Savol va topshiriqlar
1. Ibora deganda nimani tushunasiz?
2. Quyidagi iboralarni gap ichida keltiring va ularning qaysi so‘zlarga teng
kelishini ayting.
Qo‘li kaltalik qildi, yetti o‘lchab, bir kesdi, mum tishlab qoldi.
534-mashq Uyga topshiriq. Quyidagi iboralarning ma'nosini aytib bering. Ular ishtirokida gap tuzing.
Belni bog‘lamoq-
Do‘ppisini osmonga otmoq-
Tirnoq ostidan kir qidirmoq-
Ko‘kka ko‘tarmoq-
Tomdan tarasha tushganday-
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’IBDO’: ________________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: 176-dars. TASVIRIY IFODA
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |