To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

\  munosabatlaridagi  monopoliyaga  barham  berish  va  iqtisodiyotda  ko'p 
|  ukladli  sog'lom raqobatga  asoslangan  ishlab  chiqarishni  yo'lga  qo'yishga
•  erishish  eng  asosiy  vazifalardan  biri  edi.  O'zbekistonda  mulkni  davlat 
j f  
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishga  yondashuvning  muhim 
j  xususiyati  -   uni  dasturlar  asosida  bosqichma-bosqich  amalga  oshirishdan 
;■  iborat2ligidadir.

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning
I  dastlabki  bosqichida,  davlatga  tegishli  bo'lgan  uy-joylar  shu  uylarda 
,  ijarada  turuvchilarga  xususiylashtirilib  berildi  hamda  mayda  maishiy 
xizmat ko'rsatish korxonalari savdoga qo'yildi.
Garchi hozirgi kunda xususiylashtirishning  uchinchi bosqichi davom 
etayotgan  bo'lsa-da,  mazkur  munosabatlami  takomillashtirish  zaruriyati 
yuzaga  kelmoqda.  Bu  holat,  ayniqsa,  xususiylashtirish jarayonida  xorijiy 
investorlaming  ishtiroki  masalasida  yaqqol  sezilmoqda.  Nazarimizda,  shu 
;  munosabat  bilan  xususiylashtirishda  ishtirok  etish  istagidagi  xorijiy 

investorlarga 
imtiyoz 
va 
kafolatlar 
berish, 
shu 
bilan 
birga, 
|  xususiylashtirishni  amalga  oshirayotgan  davlat  organlarining  bu  boradagi 
f  huquqlari  va  vakolatlari  aniq  ko'rsatilishi  zarur.  Ko'pchilik  mutaxassislar 
!  ta’kidlaganlaridek,  hozirgi  kunda  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
s  xususiylashtirish  tp‘g'risida”gi  qonunni  yangi  tahrirda  qabul  qilish 
|  lozimligiga biz ham qo'shilamiz.
I 
Amaldagi  qonun  hujjatlarida  va  yuridik  adabiyotlarda  “davlat  mulk
;  huquqi”  tushunchasi  iborasi  uchramaydi.  Davlat  mulkini  tadqiq  etgan 
;  deyarli  barcha  yuridik  adabiyotlarda  davlat  mulkining  zamriyati,  davlat 
1  mulkining  subyektlari  va  obyektlari  hamda  boshqa  holatlar  yoritilsa-da,
'  aynan  davlat  mulk  huquqi  tushunchasi  (aynan  tushunchasi  yoki  ta’rifi 
berilmaydi)  bayon  etilmaydi.  Nazarimizda,  davlat  mulk  huquqi
1 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo’lida. -Toshkent: O ’zbekiston,  1995. -44 b.
2  Alimov  P.,  Mansurov  S.  Mulkni  davlat  tasarruiidan  chiqarish  va  hususiylashtirish  /   O'zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi -  fuqarolik jamiyati  va  huquqiy davlatni  shakllantirishning  asosi:  Ilmiy-amaliy  anjuman  materiallari- 
Toshkent: TDYI, 2003. -B.280-281.
121


tushunchasiga  ta’rif  mulk  huquqiga  berilgan  ta’rifdan  kelib  chiqadi  va 
shuning uchun ham alohida tadqiq etilmaydi.
FKning  164-moddasiga  muvofiq,  mulk  huquqi  shaxsning  o'ziga 
qarashli mol-mulkka o'z  xohishi  bilan va o'z  manfaatlarini ko'zlab  egalik 
qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf etish,  shuningdek  o'zining  mulk 
huquqini,  kim  tomonidan  bo'lmasin,  har  qanday  buzishni  bartaraf etishni 
talab  qilish  huquqidan  iborat.  Ushbu  ta’rifdan  kelib  chiqib,  davlat  mulk 
huquqi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

davlat  mulk  huquqi  qonun  hujjatlari  asosida  davlatga  qarashli 
bo'lgan  mol-mulkka  davlat  organlarining  va  davlat  tomonidan  tuzilgan 
yuridik  shaxslaming  aniq  yo'naltirilgan,  oldindan  belgilab  qo'yilgan 
maqsadni ko'zlab egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf tasarruf 
etishi  hamda  davlat mulk  huquqini  kim tomonidan bo'lmasin,  har  qanday 
buzishni  bartaraf etishni  talab  qilish huquqidan  iborat.  Garchi  ushbu  ta’rif 
amaliy  jihatdan  uncha  ahamiyatli  hisoblanmasa-da,  nazariy  va  ilmiy 
jihatdan  muayyan  ma’no  kasb  etadi.  Zero,  tushuncha  va  iboralaming 
ta’riflanishi  ulaming  ma’lum  ma’noda  bir-biridan  farqlanishiga  yordam 
beradi.
Davlat  mulki  ham  boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat 
(qonun)  himoyasidadir  (O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  53- 
moddasi  2-qismi).  Davlat  mulkining  himoyalanganligini  uning  boshqa 
mulk  shakllari  kabi  bir  xil  huquqiy  maqomga  ega  ekanligida  ko'rish 
mumkin.  Zero,  davlat  mulkdor  sifatida  o'z  mulkining  daxlsizligini  o'ziga 
qarshi  turgan  barcha  subyektlaming  mulk  huquqini  buzishdan  o'zlarini 
saqlashlarini talab qilish huquqiga ega bo'ladi.
Umumiy  qoidaga  ko'ra,  har  qanday  mulk  shaklining  huquqiy 
maqomi  mazkur  mulkning  obyekti  va  subyekti  orqali  ifodalanadi.  Davlat 
mulk  huquqining  maqomi  ham  davlat  mulk  huquqining  subyektlari  va 
obyektlari orqali aniqlanadi.
Davlat  mulkining  mulkdori,  ya’ni  subyekti  umume’tirof  etilgan 
qoidaga  ko'ra,  shu  davlatning  xalqi  hisoblanadi,  shu  jumladan, 
O'zbekiston  Respublikasi  mulkining  mulkdori  ham  Respublika  xalqidir. 
Zero, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida o'zining ushbu 
huquqini  (Ya’ni,  mulk  huquqini)  davlat  hokimiyatiga  beradi  va  u  orqali 
amalga oshiradi.  Bu holat davlatning mulkdorga tegishli barcha vakolatlar
-  egallash,  foydalanish  va tasarruf etishga ega bo'lishini  hamda  davlat bu 
vakolatlardan  omma  manfaatlari 
yo'lida  foydalanishi  lozimligini 
ifodalaydi.
122



FKning  214-moddasi  2-qismiga  muvofiq,  Respublika  mulki  bo'lgan
I  mol-mulkni 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisi, 
O'zbekiston 
j  Respubliksi  Prezidenti,  O'zbekiston  Respublikasi  Hukumati  yoki  ular 
|  maxsus  vakil  qilgan  organlar,  agar  qonunda  boshqacha  tartib  nazarda 
tutilgan bo'lmasa, tasarruf qiladilar.

Sobiq  Ittifoq  davrida  davlat  mulkining  bitta  va  yagona  mulkdori
[  Sovet  davlati  hisoblanardi.  Zero,  davlat  mulki  bo'linmas  va  yagona  fond 
j  (jamg'arma)  ni  tashkil  etar  va  bu  fondning  yagona  mulkdori  ham  davlat 
’  hisoblanardi.  Garchi  davlat  mulkini  boshqarishni  amalga  oshiruvchi 
maxsus  organlar  mavjud  bo'lsa-da,  sobiq  Ittifoq  davridagi  mulkning  bu 
'  darajada 
markazlashuvi 
va 
mulkdoming 
bunday 
ko'rinishda 
;  mavhumlashtirilishi  mulkka  nisbatan  mutlaqo  noto'g'ri  yondashuv  edi. 
Zero,  davlat  mulkining  xo'jasizlikka  uchrashiga  va  talon-taroj  bo'lishiga 
aynan  shu omillar  sabab  bo'ldi.  To'g'ri,  davlat mulki har doim yagona va 
bo'linmas  fond  (byudjet,  davlat  zahirasi,  davlatning  asosiy  va  aylanma 
mablag 'larining  majmui)  ga  birlashtirilgan  (hozirgi  kunda  O'zbekistonda 
ham shunday) va bunday birlashuv o'zini oqlagan1.
Davlat  mulkini  tasarruf  etishda  yuqorida  sanab  o'tilgan  davlat 
organlari  qonun  hujjatlarida  belgilab  qo'yilgan  o'z  vakolatlari  doirasida 
faoliyat yuritadilar.
Ma’lumki,  fuqarolik  huquqining  obyektlari  muomalada  bo'lishiga 
ko'ra:  fuqarolik muomalasidan  chiqarilgan  obyektlar,  muomalada bo'lishi 
cheklangan  obyektlar  va  fuqarolik  muomalasidagi  obyektlarga  bo'linadi. 
Lekin  obyektlaming  bunday  harakat  asosida  subyektga  tegishli  bo'lishi 
holati  davlatga  taalluqli  bo'lmaydi.  Obyektning  muomalada  erkin 
harakatda  bo'lishi  yoki  uning  harakati  cheklanganligi  yoxud  harakatdan 
!  chiqarilganligidan  qat’iy  nazar,  davlat  mulki  bo'ladi.  Buni  quyidagicha

  asoslash mumkin:
1)  fuqarolik  huquqi  obyektlarining  muomalada  bo'lishi,  cheklanishi 
j>
  yoki muomaladan chiqarilishini davlat va uning organlari belgilaydi;
2)  obyektlaming  muomalada  bo'lishi  davlat  tomonidan  muayyan 
maqsadlarda  (umumxalq  manfaatlarini  ko'zlab)  cheklab  qo'yiladi  yoki 
muomaladan 
chiqariladi. 
Masalan, 
o'qotar 
qurollar, 
portlovchi 
moddalaming  erkin  fuqarolik  muomalasidan  chiqarilishi  aholining  va 
fuqarolaming xavfsizligini o'ylab amalga oshirilgan bo'lsa, ov miltig'ining 
harakati  cheklanishi  (tegishli  ruxsatnoma  asosida  harakatda  bo'lishi) 
bunday  ashyoga  egalik  qilishdan  oldin  maxsus  xavfsizlik  choralarini
1  Mulkdor  bir  shaxs  (davlat)  bo’lganidan  so’ng  unga  tegishli  mulk  ham  umumiy  ma’noda  birlashtirilish,  yagona  va 
boshqarilishda oson  va qulay  holatga keltirilishi  zarur.  Shu  ma’noda  davlat  mulkining  yagona va bo’linmas  fonddan 
iborat bo’lishi mantiqiy asosga ega.
123


o'rgatish  va  obyektdan  qanday  foydalanish  lozimligini  mulkdorga 
tushuntirish uchun amalga oshiriladi;
3)  davlat  tabiat  tomonidan  ato  etilgan  yoki  inson  mehnati  bilan 
yaratilgan  har qanday  moddiy  ne’matlar  (ashyolar)  ning  yagona va  yakka 
mulkdori  sifatida  ulaming  jamiyatdagi  kishilar  o'rtasidagi  taqsimoti  va 
harakatlanishini nazorat qiladi;
4)  fuqarolik  muomalasidan  qat’iy  nazar,  obyektning  davlat  mulki 
bo'lishi  holati  davlatning  xalq  hokimiyatini  amalga  oshiravchi 
subyektliligi bilan xarakterlanadi.
Ushbu qoidalar faqatgina Respublika mulki  obyektlariga taalluqlidir. 
Umumiy  qoidaga  ko'ra,  davlat  mulki  Respublika  mulki  va  ma’muriy- 
hududiy  tuzilmalar  mulkidan  iborat  bo'ladi.  Lekin  ko'pchilikning 
tasavvurida  davlat  mulki  deganda,  odatda,  Respublika  mulki  tushuniladi. 
Zero,  davlat  mulki  xususiy  mulkka  qaraganda  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 
ekanligi  bilan  ajralib  turadi1  hamda  davlat  mulki  obyektlarining  doirasi 
aynan ijtimoiylik asosida aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi va FKning 
214-moddasiga  muvofiq,  yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  havo  bo'shlig'i, 
o'simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa  tabiiy  boyliklar,  davlat 
hokimiyati  va  boshqaravi  respublika  organlarining  mol-mulki,  davlat 
ahamiyatiga  ega  bo'lgan  madaniy  va  tarixiy  boyliklar,  respublika 
byudjetining  mablag'lari,  oltin  zahirasi,  davlatning  valyuta  fondi  va 
boshqa  fondlari  respublika  mulkidir,  shuningdek  korxonalar  va  boshka 
mulkiy  komplekslar,  o'quv,  ilmiy,  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  va 
tashkilotlari,  intellektual  faoliyat  natijalari,  basharti  bular  byudjet  yoki 
davlatning  o'zga  mablag'lari  hisobidan  yaratilgan  yoki  sotib  olingan 
bo'lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo'lishi mumkin.
Sh.M.Asyanovning  ta’kidlashicha,  davlat  mulki  obyektlari  bo'lib... 
mamlakat  milliy  boyligining  asosini  tashkil  etuvchi  obyektlar  e’tirof 
etiladi2.  Darhaqiqat,  davlat  mulki  obyektlari  aynan  ulaming  milliy  boylik 
ekanligi  bilan  ifodalanadi.  Barcha  makon  va  zamonlarda,  har  qanday 
davlat mulkining birlamchi va asosiy obyekti shu davlatga tegishli hududni 
tashkil  etadigan  yer  maydoni,  tabiiy  boyliklar,  turli  ma’danlar  va 
qimmatbaho  toshlami  qazib  olish  bilan  shug'ullanadigan  konlar,  shu 
davlat  hududidan  oqib  o'tuvchi  daryolar,  o'simlik  va  hayvonot  dunyosi, 
bir  so'z  bilan  aytganda,  tabiiy  boyliklar  hisoblangan.  Garchi  Oktyabr 
to'ntarishidan  ilgari  O'zbekiston  Respublikasi  hududida ham yer,  yer  osti
1 Черникова E.B. Реформа государственной собственности // Право. Политика. Экономика.  1998. -№ 2. -3 с.
2 Асьянов  Ш.М.  Право публичной собственности / Материалы практической конференции Совершенствование 
законадательства в условиях рыночной экономики. -Тошкент: ГТЦ,  1995. -21 с.
124


boyliklariga  nisbatan  xususiy  mulk  mavjud  bo'lgan  bo‘lsa-da,  bunday 
yerlar va yer osti boyliklari judda kam  miqdorda  edi.  Oktyabr inqilobidan 

keyin sobiq Ittifoq Hukumatining qarorlari bilan boshqa mulklar qatori yer 
va  yer  osti  boyliklari  natsioanalizatsiya  qilinishi  oqibatida  tabiiy 

resurslarga  nisbatan  ham  davlat  mulki  joriy  etildi  va  hozirga  qadar  bu 
obyektlarga nisbatan davlat mulk huquqi saqlanib turibdi.
O ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  55-moddasiga  binoan 
yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  o ‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  boshqa 
tabiiy  zahiralar  umummilliy  boylikdir,  ulardan  oqilona  foydalanish  zarur 
va ular davlat muhofazasidadir.  1998-yil 30-apreldagi Yer kodeksining  16- 

moddasiga  muvofiq  esa,  yer  davlat  mulki  -   umummilliy  boylikdir,  undan 
oqilona  foydalanish  zarur,  u  davlat  tomonidan  muhofaza  etiladi  hamda 

oldi-sotdi  qilinmaydi,  ayirboshlanmaydi,  hadya  etilmaydi,  garovga 

qo‘yilmaydi,  0 ‘zbekiston  Rspublikasining  qonunlarida  belgilangan  hollar 

bundan mustasno.
Darhaqiqat,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  Yer 

kodeksi  yerga nisbatan davlatning  mutlaq mulk huquqini o ‘matadi  hamda 

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish