6-7-amaliy (4 soat)
Mavzu: O’zbek tilining morfologik stilistikasi muammolari.
REJA:
1. Kelishik, zamon, mayl, ayrim yasovchi affikslarning bir-biriga nisbatan sinonimik munosabati.
2. Ot formalarining stilistik xususiyatlari.
3. Ko’plik va kelishik kategoriyasining stilistikasi.
4. Sifat darajalarini hosil qiluvchi formalar stilistikasi.
5. Sifat yasovchi affikslar sinonimiyasi.
6. Olmoshlarda stilistik tanlash va birining o’rnida ikkinchisini qo’llash imkoniyatlari.
Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun morfologik formalarning va sintaktik konstruksiyalarning stilistik variantlaridan faydalanish va tilda ana shunday sintaktik va marfologik sinonimiyaning mavjudligi grammatik stilistika haqida ham so’z yuritishga asos bo’ladi. Masalan, men kecha qishlog’imizga kelgan Ahmedov bilan tanishman. Men qishlog’imizga kecha kelgan Ahmedov bilan tanishman. Kecha qishlog’imizga kelgan Ahmedov bilan men tanishman. Gaplarning uchalasi ham grammatik jihatdan sodda, yoyiq, darak gap. Stilistik jihatdan esa ular fikr nozikliklariga ega. Shunga ko’ra ularga stilistikadan bir xil hodisa sifatida befarq qarash mumkin emas.
Stilistika har bir gapning ma’lum maqsadda ishlatishiga alohida ahamiyat beradi va ularni tanlash imkoniyatini alohida ya’ni: so’zlovchi bir necha Ahmedovlar ichidan qishloqqa kelgan Ahmedovning tanishligini bayon qilmoqchi bo’lsa, yuqoridagi gaplarning birinchisini, agar bir nechta Ahmedov kelib ketgani, ammo ulardan qishloqqa faqat kecha kelganinigina tanishligini aytmoqchi bo’lsa ikkinchi gapdan foydalanishi lozim. Uchinchi gap esa tamoman boshqa mahsadi uchun ishlatiladi: bunda qishloqqa kelgan Ahmedov bilan boshqa kishi emas, balki faqat so’zlovchining tanish ekanligini ifodalamoqda.
Hozirgi o’zbek tilida kelishik affikslarining zamon, mayl formalarining ayrim yasovchi afikslarining bir-biriga nisbatan sinonimik munosabatda bo’lishi ularning biri o’rnida ikkinchisini ishlatish imkoniyatining o’zi masalasi ham grammatik stilistikaning o’rganish obyektidir. Ming yillik aloqalar natijasida o’zbek tiliga arab, fors-tojik tillarining turli-tuman grammatik formalari kirib keldi. Ularning ba’zilari hozir ham qo’llanmoqda. Jumladan, eroniy tillardan qabul qilingan no-,be-, ser,-ba- kabi prefikslarining no-, be-, prefikslari esa o’zbek tilidagi sifat yasovchi – so’z affiksi bilan sinonimdir. Lekin ularning negizga qo’shila olish, qo’shila olmaslik xususiyatini, qaysi vaqtlarda biri o’rnida ikkinchisini qo’llash mumkin emasligini – sinonim bo’la olmasligini bilish lozim. Masalan: noo’rin, nobop, nomahram so’zlaridagi no- prefiksi o’rnida o’zbekcha –siz affiksini ishlatish mumkin bo’lmasligi kabi, o’zbekcha tuzsiz so’zidagi –siz o’rnida no- prefiksini qo’llash mumkin emas. Bu yerda tuzsiz so’zidagi –siz o’rnida forscha no– emas, balki be- prefiksini ishlatish maqsadga muvofiq bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |