Eritmalar konsentratsiyasini aniqlashning ko’pgina usullari mavjud. Bu usullarni analitik kimyoning miqdoriy tahlil qismi o’rganadi. Tibbiy kimyoda shu usullar ichidan hajmiy tahlilning titrlash usuli keng qo’llaniladi. U tekshirilayotgan eritma tarkibidagi moddaning to’liq reaksiyaga kirishishi uchun zarur bo’lgan konsentratsiyasi aniq eritmadan qancha hajm sarflanishi aniqlashga asoslangan. Konsentratsiyasi aniq bo’lgan eritmalar titrlangan yoki ishchi eritmalar deyiladi.
Titrlash jarayoni deb konsentratsiyasi aniq eritmani noma’lum konsentratsiyali eritma ustiga tomchilatib quyib turishga aytiladi. Titrlash ekvivalent nuqtagacha davom etadi.
Ekvivalent nuqta shunday holatki, bunda titrlash vaqtida reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar bir biri bilan ekvivalent miqdorda o’zar tasirlashadi. Shuning uchun reaksiya oxirini bilish yoki ekvivalent nuqtani aniq topish katta ahamiyatga ega . Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikatorlardan foydalaniladi.
Indikatorlar shunday moddalarki ular reaksiya vaqtida ishtirok etib ekvivalent nuqtaga yetganda ko’z bilan seza oladigan ( rangini o’zgartirish, cho’kma hosil bo’lishi va h.k) biror o’zgarish hosil qilish xususiyatiga ega . Ba’zan indikatorlar vazifasini reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri bajarishi mumkin
Suvdagi eritmalarda kislota-asosli indikatorlar kuchsiz kislota yoki kuchsiz asos xossalarini mamoyon qilib, ularning dissotsiatsiyalanmagan molekulalari bir xil rangda, disotsiatsiyalanganda hosil bo’ladigan ionlar boshqa rangda bo'lish xususiyatiga ega
Ishqorning ozgina ortiqcha miqdorda qo’shilishi eritma rangini indikator ionining rangiga aylanishiga olib keladi. Demak indikator rangining o’zgarishi eritmaning pH qiymatiga nog’liq
Indikatorlar o’z rangini asta-sekin o’zgartirishi mumkin bo’lgan pH qiymatining ikki oralig’ishu indikatorning o’tish oralig’I deyiladi. Indikatorning rangini o’zgartirish oralig’ida bo’lgan va titrlash tugagan nuqtasini ko’rsatuvchi pH qiymati indikatorning titrlash nuqtasi deyiladi ( titrlash ko’rsatkichi ). Quyida titrlashning har xil holatlarida eritmaning kislotaligi va asosligining o’zgarishini ko’ramiz

Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash yoki aksincha. Neytrallash usuli
Kuchli kislotani kuchli ishqor bilan titrlash davomida eritmaning ekvivalent nuqtasida suv va tuz hosil bo’ladi, hosil bo’lgan tuz gidrolizga uchramaydi.
Shuning uchun kuchli iahqor va kuchli kislotani bir-biri bilan titrlaganda reaksiyaning ekvivalent nuqtasida muhit neytral, ya’ni pH = 7 ga teng bo’ladi. Titrlashda o’tish oralig’I pHi – 4.0 – 10.0 gacha bo’ladi. Shuni nazarda tutgan holda kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlaganda o’tish oralig’i 4.0 dan 10.0 gacha bo’lgan xohlagan indikatordan foydalanish mumkin
Buologik suyuqliklardagi kislota-asos muvozanatini o’zgarishini o’rganish katta ahamiyatga ega . Chunki bunda qaytmas patalogik jarayonlarni oldini olish mumkin bo’ladi. Organizmda sodir bo’ladigan va muhit kislotaliliginining o’zgarishi bilan boradigan jarayonlarning oldinu olish maqsadida klinikada qon, siydik, oshqozon shirasi va boshqalarning kislotaliligi aniqlanadi

Kislota-asos muvozanatini saqlashda buyraklar katta ahamiyatga ega bo’lganligi sababli siydik tarkibi va kislotaliligi o’rganiladi. Odatda siydikning pH qiymati universal lakmus yordamida aniqlanadi. Oshqozon shirasining kislotaliligi ko’p hollarda titrimetrik usul bilan aniqlanadi. Bunda NaOH ning 0.1M eritmasidan foydalaniladi.. Shira kislotaliligini pH – metrlar yordamida ham aniqlash mumkin