Grammatika va stilistika. Grammatikaning gapda so’zlarning o’rganish va birikishi, so’z shakllari va gap qurilishi kabi hodisalar haqida umumiy qoidalarni belgilab berishi nazarda tutilsa, uning stilistika bilan ham aloqador ekani tasavvur qilinadi. Stilistika birinchi galda fikrni ravshan va aniq bera olish uchun grammatika belgilab bergan umumiy qoidalardan qaysi birini qanday holatda qo’llash maqsadga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Gapda fikrni tushunarli ifodalash uchun faqat grammatika qoidalariga rioya qilishning o’zigina kifoya qilmaydi, gapni stilistik to’g’ri tuza bilish ham kerak. Masalan: Biroz nuqsonlarni tulatish uchun zarur (kerakli) yordam ko’rsatishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |