barcha xatti-harakatlami belgilab berishi va o'z erk-irodasi bilan uni
istagan tomonga olishi bilan ifodalanadi.
M.B.Usmonov qat’iy ravishda yer xususiy mulkning predmeti
bo'lishi mumkin emas, - deb hisoblaydi va o'z fikrlarini insoniylik, axloq
va ijtimoiy muhofaza, kelajak avlod oldidagi mas’uliyat, yeming ekologik
holati hamda uning bebaho ne’mat ekanligi, odamlar mehnatining mahsuli
emasligi bilan asoslaydi1.
Garchi M.B.Usmonov yerga nisbatan xususiy mulk huquqini joriy
etishning salbiy jihatlarini isbotlashga qator asosli dalillar orqali harakat
qilgan bo‘lsa-da, fikrimizcha, yerga nisbatan xususiy mulkchilikning joriy
etilmasligini bu tahlit qat’iy inkor etish maqsadga muvofiq emas. Yerga
nisbatan xususiy mulkchilikning belgilanishi yuqorida ta’kidlaganimizdek,
rivojlangan bozor sharoitining zaruriy shartlaridan biri sifatida amalga
oshirilishi mumkin. Bu holatni rivojlangan mamlakatlar amaliyotida ham
kuzatishimiz mumkin. Masalan, Germaniya2, Fransiya3, Yaponiya4,
Angliya5 va boshqa ko'plab davlatlarda yerga nisbatan xususiy mulk
belgilangan. Yerga nisbatan xususiy mulkchilik MDH davlatlaridan RF6,
Qozog'iston7 va boshqa bir qator davlatlarda mavjud.
Shu munosabat bilan yerga nisbatan xususiy mulk huquqining joriy
etilishi sekin-astalik bilan amalga oshirilishi lozim bo'lgan jarayon, degan
xulosaga kelish mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Yer kodeksining 16-moddasi yerga
nisbatan fuqarolik muomalasini inkor etadi va faqat qonunlarda ko'zda
tutilgan hollar bundan mustasnoligini belgilaydi hamda bunday qoidani yer
davlatning mulki ekanligi bilan asoslaydi. Darhaqiqat, yeming mulkdori
davlat bo'lgach, o'zga subyektlar, ya’ni yerga nisbatan mulk huquqiga ega
bo'lmagan fuqarolar va yuridik shaxslar tasarruf etish huquqiga ega
bo'lmaganliklari uchun yeming fuqarolik muomalasidagi ishtiroki
yuzasidan hech qanday topshiriq berishga ham haqli emaslar.
Rossiya Federasiyasida esa, yer fuqarolik muomalasining obyekti
hisoblanadi8. Zero, yerga nisbatan belgilangan xususiy mulkchilik yeming
fuqarolik muomalasidagi harakatini ta’minlaydi.
1 Usmonov M. Yer va qonun. -Toshkent: Adolat, 1994. -B.14-18.
2 Германский Гражданские Уложение.
3 Французский Гражданский Кодекс. -М.: Юр. из. дат. 1941.
4 Yaponiya Fuqarolik kodeksi. The civil Code Japan. Ehs law bulletin series. Ehs vol. П. Tokyo. Eibun-Horei-Sha. Inc.
2001
.
5 Английский свод гражданских законов.
Do'stlaringiz bilan baham: