20
Magmatik tog’ jinslari SiO2 miqdoriga qarab nordon, o’rta, asosli, o’ta asosli va ishqorli bo’ladi.
Magmatik jinslarning eng muhim jins yaratuvchi minerallari:
Rangsiz silikatlar: kaliyli dala shpatlari - ortoklaz, mikroklin; ohak-natriyli dala shpatlari – plagioklazlar -kvars; feldshpatoidlar – nefelin.
Rangdor silikatlar - slyudalar (muskovit, biotit), amfibollar (shox aldamchisi), piroksinlar (avgit, egirin) va olivindir.
Magmatik tog’ jinslarining mineral tarkibi uning tarkibidagi SiO2 va boshqa miqdoriga, rangi ularning mineral tarkibiga bog’liqdir.
Magmatik tog’ jinslarining hosil bo’lishlariga va kimyoviy tarkiblariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
a) nordon jinslar – granit va granodiorit guruhlari;
b) o’rta jinslar – diorit va sienit guruhlari.
v) asos jinslar – gabbro guruhi.
g) o’ta asos jinslar - dunit, peridotit guruhi.
d) ishqorli jinslar - nefelinli sienitlar guruhi.
Mashg’ulotning o’tkazilishi. - Bu mashg’ulotda 20 ga yaqin magmatik jinslarning namunalari o’rganiladi. Bu jinslarning qisqacha ta’rifi jadvalda keltirilgan bo’lib ulardan jinslarni aniqlashda foydalanish mumkin. Magmatik jinslarni quyidagicha ta’riflash kerak: jinsning nomi, uning rangi, mineral tarkibi, strukturasi, teksturasi va hosil bo’lish sharoiti. Quyida muhim magmatik tog’ jinslarining ta’rifi keltirilgan.
21
1-jadval
Nomi
|
Tarkibi
|
Tuzilishi va tashqi ko’rinishi
|
1
|
2
|
3
|
1. O’ta asos jinslar: SiO2 42% dan kam
|
Dunit
Peridotit
Piroksenit
|
Olivin va ba’zan xromit
Olivin, piroksen
Piroksen, 100%, ba’zan olivin
|
Strukturasi to’la kristallangan, odatda o’rta va kichik donador. Katta chuqurlik jinsi. Rangi deyarli qora.
Strukturasi to’la kristallangan. Odatda o’rta va mayda donador. Rangi qora.
Strukturasi to’la kristallangan.
Katta chuqurlik jinsi. Rangi to’q yashil, deyarli qora.
|
2. Asos jinslar: SiO2 52% - 42%
|
Gabbro
|
Piroksen 50%,
plagioklaz 50%
|
To’la kristallangan, katta chuqurlik jinsi. Rangi kulrang, qora
|
Gabbro porfirit
|
Gabbro tarkibiga o’xshash
|
Strukturasi porfirli porfirlarda piroksen va olivin bo’lib, oralig’ida ularni mayda donalari uchraydi. Yer yuziga yaqin joyda hosil bo’ladi.
|
Bazalt
|
Gabbro tarkibiga o’xshash
|
Strukturasi yashirin kristalli yoki to’liq kristallanmagan. Rangi qora, odatda avgit, plagioklaz va olivin kristallari bilan bir qatorda mayda plagioklazning mikrolitlari- kristallari, shishasimon massa uchraydi.
|
Diabaz
|
Gabbro tarkibiga o’xshash
|
Strukturasi mayda donali. Jinsning tarkibiga kirgan piroksen va plagioklazlarning ikkilamchi o’zgarishi natijasida yashil-kulrang tusga kiradi.
|
3. O’rta jinslar: SiO2 65% - 52%
|
Diorit
|
Plagioklaz 70%, shox aldamchisi 30%
|
Strukturasi to’la kristallangan; katta chuqurlik jinsi. Rangi kulrang yoki yashil kulrang. Shox aldamchisining uzun kristallari yaqqol ko’rinib turadi.
|
Diorit
|
Diorit tarkibli
|
Strukturasi porfirli. Porfirlarda plagioklaz, shox aldamchisi bo’lib, orasida ularni mayda donalari uchraydi. Tog’ jinsi yer yuziga yaqin joyda hosil bo’lgan. Rangi kulrang.
|
Andezit
|
Diorit tarkibli
|
Porfir strukturali. Porfirlarda plagioklaz, rogovaya obmanka bo’lib oralig’ida ularni mikrolitlari va vulqon shishasi uchraydi. Tog’ jinsi kulrang, effuziv.
|
Siyenit
|
Ortoklaz 55-70%, shox aldamchisi, biotit 30-35%
|
Strukturasi to’la kristallangan, odatda o’rta donali. Katta chuqurlik jinsi. Kulrang yoki qizg’ish qo’ng’ir . Qo’yilgan o’xshashlari traxit va porfirli siyenit.
|
Traxit
|
Siyenit tarkibli
|
Strukturasi porfirli. Porfirlarda shaffof sanidin, kamroq rangli minerrallar bo’lib, oralig’ida ularni mikrodonalari va vulqon shishasi uchraydi. Kulrang effuziv jins.
|
Porfirli siyenit
|
Siyenit tarkibli
|
Porfirlarda ortoklaz, shox aldamchisi bo’lib, oralig’ida ularni mayda va o’rta donalari uchraydi. Tog’ jinsi qizg’ish kulrang bo’lib, yer yuziga yaqin joyda hosil bo’ladi.
|
4. Nordon jinslar: SiO2 65-75%
|
Granit
|
Kvarts 25%gacha, ortoklaz 40%, plastioklaz 20% shox aldamchisi 5-10%
|
Strukturasi to’la kristallangan, odatda o’rta donador. Katta chuqurlik jinsi. Rangi och kulrang yoki qizg’ish.
|
Kvarsli porfir, liparit
|
Granit tarkibli
|
Rangi kulrang, qizg’ish, strukturasi porfirli. Porfirlarda ortoklaz, kvars, kamroq rangli minerallar bo’ladi. Oralig’ida esa ularni mikrodonalari va vulqon shishasi uchraydi. Ular effuziv jinslardir.
|
Obsidian
|
Kaliy, kalsiy, kremniy va boshqa okisidli shishasimon jins
|
Kristallardan butunlay xoli bo’lgan, turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan bir xil massa.Rangi ko’kdan qoragacha. Yaltiroq shishasimon, sinimi chig’anioqsimon. Effuziv jins.
|
Pemza
|
Tarkibi obsidianga yaqin
|
To’la krisstallanmagan g’ovakli jins. Gazlarga boy lavaning vulqon orqali otilib chiqishidan hosil bo’lgan. Effuziv jins. Sol.og’. 1.
|
|
Pegmatit
|
Kvars, ortoklaz, slyuda (muskovit)
|
Strukturasi to’la kristalli, ba’zan kvars va kaliyli dala shpatining cho’ziq kristtallari o’zaro zich o’sishgan bo’lib, ko’ndalang kesmasi qadimgi evrey yozuvini eslatadi. Pegmatitning bunday turini «yozma tosh» deb yuritiladi.
|
5. Piroklastik /qaynoq-bo’lak/ jinslar
|
Vulqon ko’llari
|
|
Sovigan lava tog’ jinslari va minerallarning juda mayda zarrachalardan hosil bo’lgan sochiq uyumlar.
|
Vulqon tuflari
|
|
Vulqon materiallari va tog’ bo’laklarini sementlanmagan turi. Jins qattiq
|
CHO`KINDI TOG` JINSLARI.
Cho’kindi tog’ jinslari yer qobig’ining ustki qismida okean, dengiz, ko’l, daryo, botqoqlik tublarida va quruqlikda turli moddalarning to’planishi natijasida (ekzogen sharoitda) hosil bo’ladilar. Cho’kindi jinslarning tarkibida bo’lakli va kimyoviy minerallar, jins bo’laklari, organizm qoldiqlari uchraydi va cho’kindi tog’ jinslarining emirilishidan hosil bo’lgan mineral moddalar, ya’ni jinslarning bo’laklaridan (zarrachalaridan), organik moddalarning qoldiqlaridan va kimyoviy usul bilan hosil bo’lgan cho’kindilardan iboratdir. Cho’kindi jinslarning rangi qordek oppoqdan to qoragacha bo’ladi. Jinsning rangi: har xil jinsni tashkil qiluvchi minerallarning jinslardagi siyrak aralashmalari va donachalarini o’rab olgan yupqa pardachaning rangiga bog’liqdir.
26
Cho’kindi jinslarning eng muhim makrostrukturalari organogen, oolit, kristallangan bo’lakli, donador, yashirin donador va amorf holatli bo’ladi.
Cho’kindi jinslarning eng muhim makrostrukturalari qat-qatlangan, slanetslangan, jim-jimalangan, yaxlit /massiv/, oqiqsimon, tuproqsimon bo’ladi.
Cho’kindi jinslarning asosiy xususiyatlari:
1) Organik qazilma qoldiqlarini, ya’ni umurtqasiz hayvonlarning chig’anoq va kosalarining, umurtqali hayvonlarning suyak va tishlari, o’simlik qoldiqlarining uchrashi;
2) Qatlamlarning ustki qismida mexanik va biogen yo’l bilan hosil bo’lgan turli belgilar: tuz kristallarining tamg’asi, yomg’ir tomchisining o’rni, qurt-qumursqalarning izlari va boshqalarning bo’lishi;
3) Cho’kindi jinslarga xos bo’lgan fizik xususiyatlar: ya’ni tuzlar mazasining borligi, bitumni hidi borligi, karbonatlarni xlorit kislotasi bilan reaktsiya berishi, tuzlarning suvda erishi, gil va trepellardagi adsorbtsiya (yutish), kaustobiolitlarning esa yonish qobiliyatlariga ega ekanliklari kiradi.
Cho’kindi tog’ jinslari hosil bo’lishlariga qarab bo’lakli, kimyoviy va organogen sinflarga bo’linadilar.
Bo’lakli (klastik) cho’kindi jinslar.
Bu qismda o’quvchilar bo’lakli jinslarining hosil bo’lish sharoitlari /bo’lak jinslarini vujudga kelishi, olib ketilishi va yotqizilishi/, jins bo’laklarining tarkibi va shakli, tsementlovchi massaning tarkibini o’rganadilar.
Bo’lakli jins bo’laklarini katta-kichikligiga va shakliga qarab tasnifi:
1) Yirik bo’lakli jinslar (psefitlar - o’lchami 2-200 mm.). Silliqlanmagan bo’laklilar: katta toshlar; taqir toshlar, brekshiylar, dresvalar; silliq bo’laklilar: valunlar /g’o’latoshlar/, shag’allar, mayda shag’allar, konglomeratlar, galkalar, grabelitlar.
27
2) Qumli jinslar (psammitlar) yoki o’rtacha bo’laklilar (0,1-2 mm.) - qumlar, qumtoshlar.
3) Alevrolitlar (mayda bo’laklilar 0,1-0,01 mm.), lyosslar, alevrolitlar.
4) Gilli cho’kindi jinslar /pelitlar/ 0,01mm. dan kichik - kolloid cho’kindilar va zarrachasi 0,01 mm. kichik bo’lgan mayda bo’lak jinslardan tuzilgan. Gilli jinslarning mineralogik tarkibi: gidroslyudalar, kaolinit, montmorilonit va boshqalardan iborat.
Gillarning muhim xususiyatlariga ularning plastikligi, o’tga chidamliligi, namlikni o’ziga ko’p shimishi, suv o’tkazmasligi, tuproq suspenziya berish qobiliyati kiradi.
Zichlanish darajasiga qarab gilli jinslar, gil, argillit va gilli slanetslar bo’ladi.
Organogen cho’kindi jinslar.
Organogen jinslar organizmlarni qattiq qoldiqlarining yig’ilishidan (ohaktoshlar, diatomitlar, torf va boshqalar), mikroorganizmlarning hayot jarayoni vaqtida hosil bo’lgan mahsulotlarning to’planishidan (temir va marganets rudalari) hosil bo’ladilar.
Ximogen cho’kindi jinslarning hosil bo’lish sharoitlari.
1) Kimyoviy nurash qoldiq mahsulotlarning yig’ilishi (qoldiq kaolinlar va boksitlar);
2) Haqiqiy toza eritmalardan kristallangan moddalarning cho’kishidan (tuzlar, gips, angidrit, ohak toshlar, dolomit);
3) Kolloid eritmalarning koagulyatsiyasi natijasida kolloid-kimyoviy moddalarning cho’kishidan (cho’kindi kaolinlar,boksitlar, temir va marganets rudalari, fosforitlar, kremniyli jinslar).
Organogen va ximogen jinslarning kimyoviy tarkibiga qarab tasnifi.
1) Karbonatli jinslar (kaltsiy va dolomitdan tashkil topgan)
- ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar, bo’r, ohak tuflari;
28
2) Sulfatli jinslar - gips va angidritlardan tashkil topgan
- gipslar va angidritlar;
3) Galoidli jinslar (galit va silvindan tashkil topgan) - osh tuzi va kaliy tuzi;
4) Kremniyli jinslar (xalsedon, opal va kvarsdan tuzilgan)
- diatomitlar, trepellar, opokalar, yashmalar, kremen, kremniy slanetslari, kremniy tuflari;
5) Fosfatli jinslar (ftorapatit va boshqalardan tashkil topgan) - fosforitlar;
6) Alyuminiyli jinslar - allitlar (alyuminiy gidroksididan) – boksitlar, lateritlar.
7) Temirli jinslar (temir gidrooksididan) - qo’ng’ir temirtosh, qizil temirtosh;
8) Marganetsli jinslar (marganes gidroksididan) - psilomelan;
9) Kaustobiolitlar - yonuvchi qazilmalar (organik moddalar):
a) Gumitlar (oliy o’simlik qoldiqlaridan) - torf, qo’ng’ir ko’mir, antratsit;
b) Sapropelitlar (quyi tabaqali o’simlik qoldiqlaridan) - sapropelit, yonuvchi slanets;
v) Bitumlar (organik moddalar) - neft, asfalt, ozokerit.
Quyida muhim tog’ jinslarining jadvalini keltiramiz:
2-Jadval
Nomi
|
Tarkibi
|
Tuzilish va tashqi qiyofasi
|
I. Bo’laki /siniq/ jinslar
|
Chaqiq tosh /sheben/ (10mm katta)
|
Turli tarkibli va kattalikdagi jinslarning no-tekis qirrali bo’laklarining uyumi
|
Jins bo’laklari bir-birlai bilan sementlanmagan.
|
Brekchiya (10mm katta)
|
Turli jinslar-ning qirralari bo’laklari va sementlovchi modda
|
Minerallar yordamida jinslarning bo’laklari bir-birlari bilan sementlangan (ohak, gil, kremnezem, temir va boshqa oksidlar).
|
Gravelit (1mm-1sm.)
|
YUmaloq minerallar va toshlar, tsement-lovchi modda
|
Donalari mayda toshlar turli tarkibli minerallar bilan sementlangan.
|
Shag’al (1,0-10-15sm.)
|
Turli katta-likdagi yumaloq-langan va sil-liqlangan tosh bo’laklari
|
Toshlar bir-biri bilan sementlanmagan.
|
Konglomerat (1-15sm.)
|
YUmaloqlangan bir-biri bilan sementlangan tosh bo’laklari va sementlovchi modda
|
Umaloqlangan bo’laklar sementlangan.
|
Qum
(0,1-1-2 mm)
|
Kvars, dala shpati, glauko-nit, slyuda, mag-netit, kaltsit va boshqalar.
|
Turli rang va katta-kichiklikdagi bo’sh va sochiluvchan jins.
|
Qumtosh (0,1–1-2mm)
|
Qum bo’laklari va senmentlovchi modda
|
Bo’laklar kvars, gil, kalsit, temir oksidi, fosfor va boshqa minerallar bilan sementlanib qolgan qattiq jins.
|
Alevrit (0,1-0,01 mm)
|
Tarkibi qumtoshlarga o’x-shash mineralo-gik tarkibga ega
|
Mayda bo’laklardan tashkil topgan bo’lib, ular sementlanmagan.
|
Alevrolit
|
Alevrit tarkibli
|
Har xil tarkibli minerallar sementlangan.
|
Gil (<0,01mm)
|
Minerallari va zarrachalari oz miqdorda ara-lashmalar (qum, temirli birik-malar, ko’mir zarrachalari va boshqalar)
|
Turli rangdagi qo’lga ozmi-ko’pmi yog’liq unnaydigan jins, hidlanganda pechkaning isi keladi, suvni ko’p shimadi va buning natijasida elastik xamirsimon loy massasiga aylanadi.
|
Argilit
|
Metamorfizm natijasida qattiq toshga aylangan gillar
|
Gillarning metamorfik kristallangan slanetslarga O’tish davridagi dastlabki mahsulot. Ularning orasida tektonik bosim natijasida teksturasi o’zgarmagan argillitlar massiv-yaxlit va qatqatli, plitkali turlari bo’ladi.
|
Suglinok
|
Gil mineral-lari va zarracha-larini miqdori 30%dan ko’p, alevrit va qum bo’laklari kamroq
|
Tog’ jinsi bo’shoq g’ovaklari ko’p, dag’al.
|
Lyoss
|
Suglinokni maxsus turi
|
Mallarang qatlamsiz, g’ovakli bo’sh jins. Qatlamlar hosil qilmaydi.
|
II. Organik yo’l bilan hosil bo’lgan jinslar
|
Organogen ohaktosh (rakushnyak)
|
Braxiopoda, os-trakoda, kora va boshqa chig’a-noqlar uchraydi.
|
Jinsning ko’rinishi va rangi turlicha bo’ladi, kulrang, qizg’ish. Zich yoki g’ovakli silliq va dag’al kaltsit bilan sementlangan.
|
Bo’r
|
Tarkibida kok-kolitoforit foraminifer bo’lib kaltsit tarkibli
|
Ildiz oyoqli hayvonlarning mayda chig’anoqlari va ohakli suv o’simlikla-rining qoldiqlaridan tuzilgan, oq tuproqsimon jinsdir.
|
Mergel
|
50% kaltsit va 50% gil mine-rallaridan tashkil topgan
|
Turli rangda ba’zan juda to’q va ola-bula. Umuman ohaktoshdan engil bo’ladi. Ba’zan gil isi keladi. Ko’pincha tuproqsimon, bir xil tuzilishda va mayda donachalardan tashkil topgan bo’ladi.
|
Opoka
|
Opal va suv o’simliklari qoldig’i
|
Engil g’ovakli, kulrang yoki sarg’ish, ba’zan og’ir jins. Sinishi chig’anoqsimon, nuragan vaqtlarda juda ko’p yoriqlar paydo bo’ladi.
|
Fosforit
|
Gidroksil, ftorapatit, apa-tit, ohak ko’pincha qum, gil aralashmalari bilan.
|
Kulrang, qo’ngir, yashilroq va qora tusli turlicha shakllardagi jelvak. Singan bo’laklarning yuzasi gilli yoki dag’al qumli bo’ladi. Urgan vaqtda is chiqarishi xarakterlidir.
|
Toshko’mir antrtsit
|
Uglerod, kislo-rod, vodorod va aralashmalar
|
YOnuvchan qora, xira yoki chig’anoqsimon, tekis yoki tuproqsimon, yaltiroq. Sinig’i ba’zan qo’lni kuya kabi qoraytiradi, qattiq. Antratsit yarim metall sinishda bo’lib, katta qattiqlikka egadir.
|
Torf
|
O’simlik qoldiqlari
|
O’simlik materiallarining chala parchalanishidan hosil bo’lgan qo’ng’ir, qora yonuvchi massa
|
III. Kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan jinslar.
|
Osh tuzi
|
Galit
|
Kristallari kub shaklida, shaffof, rangsiz, ba’zan kulrang sarg’ish, qizil va boshqa xil tuslarda bo’ladi. Suvda osonlikcha eriydi
|
Gips
|
Gips minerallari
|
SHaffof tiniq yoki bir oz bo’yalgan ipaksimon bo’lib, tola-tola massa va uzun kristallar shaklida uchraydi. Qattiqligi 2.
|
Ohak tufi
|
Karbonat angidridli ohak
|
Kristallangan yoki bo’sh, kovakli tuproqsimon jins. Barglarning tamg’alari juda ko’p uchraydi (shox-shabba, chig’anoqlar va boshqalar)
|
Qo’ng’ir temirtosh
|
Limonit, getit va boshqa temir oksidlari
|
Qattiq tuproqsimon massa, konkrektsiyalar, sumalaksimon shaklda uchraydi. Rangi och sariq, qo’ng’ir qizil bo’ladi. Deyarli qoragacha
|
Kremniy tufi
|
Suvli kremnizyom
|
Ko’rinishi ohak tufiga o’xshash.
|
METAMORFIK TOG` JINSLARI.
Metamorfik tog’ jinslari magmatik, vulkanogen va cho’kindi jinslarni yer qobig’ining chuqur zonalarida yuqori harorat va
33
bosim ta’sirida /eritmaga o’tmagan holda/ tubdan o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Magmatik jinslardan hosil bo’lganlarini orto jinslar, cho’kindilardan hosil bo’lgani esa parajinslar deb yuritiladi.
Tog’ jinslari metamorfizmining sabablari: yuqori bosim, yuqori harorati, moddalarni olib kelinishi va olib ketilishi.
Metamorfik jinslarning muhim jins yaratuvchi minerallariga dala shpatlari, slyuda, amfibollar, piroksenlar, xlorit, talk, serpentin, granatlar, kalsit, dolomit, kvars, grafit va boshqalar kiradi.
Metamorfik jinslarning muhim makrostrukturasi kristalli bo’lib, unga ayniqsa bargsimon, tangasimon, ignasimon, taxtachasimon, oynasimon yashirin kristallilik xosdir. Donachalarining katta- kichikligiga qarab katta /1mm.dan katta/, o’rta /0,25-1mm/ va mayday kristalli /0,25mm, kam/ bo’ladi.
Metamorfik jinslarning muhim makroteksturalari yo’nalgan tekstura bo’lib, u slanetslangan, jim-jima, gneysimon yoki yo’l-yo’l va uzun yo’nalgan, shuningdek yaxlit /massiv/ bo’ladi.
Regional metamorfizmga yuqori bosim va yuqori harorat ta’sirida birlamchi jinslarning qaytadan o’zgarishi xarakterli bo’lib, bunda jinslar qattiq holatda kimyoviy tarkibini o’zgartirmasdan qaytadan kristallanadi va natijada kristallangan struktura va orientirlangan tekstura vujudga keladi.
Regional metamorfizm yo’li bilan hosil bo’lgan jinslar: parajinslar - gneyslar, fillitlar, slyudali slanetslar, marmarlar, kvartsitlar, grafitli jinslar, ko’mirli kristallangan slanetslar; ortojinslar - gneyslar, amfibolitlar, talkli va xloritli slanetslardir.
Kontakt metamorfizmiga yuqori harorat va magmatik intruziyadagi ajrab chiqqan uchuvchi komponent va gidrotermlar ta’sirida dastlabki jinslarning qattiq holatda qayta kristallanishi va kimyoviy tarkibini o’zgartirishi xosdir. Kontakt
metamorfizmining termal kichik tipida hosil bo’lgan jinslariga rogoviklar, kvartsitlar, marmarlar kiradi.
Kontakt metamorfizmining metasomatik kichik tipida hosil bo’lgan jinslariga skarnlar va serpentinitlar kiradi.
34
Quyida ba’zi metamorfik tog’ jinslarining tafsilotini keltiramiz:
Nomi
|
Mineral tarkibi
|
Tuzilishi va tashqi ko’rinishi
|
Fillit
|
Sertsit, xlorit, kvarts, grafit.
|
Oqish, mayda donador, slanetslashgan yoki jim-jima teksturali jins. Xlorit va sertsit tangachalaridan iborat, kvarts yaxshi ko’rinmaydi.
|
Slyudali slanets
|
Muskovit, biotit va kvarts, ba’zan granat, disten, stavrolit, grafit.
|
O’rta yoki yirik donador, slanetslashgan teksturali jins bo’lib, kumush rangli slyuda tangachalaridan iborat, kvarts juda yomon ko’rinadi, ba’zan pushti granat uchraydi.
|
Slyudali kvartsli slanets
|
Kvarts va slyuda (biotit va muskovit).
|
Slanetssimon tekisliklari shishadek yaltiraydigan slanetssimon och rangli jins.
|
Yashil slanes
|
Xlorit, aktinolit, epidot va albit
|
Slanessimon teksturali, shoyidek yaltiraydigan mayda donador yashil jins.
|
Xloritli slanes
|
Xlorit, seritsit ba’zan har xil aralashmalar
|
Xloritning tangachasi yoki qatlamli massasi
|
Talkli slanes
|
Talk
|
Tangachalik talk massasi.
|
Gneys
|
Kvars, plagio-klaz, ortoklaz, va biotit, bi’zan piroksen, rogovaya obmanka va granat uchrashi mumkin.
|
Gneysimon teksturali yoki massiv teksturali (kulrang yoki sarg’ish jins).
|
Kvarsit
|
Kvars
|
Massiv, mayda donador (donasini ko’pincha ko’rib bo’lmaydi), oq, qo’shimcha minerallar hisobiga pushti, oqish sariq rangli, yaltiroq jins.
|
Marmar
|
Kalsit, ba’zan dolomit va boshqa aralashmalar.
|
Qo’ng’ir, och kulrang, sariq, qizil rangli kristalli jins. Ba’zan qatamlik va mollyuska chig’anoqlarining qoldiqlari saqlanib qoladi.
|
Amfibolit
|
Yashil yoki qora amfibol va asos-li plagioklaz, kvars bo’lishi mumkin.
|
Massiv yoki slanesimon to’q yashil qora rangli jins.
|
Zmeevik
|
Serpentinlar, xromit va magnetit.
|
Yashil, har xil turli rangdagi (yashil, sariq, qizil, oq, qora) hollari bo’lgan, yuzasi oynadek silliq jins.
|
Biotitli rogovik
|
Kvars, biotit, magnetit, ko’pincha andaluzit, granat.
|
Kulrang, qo’ng’ir-kulrang, ba’zan pushti-kulrang, mayda donali zich jins.
|
Amfibolli yoki pirok-senli rogovik
|
Plgioklaz, amfi-bol, piroksen
|
To’q kulrang, yashil yoki qora mayda donali jins.
|
Skarn
|
Granat, diopsid, plagioklaz, epi-dot, aktinolodit, karbonat, ruda minerallari
|
Tashqi ko’rinishi qaysi minerallarning ko’pligiga qarab juda xilma-xil bo’ladi.
|
36
Geologiya xaritasi
GEOXRONOLOGIYA TABLISASI
Geologiya xaritasi topografik asosga tushuriladi. U er yuzasiga tog’ jinslarining tarkiblarini, yoshlarini va joylanish sharoitlarini va tarqalganligini tekislikda aks ettiradi. Geologiya xaritalari turli masshtablarda tuziladi. Mayda masshtabli, yoki obzorli davlat xaritasi deb 1:500000 va 1:2500000, respublika va obzorli o’lka xaritasi deb 1:1000000 masshtabli xaritalarga aytiladi. 1:200000, 1:100000, 1:50000 masshtabdagi xaritala rayon xaritalari, qurilishlar, foydali qazilma konlari uchun masshtabi 1:25000, 1:10000, 1:5000, 1:1000 va bundan yirik bo’lgan mukammal xaritalar tuziladi.
Geologiya xaritalarning tuzishda litologik, stratigrafik va struktura printsiplariga asoslanadi. SHuning uchun ham barcha tog’ jinslari hosil bo’lish shartlari va vaqtlari hisobga olinadi. Geologiya xaritalarida cho’kindi tog’ jinslarining yoshlari, ba’zan tarkiblari ko’rsatiladi, magmatik jinslarni esa mumkin qadar intruziv va effuziv jinslarga bo’lingan holda tarkiblari bilan birga yoshlari ko’rsatilgan bo’ladi. SHunday qilib tuzilgan xarita faqatgina yer
yuzasida turli jinslar chiqib turgan sxemalar bo’lib qolmasdan, balki ularni birin-ketin hosil bo’lish va o’rganilayotgan joyning tuzilishi to’g’risida tushuncha beradi. Geologiya xaritasini tuzishda eng avval jinslarni ketma-ket kelish yoshlarini /geoxronologik/ hisobga olish kerak. SHuning uchun ham tog’ jinslarini nisbiy yoshlarini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Jinslarning nisbiy yoshlari paleontologik va stratigrafik metod yordamida aniqlangan.
Xronologik elementlarga – eralar, davrlar, epoxalar va asrlar; stratigrafik birliklarga – /arxey-A, proterozoy-PR, paleozoy-Pz, mezazoy-Mz, kaynazoy-Kz/; sistemalar – /kembriy-Є, ordovik-O, silur-S, devon-D, toshko’mir-C, perm-P, trias-T, bo’r-K, paleogen- P, neogen-N, to’rtlamchi-Q bo’limlar/ quyi, o’rta, yuqori/ va yaruslar kiradi.
37
Hamdo’stlik davlatlarida chiqariladigan obzorli
xaritalarda geologik qatlamlar davlarini
quyidagi ranglar bilan belgilaydilar.
To’rtlamchi davr
Neogen davri
Paleogen davri
Bor davri
YUra davri
Trias davri
Perm davri
Toshko’mir davri
Devon davri
Silur davri
Ordovik davri
Kembriy davri
Proterozoy erasi
/gruppasi/
Arxey erasi
/gruppasi/
|
sarg’ish, oq yashilroq
och sariq
zarg’aldoq rang
yashil
ko’k
binafsha
sarg’ish qo’ng’ir
kulrang
qo’ng’ir
och kulrang, yashil
yashil jigar rang
/osmon rang/ moviy yashil
|
Bundan keyin stedentlar svitalar, qavatlar va gorizont haqida, tog’ jinslarini nisbiy geologik yoshlarini aniqlash va organik qoldiqlarga, petrografik tarkibga va jinslarni o’zaro munosabatlariga qarab qatlamlarni taqqoslash hamda geoxronologiya jadval haqida tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
GEOLOGIYA XARITASINING ELEMENTLARI
Qatlam /sloy/. CHo’kindi jinslarni muhim tekstura belgilaridan biri qat-qatlik bo’lib, qatlam uning elementlar qismidir. Qatlam geometrik jism bo’lib, yassi shaklga va uzunligiga
38
qaraganda qalinligi va kengligi kam bo’lgan tog’ jinslaridan iboratdir. Qatlamning elementalriga qatlamning qat-qatligi yoki yuvilib ketgan yuzasi, tomi va tagi, osma yoki yotgan yoni, haqiqiy va ko’ringan qalinligi kiradi.
Qatlamning ko’ringani qalinligi uning tekis joyda gorizontga tushgan burchagi va yonbag’irning qiyaligiga bog’liq bo’ladi.
Qatlam shaklining o’zgarishi uning tugashidan va mayda qatlamchalarga ajrab qalinlashishiga, linzalanishiga, ingichkalanishiga bog’liqdir.
Qatlamning joylashish elementlari: yo’nalishi, qiyaligi, ko’tarilishi va qiyalik burchagi. Joylashish elementlarining shartli belgilari geologiya xaritalarida ko’rsatilgan bo’ladi.
TOG’ KOMPASI
Turli masshtabdagi geologiya xaritasini va normal stratigrafik kesmalar tuzishda tog’ jinslarining joylanish elementlarini aniq bilish zarur. Tog’ kompasining magnit strelkadan, azimutni o’lchaydigan limbdan, shuningdek qiyalik burchagini o’lchaydigan klinometr va yarim limbdan iboratdir.
Tog’ kompasi uch xususiyatga ega:
To’g’ri burchakli taxtachaga shunday o’rnatilganki- kompasning 0-180 /shimol-janub/ tomon hamma vaqt taxtachaning uzun tomoniga parallel bo’ladi.
Limbdagi darajalar va tomonlarni ko’rsatilgan harf indekslari soat strelkasining yurishiga qarama-qarshidir.
Tog’ kompasining markazida kichik ignaga qatlamning qiyalik burchagini aniqlaydigan shovun o’rnatilgan bo’ladi.
Azimutni o’lchaganda kompas plastinkasining uzun tomoni /ya’ni sh.-j. chizig’i/ o’lchanadigan chiziq yo’nalishiga to’g’irlanadi va kompas magnit strelkasining limbdan ko’rsatgan soni to’g’ridan-to’g’ri olinadi.
39
Qatlamning tushishi azimutini o’lchash uchun kompasning shimoliy tomoni hamma vaqt qatlamning qiyalangan, ya’ni tushgan tomoniga qarab yo’naltirish va hisobni limbdan magnit strelksini shimol /qora/ tomoni bilan olamiz.
Tog’ kompasi qatlamning qiyalik /tushish/ burchagini ham aniqlaydi. Buning uchun qatlamning tushish chizig’iga kompasning uzun tomonini tik holda qo’yib, hisobni eklimetr yordamida aniqlaymiz. Qatlamning qiyalik burchagi tushish chizig’i bilan, shu chiziqning gorizontal tekislikdagi proektsion orasidagi burchak bilan aniqlanadi.
Bu erda magnit, haqiqiy /geografik/ azimut, qatlamning joylanish elementlarini bir-birlariga qarshi to’rt tomondan aniqlash, yozish va uning to’g’riligini tekshirish to’g’risida tushuncha beriladi. SHuningdek, o’quvchilar xaritani orientirlash va unga kompas yordamida qatlamning joylanish elementlarini tushurish va yana xaritada qatlamning yo’nalish va tushish azimutlarini aniqlash bilan tanishadilar.
QATLAMNING JOYLANISHLARI
Qatlamning buzilmagan gorizantal joylanishi.
Qatlamning gorizontal joylanishiga katta maydonda qat-qatlanish yuzasi hamma vaqt gorizontal yoki shunga yaqin holatga yotishi xarakterlidir. CHo’kindi tog’ jinslari orasida dengizda hosil bo’lgan jinslar keng tarqalgandir. Ba’zan cho’kindilarning to’planishi dengizning ba’zi qismlarida katta bo’lmagan qiyaliklarda sodir bo’ladi. Gorizontal joylanishda har bir quyi qismdagi qatlam, uning ustki tomonidagiga nisbatan ancha qadimgi bo’ladi. Qoyali relefda suv ayrig’ichlarida ancha yosh qatlamlar bo’lib, vodiylarda esa ancha qadimgi bo’ladi.
SHunday qilib qat-qatlangan qavatlarning buzilmagan birlamchi joylanishlari gorizontal yoki deyarli gorizontal holatda bo’ladi.
Qatlamning gorizontal joylanish belgilari: qoyali relefda qatlamning chegaralari gorizontallarga parallel bo’ladi; tekislik
40
relefida eng yosh qatlamni er yuzasiga chiqib turishi va keng maydonni egallashi; vodiy yon bag’irlarida va balandliklarida qatlam chegarasining gorizontal holatda bo’lishi; vodiyning ikkala yon bag’rida qatlamning balandlik otmetkasining bir xil bo’lishi; relef qiya yon bag’rining zinapoyasi gorizontal bo’lishi; eng qadimgi qatlamni relefining past qismida, yoshlari esa tepaliklarda /balandlikda/ uchrashi; yosh qatlamlarni daryoning yuqori, qadimgilarini esa uning quyi qismida er betiga chiqib turishi.
YUqoridagi materiallarni o’zlashtirgandan so’ng talabalar qoyali relefdagi gorizontal holatdagi qavatlari geologik kesmalarni tuzish printsiplari bilan tanishadilar.
QATLAMLARNING QIYA, MONOKLINAL YOTISHI.
Tektonik buzilishlari /o’zgarishlari/ga qatlamning qiya yotishi kiradi va qatlamning monoklinal yotishi uning xususiy ko’rinishidan biridir. Qiya yotishi yer qobigining harakati natijasida vujudga keladi.
Monoklinal yotish belgilari: qatlam yo’nalishiga qarshi tomonda yoshi
Bo’yicha birin–ketin kelishining qaytarilmasdan almanishilishi: qatlamlarning azimutlari va qiyalik burchagining tengligi; relefning yon bag’rida qatlam chegaralariniqiya bo’lishi; vodiyning ikkala yon bag’rida qatlamning yo’nalishi bo’yicha turli balandliklarda bo’lishi; qatlamning yo’nalishiga qarshi tomonda relefning yon bag’irlarini qiya-zinasimon /assimetrik/ bo’lishi.
O’quvchilar berilgan tema materiallarini o’zlashtirgandan so’ng, qoyali relef sharoitida monoklinal yotgan qatlamlarning, hamda er betiga chiqib turgan joylarida joylanish elementlariga qarab, qiya va unga qarama-qarshi yonbag’ri tomon tushuvchi gorizontalli xaritalarida geologik kesmasini tuzish printsiplari bilan tanishadilar.
QATLAMLARNING BURMACHANLIK BUZILMALARI.
Tog’ jins qatlamlarining yaxlitliklari buzilmasdan to’lqinsimon egilgan joyni burmalar deb yuritiladi. Burma
41
elementlariga qanotlari, qulfi /egilgan va mulda/, burma burchagi,
o’qlar yuzasi, sharnir /qanotlar tutashgan joyi/, o’qlar chizig’i, o’qi, eni, balandligi, uzunligi va yadrosi kiradi. Bu qismda talabalar burma elementlarini rejada va kesmada ko’rsatadilar.
Yadrosidagi jinslarning yoshiga qarab burmalarning klassifikatsiyasi: antiklinallar va sinklinallar. O’quvchilar burmalarni bir-biridan farqlarini, ularni rejada va kesmada aks ettirish, burmalarni monoklinal qatlamlardan farqlari bilan tanishadilar.
Qanotlarning tuzilishiga qarab burmalarni klassifikatsiyasi:
Oddiy burmalar va qanotlari murakkablashgan, ikkinchi va undan ko’p tartibli burmalar. O’quvchilar sharnirlari gorizontal va qiya bo’lgan qanotlari murakkablashgan burmalarni chizmalarini tuzadilar.
O’qlar yuzasini holatiga qarab burmalanish klassifikatsiyasi:
To’g’ri, qiya, ag’darma, yotgan, to’nkarilgan. Ularning bir-birlaridan farqlari rejada va kesmada ko’rinishlari bilan o’quvchilar tanishadilar.
Burmalar qanotlarini formasi va qulfiga qarab klassifkatsiyasi:
Izoklinal, elpig’ichsimon, qutisimon, o’rkachsimon. O’quvchilar yana fleksurani aniqlovchi belgilari va ularni rejaga va kesmaga tushirish bilan tanishadilar.
Qatlamlarni qulf qismida darzliklar bo’ylab ko’tarilish natijasini buzilgan va yorib kirgan yadroli murakkab burmalarni shlyapa burma deb yuritiladi.
SHarnirlarni holatiga qarab burmalarni klassifikatsiyasi:
gorizontal va qiya sharnirli burmalar va braxiburmalar; ularni bir-biridan farqlari va planga tushirish. Bu erda talabalarga pereklinallar va pentroklinallar, burmalarni unduktsiyasi, qatlamlarni ko’rinib turgan qalinliklarini qanotlarining burganliklariga bog’liklari burmani nisbiy yoshini aniqlash to’g’risida tushuncha beriladi.
Xaritalar va joylarda burma belgilari:
Burma qanotlarida qatlamlarni juft simmetrik uchrashi va ularning orasida juft bo’lmagan antiklinallarda ancha qadimgi
42
yoki sinklinallarda esa ancha yosh bitta qavat yadroni bo’lishi: uzun burmalarni yo’nalishiga qarshi tomonda antiklinal va sinklinallarni qaytarilishi; plandagi to’g’ri burmalarning qarshi qanotlarida jins qavatlarini bir xil kenglikka ega bo’lishi; qiyshiq burmalarda bir qanoti ancha tor, ikkinchisining ancha keng bo’lishi; ag’darilgan burmalarda qiyaligi oz qanotdagi qatlamning enini, qiyalikka ega bo’lgan qanotiga qaraganda ancha keng bo’lishi, qanotlarining qiyaligi bir xil bo’lgan izoklinal burmalarda yadroga qarama–qarshi qanotlarida bir xil kenglikka ega bo’lishi; gumbaz va muldtsalarda tog’ jinsi qatlamlarning joylanishi kontsentrik doira shaklida bo’lishi.
QATLAMLARNING UZIKLAR BO’YLAB BUZILISHI
Dizyunktiv buzilish – tog’ jinslari bloklarini bir-biriga nisbatan uzilib ketishidan hosil bo’lgan tektonik moslanmaslikdir. Keng tarqalgan uzilmachanlikka uzilma /sbros/ va aksuzilma /vzbros/ kiradi. Uzilmalarni elementlariga uzib tashlagich, osma va yotiq qanotlar, amplituda yoki uzilma balandligi /haqiqiy, vertikal, gorizontal, stratigrafik/ uzilma kengligi, /gorizontal, stratigrafik/, ko’tarilgan va tashgan qanot /yon/, uzibtashlagichning qiyalik burchagi kiradi. Uzilma va aks uzilmalar uzib tashlagichlarga qarab qiya /45 gacha/, tik /45 dan 80 gacha/ va verikal /80 dan 90 gacha/ bo’ladilar.
Uzib tashlagichlari tushgan qanot tomon yotgan buzilmalarga uzilmalar, ko’tarilgan qanot tomon yo’nalganlariga aks uzilmalar kiradi. Uzib tashlagichning qiyalik burchagi 45 dan kam bo’lgan aks uzilmaga surilma /nadvig/ deb yuritiladi.
O’zi uzilib chiqqan, ona jinsdan qiya yoki gorizontal yuza bo’ylab butunlay aloqasi uzilgan katta nadvig sharyaj deb yuritiladi. Burmachanlikka uchragan, nadvig sabali o’rnidan surilgan tog’ jins massasiga qoplam /pokrov/ yoki tektonik qoplamalar deb yuritiladi.
Tog’ jinslarning ko’tarilib yoki pastga tushmasdan, bir-birlariga nisbatan uzilma tekisligi bo’ylab gorizontal tarafga qarab
43
siljishi siljik /sdvig/ deb yuritiladi. Ular gorizontal, qiya, tik va vertikal bo’ladilar.
Aks uzilma gruppalarini planda uzilma tekisligini joylanishiga qarab klassifikatsiyasi: parallel, yonma-yon /kulisasimon/, tarmoqlangan, radial, kontsentrik.
Uzilma va aks uzilma gruppalarining qanotlarining uzilishiga qarab klassifikatsiyasi: gorstlar, grabenlar, bosqichsimon va kompensatsiyalashgan uzilma va aks uzilmalar. Uzib tashlagichning monoklinal qatlamlarda va burma qanotlarida tushishiga qarab moslangan uzilmalar va aks uzilmalar bo’ladi. Bu erda o’quvchilar uzilma gruppalari yoki uzilma sistemalari haqida tushunchaga ega bo’ladilar hamda ularni nisbiy yoshlarini aniqlaydilar.
Planda ko’tarilgan qanotning belgilari:
a/ antiklinallarda burma qanotlarining ochilish burchagini kattalianishi; sinklinallarda uni torayishi;
b/ gorizontal qatlamlarda va umuman uzib tashlagichlardagi eng qadimgi qatlamning borligi.
Geologiya xaritalardagi uzilmalarni belgilari: bo’yalgan geologiya xaritalarida uzilmalar qizil chiziqlar bilan va oq-qora xaritalarda qalin qora chiziq bilan ko’rsatiladi, uzilma chizig’ining ikkala tomonidagi chegarasining bir-biridan ajrashi oraliq yoshli tutashib turishi, turli rangdagi qatlamlarni yo’nalishiga, tik tomonida oraliq qatlam tushib qolsa ham chegaradosh bo’lishi qatlam yo’nalishiga qarshi tomonda bitta qavatni bir necha bor qaytarilishi; uzilmaning ikkala chekkasida ikkita antiklinalni yonma-yon bo’lishi;
Uzilmaning ikkala tomonida burma qanotlarining torayishi yoki kengayishi.
Joylardagi uzilma belgilari: relefda yoki vodiylarda pog’onalarni bo’lishi; bitta qatlamni turli balandliklarda bo’lishi; qanotlar harakatining teskari tomondagi uzib tashlagich zonasida darzlik oldi burmalarni va fleksuralarni bo’lishi; uzilma yuzasida sirg’alish oynasi ariqchalarini bo’lishi; uzib tashlagich-zonasida
44
tog’ jinslarini brekchiyalanishi, darzliklanishi va qat-qatlanishi, uzilma chiziqlari zonasida ishqalanish joylanishlarini va milonitlarni bo’lishi; uzib tashlagich bo’ylab, chizig’i bo’ylab buloq suvlarini chiqib turishi.
CHuqur uziqlar: /sinklinar/ uzilmalar, kuchli burmalanish va darzliklanish uchraydigan uzun zona bo’lib ularni kengligi 10 km.gacha etadi. Ular uchun uzoq masofaga yo’nalishi; katta chuqurlikka kirib borish uzoq vaqtgacha taraqqiy etishlik xarakterlidir. Bunday zonalarda effuziv va intruziv, shuningdek tomirli jinslar uchraydi.
Ular odatda geosinklinal oblastlarida aks uzilma va platformmalarda esa uzilma tuzulishida bo’ladilar.
O’quvchilar yuqoridagi temalarni o’zlashtirgandan so’ng, o’qituvchi burmalarni va uzilmachanlik harakatini kon ishidagi ahamiyati to’g’rida tushuntirish olib boradi.
QATLAMLARNI MOSLANMASDAN YOTISHLARI
Moslanmasdan yotishlarning asosiy turlari: stratigrafik, parallel va burchak moslanmasliklari.
Moslanmaslikni geologik xaritalardagi belgilari:
a/ parallel moslanmasliklarda: qadimgi qavatlarni ustki qismida, oraliq yoshdagi jinslarni tushib qolgani taqdirda ancha yosh qavatlarni yotishi; gorizontal relefdagi ancha yosh va ancha qadimgi qatlamlarning chegarasi bitta moslanmagan chegaraga parallel bo’lishi; past releflar ancha qadimgi, balandliklarda esa yosh qatlamlarni yotishi.
b/ burchak yoki struktura moslanmasliklarda: yosh gorizontal yotgan qatlam qavatlarini ustida ancha qadimgi jinslarni yotishi, shuningdek uni kesuvchi uzilmachanlik darzliklarda oraliq yoshdagi qatlam tushib qolgan taqdirda ham magmatik jins tanasining bo’lishi; tog’ jins qavatlarini chegarasini, uzilma chiziqlarini va magmatik jins tanalarini konturini yosh qoplab yotgan qavatlar chegarasida uzilib qolishi; ancha yosh qatlamlarda uning chegarasi moslanmagan yuzaga va relef gorizontallariga parallel bo’lishi; ancha qadimgi burmachanlikka duchor bo’lgan
45
qavatlarni chegarasini esa relef gorizontallari bilan kesib o’tilishi, bitta quyi bazalt qatlamni qadimgi yotqiziqlarning turli qavatlarida yotishi; qatlamning azimutlarini va qiyalik burchaklarini yosh va ancha qadimgi qatlamlarda bir-birlariga to’g’ri kelmasliklari; burmachanlikka duchor bo’lgan qadimgi yot qiziqlarni past joylarda, yoshlarini esa balandlikda uchradi.
v/ joylardagi moslanmaslik belgilari: ancha yosh va ancha qadimgi qavatlardagi jinslarni ranglarni va mineralogik tarkiblarini turli va ularni moslanmaslik yuza ajratib turishi; tekis bo’lmagan, ba’zan cho’ntaksimon moslanmaslik yuza chegarasini aniq bo’lishi; moslanmagan yuzadagi qadimgi qavatlarda oldin nuragan jinslar yuzalarini bo’lishi, qadimgi qavatlarni ancha zichlangan bo’lishi; yosh qavatlarning tagida bazalt konglamerat yotishi, yosh qavatlardagi qat-qatligi moslanmagan yuzaga parallel bo’lib ancha yosh qavatlardagi balandda, qarilari esa past releflarda uchradi, burchakli struktura moslanmasliklarda moslanmagan yuza qadimgi qavat burmalarni va ularni kesuvchi uziqlarini va magmatik tanalarini ham ksishi, qatlam chegaralarini yo’qotishi, yosh qavatdagi bazalt qatlamini tepasida bo’lishi, ancha yosh va qadimgi qavatlarning azimutlari va tushish burchaklarini bir-birlaridan farq qilishi xosdir.
MAGMATIK JINSLARNING YOTISH SHAKLLARI
Intruziv jinslarning yotish shakllariga qarab kesuvchi va moslangan bo’ladi. Kesuvchanlariga batsliglar, garpolitlar, shtoklar, magmatik diapirlar va daykalar, moslanganlariga esa lakkolitlar, lopolitlar, fakolitlar va intruziv uyumlar /sillar/ kiradi. Effuziv jinslarning joylanish formalariga qoplamlar, oqinlar va nekklar xosdir.
O’quvchilar magmatik tog’ jinslarining asosiy shakllarini planda va kesmada ko’rsatilishi, shuningdek intruziv va effuziv jinslarni geologik xaritalarda bo’lishi va indeksatsiyasi va magmatik jinslarni geologik nisbiy yoshini aniqlash bilan tanishadilar.
46
Magmatik jins shakllarini geologik xaritalardagi belgilar: kesuvchan intruzivlarda noto’g’ri shaklli katta bo’lgan o’ralgan chegarasini bo’lishi; chegarani ichidagi aniq bo’yoq va maxsus shtrixlarni va grek alfavitidagi harf indekslarini borligi; bu chegarani tashqi tomonida siyrak nuqta oreollarini borligi, cho’kindi jins qatlamlarini intruziv va tomir jinslar bilan kesishganligi, intruziv qavatini va effuziv qatlamlarning chegaralarining cho’kindi jinslar chegaralari bilan parallel bo’lishi; kesuvchan intruziyalarni faqat tog’lik o’lkalarda uchrashi.
Magmatik jinslarning joylardagi belgilari:
a/ Intruziv jinslar joylarda jins formalarini yaqqol ko’rinishi, va uncha katta bo’lmasligi, yaxlit, aniq kristallangan, ularni tashkil qilgan jinslarni katta qattiqlikka ega bo’lishi; bir-biriga uch tomondan tik bo’lgan yoriqlar sistemasi bo’lishi; ba’zan xol-xol ruda minerallari uchraydigan kvarts yoki kaltsitning katta-kichik tomirlarini borligi; intruziv chetlarida boshqa yot jins bo’laklarini bo’lishi; yon-atrofdagi cho’kindi jinslarda kontakt o’zgarishini uchrashi; kontakt zonalaridagi yon-atrof jinslarda yoriqlanish va bo’laklanishi kuchli daraja bo’lishi; yon-atrofdagi jinslarni qat-qatligiga nisbatan magmatik jinslarni kesuvchan holatda bo’lishi;
b/ Effuziv jinslar: effuziv jinslarning qatlamsimon forma va yon-atrofdagi jinslar bilan moslangan joylanishda bo’lishi; tag qismida kontakt o’zgarishlarning bilinar-bilinmas izlar va yuqori – tom qismida esa sovuq kontakt va nurash protsesslarining bo’lganlik alomatlarini bo’lishi; to’la kristallanmagan tuzilishni, g’ovaklarni, bodom, sharsimon va usdunsimon ajraklikka borligi.
STRATIGRAFIK USTUN VA GEOLOGIK KESIMLAR.
O’rta-katta masshtabdagi va aniq geologiya xarita planlarining barchasini stratigrafik ustun va kesmalari boladi ustunlarda shartli belgilar bilan xaritada ko’rsatilgan territoriyalari barcha tog’ jinslari yoshlariga qarab ko’rsatilgan bo’ladi.
47
Intruziv tog’ jinslari kolonkada ko’rsatilmaydi. Kolonkaning chap tomoni tog’ jinslarining yoshlari va inteleksi, o’ngda tog’ jinsining qalinligi, tarkibi va qatlamlarda toshga aylanib qolgan hayvonlarning qoldiklari ko’rsatilgan bo’ladi. Xaritaning masshtabi turli bo’lishi mumkin. Ustunrning umumiybalandligi 40-50 sm.dan ko’p bo’lmasligi kerak. O’zgaruvchan qalinlikda qatlamlarning o’rtacha qalinligi olinadi. Moslangan kontaktlar ustundada to’g’ri chiziq bilan, moslanmaganlari esa to’lqinsimon chiziq bilan, qadimgi jinslar ustunning quyi qismida, yoshlari esa uning yuqori qismida joylashgan bo’ladi
Stratigrafik ustunni tuzish usullari.
Ustun va kesmada tog’ jinslarining formalari, joylanishlari, ularni chegaralari, jinslarning litologik tarkiblari, qo’llanma hayvonlarning formalari, magmatik tog’ jinslari va ularning shartli belgilari ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Gelogik kesmalar: tog’ jinslarining yer qobig’ining faraz qilingan vertikal chegarasi tushirilgan rasmidir. Ularni parma quduqlari, geofizik yoki boshqa materiallar asosida geologik xarita bo’yicha tuziladi. Kesma va xaritani masshtabi bir xil bo’lishi kerak. Odatda gelogik xarita, stratigrafik ustun va gelogik kesma bitta listda bo’ladilar. Xarita uninsh o’rtasida joylashtiriladi. Xaritaning nomi, tuzilgan yili va chiziqli masshtabi uning shimol qismida ko’rsatiladi. Xarita tuzuvchining nomi katta ramkasining tagida, uning g’arbiy qismining chap tomonida stratigrafik ustun, sharqda esa shartli belgilar ko’rsatiladi. Geologik kesmalar janubiy ramka ostiga tushirilgan bo’ladi, xarita va stratigrafik ustundagi tog’ jinslarining indeksi bir xil bo’lishi shart.
GELOGIK XARITALARDAGI SHARTLI BELGILAR.
Gelogik xaritalardagi tog’ jinslarining tarkibini, hosil bo’lgan vaqtini va joylanish sharoitini ko’rsatish uchun shartli belgilar qo’llaniladi. Ular rangli, harfli, raqamli bo’lishi mumkin yoki alohida shtrixlar bilan ko’rsatiladi. Har qaysi sistema ma’lum rangda hamda harfli indeks bilan belgilanishi mumkin. Ular ushbu
48
qo’llanmani «Geoxronologiya jadvali» keltirilgan edi. Har bir sistemaning bo’linmalarining qadimgida oq to’qroq, yoshlari esa shu rangni ochrog’i bilan bo’yaladi. Magmatik tog’ jinslarini xaritalari xaritalarda ma’lum rangda ko’rsatiladi. Masalan intruziv jinslarning nordonlari – qizil, ishqorli /nefelin, sienitlar/ - qizg’ish, o’rtalari /sienitlar/ - to’q yashil, o’ta asoslari /dunitlar, peridetitlar/ – binafsha, o’rta va asos effuzivlar – yashil ranglarda bo’yaladi.
Har bir davr va uning bo’linmalari ham harf va raqamli indekslar bilan belgilanadi. Masalan:
Davr yarus
C1t2
Bo’limi kichik yarus
Geologik xaritalarda aniq geologik chegaralar chiziq bilan, taxminiy chegaralar punktir chiziq bilan ko’rsatiladi.
Asosiy adabiyotlar.
Qurbonov A.S. «Geologiya» ,Toshkent, O’qituvchi,1992
Islomov A., SHoraxmedov SH. «Umumiy geologiya»,Toshkent, 1971.
Pavlinov V.N. i dr. «Posobiya po laboratornыm zanyatiyam po obщey geologii», M. «Nedra», 1998.
Zokirov R.T.,Toshmuxamedov B.T. «Umumiy geologiyadan laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha metodik qo’llanma (tog’ jinslari)», Toshkent, 2000.
Zokirov R.T., Xodjaev X.S. «Umumiy geologiyadan laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha metodik qo’llanma (minerallar)», Toshkent, 2000.
Toshmuhamedov B.T. «Umumiy geologiyadan ma’ruzalar matni»,Toshkent,1999.
Xolmatov A.X.,Sultonmurodov SH., «Umumiy geologiyadan amaliy mashg’ulotlar», O’quv qo’llanma, O’zbekiston.2002.
Spmg. geol.msu.ru.
49
MUNDARIJA
Kirish 3
Jins hosil qiluvchi mineraliar va ularning fizik xossalari 4
Tog` jinslari 20
Magmatik tog` jinslari 20
CHo`kindi tog` jinslari 26
Metamorfik tog` jinslari 33
Geologiya xaritasi 37
Geoxronologiya jadvali 37
Geologiya xaritasining elementlari 38
Tog` kompasi 39
Qatlamning joylashishlari 40
Qatlamning buzilmagan gorizantal joylashishi 38
Qatlamning qiya, monoklinal yotishi 41
Qatlamning burmachanlik buzilmalari 41
Qatlamning uzuklar bo`ylab buzilishi 43
Qatlamlarning moslanmasdan yotishlari 45
Magmatik jinslarning yotish shakllari 46
Stratigrafik kalonka va geologic kesmlar 47
Geologik xaritalardagi shartli belgilar 48
Asosiy adabiyotlar 49
Do'stlaringiz bilan baham: |