tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to ‘g ‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Iqtisodiy erkinlashtirish va uni keng ko'lamda amalga oshirish jarayoni
tadbirkorlikni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonuniy qoidalami
yanada takomillashtirishni vazifa qilib qo‘ydi. Ushbu holatni inobatga
olgan
holda
2000-yil
25-may da
0 ‘zbekiston
Respublikasining
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to ‘g ‘risida”gi qonuni1
qabul qilindi va yuqoridagi qonunlar o ‘z kuchini yo‘qotdi. Bundan
tashqari, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi Bankrotlik to‘g‘risida,
Xususiy korxona to‘g ‘risida, Fermer xo'jaligi to'g'risida, Dehqon xo'jaligi
to‘g ‘risida va shu kabi qonunlar mavjud.
Yakka tartibdagi mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlar ishlab
chiqaruvchining va uning oila a’zolarining ehtiyojini qondirish uchun,
ishlab chiqarishni kengaytirish, ta’mirlash uchun va boshqa ijtimoiy
maqsadlar uchun sarflanishi mumkin. Shu bilan birga, bu daromadlar
sug'urta badali sifatida sug'urta tashkilotlariga, daromad solig'i sifatida
davlat byudjetiga va boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun sarflanadi.
Hozirgi kunda xususiy tadbirkorlikning turlari ko'payib borishi bilan
ulaming mol-mulklarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish tartibi,
ular bilan bog'liq munosabatlarda mulkdoming huquq va majburiyatlarini
belgilash zaruriyati mavjud.
Fuqarolar o'z mol-mulklaridan foydalanishda har xil iqtisodiy
huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi. Ular mehnatlari bilan, tadbirkorlik
faoliyati yuritish bilan, davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqalar va
boshqa asoslarda olinadigan naqd pul shaklidagi daromadlaridan o'z
ehtiyojlarini qondirishda har xil bitimlar tuzadilar. Bu bitimlardan biri
fuqarolaming kredit muassasalariga pul jamg'armasini qo'yish haqidagi
shartnoma hisoblanadi.
O'zbekiston
Respublikasining
“Banklar
va
bank
faoliyati
to'g'risida”2gi qonuni 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan. Ushbu qonunga
muvofiq, bank - tijorat tashkiloti bo'lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan
quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul
qilingan mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash
uchun foydalanish; to'lovlami amalga oshirish. Omonat (depozit) - talab
qilinishi bilanoq yoki to'lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to'lovni
oluvchi shaxs yoxud ulaming qonuniy vakillari o'rtasida kelishilgan
muddatda foizlar yoki ustama haq to'lagan holda yoxud bunday
Do'stlaringiz bilan baham: