Тођ жинслари


mumdek - serpentin, xalsedon; xira tuproqdek - kaolin, limonit. Minerallarning tinikligi -



Download 278,5 Kb.
bet2/3
Sana26.05.2022
Hajmi278,5 Kb.
#609422
1   2   3
Bog'liq
умумий геология лотинча

7
mumdek - serpentin, xalsedon;
xira tuproqdek - kaolin, limonit.
Minerallarning tinikligi - plastinkalardan nurni utkazishiga karab tinik /tog’ xrustali, gips; osh tuzi/, va tinikmas buladi.
Sinish - mineralni sindirganda yoki bulganda xosil buladigan yuza bo’lib u kuyidagicha bo’ladi: chig’anoksimon; zirapchasimon; tuprok- simon.
chig’anoksimon - kvars;
zirapchasimon - tolali gips, asbest;
tuproqsimon - kaolin, limonit.
Minerallarning rangi - doimiy /idioxromatik/ va uzgaruvchan /alloxromatik/ buladi. Birinchisi minerallarning ichki tuzilishiga va tarkibiga, ikkinchisi esa minerallarning ichiga kirib kolgan mayin rang beruvchi moddalarga bog’lik.
Doimiy rangli minerallar - yashil xlorit, ok albit, tilla sa­riq auripigment.
O’zgaruvchan rangli minerallarga kvars kiradi. Uning turlari pushti, binafsha /ametist/, qora /marion/, shaffof /tog’ billuri/, sariq /tsitrin/, yashil /xrizokraz/.
Irizatsiya /aldamchi rang/ - ayrim shaffof minerallarning rangi ba’zan xilma-xil buladi. Bu tushayotgan nurning ulanish tekisligining darzlari, ichki yuzasidan qaytishi - interferentsiyasiga bog’lik. Masalan, labrador ko’k va yashil bo’lib, opal esa sadafdek tovlanib turadi.
Tovlanuvchanlik - mineral yuzasida boshqa tarkibdagi mayin mineral po’stlarining bo’lishiga bog’lik /xalkopirit, bornit/.
Mineral chizig’ining rangi - mayin kukun holidagi mineralning rangi ko’pincha mineral donasining rangi bilan to’g’ri kelmaydi.
Piritning rangi somonsimon sariq bo’lib, chizig’i esa qoradir.
Flyuoritning rangi yashil, binafsha bo’lib, chizig’i esa oqdir.
Gematitning rangi qora, chizig’i olchasimon qizil bo’ladi. Mineral chizig’ining rangini aniqlash uchun glazur bilan qoplanmagan farfor plastinkasiga chiziladi.
8
O’quvchilar amaliyot mashg’uloti vaqtida quyidagi klasslardagi minerallar va ularning qisqacha tarifi bilan tanishadilar:
1. Sof tug’ma elementlar: grafit - S, olmos - S
2. Sulfidlar: galenit-PbS, xalkopirit-FeCuS, pirit-FeS2, sfalerit-ZnS.
3. Galoidlar: galit-NaSl, silvin-KSl, flyuorit-CaF2.
4. Oksidlar va gidroksidlar: kvars-SiO2, opal-SiO2nH2O, xalsedon-SiO2, magnetit-Fe3O4, gematit-Fe2O3, limonit-Fe2O3*3H2O; korund-Al2O3.
5. Karbonatlar:kalsit-CaCO3, dolomit-CaMg(CO3)2, tserusit-PbCO3, magnezit-MgCO3, siderit-FeCO3.
6. Sulfatlar: gips-CaSO42H2O, angidrid-CaSO4, barit-BaSO4.
7. Fosfatlar: apatit-Ca5(PO4)3F1cl.
8. Silikatlar: olivin-MgFe2SiO4, turmalin-murakkab boralyumosili­kat, piroksenlar /avgit/ - Ca(MgFeAl)-[(SiAl)2O6], amfibollar-/rogovaya obmanka/,
9. Slyudalar: muskovit-KAl2[F,OH]2[AlSi3O10]; biotit-K[FeMg]3[F1OH]2[AlSi3O10]
xlorit-[FeMg]5Al[OH]8[AlSi3O10]; talk-Mg3(OH)2[Si4O10]; asbest
va serpentin-Mg3(OH)3[Si4O10]; kaolinit-Al4(OH)3[Si4O12];
dala shpatlari: ortoklaz-K[AlSi3O2], mikroklin-K[AlSi3O8];
nefelin-Na-[AlSiO4], va plagioklazlar yoki kalsiy - natriyli dala shpatlari.

Grafit – C


Singoniyasi geksagonaldir. To’g’ri kristallari kamdan-kam. Ba’zan oltiburchakli plastinkachalar, tabletkachalar shaklida bo’ladi. Agregatlari ko’pincha mayda tangachalardan iborat, rangi kulrangdan qoragacha. Cрizig’i yaltiroq qora. Qattiqligi 1. Qo’lga yog’likdek sur­kalib, qo’lni va kog’ozni qoraytiradi. Sol.og’. 2,09-2,23. Tabiatda donador varaqasimon zich massa shaklida marmar va gneys jinslari orasida uchraydi. Grafit tigellar tayyorlashda,


9


qo’yish ishlarida, qalamlar chiqarishda, buyoqchilikda va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Galenit – PbS


Kristallari kub shaklda. Rangi qo’rg’oshindek kulrang. Chizig’i kulrang - qora va metalldek yaltiroq. Qattiqligi.


Ulanishi kub bo’yicha o’ta mukammal. Sol.og’. 7,4-7,6. Eng muhim qo’rg’oshin rudasi.

Xalkopirit - CuFeS2 /mis kolchedani/


Kristallari juda kam. Odatda yaxlit massalar, xol-xol donalar ko’rinishida uchraydi. Rangi jez-sarik, chizig’i yashilroq-qora. Shaffof emas. Metal kabi kuchli yaltiraydi. Qattiqligi 3-4. Sol.og’. 4,1-4,3. Misning eng muhim rudasi. Ko’pincha pirit, galenit va kvars bilan birga uchraydi.


Pirit - FeS2


Kristallari ko’pincha kub shaklida bo’ladi. Rangi och-jez sariq. chizig’i yaltiroq qora, metaldek yaltiroq. Qattiqligi 6-6,5, sol.og’. 4,9-5,2. Sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.


Flyuorit - CaF2


Kristallari kubik, kamroq sakkiz burchakli bo’ladi. Ko’pincha xol­-xol, yaxlit donali massa shaklida uchraydi. Rangi kamdan-kam rangsiz va shaffof bo’ladi. U ko’pincha sariq, yashil, havo, gunafsha rangli bo’ladi. Qattiqligi. Ulanish tekisligi mukammal. Sol.og’. 3,0-3,2. Metallurgiyada, plavik kislota olishda, shaffof va rangsiz turlari optikada ishlatiladi.


10

Galit /osh tuzi/ - NaCl


Kristallari kub shaklida bulib shishadek yaltiraydi: ulanish tekisligi takomillashgan. Toza massalari shaffof va rangsiz yoki oqdir. Suvda oson eriydi. Aralashmalar uni qizil, sariq, kulrang va osmonrang, ko’ng’ir va qoraga buyaydi. Qattiqligi. Sol.og’.2,1-2,2. Mazasi sho’rdir. Galit oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya va teri-charm sanoatida qo’llaniladi.


Korund - Al2O3


Kristallari bochkasimon, ustunsimon piramida va plastinka shaklida uchraydi. Rangi ko’proq ko’kish yoki sarg’ish-kulrang bo’lib, xilma-xil rangli shaffof kristallari ham uchraydi. Qimmatbaho shaf­foflari: leykosapfir -rangsiz, sapfir-ko’k, rubin-qizil, "sharq ametisti"- binafsha, "sharq zumrati"- yashil. Qattiqligi - 9. Ulanish tekisligi yo’q. Abraziv materiallar sifatida ishlatiladi.


Gematit - Fe2O3


Sinonimlari: yaltiroq temir tosh, temir slyudasi, qizil temir tosh. Magnetit o’rnidagisi martit deb ataladi. Ko’pincha plastinkasimon, romboedrik va kichik taxtasimon kristallar; agregatlar esa yaxlit zich yashirin kristallangan massalar, varaq-varaq holda uchraydi. Rangi po’lat rangdan temir rangigacha bo’lgan. Chizig’i olcha qizil. Yrim metal kabi yaltiraydi. Qattiqligi ,5-6,0. Ulanish tekisligi yo’q. Sol.og’. 5-5,2. Eng muhim temir rudasi.


Magnetit - MgFe2O4


Singoniyasi kubik. Kristallari ko’proq sakkizqirrali kiyofada bo’ladi. Kup hollarda yaxlit donador massalar yoki xol-xol donalar


11
holida uchraydi. Rangi temir kabi qora. Chizig’i qora. Yrim metal kabi yaltiraydi. Qattiqligi 5,5-6,0Ulanish tekisligi yo’q. Sol.og’. 4,9-5,2. Kuchli magnit tortish xususiyatiga ega. Eng muhim temir rudasi.

Kvars-SiO2


Kristallari odatda cho’ziq prizma shaklida bo’ladi. Agregatlari ­donador. Zichlangan kristallardan iborat, ba’zan ayrim kristallari juda katta bo’lib o’sadi. Kvartsning yashirin kristalli turi xalsedon deyiladi. Xalsedonni yo’l-yo’l, kontsentrik-zonal turi "agat" deb yuritiladi. Bunday tuzilish turli rangli xalsedon, ba’zan kvarsdan iborat kavatlarning navbatma-navbat joylanishidan vujudga keladi.


Kvarsning rangi xilma-xil. Uning navlari ham ko’p. Masalan, ravshan kristalli tinik kvars "tog’ billuri", binafshasi "ametist", qorasi "morion" va tillarangli sarig’i "tsitrin" deb yuritiladi. Xalsedon ham xilma-xil tuslarda bo’ladi.
Agatlar yoki onikslar kontsentrik zonal yoki bir tekis parallel juda yupqa xaltsedon qavatlaridan tuzilgan bulib, har xil tus va ranglarda uchraydi.
Kvarts shisha kabi yaltiraydi, xaltsedon mum kabi goho xira tov­lanadi. Sinimi chig’anoksimon, qattiqligi - 7. Sol.og’. 2,65. P’ezo­elektrlanish xususiyatiga ega. Y’ni mexanik kuchlar ta’sirida unda elektr zaryadlari hosil bo’ladi. Erish temperaturasi 17130.
Kvars va xalsedon zebu-ziynat buyumlari, optik asboblari uchun, aniq mexanikada, radiotexnikada, kislotaga va o’tga chidamli idishlar, kvars lampalari yasashda, oyna sanoatida va boshqalarida ishlatiladi.

Limonit - Fe2O3 . nH2O /qo’ng’ir temirtosh/


Ko’pincha oqiq, buyraksimon yoki stalaktit shakllarida yoki zich yaxlit, g’ovak, shlaksimon, kukunsimon massalar tarzida


uchraydi.
12
Rangi qo’ng’irdan qoragacha. kukunsimon limonit yoki limonit oxrasi ancha och sarg’ish qo’ng’ir rangli bo’ladi. Chizig’i och ko’ng’ir yoki sariq ko’ng’ir. Buyraksimon limonit smolasimon qora rangda yaltiray­di. Qattiqligi 4.Sol.og’. 3,3-4. Muhim temir rudasi.

Kalcsit - CaCO3 /oxak shpati/


Singoniyasi trigonal. Ko’proq skalenoedrik kamroq tabletkachasimon yoki plastinkachasimon, prizmatik yoki ustunsimon kristallar holida to’planadi. Druza bo’lib o’sgan kristallari bo’shliqlarda uchraydi. Ulanishi mukammal. Ohaktoshli g’orlarda stalaktit va stalagmit shaklidagi kalsitlar uchraydi. Donador, yaxlit agregatlari marmar, kalsitning zich yashirin kristallangan ba’zan qatlam bo’lib tuzilgani ohaktosh va faunaga boy tog’ jinslari organik ohaktoshlar deb ataladi. Ko’pincha rang­siz yoki sutdek oq. Yltirashi shishadek. Qattiqligi 3. Sol. og’·. 2,6-2,8. Xlorid kislotasida eriydi.


Rangsiz shaffof kalsit "island shpati" deb yuritiladi. Optika­da, zargarlik va san’at buyumlari tayyorlashda, kimyoviy, metallur­giya, tsement va poligrafiya sanoatida, shuningdek qurilishda ishlati­ladi.

Dolomit - CaMg[CO3]2


Topilgan kristallari romboedrik qiyofaga ega. Odatda kristal­langan donador bo’ladi. Rangi kulrang. Shishasimon yaltiraydi. Qat­tiqligi 3,5-4. Ulanishi mukammal. Ulanish yuzasi ko’pincha qiyshik. Sol. og’. 2,8-2,9. Qurilish materiallari, metallurgiyada qo’shimcha va o’tga chidamli material sifatida kimyo va boshqa sohalarda ishlatiladi.


Malaxit - CuCO3Cu[OH]2


Singoniyasi monoklin. Odatda oqiq va yirik buyraksimon


13
shakl­larda uchraydi. Tuproqsimon xillari ham uchraydi. Rangi yashil. Chizig’i och yashil. Qattiqligi3,5-4. Ulanishi mukammal. Solishtirma og’irligi 3,9-4. Tolalari radial shu’la kabi tuzilishiga ega.
Har xil bezak ishlarida va buyumlar yasashda va buyoq tayyorlashda qo’llaniladi. Malaxit muhim mis rudasi hamdir.

Barit - BaSO4


Singoniyasi rombik. Kristallari tabletkasimon, prizmatik, ustunsimon qiyofada uchraydi. Ko’proq donador, kamdan-kam zich yashirin kristallangan, tuproqsimon bo’ladi. Suvdek shaffof rangsiz kristal­lari uchraydi. Aralashmalarni turli ranglarga bo’yaydi. Yltirashi shi­shadek. Ulanish tekisligi yuzasi sadafdek. Qattiqligi -3,5. Ulanishi mukammal /bir tomondan/. Sol.og’. 4,3-4,5. Kimyo, rezina va qand sanoatida, shuningdek qishloq xo’jaligida, meditsina va boshqalarda qo’llaniladi.


Gips - CaSO4*2H2O


Singoniyasi monoklin. Kristallari tabletkasimon, ba’zan ustun­simon yoki prizmatik qiyofaga ega. Bo’shliqlarda druzalar shaklida uch­raydi. Odatda zich mayda kristallangan agregatlar, yoriqlarda esa tolalardan iborat ipaksimon massalar hosil qiladi. Rangi oq, ba’­zan suvdek shaffof rangsiz. Yltirashi shishadek, ulanish yuzasi o’ta mu­kammal, sadafdek tovlanadi. Sol.og’. 2,3. Gips asosan qurilish ish­larida katta ahamiyatga ega.


Angidrit - CaSO4


Singoniyasi rombik. Kristallari kalin tabletkasimon yoki prizmatik qiyofada. Odatda yaxlit donador massalar holida uchraydi. Rangi oq, ko’pincha havorang, kulrang, ba’zan kizg’ish tuslarda bo’ladi. YAltirashi shishadek. Ulanish yuzasida sadafdek


14


tovlanadi. Qat­tiqligi 3-3,5. Sol.og’. 2,8-3. Asosan tsement sanoatida va ziynat ishlarida ishlatiladi.


Apatit - Ca5[PO4]FCl


Singoniyasi geksagonal. Ko’pincha olti yonli prizma, igna shaklida bo’lib, ba’zan kalta ustunsimon yoki tabletkasimon kristallar holi­da uchraydi. Donador, zich, mayda donador, ba’zan ko’ndalang tomir­tomir va tuproqsimon massalar shaklida uchraydi. Cho’kindi jinslarda konkretsiya shaklida uchraydi. Tarkibida juda ko’p minerallar aralashgan uyumlari fosforit deb ataladi.


Apatit rangsiz /shaffof/, oq, ko’pincha och yashildan zumrad yashilgacha, havorang bo’ladi. Yltirashi shishadek, sinimi yog’langandek, qattiqligi 5. Ulanishi mukammal emas. Sol.og’. 3,08-3,21. Apatit va fosforitlardan asosan sun’iy o’g’itlar tayyorlanadi.

Olivin - (MgFe)2SiO4


Odatda olivin donador agregatlar holida tarqalgan. Rangi yashilroq tovlanuvchan. Ko’pincha rangsiz. Yltirashi shishadek, yog’langan­dek. Qattiqligi 6,5-7. Ulanishi mukammal emas. Sinimi chig’anoqsi­mon. Sol.og’. 3,3-3,5. O’tga chidamli, g’ishtlar tayyorlashda ishlatiladi.


Avgit - Ca(Mg,Fe,Al)[(SiAl)2O6]


Alyuminiyli piroksen. Kristallarining shakli kalta prizmatik va ko’ndalang kesimi bir-biriga teng, sakkizburchakli shaklda bo’lishi xarakterlidir. Qo’shaloq kristallari tez-tez uchrab turadi. Agregat­lari donador yaxlit massa holida bo’ladi. Rangi yashilroq-qora. Shisha­dek yaltiraydi. Ulanishi mukammal, qattiqligi 6,5. Sol.og’. 3,3-3,6.


15


Rogovaya obmanka /shox aldamchi/ Ca2Na(MgFe)4(AlFe)[(SiAl)4O11][OH]2


Kristallari prizmatik, ustunsimon qiyofada. Rangi to’q yashil yoki qo’ng’ir. Kristalining ko’ndalang kesimi oltiburchak shaklida bo’ladi. Chizig’i yashilroq tusda, oq. Shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 5,5-6. Ulanishi 124 ga yaqin bo’lgan burchak bilan prizma bo’ylab mukammal.Sol.og’.3,1-3,3.


Talk - Mg3[Si4O10][OH]2


Varaq-varaq, tangacha- tangacha, ko’pincha yog’li tosh; kulol to­shi deb ataladigan zich massalar holida uchrashi xarakterlidir. Rangi och yashil yoki sarg’ish, qo’ng’ir, yashilroq, oq, ba’zan to’q rangli bo’ladi. Sadaf kabi tovlanib turadi. Qattiqligi 1. Qo’lga yog’lidek seziladi. Varaqchalari egiluvchan. Ulanishi mukammal. Sol.og’. 2,7-2,8. Rezina, kog’oz sanoatida va meditsinada qo’llaniladi.


Biotit - K(MgFe)3[Si3AlO10][OH]2


Kristallari tabletkasimon, psevdogeksagonal, ko’pincha ustun­simon, piramidal bo’ladi . Yxlit plastinkaga va tangachalardan iborat donador holida uchraydi. Rangi qora, qo’ng’ir, ba’zan kizg’ish sariq, qizg’ish yashilroq tusda bo’ladi. Shishadek yaltiroq. Ulanish yuzasi sadaf­dek tovlanadi. Qattiqligi 2-3. Ayrim varaqchalari qayishqoqlik xu­susiyatiga ega. Ulanishi bir tomondan o’ta mukammal. Jins tashkil etuvchi mineral bo’lib, xol-xol donalar holida juda ko’p magmatik jinslarda uchraydi.


Muskovit - KAl2[AlSi3O10][OH]2


Ko’pincha plastinkacha yoki tabletkasimon bo’lib,


16


ko’ndalang kesimi psevdogeksagonal yoki rombga o’xshash bo’ladi. Yaxlit varaq-varaq, donador yoki tangachalardan iborat massalar holida ham uchraydi. Uning ayrim varaqchalari rangsiz, lekin ko’pincha kulrangroq, yashilroq, kizg’ish tuslarda bo’ladi. Shishadek yaltiroq, ulanish yuzasi sadafdek tovlanadi. Ulanishi o’ta mukammal. Sol. og’. 2,76-3,10. Yaxshi elektrizolyatordir. Oyna sifatida ham ishlatiladi.

Xloritlar gruppasi.


Slyudalarga o’xshaydi. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 2-3. Rangi shishadek yashil. Varaqchalari egiluvchan, biroq qayishqoq emas. Bu gruppaga quyidagi minerallar kiradi: pennin(MgFe)5Al[AlS3O10][OH]8 klinoxlor, proxlor, korundofilit, amezit.


Kristallari taxtachasimon, tabletkasimon psevdogeksagonal, agregatlari tangacha oolit, sferolit, yashirin kristalli buladi. Qat­tikligi 2-3. Sol.og’. 2,6-3,3. Magmatik jinslardagi magniy-temirli mineralni o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Shamozit temir rudasi hi­soblanadi.

Plagioklazlar - (100-n)Ab*nAn


Bunda Ab - Albit Na[AlSi3O8], An - anortit Ca[Al2Si2O8] molekulasidir. Plagioklaz tarkibidagi anortit molekulasini foiz miqdoriga qarab alohida nomerlanadi. Masalan, plagioklaz N 60 tarkibida 60% anortit bilan 40% albit bo’lgan izomorf aralashmadan iborat. Plagioklazlar nordon /N-0-30/, o’rtacha /N-30-60/ va asos /N-60-100/ bo’ladilar. Plagioklaz gruppasiga quyidagi minerallar kiradi. Albit - 0-10% An molekulasi bor; oligoklaz - 10-30% -"-, andezin - 30-50%; labrador - 50-70%; bitovnit - 70-90%; anortit - 90-100%.


Kristallari tabletkasimon yoki tabletkasimon-prizmatik qiyofaga ega. Murakkab polisintetik qo’shaloq kristallari juda ko’p. Rangi oq, kulrang-oq, ba’zan yashilroq, ko’kimtir bo’lib shishadek
17

yaltiraydi. Qattiqli­gi 6-6,5. Ulanish tekisligi mukammal. Sol.og’. 2,61-2,71.


Ko’kimtir bo’lib tovlanib turadigan to’q kulrang yoki qoramtir labradoritlar bezaktosh sifatida ishlatiladi.
Optik effektlarga karab alohida nomlangan tovlanuvchi nordon plagioklazlarga oy toshi va avantyurin yoki quyosh tosh kiradi.

Serpentin - Mg6[Si4O10][OH]8


To’g’ri tuzilgan kristallar tarzida hech vaqt uchramaydi. U ko’pincha bukilgan, siljish alomatlari saqlangan zich, yaxlit massalar holida uchraydi. Rangi to’q yashil, yashildan koramtir yashilgacha, ba’zan ko’ng’ir yashil bo’ladi. Shishadek yaltiroq, yog’lagandek, mumdek bo’ladi. Qattiqligi 2-3,5. Tolali turi asbest deb ataladi. Sol.og’. 2,5-2,7. Xloritga o’xshagan varaq-varaq xili antigorit deb yuritiladi. Antigorit kulrang, ba’zan ko’kimtir bo’ladi. Qoplama tosh sifatida, buyumlar yasash uchun ishlatiladi.


Ortoklaz - K[AlSi3O8]


Ulanish tekisliklaridagi burchak 90 bo’lganligidan shunday nom olgan. Shaffof, rangsiz xili adulyar deb ataladi. Kristallarning qiyofasi ko’proq prizmatik. Rangi och pushti, qo’ng’irroq sariq, kizg’ish oq, ba’zan g’ishtdek qizil bo’ladi. Shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 6-6,5. Ulanishi mukammal.


Asosan shisha va keramika sanoatida, ko’rkam yashil rangli xili har xil bezaklar va buyumlar /qutichalar, kuldonlar va boshqalar/ tayyorlashda ishlatiladi.
Jins hosil qiluvchi va ba’zi bir rudali minerallar (ular 50 dan ko’p emas) hosil bo’lishlariga, ya’ni genezislariga qarab quyida­gilarga bo’linadi:
18

A. Ekzogen jarayon natijasida hosil bo’lgan minerallar:


1. Nurash jarayonlarida - kvars, opal, xalsedon, temir va alyuminiy gidroksidlari, gips, magnezit, gilli minerallar.


2. Kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lganlar - kalsit, dolomit, siderit, gips, angidrit, barit, kvars, opal, xalsedon, pi­rit, temir gid­roksidi, oltingugurt, apatit /fosforitdagi/ silvin va boshqalar.
B. Endogen jarayon natijasida hosil bo’lgan minerallar:



  1. Magmatik minerallar - kvars, dala shpati, slyudalar, amfibollar, piroksenlar, olivin, nefelin, apatit, olmos, turmalin.

  2. Pnevmatolit jarayonlar - kvars, muskovit, turmalin, flyuorit, kalsit, granat.

  3. Gidrotermal jarayonlar - sfalerit, galenit, pirit, kalsit, ba­rit, kvars, magnezit, oltin, mis, pirotin.

V. Metamorfik jarayonda hosil bo’lgan minerallar:

1. Regional metamorfizm minerallari - kvars, slyuda, amfibollar, piroksenlar, dala shpatlari, granatlar, gematit, xlorit, talk, serpentin, kalsit, dolomit.


2. Kontakt metamorfizm minerallari - kvars, kalsit, granatlar, biotit, mag­netit, korund, grafit, piroksen, olivin, pirit,xal­kopirit, galenit, sfalerit.

19


TOG’ JINSLARI


Tog’ jinslari hosil bo’lishiga qarab magmatik, cho’kindi va


metamorfik turlarga bo’linadilar. Tog’ jinslari minerallarning ta­biiy assotsiatsiyasi bo’lib, yer qobig’ining ichki yoki ustki qismida si­likatli eritma - magmaning kristallanib qotishidan, cho’kindilarning qaytadan vujudga kelishi, ya’ni cho’kindi va avval hosil bo’lgan tog’ jinslarini yemirilishi natijasida, metamorfik magmatik va cho’kindi jinslarning bosim va harorat ta’sirida o’zgarishidan hosil bo’ladi.
Bu qo’llanmada talabalar tog’ jinslarining turlari, qanday moddalar yoki minerallardan tashkil topgani, asosiy xususiyatlari,

struk­tura va teksturalari va boshqa belgilari bilan tanishadilar.


MAGMATIK TOG` JINSLARI
Magmatik tog’ jinslari suyuq qaynoq silikatli eritma - magma­ning chuqurlikda yoki yer qobig’ining ustki qismida
kristallanib qot­gan mahsulotidir.
Magmatik tog’ jinslari hosil bo’lishlariga qarab chuqurlik (yoki intruziv) va yer betiga quyilgan (effuziv) tog’ jinslariga bo’linadi.
Intruziv jinslarining muhim makrostrukturasi-to’la kristallan­gan (tekis donali, porfirsimon, pegmatitli) bo’ladi.
Effuziv tog’ jinslarining muhim makrostrukturasi shishasimon, afanitli yoki mikrokristalli, porfirli bo’ladi. Magmatik tog’ jinslarining eng muhim makroteksturalari zich - yaxlit, slyudali, g’ovakli va bodomsimon bo’ladi.


Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish