Tilshunoslikning dolzarb muammolari


Sifat darajasini hosil qiluvchi formalar stilistikasi



Download 122,32 Kb.
bet17/38
Sana30.12.2021
Hajmi122,32 Kb.
#89339
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
MAJMUA TDM 20-21 (2)

Sifat darajasini hosil qiluvchi formalar stilistikasi.

Sifatlar predmet belgisini to’g’ridan-to’g’ri (oq qog’oz, qizil olma) va bir belgini boshqa belgi bilan chog’ishtirib, qiyos qilib ko’rsatishi mumkin. Shu xususiyatlari asosida sifatning qiyosiy va orttirma darajalari farqlanadi. Sifatning qiyosiy darajasi -roq morfemasi yordamida hosil qilinadi va u, asosan, belgining normal holatga yetmaganligini bildiradi.

Masalan: U Korchaginning uyiga yetib olib, derazani sekin tiqirlatdi, javob bo’lmagach, ikkinchi marta qattiqroq va uzoqroq tiqirlatdi. (N.Ostrovskiy) Toqisi novcharoq odamning boshi tegadigan eski boloxona guldor sholchalar, chiroyli jihozlar bilan bezalgan edi. -roq morfemasi o’zi qo’shilib kelgan so’z orqali ifodalangan predmet belgisining oddiy daraja holiga yetmaganligi ko’rsatishi bilan shunga yaqin ma’no anglatuvchi -ish, -mtir, -imtir morfemalari bilan sinonimik munosabatda bo’la oladi. Qiyos qiling: qoraroq//qoramtir, qizilroq//qizg’ish, sariqroq//sarg’ish. Ularning farqi shundaki, qiyosiy daraja ko’rsatkichi -roq predmet belgisini boshqa belgilarga qiyosan ko’rsatadi; -ish, -mtir, -imtir morfemalari belgini, predmet belgisining kamligini, kuchsizligini anglatadi. Bu formalarning o’zi ham o’zaro sinonimik munosabatdadir. Misollar: Uylarning derazasida g’ira-shira sarg’ish (//sarg’imtir) shu’lalar ko’rina boshladi.(M. Gorkiy) Soyning naryog’ida, uzoqda ko’kimtir (//ko’kish) baland tog’lar osmonning yarmini to’sib turibdi. (A.Serafimovich)

Ma’no kuchaytirish uchun –roq morfemasini olgan so’zlardan oldin yana, yanada, tag’in, yana ham kabi so’zlar keltiriladi. Belgining ortiqligini ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi bunday konstruksiyalar ko’proq og’zaki so’zlashuv nutqi uchun xarakterlidir. Predmet belgisining nisbatan ortiqligini, odatda, belgi bildiruvchi so’zdan oldin eng so’zini keltirishi orqali ifodalanadi. Bunda bir xil belgiga ega bo’lgan predmetlardan bittasi ta’kidlanadi. Misollar: Ahmadjon aka hozir qishlog’imizdan eng hurmatli, mo’tabar kishilardan. (M.Qoriyev) Shu-shu bo’ldi-yu, Solih butunlay o’zgarib, mahalladagi eng odobli, eng tartibli bola bo’lib qoldi.(M.Qoriyev)

Demak, qishloqda hurmatli, mo’tabar kishilar ko’p, ammo Ahmadjon aka ularga nisbatan eng mo’tabari, hurmatlisi. Ikkinchi misolda ham shu mazmun ifodalangan. Bu ma’no o’zbek tilida yaxshilarning yaxshisi, yaxshilardan yaxshisi tipidagi konstruksiyalar vositasida ham ifodalanadi. Bunday konstruksiyalar bilan orttirma daraja ko’rsatkichi eng sinonimik munosabatga kirishida va ularning biri o’rnida ikkinchisini qo’llash mumkin. Intensivlikni ko’rsatuvchi juft sifatlar ham predmet belgisining ortiqligini ko’rsata oladi: ko’m-ko’k, qip-qizil, sap-sariq, qop-qora kabi. Ma’lum konstruksiyalarda eng so’zi yuqoridagi juft sifatlar (sifatlarning intensiv formalari) bilan almashib ishlatilishi mumkin:

Bir Vatanning o’g’limankim, har taraf gul, lola, bog’,

Qalb ko’ziday eng qorong’i ko’chada porlar chirog’.

Osmonlarning tiniq, ko’m-ko’gini tanlayman. (G’.G’.)

Misollardagi eng qorong’i birikmasi o’rnida qop-qorong’i so’zini, ko’m-ko’k so’zi o’rnida esa eng ko’k birikmasini qo’llash mumkin. Predmet belgisining ortiqligini ko’rsatuvchi eng so’zi o’rni bilan xuddi shunday vazifa bajaruvchi juda, g’oyat, nihoyat, behad, cheksiz, g’oyatda, nihoyatda kabi so’zlar bilan vazifadoshlik qila oladi: Chog’ishtiring: eng go’zal // juda // g’oyat // benihoya // behad // cheksiz // g’oyatda go’zal. Bu o’rinda ham farq qiyosiylik va bir predmet belgisining qiyos qilinmasdan ortiqligini ko’rsatish masalasi bilan bog’langandir. Bulardan eng, juda so’zi hamma stillar uchun umumiy; g’oyat, behad, cheksiz

So’zlovchi yoki yozuvchi biror shaxs, predmet, belgi, miqdor haqida yozar yoki gapirar ekan, shu predmet, hodisa, miqdor yoki belgining nomini bildiruvchi so’zni takrorlay berishdan qochadi. Ularni ma’nodosh boshqa so’zlar bilan almashtiradi. Shunday hollarda ko’pincha ot, sifat, sonlarning ekvivalenti sifatida olmoshlar qo’llaniladi.

Bundan tashqari, olmoshlar stilistik tanlash va biri o’rnida ikkinchisini qo’llash imkoniyatlariga ega. Masalan, belgilash olmoshlari: hamma, barcha, bari kabi; har, har kim, har narsa, har qanday olmoshlari ham umumni, umumiylikni bildiradi. Shu sababli ko’pincha bu olmoshlarning biri o’rnida ikkinchisini qo’llash mumkin: Dunyoda har kim ham bitta-ikkita narsadan qo’rqsa kerak. (P.Q.) Har narsa o’z vaqtida yarashadi. («Mushtum»). Misollardagi har kim, har narsa olmoshlari o’rnida, umumiy fikrga salbiy ta’sir yetkazmagan holda, hamma olmoshini qo’llash mumkin.

Hozirgi o’zbek tilida kishilk olmoshlari birlik va ko’plik sonlarda (men-biz, sen-siz, u-lar) ishlatiladi. Men, sen, u olmoshlari yakka shaxslarni ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Bu olmoshlarning ko’plikda qo’llanishi oddiy kuzatuvchi uchun uncha sezilarli bo’lmagan turli xil ma’no nozikliklarini keltirib chiqaradi. Shu sababli ham ularning biz, siz formalarini yoki bizlar, sizlar, ular formalarini befarq ravishda qo’llay berish mumkin emas. Masalan: birgina shaxs o’ziga nisbatan biz olmoshidan foydalanishi mumkin bo’lgani holda bizlar olmoshidan foydalana olmaydi.

Umuman, men olmoshi hozirgi o’zbek tilidan birlik formada doim yakka shaxsga nisbatan ishlatiladi va ko’plikning morfologik ko’rsatkichi -lar ni qabul qila olmaydi. Bu esa uning o’z xususiyati, tabiatidan kelib chiqadi. Chunki ayni bir vaqtning o’zida makon va zamonda tinglovchiga nisbatan bir nechta so’zlovchining bo’lishi normal hol emas. Ana shu holat men olmoshining grammatik birlik formada bo’lishini talab qiladi.

Agar so’zlovchi bir necha kishi nomidan so’zlasa, unda men olmoshining ko’pligi biz dan foydalanadi. Ammo biz bir nechta menga teng emas, balki u (biz) men+sen+u yoki men+sen lardan tashkil topgan bo’ladi. Masalan, gruppamizda 25 student o’qiydi. Biz gruppaning aktivlari gapidagi biz olmoshi bir nechta men ga teng emas. Agar so’zlovchi men ni Karim deb olsak, aktivistlar bir nechta Karim emas, balki uning yonida Salim, Halim, Zebo, Gulilar ham bo’lishi mumkin.

Demak, biz olmoshi ifodalagan ko’plikdan farq qiladi. Ya’ni kitoblar oldim gapida u bir nomdagi kitobning bir necha nusxasini ham, turli nomdagi kitoblarning birdan ortiqligini ham ko’rsatishi mumkin. Shunday qilib, biz birinchi shaxsdagi so’zlovchining ko’pligini ifodalayotganday bo’lib ko’rinsa-da, u ko’plik so’zlovchi shaxsning ko’pligini ko’rsatmaydi, balki ko’plik birdan ortiq shaxslardan tashkil topgan bo’ladi.



Biz olmoshi men o’rnida har xil maqsadda ishlatiladi. Masalan, u ilmiy stilda ko’proq kamtarinlik ma’nosida, og’zaki so’zlashuv nutqida esa farqlanish, katta ketish ma’nolarini bildirish uchun qo’llaniladi: Biz o’z asarimizda yirik olimlar fikrlariga asoslanamiz. (kamtarinlik). Bizning o’g’ilchamiz katta bo’lib qoldi (farqlanish). Biz o’z ishimizni bilib qilamiz, sizning maslahatingizga zor emasmiz (manmanlik) kabi.



Download 122,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish