lgan  jarayon  va  kelajakda  yerga  nisbatan  xususiy 
mulkchilikning joriy etilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi.
Yer  osti  boyliklari  Konstitutsiyaning  55-moddasi  va  2002-yil  13- 
dekabrdagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
“Yer 
osti 
boyliklari 
to'g'risida’^gi 
qonuni 
4-moddasiga 
muvofiq, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining  mulki  hisoblanadi  hamda  ulardan  oqilona  foydalanish 
zarur bo‘lib, ular davlat muhofazasiga olingan.
S.S.Hamroev  yer  va  yer  osti  boyliklarining  fuqarolik  huquqining 
predmeti sifatidagi huquqiy maqomini quyidagilarda ko‘radi:
1) 
yer va yer osti boyliklari Respublika mulki hisoblanadi;
2)  ushbu  mulk  huquqining  subyekti,  ya’ni  mulkdori  faqat 
0 ‘zbekiston Respublikasi davlati bo‘la oladi;
3)  yer  va  yer  osti  boyliklari  ashyoviy  huquq  predmeti  hisoblanadi, 
ya’ni servitutlar berish orqali ulami foydalanishga topshirish mumkin;
4)  yer va yer osti  boyliklari ko'chmas  mulklar tarkibiga kiritilgan  va 
ko'chmas mulklami tartibga soluvchi normalar ularga ham tatbiq etiladi2.
Darhaqiqat,  yer  osti  boyliklarining  yagona  mulkdori  davlat 
hisoblanadi.  Shu  o'rinda  yer  osti  boyliklarining  qayta  ishlanganidan 
keyingi  tayyor  xom  ashyo  holatiga  nisbatan  bunday  qoidalar 
qo'llanilmasligini  aytib  o'tish  zarur.  Zero,  yer osti  boyliklari  qazib  olinib, 
tovar  sifatida  sotilganidan  so'ng,  u  yer  osti  tabiiy  boyligi  emas,  balki 
odatdagi ashyo hisoblanadi va har kim tomonidan xarid qilinishi natijasida 
xususiy mulk huquqining obyekti sanaladi.
Ma’lumki, 
tabiiy 
resurslar  qayta  tiklanmaydigan 
ne’matlar 
hisoblanadi.  Shunday  ekan,  davlat  ularga  nisbatan  xususiy  mulkchilikni 
belgilamasdan,  ulardan  xalq  manfaatlari  yo'lida  foydalanishni  asosiy 
maqsad qilib qo'ygan.
Yer  osti  boyliklariga  nisbatan  mulk  huquqi  faqat  davlatga  tegishli 
bo'lganligi  sababli,  fuqarolik  huquqining  boshqa  subyektlari  yer  osti 
boyliklariga  nisbatan  xuddi  yerga  nisbatan  bo'lgani  kabi  ashyoviy 
huquqlarga ega bo'ladilar.
Shu  o'rinda  yer  osti  boyliklariga  nisbatan  mulk  huquqiga  doir
S.S.Hamroevning  fikri  bahsli  ekanligini  aytib  o'tish  joiz.  Uning
1 O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, №1, 5-modda.
2  Хамраев  C.C.  Гражданско-правовые  проблемы  концессионной  деятельности  и  регламентация  договора  в 
Республике Узбекистан: Автореф. дис.  ...канд. юрид. наук. -Тошкент:  1999. -15 с.
128


ta’kidlashicha,  hozirgi  vaqtda  xalq  va  millatlaming  mamlakatdagi  tabiiy 
boyliklarga  va  xususan  yer  osti  boyliklariga,  ulaming  manbalariga  egalik 
qilish,  ulardan  foydalanish  va  ulami  tasarruf  etish  huquqiga  har  bir 
mamlakat  suverenitetining  ajralmas  qismi  sifatida  qaralmoqda.  Mazkur 
qoida  bugunga  kelib  keng jamoatchilik  tomonidan  e’tirof etilgan  xalqaro 
normaga aylandi.
Shunday qilib, yer osti boyliklariga xususiy mulk sifatida ham, davlat 
mulki  sifatida  ham  egalik  qilish  mumkin1.  Yer  osti  boyliklariga
S.S.Hamroev  ta’kidlaganidek2,  xususiy  mulk  sifatida  egalik  qilib 
bo‘lmaydi.  Zero,  yer  osti  boyliklarini  tartibga  soluvchi  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  qonun  hujjatlari  yer  osti  boyliklariga  nisbatan  qat’iy 
ravishda davlatning mutlaq mulk huquqini mustahkamlaydi.
Davlat  mulkining  obyektlari  doirasi  xilma-xil  va  ko‘pligini  hisobga 
olib va mazkur mavzu doirasidagina ulami ifodalashning imkoni yo'qligini 
nazarda  tutib,  biz  faqat  davlat  mulki  tarkibidan  chiqarilishi  va 
xususiylashtirilish  mumkin  bo'lmagan  mol-mulklar  ro'yxati  mavjudligini 
ta’kidlab  o'tishimiz  mumkin.  Aynan  mana  shu  ro‘yxatda  belgilangan 
obyektlar ham davlatning mutlaq mulk huquqi obyektlari sanaladi.
Shu  bilan  birga,  davlat  mulkining  bir  ko‘rinishi  bo‘lgan  munitsipal 
mulk  xususida  ham  to‘xtalib  o ‘tish  lozim.  O'zbekiston  Respublikasi 
Fuqarolik  kodeksining  215-moddasiga  muvofiq,  davlat  hokimiyati 
mahalliy  organlarining  mol-mulki,  mahalliy  byudjet  mablag‘lari, 
munitsipal uy-joy fondi, kommunal xo'jalik,  korxonalar va boshqa mulkiy 
komplekslar,  xalq  ta’limi,  madaniyat,  sog'liqni  saqlash  muassasalari, 
shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo'ladi.
Munitsipal  mulk  bo'lgan  mol-mulkni  agar  qonun  hujjatlarida 
boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  davlat  hokimiyati  mahalliy 
organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar.
Shu  o'rinda  hozirgi  kunda  davlat  mulkining  ikki  ko'rinishi 
hisoblangan  Respublika  mulki  va  munitsipal  mulkning  o'zaro  nisbati, 
ulami  biridan  ikkinchisini  ajratib  turuvchi  mezonlar  mavjud  emasligini 
ta’kidlab o'tish joiz.
H.Rahmonqulovning  fikricha,  amaliyot  shuni  ko'rsatadiki,  FKda 
Respublika  mulki  va  munitsipal  mulk  subyektlaming  o ‘zlariga  tegishli 
mulkni  egallash,  foydalanish  va  tasarruf  etish  vakolatlaridagi  farqlar
1  Hamroev  S.S.  Yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  va  muhofaza  qilishni  huquqiy  tartibga  solish  muammolari.  -  
Toshkent:  TDYI,2003.-57 b.
2 Ajablanarli jihati shundaki, S.S.Hamroev o’zining ushbu fikrlarini asoslantirishga harakat qilmagan. Qarang: Hamroev 
S.S.  Yer  osti  boyliklaridan  foydalanish  va  muhofaza  qilishni  huquqiy  tartibga  solish  muammolari.  -Toshkent: 
TDYI,2003.-B.45-71.
129


belgilanmagan,  davlat  mulk  huquqini  bir  subyektdan  ikkinchi  subyektga 
o ‘tkazishning  belgilangan  tartibi  va  aniq  shartlari  mavjud  emas,  bu  esa 
ulaming  mulk  huquqi  subyekti  sifatidagi  o ‘z  mulkiy  huquqlariga 
befarqliklami  vujudga  keltirmoqda.  Bu,  ayniqsa,  mulkni  davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishda  o ‘z  echimini  kutayotgan 
muhim  masaladir.  Zero,  aynan  shu  jarayonda  davlat  mol-mulki  kimga 
tegishli ekanligini aniqlash zarurdir1.
Darhaqiqat,  hozirgi  kunda  mamlakatimizda  Respublika  mulki  va 
munitsipal mulk subyektlari vakolatlarini farqlovchi chegara mavjud emas. 
To‘g ‘ri,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1992-yil  29- 
iyuldagi  №355-sonli  “0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mulkini 
Respublika  va  ma’muriy-hududiy  tuzilmalaming  mulkiga  (kommunal 
mulkka)  bo‘lish  tartibini  tasdiqlash  to‘g ‘risida”2gi  Qarori  va  unga  ilova 
qilingan  “0 ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mulkini  Respublika  va 
ma’muriy-hududiy  tuzilmalaming  mulkiga  (kommunal  mulkka)  bo‘lish 
Tartibi”  Respublika  mulki  va  munitsipal  mulkni  bir-biridan  ajratuvchi 
holatlami normalasa-da,  bu jarayonni  aniq ifoda etmaydi  va to'liq  qamrab 
olmaydi.  Ushbu  tartibda  O ‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mulkini 
Respublika  va  ma’muriy-hududiy  tuzilmalaming  mulkiga  bo‘lish  mol- 
mulkni  0 ‘zbekiston  Respublikasining  balansidan  Qoraqalpog'iston 
Respublikasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining balansiga bepul 
o'tkazish asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Bunday  bo'lish  vaqtida  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  viloyatlar 
hokimligi,  Toshkent  shahar  hokimligi  va  boshqa  ma’muriy-hududiy 
tuzilmalar  balansida  bo'lgan  mol-mulk  nizosiz  tartibda  ulaming  mulkiga 
aylanadi.
Bunda  masalaning  echimiga  doir  bir  qancha  ijobiy  jihatlar  mavjud, 
biroq  mulkni  topshirish  jarayoni  bu  o'rinda  muhim  holat  hisoblanadi. 
Zero,  busiz  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlari  o'z-o'zidan  mol- 
mulkning 
(hattoki 
o'z 
balanslaridagi 
mol-mulkning) 
mulkdori 
bo'lmaydilar3.
Shu  sababli  hozirgi  kunda  Respublika  mulki  va  munitsipal  mulkni 
bir-biridan ajratib tumvchi huquqiy  qoidalami belgilaydigan qonun hujjati 
zarur.
3  Рахманкулов  X.  Законодательные  источники  гражданского  права  РУз  и  задача  по  их  совершенствование  / 
Бозор  иктисодиёти  шароитида  савдо  муносабатларини  хуку кий  таъминлаш  муаммолари  мавзусидаги 
конференция материаллари туплами. -Тошкент:  ТДЮИ, -10 б.
2 //O ’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami,  1992 yil, №7, 20-modda.
3  Те  А.,  Рахманкулов  М.,  Убайдуллаев  3.  Вопросы  правосубъектности  в  законодательстве  о  государственной 
собственности. Книга «Право и рынок: теоретические проблемы развития». -Тошкент:  Фан,  1994. -27 с.
130



Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish